Kvantitativlikning til birliklarini tahlil qilishdagi ahamiyati | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Спецвыпуск

Опубликовано в Молодой учёный №3 (107) февраль-1 2016 г.

Дата публикации: 10.02.2016

Статья просмотрена: 587 раз

Библиографическое описание:

Мамажонова, М. Н. Kvantitativlikning til birliklarini tahlil qilishdagi ahamiyati / М. Н. Мамажонова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2016. — № 3.1 (107.1). — С. 45-47. — URL: https://moluch.ru/archive/107/25923/ (дата обращения: 18.12.2024).



 

Kvantitativ belgi til sathlari o’rtasida eng keng tarqalgan tasniflovchi belgilardan hisoblanadi. Kvantitativ belgini muayyan sath birliklarini ajratishda yohud o’zaro qiyoslanuvchi sathlarning birliklari orasidagi o’xshashlik hamda farqlarni belgilashda muhim kriteriy sifatida qo’llash mumkin. Kvantitativ belgi til vositalaridan keng foydalanilgan holda, ayrim tovushdan tortib butun bir matnlar orqali ham ifoda qilinishi kuzatiladi. Ba’zan miqdoriy belgi til vositalari tahlilida ifoda plani orqali umuman sezilmasdan, faqatgina mazmun planini chuqur tahlil etilganda namoyon bo’lishi ushbu kategoriyaning murakkab va nozik qirralaridan biri sanaladi.

Kvantitativlik tilda narsalar, odamlar, moddalar, masofa kabilarni aniq yoki taxminiy o’lchash zarurati tufayli yuzaga kelgan. Til taraqqiyoti natijasida kvantitativlik ma’nosini ifodalovchi yangi leksemalar shakllanmoqda.

Kvantitativlik kategoriyasi tilda lokallik, temporallik, substansionallik kabi boshqa kategoriyalar bilan uzviy aloqadorlikda namoyon bo’ladi. Masofa, uzunlik, kenglik, balandlik, hajm, maydon kabilarni o’z ichiga jamlagan “makon” tushunchasi miqdoriy tavsif asosida aniqlashadi, yorqinroq ifodalanadi. Makon esa lokallik kategoriyasi bilan bog’liq bo’lib, u miqdoriy tavsif bo’lmasa, yalang’och va quruq kategoriya hisoblanadi.

Umumiy ma’noga ega bo’lgan turli sath birliklarini kompleks analiz qilish ushbu birliklarni grammatik-leksik yoki funksional-semantik maydon sifatida o’rganishga asos bo’ldi. Miqdor son, miqdor ravishi, miqdor olmoshlarining mazmun mundarijasida miqdor semasi bo’lgani uchun matn tarkibida biri o’rnida boshqasi almashib kelishi mumkin. Almashgan holatda turli mazmuniy o’zgarishlar ro’y beradi, lekin ularni transformatsiya qilish mumkin: Har qanday o’quvchi o’z vazifasini bajaradi. Hamma o’quvchi o’z vazifasini bajaradi.

Son jihatdan qarama-qarshilik tabiatda ham, tilda ham bir-ko’p chizig’ida emas, nol-noldan ko’p chizig’ida boradi. Miqdoriy me’yorni quyidagi tartibda ko’rsatish mumkin: quyi me’yor-me’yor-yuqori me’yor. Masalan: tommoq-oqmoq-sharillamoq.

Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, kvantitativlik tasnif qilish xususiyatiga ega bo’lgan inson tafakkurining murakkab mahsuli hamda rang-barang shakllarda namoyon bo’luvchi, tilning har qanday sathida faol amal qiluvchi keng qamrovli kategoriyadir. Rus tilshunosligida va yevropa tilshunosligida kvantitativlik turli aspektlarga ko’ra tahlil etilgan. Rus tilshunoslari tomonidan kvantitativlik masalasiga chuqur yondashilgan qator ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan, maxsus tezauruslar tuzilgan. G. A. Menovshikovning “Способы выражения единичности-множественности в языках различного типа” (Вопросы языкознания.—1970.--№ 1.–С.82–88.), S. I. Kravsovaning “Фразеологические единицы со значением количества в русском языке”(Дисс. канд. филол. наук.—Ростов н/ Д., 1981), A. I. Lashkevichning “Генетические конструкции со значением метафорического количества в современном русском языке” (Дисс. канд. филол. наук.—Минск, 1976),

N. V. Manuylovning “Категория неопределённости в структуре научного познания”(Дисс. канд. филол. наук.—Л., 1985) singaritadqiqotlari, V. V. Akulenko, L. G. Akulenko,N. L. Klimenkolartomonidantuzilgan “Лексико-фразеологические средства выражения неопределённо большого количества в современном русском языке”, “ Лексико-фразеологические средства выражения неопределённо большого количества в современном английском языке”, “Лексико-фразеологические средства выражения неопределённо большого количества в современном немецком языке”, “ Лексико-фразеологические средства выражения неопределённо большого количества в современном испанском языке”, “Лексико-фразеологические средства выражения неопределённо малого количества в современном русском языке” kabitezauruslarvaboshqao’nlabtadqiqotishlariningtahlilishuniko’rsatadiki, kvantitativlikmasalasimuhimizlanishlaruchunmanbabo’libxizmatqiladi, fanlararointegratsiyaasosidako’plabtasniflargaasosbo’ladi. O’zbektilshunosligidamiqdorvamiqdoriylikmasalasitadqiqigabag’ishlanganbirqatorilmiyishlarchopetilgan. Y.Zulfiyevning “Jamlikkategoriyasiningo’zigaxosxususiyatlari “(O’zbektilivaadabiyoti, 1975,4-son) H.Abdurahmonovning “Juftso’zlardasonkategoriyasi”, E.Fayzullayevaning “Birlikvauningkategorialmohiyati” singariishlarishularjumlasidandir.

Miqdoriylik qobig’i turli rivojlangan tillarda o’zining serqirraligi bilan ajralib turadi. U til strukturasining barcha asosiy sathlariga daxldor: leksika, so’z yasalishi, morfologiya, fonetika, sintaksis. Tilshunoslarning kvantitativlik kategoriyasiga nisbatan bildirgan fikrlari hamda bu kategoriyani tasniflash bo’yicha qilgan takliflari turliсha. Kvantitativ metodlar, ayniqsa, statistika tilshunoslikda allaqachon o’zining mustahkam o’rnini egallagan. Kvantitativ analiz til hodisalarini aniq va atroflicha tadqiq qilish imkoniyatini beradi, shu bilan birga, til birliklarini tartibli joylashtirish, to’g’ri o’rinlashuviga erishishga ko’maklashadi. Miqdor logik kategoriyasining mazmunini yaxshiqoq oydinlashtirishga ko’plab fanlar qatori til faktlarini tahlil qilish asosida ham erishishiladi.

Kvantitativlik ma’nosi barcha sath birliklari orqali ifoda qilinish imkoniyatiga ega. SHu bilan birga, yordamchi so’zlar ham kvantitativ ma’noni yuzaga chiqaradi. Mazkur ilmiy izlanishda ko’makchi, bog’lovchi hamda yuklamaning turli o’lchamlarni belgilashdagi ishtiroki xususida fikr yuritiladi.

Bosh kelishikdagi so’zlar bilan qo’llanuvchi ko’makchilarga bilan, uchun, singari, yanglig’, sayin, sari, sababli, orqali, tufayli, chog’li, osha, bo’ylab, bo’yicha, uzra, ichra, bo’yi, chamasi, haqda, holda kbi so’zlar kiradi. Bilan ko’makchisi o’zaro hamkorlikda, birgalikda biror topshiriq, vazifa, yumushni bajarish ma’nosida ishlatiladi. Bilan so’zi biriktiruvchi bog’lovchi vazifasida ham qo’llaniladi. Bilan so’zi birdan ortiqlik, juftlik va to’da, to’siqsizlik, harakatning tezligi, davomiylik singari kvantitativ ma’nolarni ifoda qiladi: Tushimga ham nuqul dala bilan paxta kiradi (P.Q.); Men Yolqin akam haqida, u bilan birga o’tkazgan yillarimiz to’g’risida so’zlab beray (P.Q.); Xurosonlik bir podsho turklar bilan jang qilish qasdida Termiz ro’baro’sida Jayhundan kechib o’tibdi (“Ajdodlar o’giti”); Sattor tortingan sari, Roziya dadillanar edi (P.Q.); Albatta, men bu dam olib yurganlarning ko’pisi yil bo’yi qilgan mehnatining rohatini ko’rayotganini, ba’zilari davolanib yurganini bilar edim, tushunar edim. (P.Q.). Shuningdek, “jon-dili bilan”, “jon-jahdi bilan” iboralari tarkibida ham bilan ko’makchisi ishlatilib, “butun kuchini sarflagan holda”, “tirishib” ma’nolarini anglatadi.

Jo’nalish kelishigidagi so’zlar bilan qo’llanuvchi ko’makchilardan tomon, qadar, qarab, qarata kabilar harakatning yo’nalishi, vaqt jihatdan, makon jihatdan chegarasi, harakat yo’nalgan tomon, o’lchov hamda miqdor kabi ma’nolarga ega hisoblanadi: Oyoq sharpasi bolaxonaga tomon kelar, qiz tin olmay kutar edi. (A.Q.); CHiqish kelishigidagi so’zlar bilan qo’llanadigan ko’makchilar so’ng, keyin bevosita ish-harakatning bajarilish vaqti bilan bog’liqdir. Beri ko’makchisi ish-harakatning boshlanish vaqtini ifoda qiladi. Uning sinonimi buyon ko’makchisi sanaladi. Burun va ilgari ko’makchilari zamon tushunchasiga taalluqli bo’lib, ish-harakatning nutq so’zlanib turgan momentdan avval yuz berganini anglatadi: Taftish va so’roqdan keyin sulton badaviyga ijozat berdi (“Ajdodlar o’giti”); Kumush onasining yumushiga bir oz qarab turgandan keyin tashqariga tomon ketdi. (A.Qod.)Bog’lovchilar xususida fikr yuritilganda, ularning gap yoki gap bo’laklarini bog’lash vazifasini bajarishi e’tirof etiladi. Ammo bog’lovchilar yakka yoki takror holda qo’llanib, aynan sodda gaplar yoki ma’lum gap bo’laklarining mazmuniy tomonlarini ham namoyon qila oladi. Ayniqsa, ayiruv bog’lovchilari harakat bajarilishining makon va zamondagi turli qirralarini aniq aks ettirishga xizmat qiladi:Ba’zan ular chug’urlashib kelib qolishar, ba’zan otaning o’zi ularni yo’qlab borar edi (H.G’.); Ayvonga, dam oshxonaga qatnab, tinmay yuradi (Oydin).Yuklama so’z yoki gapga qo’shimcha ma’no yuklaydi. Ana shu qo’shimcha ma’nolardan biri kvantitativlik ma’nosidir. Xususan, -gina yuklamasi har xil tushunchalar chegarasini belgilab beradi. Bu ma’noni ifodalash uchun faqat yuklamasini ham ishlatish mumkin. –ku, ham, -u, -yu, -da, oq, -yoq singari ta’kid-kuchaytiruv yuklamalari turli tushuncha bildiruvchi so’zlarga qo’shilib, ularning ma’nosini kuchaytiradi, belgini ko’paytiradi: Gar boshimga qilich kelsa-da, sen yorimni derman (S.Abd.); Men juda xilvat ko’chalardan kelib edim-ku! (H.H.); Hattoki ish shu qadar jiddiy bo’ldi (A.Muxtor);-Kerak bo’lsa, otdan tush, xorlik va mo’minlik bilan ich, xudo haqqi men o’rtog’ing ham emasman, navkaring ham emasman,-dedi.(“Ajdodlar o’giti”).Xulosa qilib mustaqil leksik-grammatik leksemalar doirasida emas, balki yordamchi so’zlar orqali ham ifoda qilinishini kuzatish mumkin. Yordamchi so’zlar harakat, holat, belgilarning takroriyligi, davomiyligi, oniyligi, miqdori, ta’sir kuchi va boshqa kvantitativ xossalarini namoyon qila oladi.

Основные термины (генерируются автоматически): Лексико-фразеологическое средство выражения, современный русский язык.


Задать вопрос