Аннотация:Maqolada ingliz tili grammatikasini ta’lim jarayonida takomillashtirish yoritilgan. Unda umumiy o’rta ta’lim maktab dasturlari muhokama qilingan, shuningdek, ta’limni rivojlantirish uchun bir qancha tavsiyalar berilgan.
Аннотация:В данной статье раскрываются проблемы совершенствования уроков английского языка в процессе непрерывного образования. Анализируются учебные программы общего и средне-специального, профессионального образования. Также, даны рекомендации по внесению некоторых изменений для совершенствования данных учебных программ.
Abstract:This article is spoken about improving English grammar in the process of uninterrupted education. It is discussed about education programs in general and secondary schools. There are given several recommendations about perfecting in general and secondary education for experts.
Kalit so’zlar: matn, Grammatik mavzu, zamon, amaliy dars.
Ключевые слова: текст, грамматическая тема, время, практический курс.
Key words: topic, grammatical theme, tense, practice course.
O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish ya’ni avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik hayotga mustaqil moslashish ko’nikmalari hamda istiqlol rejalarini belgilash va hal etish qobilyatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan. Ushbu vazifalarni bajarishda xozirgi davr bilan hamohang bo’lish ahamiyatlidir. Shuning uchun ham jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy va ilmiy taraqqiyotini o’stirishda, chet tillarini yaxshi biladigan yosh avlodni tarbiyalashda chet tili ya’ni ingliz tilining o’rni juda katta.
Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturida ingliz tilini o’qitishning maqsadlari jamiyat, davlat manfaatlari hamda talablaridan kelib chiqishi, unga muvofiq kelishi kerak [1].
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida uzluksiz ingliz tili darslarida, o’rganiladigan grammatik materiallar mazmunini belgilash o’ziga xos murakkabliklarga ega. Chunki ingliz tili grammatik materiallari dars davomida berib boriladi, lekin grammatika uchun alohida soatlar ajratilmagan. Ingliz tili uchun ajratilgan har bir 45 daqiqalik dars o’z ichiga yangi mavzu uchun topik va funksiyalar, nutq faoliyati turlari: tinglab tushunish, o’qish, gapirish, yozuv va grammatikaga oid qoidalarni o’rgatishni o’z ichiga oladi. Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, umumta’lim maktablarining ingliz tili darslarida ba’zan nutq o’stirishning grammatik jihatlari uchun unchalik ahamiyatli bo’lmagan, masalan, og’zaki nutq o’stirishga oid mavzularga ko’proq e’tibor berilgan. Bunda grammatikaga oid tushuntirishlarga kamroq e’tibor qaratilgan, ba’zilar esa, umuman, inobatga olinmagan. Masalan, morfologiya bo’limida maskur holatni kuzatish mumkin. Tahlillar jarayonida, o’quvchilarga o’rgatilayotgan Grammatik materiallar ketma-ketligining uzviyligi to’g’ri taqsimlanmaganligi aniqlandi. Xullas, mazkur sinflarda egallanishi lozim bo’lgan, nutq o’stirish jihatdan muhim sanalgan Grammatik mateariallar mazmuni o’quvchilarga tushunarli qilib ishlab chiqilmagan.
Ingliz tili grammatkasini o’rgatish mazmuni o’quvchining ona tili va o’rganiyatgan chet tilidan to’plangan grammatik tajribasini hisobga olib, ingliz tilining o’zidan yig’ilgan materiallar asosida hamda grammatik hodisalar taqdimoti tarkibini inobatga olgan holda tanlanadi.
Inliz tilini o’rganish murakkab jarayondir. Uni o’rgatish umumiy o’rta ta’lim maktablarida 5-sinfdan boshlanadi. Mazkur sinfda o’quvchilar ingliz tilida so’zlashuvchi mamlakat nomlari, urf-odatlari, umuminsoniy qadriyatlar, shuningdek, ushbu mamlakatlar haqidagi boshqa kerakli manbalar o’rganadilar.
7-9-sinflar kesimida esa quyidagi grammatik mavzular o’zlashtiriladi: 7-sinfda oddiy hozirgi va o’tgan zamon, ba’zi modal fe’llar, sifat, so’roq gaplar, noaniq olmoshlar, predloglar va majhul nisbat kabilar o’rgatiladi. 8-sinfda esa o’tiladigan Grammatik materiallarda quyidagi mavzular: ba’zi o’tgan zamon davom fe’llari, hozirgi va oddiy o’tgan zamonlarni takrorlash, sifatlarni qiyosiy va orttirma darajalarni o’zlashtiriladi. Bu sinfda zamonlarning hozirgi tugallangan zamon va kelasi oddiy zamonlar yangi mavzu bo’lib, qolgan mavzular takrorlshdan iborat. Shuningdek, mazkur sinflarda o’tilgan grammatik mavzular 9-sinfda takroriy ravishda beriladi. Vaholanki, bu grammatik mavzularni o’quvchilar quyi sinflarda o’rganadilar.
Ingliz tilida zamonlarni o’rganishda to’g’ri va noto’g’ri fe’llarning ahamiyati katta. Chunki bu fe’llar gapning qaysi zamonda ekanligini aniqlashda yordam beradi. O’quvchilar fe’llarni o’rganmasdan, qanday qilib zamonlarni va gapni to’g’ri zamonda qo’llay olishini o’zlashtirishi mumkin? Umumiy o’rta ta’lim uchun tuzulgan o’quv dasturi orqali o’quvchilar ingliz tilida so’z birikmalari va so’zlarni to’g’ri o’qish, leksik so’z boyligi, matnni o’qish va savollarga og’zaki javob berish, tili o’rganilayotgan mamlakatlar haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ladilar [2].
Biroq, bular bilim bir qatorda, grammatik vositalar rejali ravishda muntazam va uzviylik asosida maxsus o’rgtilmaganligi, o’quvchilar nutqidagi talaffuz va imlo xatolarda yaqqol namoyon bo’ladi. Rejalikni ta’milash uchun esa boshlang’ich sinfdan boshlab, grammatik materiallarni dastur talablari darajasida belgilab chiqish va izchillik bilan joriy etish darkor.
Shuningdek, o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan berigan kasb-hunar kollejlari uchun tuzulgan ishchi o’quv dasturda ingliz tili faniga ajratilgan soatlarning umumiy miqdori o’quv rejasiga binoan, I kursda 80 soat, II kursda 70 va III kursda esa judayam oz soatni tashkil qiladi. Bunda ingliz tiliga ajratilgan o’quv soatlari amaliy darsalar orqali amalga oshiriladi.
Ishchi o’quv dasturiga binoan, namunaviy o’quv reja bo’yicha I kursda quydagi grammatik materiallar berilgan: kishilik, ko’rsatish olmoshlari, artikllar, predloklar, sonlar, hozirgi va o’tgan oddiy zamon, sifatlar, ot so’z turkimiga oid qoidalar, hozirgi davom etayotgan zamon va kelasi zamon.
II kursda o’quvchilar quydagi grammatik materiallar haqida o’rganadilar: o’tgan davomli zamon, so’roq va miqdorni belgilovchi olmoshlar, noaniq olmoshlar, sifatdoshlar va hozirgi tugallan zamon.
III kursda esa mazkur predmetga ajratilgan soatlar miqdori 10 soatdan iborat xolos. Shuning uchun o’quvchilar bu semestrda grammatik mavzular bilan tanishmaydilar. Ular faqat mutaxasislikga oid matnlar va yangi so’zlarni o’rganadilar.
Kasb-hunar ko’llejlari o’quv dasturni taxlili grammatik materiallar xususida quydagi kamchiliklar mavjudligini ko’rsatdi:
- dasturda grammatik mavzular ketma-ketligining uzviyligi taminlanmagan;
- grammatik materiallardagi morfologiyani o’rgatish uzviyligi puxta ishlab chiqilmagan;
- grammatik mavzularni belgilash jarayonida o’quvchilar nutqida mavjud kamchiliklar va ularga doir grammatik mashqlar berilmagan.
Yuqoridagilarga asoslanib, umumiy o’rta ta’lim va kasb-hunar ko’llejlari o’quv dasturidagi grammatik materiallar mundarijasini izchillik va uzviylikni taminlagan holda qayta ko’rib chiqilishi lozim. Buning uchun quydagi tamoillarga amal qilish maqsadga muofiq:
- ingliz tili dasturining yuqorida bayon etilgan grammatik materiallar qismini yanada takomillashtirish va ma’lum darajada yangidan ishlab chiqish zarur;
- o’quvchilar nutqidagi mavjud grammatik vositalarni qo’llashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish kerak. Jumladan, qaysi grammatik vositalar yuzasidan faqat tallafuz va yozuv bilan bog’liq qoidalar berish zarurligi, qaysi grammatik vositalar ikki tilde farqli qo’llanish xususiyatiga ega ekanligi va mazkur grammatik mavzularga doir mustahkamlovchi mashqlarni ishlab chiqish kerak.
Umuniy o’rta ta’lim maktablari o’quv dasturidagi grammatik materiallarga quyidagi mavzular kiritilsa o’quvchining grammatik bilimlarni yanada tushunarliroq va izchillik bilan o’zlashtira oladilar: 5-8-sinflarga kishilik, egalik va ko’rsatish olmoshlari to’liq izchil yoritilishi, ularning gapdagi vazifasi va uslubiy qo’llanilishi, kelishik qo’shimchalari va o’zbek tilidagi kelishiklar bilan qiyosiy taxlili, ravishlar va sifatdan ravish yasash qoidalari.
9-sinfda esa berilgan grammatik mavzular mundarijasini butunlar qaytadan takomillashtirish lozim. Vaholankiy, bu sinf uchun ham hamma sinflardagi kabi bir xilda 102 soat ajratilgan. Undagi grammatik mavzular o’quvchiga hech qanday yangi bilim bermasdan, balki takrorlashdangina iborat bo’lib qolgan. 9-sinf umumiy o’rta ta’limning bitiruv bosqichi bo’lib, unda o’quvchilar kasb-hunar ko’lleji yoki akademik litsey ta’limiga o’tishda ingiliz tilida yetarlicha bilim ko’nikma va malakalarni egallagan bo’lishlari kerak. Shuning uchun grammatik mavzular o’quvchiga tushinarli tarzda yangidan birmuncha maqbul holga keltirib o’zgartirish kerak, deb hisoblaymiz.
Kasb-hunar ko’llejlarida berilgan grammtik mavzular mundarijasini ham uzluksizlik tamoyiliga asoslanib, qaytadan takommillashtirish va ingliz tili darslari samaradorligini oshirishda kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda tashkil qilish maqsadga muvofiq.
Xulosa qilib aytganda, ingliz tili grammatikasini uzluksiz o’rgatish jarayonini bosqichma-bosqich qaytadan taxlil qilish va xulosa, takliflarni yana bir - bor ko’rib chiqish kerak deb o’ylaymiz.
Аdabiyotlar:
- Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi. 5-maxsus son, Toshkent, “Sharq”,1999.
- O’bekiston Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi. Ingliz tili fanidan akademik litsey va kasb-hunar ko’llejlari uchun o’quv dasturi va o’qituvchining taqvim rejasi. Toshkent, 2010.
- Umumta’lim maktablari dasturi. Chet tillar. Toshkent, “O’qituvchi”,1996.