Chet tillarni o`rgatish samaradorligini oshirish usullari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Библиографическое описание:

Матмуротова, З. Chet tillarni o`rgatish samaradorligini oshirish usullari / З Матмуротова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2017. — № 24.2 (158.2). — С. 37-38. — URL: https://moluch.ru/archive/158/44684/ (дата обращения: 19.12.2024).



Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning o‘quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir inson o‘z kasbiy tayyorgarligini, mahoratini kuchaytirish imkoniyatlari yaratildi.

Ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni olib kirish «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning bosqich vazifalaridan biridir. Bugungi kunda ta’limda, xususan, chet tillarni o‘rgatishda innovatsion pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan keng foydalanilmoqda.

Xorijiy til ta’limiga innovatsion pedagogik texnologiyalarning tadbiqi — shaxsni jamiyatning talabiga ko’ra yo’naltirish, ta’limni shu talablar asosida tashkil etish ta’lim tamoyillari, metodlari aloqadorligi asosida shaxsni har tomonlama yetuk kadr qilib shakllantirish, uning qobiliyati va imkoniyatlarini to’liq namoyon etishi va rivojlantirishi uchun qulay shart — sharoitlar yaratishdan iborat.

Pedagogik innovatsion texnologiyalarning yana bir o’ziga xos xususiyati o’quvchi faoliyatining ustuvorligida, ta’lim jarayonida talaba yoki o’quvchinining asosiy figura ekanligidadir.

Ta’lim jarayonida bilish, leksik, grammatik, talaffuz tushunchalarni to’g’ri shakllantirish, o’quvchi ongida bilimlar sistemasini, o’z — o’zini nazorat qilish ko’nikmasini to’g’ri tarkib toptirish innovatsion pedagogik texnologiyalarning tarkibiy qismidir. Hozirgi kunda ta’lim jarayonidagi eng samarali, o’qituvchi pedagoglar ko’zlagan maqsadlarga erishishning kafolatlangan o’qitish uslublari, o’quvchi talabalarda mustaqil fikrlash, erkin qaror chiqarish ko’nikmasini shakllantiradigan, ularni muammolarini yechishlari, turli vaziyatlardan qiynalmasdan chiqib ketishlari uchun zamin hozirlashga qodir bunday o’qitish uslublari pedagogik texnologiyaning eng ilg’or xususiyatidir.

Bugun mamlakatimizda yurtboshimiz tashabbuslari bilan mamalakatimizda til o’rganishga katta e’tibor berilmoqda. Yuqoridagilarga nazar soladigan bo’lsak yurtimiz taraqqiyotda tilning nechog’lik ahamiyatli ekanligiga yana bir karra amin bo’lamiz.

Fransuztilidarslaridao’quvchilargaleksikanio’rgatishdaquyidagiinterfaoluslublarniqo’llashnitavsiyaqilishmumkin:

a) Continuez:

Quand je serai grand(e), je....

– Quand je serai grand(e), je voudrais être infirmière, parce que j’aime bien soigner les gens.

– Quand je serai grande, je serai coiffeuse, parce que je veux couper les cheveux de ma mère et des femmes.

– Quand je serai grande, je serai maîtresse, parce que j’aime les enfants.

Bunda o’quvchilar guruhlarga bo’linadilar. Qaysi guruh ko’p fikr aytsa rag’batlantiriladi.

b) O’yin— mashq. Bu o’yin guruhda ham yoki jamoada birlikda qo’llanilishi mumkin. Ya’ni har bir o’quvchining o’z bilimi va imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga imkon beradi. Bu o’yinda darsni mustahkamlash yoki o’quvchilar bilimini nazorat qilish maqsadida ham foydalanish mumkin.

Masalan: “Adashgan so’zni toping”. Bir necha o’rganilgan so’zlar qo’yilib orasida bitta o’rganilmagan so’z ham aralashtirib qo’yiladi. O’quvchilar o’rganilgan so’zlarni ongida tiklab, o’rganilmagan so’zni topib o’qituvchiga ko’rsatadilar.Bu usul o`tilgan so`zlarni mustahkamlashda qo`l keladi.

c) Ijodiy izlanish o’yini. Bunda o’qituvchi hikoyadagi noto’g’ri gapni topish yoki hikoya mazmuniga mos bo’lmagan gaplarni topishni aytadi. O’quvchilar izlanadilar va bunday gapni topib, nega ortiqchaligini isbotlaydilar. Bunday o’yinlar ko’p vaqtni olmaydi, maxsus jihozlarni talab etmaydi, lekin yaxshi natija beradi.

d) O’yin— musobaqa. Bunda turli qatorlararo musobaqalar tashkil etilishi mumkin. Shungdek, viktorinalar, turli konkurslar, olimpiadalar kiradi. Bunday o’yinlarni darsda va sinfdan tashqarida ham o’tkazish mumkin.

e) Mazmunli— rolli o’yinlar. Bu o’yin o’quvchilar darsda o’qituvchi belgilangan maqsadga muvofiq hikoyalar yoki ertaklardagi qahramonlar rolini o’ynaydilar yoki davra stoli tashkil etib turli rollarni bajaradilar. Masalan: muxbir, tarixchi, qishloq xo’jaligi xodimi va boshqalar. Bunday o’yinlar o’quvchilarda bilimga qiziqish uyg’otadi, ularni jodiy izlanishga undaydi, shuningdek kasblar bilan tanishuvlarda yordam beradi.

f) “Bo’lishi mumkin emas”(Vrai ou faut)

Bu uslubni o’tkazishda o’qituvchi ma’lum matnni o’qiydi. O’quvchilar bo’lishi mumkin bo’lmagan voqealar ifodalangan jumla yoki gapni topishlari lozim. Hazil mutoiba bilan o’tadigan bu usul o’quvchilardan ziyraklik, sinchkovlik va kuzatuvchanlikni talab qilishi bilan birgalikda, ulardan atrofida sodir bo’layotgan voqea — hodisalarga befarq bo’lmaslikni ham talab qiladi. Undan tashqari ularning darsdan tashqari bo’lgan ilmiy adabiyotlarga va ilmiy — ommabop filmlarga qiziqishini orttiradi va hikoya tinglash ko’nikmasini shakillantirishga yordam beradi. Bu uslub bir necha marta o’tkazilgach, keyinchalik o’quvchilarda shunday hikoyachalar tuzishni ham kamol toptirish mumkin.

O’quvchilarning interaktivligiga yo‘naltirilgan darsning maqsadi esa, ularga imkon qadar ko‘p faol imkoniyatlarga ega bo‘lish, chet tilida erkin muloqot qilishga qo‘yib berishdan iboratdir.

Foydalanilganadabiyotlar:

  1. Ishmuhamedov R. «Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari. Toshkent “Nizomiy nashriyoti”. TDPU 2005 yil.
Основные термины (генерируются автоматически): TDPU.


Задать вопрос