Chet tili darslarida interfaol uslublardan foydalanishning ahamiyati | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Библиографическое описание:

Матмуротова, З. Chet tili darslarida interfaol uslublardan foydalanishning ahamiyati / З Матмуротова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2017. — № 24.2 (158.2). — С. 38-39. — URL: https://moluch.ru/archive/158/44685/ (дата обращения: 18.12.2024).



Interfaolinglizchaso‘zbo‘lib, «interact»: «inter» — o‘zarova «act» — harakatqilmoq), ularniumumlashtirgandaesa, «Interfaol» — o‘zaroharakatqilmoqma’nosinianglatadi. «Interaction» — hamkorlikni (boshqalarbilan) bildiradi. Ya’ni, o‘qitishninginterfaoluslublari — bilishva kommunikativ faoliyatnitashkiletishningmaxsusshaklibo‘lib, undata’limoluvchilarbilishjarayonigajalbqilinganbo‘ladilar,ularbiladiganvao‘ylayotgannarsalarnitushunishvafikrlashimkoniyatigaegabo‘ladilar.

Interfaol usul — bu o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik tufayli dars samaradorligini oshirish, yangi darsni o‘qituvchining mustaqil harakati, mulohaza, bahs — munozaralar orqali o‘rganish, qo‘yilgan maqsadga o‘zi mustaqil erishish, mikroguruhlarda javob topishga harakat qilishidir, ya’ni talaba fikrlaydi, yozadi, gapiradi, tinglaydi, eng asosiysi o‘zi faol ishtirok etadi.

Interfaol o‘qitish usullari ayniqsa, amaliy mashg‘ulotlarda yaxshi samara beradi.

Interfaol o‘qitish usullarini qo‘llashda o‘qituvchining vazifasi guruh ishlarini tashkil qilishdan va mikroguruh yetakchilarini boshqarish (ya’ni dirijyorlik)dan iborat bo‘ladi. Demak, o‘qituvchi boshqaruvchi, yo‘naltiruvchi bo‘lishi kerak.

O‘qituvchi o‘rgatadi, o‘quvchi o‘rganadi. Biz o‘qituvchi sifatida yangi rolni o‘rganishimiz kerak. Zamonaviy bilim berish uchun o‘qituvchining o‘zi ana shunday bilimga ega bo‘lishi kerak.

Interfaol usullardan qay birini qo‘llash va qay darajada qo‘llash o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq.

Tabiiyki,bunday hollarda bu usullarni qo‘llovchi o‘qituvchi talabalarning bilim saviyasini va ularning nimalarga qodir yoki qodir emasliklarini e’tiborga olmog‘i kerak.

Darsning interfaol usulda tashkil etilishi degani, bunda faqat talaba o‘ylashi, fikrlashi, harakat qilishi kerak ekan deb, hamma narsani talabaga tashlab qo‘yish yaxshi samara bermasligi mumkin, o‘qituvchi ham talabadagi fikrlarga turtki berib, faollikka undab turishi kerak.

O‘qituvchining pedagogik jarayondagi asosiy vazifasi — boshqaruvchilik.U shaxsning shakllanishi, rivojlanishi, bilim olishi va tarbiyalanishi jarayonini boshqaradi. Boshqarish bu — yo‘naltirish, vazifa qo‘yish, o‘rgatish, yordam berish, qo‘llab — quvvatlash, maslahat berish, rahbarlik qilish, kuzatish, talab qilish va ko‘rsatma berishdir.Faollashtirib o’qitish uchun o’qituvchi quyidagilarga e’tibor berishi zarur:

  1. Yangi pedagogik texnologiyalarni va interfaol usullarni qo’llagan holda darslarning noananaviy shakllaridan ko’proq foydalanish:

a) musobaqa darslari;

b) munozara darslari;

c) konferensiyadarslari;

d) sayohatdarslari;

e) ko’rikdarslari.

  1. Maktabdao’quvchilarningtilo’rganishigaqaratilgantadbirlar, kechalar, mushoiralarvaintellektualo’yinlario’tkazish.
  2. Seminarlar, pedagogiko’qishlar, kitobxonlarkonferensiyalaritshkiletib, o’qituvchivao’quvchilartajribasinio’rtoqlashishvaommalashtirish.
  3. Ilg’ortajribalarnio’rganishvaularniamaldaqo’llashgao’rganishvaerishish.
  4. Maktablararochettilinichuquro’rganuvchi“klublar”, “jamiyatlar”, “kichikfanakademiyalari”nitashkiletib, ularningfaoliyatinirivojlantirishmaqsadidaolimlarnijalbetish.

U dars jarayonida o’quvchilarga yordam berishi, ularni ruhini, kayfiyatini ko‘tarishi, mavzuga qiziqtirishi, xonada tinmasdan harakat qilishi, guruhlar ishini nazorat qilishi, xatolarni qayd qilib borishi, intonatsiyani tekshirishi, tushunmovchiliklarni bartaraf qilishi, yangi so‘z va iboralarni doskaga yozib borishi, tarqatma materiallar berishi va audiovizual uskunalardan foydalanishi kerak. Ammo shuni ta’kidlash joizki, dars berish avtomatik ravishda o‘rganishni anglatmaydi.

Aksincha, ba’zida o‘qituvchining dars davomida o‘ta faol ishlashi talabalarning mustaqil fikrlashiga salbiy ta’sir qiladi. Chunki u dars o‘tishga qanchalik ko‘p vaqt sarflasa, talabalarning bilim olishlari uchun shunchalik kam vaqt qoladi.

Talabalarning interaktivligiga yo‘naltirilgan darsning maqsadi esa, ularga imkon qadar ko‘p faol imkoniyatlarga ega bo‘lish, chet tilida erkin muloqot qilishga qo‘yib berishdan iboratdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Yo’ldoshev J. T. “Yangi pedagogik texnologiyalar yo’nalishidagi muammoni yechimlari. Toshkent.1999 yil.


Задать вопрос