Suv resurslaridan foydalanishda suv taqsimlash inshooatlarning ahamiyati | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 26 октября, печатный экземпляр отправим 30 октября.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: ,

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №19 (257) май 2019 г.

Дата публикации: 13.05.2019

Статья просмотрена: 1256 раз

Библиографическое описание:

Ганиев, Ш. Р. Suv resurslaridan foydalanishda suv taqsimlash inshooatlarning ahamiyati / Ш. Р. Ганиев, Х. Ш. Хамрокулов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 19 (257). — С. 422-425. — URL: https://moluch.ru/archive/257/58978/ (дата обращения: 17.10.2024).

Bugungi kunda mamlakatimizda yangi yerlarning jadal o‘zlashtirilishi o‘z navbatida yangi suv inshootlarini (suv omborlari, kanallar, kollektor-drenaj tizimlari va h. k.) qurilishi meliorativ tadbirlar majmuasini amalga oshirish bilan bog‘liqdir. Bu esa o‘z navbatida, respublikaning bir qator mintaqalarida, jumladan, O`rta Zarafshon vodiysida mavjud suv xo‘jaligi tizimi samaradorligini oshirish va suv resurslaridan tejab oqilona foydalanish muammolari jiddiy ravishda qo‘yildi.

Kalit so'zlar: oqilona foydalanish, gidrotexnik inshootlar, sug‘orish, sun’iy ko‘llar, lalmikor, irrigatsiya, melioratsiya.

Значение водораспределительных сооружений виспользовании водных ресурсов на территории среднего Зарафшана

Сегодня интенсивное освоение новых земель в нашей стране, в свою очередь, предполагает строительство новых водохозяйственных объектов (водохранилищ, каналов, коллекторно-дренажных систем и т. д.) связано с выполнением ряда мелиоративных мероприятий. Это, в свою очередь серьезно повлияло на рациональное использование водных ресурсов и повышение эффективности системы управления водными ресурсами в некоторых регионах страны, в том числе и в средне Зарафшанской долине.

Ключевые словa: рациональное использование, гидротехнические сооружения, орошение, богара, искусственные озера, ирригация, мелиорация

Today, the intensive development of new lands in our country, in turn, involves the construction of new waterworks (reservoirs, canals, collector-drainage systems, etc.) associated with the implementation of a number of land reclamation activities. This, in turn, seriously affected the rational use of water resources and increased efficiency of the water management system in some regions of the country, including the Middle Zarafshan valley.

Key words: rational use, hydraulic structures, irrigation, dry land, artificial lakes, irrigation, land reclamation

Kirish. O`rta Osiyo hududida gidrotexnik inshootlarini barpo qilish juda qadimiy davrlarga borib taqaladi. O`rta Osiyo xususan, O‘zbekiston hududlarida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan sug‘orish tarmoqlari qoldiqlari Sug‘diyona, Baqtriya, Xorazm, Farg‘ona, Marg‘iyona davlatlarida dehqonchilik madaniyati g‘oyat yuqori bo‘lganligidan dalolat beradi. Sug‘orib dehqonchilik qilish miloddan avvalgi 2-ming yillikda Surxondaryoda, Zarafshon va Farg‘ona vodiylarida, Amudaryo quyi qismida yuzaga kelgan. Sirdaryo va Amudaryo etaklarida sug‘orish asosida yerlarni o‘zlashtirish miloddan avvalgi 8–7 asrlarga borib taqaladi. [1]

Ma’lumki, daryolardagi suv miqdori yil davomida, mavsumdan­mavsumga va yillararo o‘zgarib turadi. Yer yuzidagi, ayniqsa, O‘rta Osiyo kabi arid iqlimli hududlardagi ba’zi bir daryo va soylarning suv miqdori yil davomida shu qadar notekis va noqulay taqsimlanganki, oqibatda milliard­milliard metr kub suv xalq xo‘jaligiga hech qanday foyda keltirmasdan behuda oqib ketadi. Ayrim paytlarda, masalan, toshqin va to‘linsuv davrlarida daryolar to‘lib ­ toshib oqib katta zarar ham keltiradi. O‘lkamiz sharoitida, qishloq xo‘jaligida suvga bo‘lgan talab ortgan mavsumlarda esa bunday daryo va soylardagi suv keskin kamayib ketadi, ayrim hollarda butunlay qurib qoladi.

Mana shunday sharoitda daryo va soylar suvidan to‘la va samarali foydalanish hamda toshqinlarni oldini olish maqsadida ularning oqim rejimini boshqarib turish zarur. Bu muammoni daryolarda sun’iy ko‘llar­suv omborlari barpo etish yo‘li bilan hal etish mumkin. Suv omborlari qurish o‘lkamiz kabi qurg‘oqchil hamda qishloq xo‘jaligi sug‘orishga asoslangan hududlarda ayniqsa zarurdir. Ko‘pchilik suv omborlarini qurishda ekinzorlarni suv bilan ta’minlashdan tashqari, ulardan gidroenergetika, baliqchilikni rivojlantirish, yirik sanoat korxonalari va shaharlar suv ta’minotini yaxshilash maqsadida foydalanish ham nazarda tutiladi. [2]

Asosiy qism: Jahon mamlakatlarida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishning asosiy manbai-qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hisoblanadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bugungi kunda dunyo aholisi is’temol qilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining 20,0 foizda ko`prog`i dengiz, okean va o‘rmon xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelgani holda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi hissasiga esa 80,0 foizdan ortiq.

XX asrning 50-yillariga qadar barcha mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda ham qishloq xo‘jaligida yangi yerlarni o‘zlashtirish hisobiga, ya’ni ekstensiv usullarda rivojlantirishga asosiy e’tibor berilgan. Bugungi kunda esa deyarli barcha mamlakatlarda haydaladigan yerlarning qisqarishi, lalmikor yerlar, yaylovlar va o‘tloqlarning ekologik holatini yomonlashuvi, tuproq eroziyasi hamda sho‘rlanish oqibatida yer tabiiy unumdorligining keskin pasayishi jiddiy muammoga aylandi. Shahar va qishloqlarning «eniga» kengayishi, sanoat ishlab chiqarishi infratuzilmalari va boshqa xizmatlarning rivojlanishi bilan bog‘liq holda yer-suv taqchilligi kuchayib, asosan unumdor yerlar kamaygan.

XX asrning 50-yillaridan boshlab dastlab iqtisodiy rivojlangan davlatlar, 80-yillardan esa rivojlanayotgan davlatlar, 90-yillardan esa bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan davlatlarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ilm-fan yutuqlari asosida texnik-texnologik jihatdan mutlaqo yangi biologiya, genetika, seleksiya yutuqlarini qo‘llash, qishloq xo‘jaligi moddiy-texnika asoslarini mustahkamlash, kimyolashtirish, irrigatsiya va melioratsiya tuzilmalarini takomillashtirish omillaridan keng sur’atda foydalanish boshlangan. Sug‘orma dehqonchilikning iqtisodiy samarasi lalmikor dehqonchilikka nisbatan 3–3,5 marta yuqori bo‘lishi ko‘p mamlakatlarda sug‘oriladigan yerlarni muttasil kengayishiga olib keldi. Chunonchi, XX asr boshida dunyo bo‘yicha sug‘oriladigan yerlar 40,0 mln gektar bo‘lsa, XX asrning oxirlarida 330,0 mln. gektarga yetdi yoki 8,2 marta o‘sdi. Sug‘orma dehqonchilik Sharq mamlakatlarida juda tez rivojlandi, ayniqsa, Xitoy va Hindistonda mavjud ekin maydonlarining 45,0 foizi sug‘oriladigan maydonlardan iborat bo‘lsa, bu ko‘rsatkich AQSh va Rossiyada bundan ham katta qiymatga tengdir.

Sug‘orma dehqonchilik O`rta Osiyo mamlakatlarida, birinchi navbatda O‘zbekistonda jadal rivojlandi. 1940 yilda sug‘oriladigan yerlar 2672,6 ming gektar bo‘lsa, hozirgi kunda 4279,0 ming gektarga yetdi [3] (1-rasm).

1-rasm. O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarining yillar davomida ortib borishi

Birgina O`rta Zarafshon havzasidagiDamxo‘ja suv taqsimlovchi inshoati Samarkand viloyatidagi uchinchi gidroinshoat bo‘lib, Oq-Qoradaryo suv taqsimlovchi inshoatidan 57 km quyida Qoradaryoda kurilgan. Damxo’ja gidrouzeli Qoradaryo daryosida joylashgan, ma’muriy jihatdan u Samarqand viloyati Kattaqo’rg’on tumaniga qaraydi. Qoradaryoning shu uchastkasidagi maksimal sarfi, 560 m³/s, tubining nishabligi 0,0027, oqim tezligi 3,5 m/s. Kattaqo’rg’on suv omboriga suv eltuvchi kanalga hamda Miyankal — Xatirchi, Damarik kanallariga kafolatlangan suv chiqarish gidrouzelining asosiy vazifasiga kiradi. Gidrouzel tasarrufidagi sug’oriladigan maydon 49200 ga teng. Damxo‘ja gidrouzeli 1955–1956 yillarda qurilgan va 1956 yildan boshlab foydalanishga topshirildi. Gidrouzelning pasportida uning konstruksiyasi 3- klassli ochiq va to‘siqli temir-betonli, Farg‘ona tipiga mansubligi aytiladi. Gidrouzel chapqirg‘oq va o‘ngqirg‘oq suvini tutib turuvchi to‘g‘onlardan iborat bo‘lib, asosiy to‘g‘onning davomi sifati qurilganligini ko‘rish mumkin. To‘g‘onlar mahalliy grunt qatlamdan bunyod qilingan. Asosiy to‘g‘on 6 ta 7 metrlik suv o‘tkazuvchi yo`laklarni hosil qiladi va har bir yo‘lak 7,1 x 3,7 o‘lchamli g‘ildirakli to‘siqlar bilan jihozlangan. Mazkur vertikal funksiyali to‘siqlar elektr energiyasi yordamida harakatlatirishga moslashtirilgan. Gidrouzelning maksimal suv sarfi 560 m3/sek ga teng bo‘lib, tezlik 3,5 m/sek gacha boradi. Suvni qabul qilish, tarqatish tizimi ancha murakkab bo‘lib, chap qirg‘oqda (Kattaqo‘rg‘on, Dam-Ariq magistral kanallari) va o‘ng qirg‘oqda (Miyonqol-Xatirchi) suvni taqsimlash uchun tarmoqlar shakllantirilgan. Gidrouzelda oqiziqlar to‘planishga qarshi maxsus sistema (zapan) qo‘llaniladi. [4]

Xulosa: qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanish muayyan darajada mavsumiylik xarakteriga ega. Bu xususiyat ishlab chiqarish vaqti bilan ish vaqti o‘rtasida hamda qish mavsumida o‘simliklar rivojida uzilishlar bilan ham bevosita bog‘liq. Bunday sharoitda suv resurslaridan yil davomida samarali foydalanishni tashkil qilish, avvalo, tashkiliy tadbirlar (suv omborlarida suv zaxiralarini yig‘ish, meliorativ tadbirlar majmuasini amalga oshirish va boshq.) bilan bog‘liq bo`lib suv taqsimlash inshoatlaridan to`g`ri foydalanish ya`ni suvni mavsumlar bo`yicha taqsimlanishi muhim ahamiyatga ega.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishning muhim vazifalaridan biri sug‘orilib kelinayotgan yerlarni suv ta’minotini yaxshilash, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini samarali faoliyatini tashkil etishdan iboratdir.

Adabiyot:

  1. Д. М. Джуракулова. Зарафшон ҳавзасининг ибтидоий давр тарихи. Ўқув қўлланма. –Самарқанд: СамДУ нашри, 2015, 173 бет.
  2. Агроклиматические ресурси Джизакской и Самаркандской областей Ўзбекской ССР. -Л.: Гидрометеоиздат, 1977. -218 с
  3. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi- 12-jild-T.: Davlat ilmiy nashriyoti
  4. Ҳикматов Ф.Ҳ. ва бошқалар. “Зарафшон ҳавзасининг гидрометеорологик шароити ва сув ресурслари. Монография — Тошкент Фан ва технология 2016 й
  5. Baratov P. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi. -Toshkent: O‘qituvchi, 1996. -264 b
  6. Gidrologiya Fanlari Xalqaro uyushmasi (International Association of Hydrological Sciences)ning sayti: http: // www.cig. ensmp.
Основные термины (генерируются автоматически): рациональное использование.

Ключевые слова

oqilona foydalanish, gidrotexnik inshootlar, sug‘orish, sun’iy ko‘llar, lalmikor, irrigatsiya, melioratsiya

Похожие статьи

Rus tilini o‘rganish jarayonidagi asosiy xatolar

Ushbu maqolada rus tilini o‘rganish jarayonida tez-tez uchrab turadigan kamchilik va xatolarda, xususan, beshta asosiy xatolar haqida fikr yuritiladi. Har bir xato bo‘yicha alohida isbot-dalillar keltiriladi, hamda rus tilini o‘rganishda asosan nimal...

Maqom san`atini o‘qitishning dolzarb masalalari

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa darslarida an’anaviy xonandalik — maqom haqida tushunchalarni shakllantirishning dolzarb masalalari qamrab olingan. Shuningdek, muallif darsliklarda mumtoz ashulani o‘rganish bo‘yicha yuzaga kеlayotg...

Paremiyalar va Quizlet internet ilovasining talabalar so‘z boyligini rivojlantirishdagi samaradorligi

Maqola Quizlet elektron o‘quv kartochkalari vositasida talabalarga maqol va matallarni o‘rgatishning afzalliklari va samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan.Elektron kartochka yordamida maqollarni nafaqat dars boshida, balki o‘rtasida va oxirida ha...

Boshlang‘ich sinflarda o`qish malakalarini shakllantirish

Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etishning muammolari va yechimlari yoritilgan. Unda bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlashda ijodiy ishlarni bajarishning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan bo‘...

Boshlang`ich sinflarda xalq o‘yinlari orqali sog‘lom turmush tarzini shakllantirish

Maqolada xalq o‘yinlari o‘quv-tarbiya jarayoniga sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning muhim omili sifatida joriy etilgan bo‘lib, uning samarali usul va vositalari tahlil qilingan. Shuningdek, muallif darslik hamda adabiyotlarga kiritilmagan, am...

Oilaga ijtimoiy muhitning ta`siri

Maqolada voyaga yetmaganlarning oilaviy tarbiya jarayonidagi ijtimoiy muammolari tahlil qilingan. Muallif yoshlar tarbiyasida oilaviy omillar muhim o‘rin tutishiga alohida e’tibor qaratgan. Shuningdek, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida insonn...

Jigar, uning inson organizmidagi vazifalari va ahamiyati

Mazkur maqolada tirik organizmlaning ichki organlaridan biri jigar haqida haqida fikr yuritilgan. Jigar tanamizdagi eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan organlaridan biri. U ovqatni hazm qilishga yordam beradi, hayot uchun zarur bo‘lgan moddalarni sintez...

O‘zbek va tojik xalq og‘zaki ijodida berilgan janrlarning o‘zaro munosabati

Ushbu maqolada o‘zbek va tojik tili izohli lug‘atlarida berilgan ayrim xalq og‘zaki ijodi janrlari atamalarining bir-biri bilan bog‘liq va farqli jihatlari tahlil qilinadi. Xalq og‘zaki ijodi hosilasi sanalgan maqol, latifa va iboralarning o‘zbek va ...

Amudaryo havzasidagi nasos stansiyalar texnik suv ta’minoti tizimi tahlili («Quyimozor Yordamchi» nasos stansiyasi misolida)

Respublikada sug‘orma dehqonchilik qilinadigan maydonlarning qariyib 78 % ga yaqini mashinali suv ko‘tarish tizimi yordamida sug‘orilishini ta’minlash uchun nasos stansiyalaridan foydalaniladi. Yangi nasos stansiyalarini qurish va mavjudlarini rekons...

Sement tashuvchi vagon-xopperni ag‘darilishga qarshi mustahkamligini aniqlash

Tadqiqotning maqsadi sement tashuvchi vagon-xopperning a‘g‘darilishiga qarshi mustahkamligi hisobini tekshirish. Tadqiqotlar ishlari “Yangi va modernizatsiya qilingan vagonlarni hisoblash va loyihalash standartlari, Rossiya Federatsiyasi (RF) Temir y...

Задать вопрос