В статье рассматриваются термины узбекского языка, относяющиеся к различным областям сферы обслуживания. Анализируется происхождение различных терминов, а также влияние английского и других языков.
Ключевые слова: слова, термины, сфера обслуживания, узбекский язык.
Bugungi kunda matn tahlilida tadqiqotchilar grammatika, semantika, kognitologiya, psixolingvistika, lingvokulturologiya kabi qator yo‘nalishlar qo‘lga kiritgan yutuqlarga tayanib ish ko‘rmoqdalar. Bundan maqsad — nutq yaratuvchi va uni idrok etuvchi shaxs omilining lisoniy faoliyatda qanday o‘rin tutishini aniqlash bo‘lsa, ikkinchi tomondan, matnning semantik, lingvokulturologik xususiyatlarini yanada chuqurroq o‘rganishdir. Shuningdek, lingvokulturologiya muammolariga bag'ishlangan zamonaviy tilshunoslikda ko'plab ilmiy ishlar paydo bo'ldi.
Lingokulturologiya — bu ilmiy bilimlarning murakkab sohasi va tilshunoslik, etnolinguizm, psixolinguistika kabi fanlar bilan o’zaro bog'liqdir [1]. Shunday masala sifatida hozirgi kunda tilshunoslik ilmida barchaning e'tiborini tortayotgan til va madaniyat tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lgan lingvokulturologiya masalalari ko‘pchilik tilshunos olimlar tomonidan tadqiq etilayotgan bo‘lsa-da, biroq to‘laqonli o‘z yechimini topgan emas.
Til har bir millatning madaniyatini, qadriyatlarini va e’tiqodini, umuman xalqning o’ziga xos jihatlarini ifodalashda eng muhim omildir. Tilshunos olimlardan Nida biror xalqni tilini o’rganishda uning madaniyatini ham o’rganish muhim ekanligini aytadi. Uning ta’kidlashicha til va madaniyat bir-biriga bog’liq ravishda rivojlangan o’xshash sistemadir.
Demak, biror xalq hayotida mavjud va kundalik hayotda faol qo’llaniluvchi leksemalar tilda o’z qiyofasini yaratadi va xalqlarning milliy mentalitetini ko’rsatishda ishtirok etmay qolmaydi.Agar atamalarning ma’no mazmuni tahlil qiladigan bo’lsak, ular turli sohalarda turlicha mantiqiy ma’noga ega bo’lib, qo’llanish doirasiga ko’ra o’z mazmuniga egadir. Xizmat ko’rsatish sohalari quyidagi yo’nalishlarni qamrab oladi:
– Transport xizmatlari;
– Axborot va aloqa xizmatlari;
– Ko’chmas mulk bilan bog’liq xizmatlar;
– Maishiy xizmat ko’rsatish;
– Sog’liqni saqlash sohasidagi xizmatlar;
– Turizm va sayyohlik xizmatlari;
– Moliyaviy xizmatlar.
Yuqorida keltirilgan sohalarga oid atamalar turli tillarda turlicha talqin qilinadi va qo’llanilishda geografik hudud, madaniy va etnik guruhlar va til strukturasiga ko’ra tarjimada ham o’z aksini topadi. Xizmat ko’rsatish sohasi mikroiqtisodiyotning bir bo’limi sifatida faoliyat yuritsada, tilda atamalarning ishlatilinishi jihatidan o’z xususiyatiga egadir.
Masalan ingliz tilidagi Add- on atamasi barcha xizmat ko’rsatish sohasiga oid bo’lib, ushbu atama har bir sohada turlicha tarjima qilinadi. Tourizm sohasida qo’shimcha xizmatlardan foydalanish ma’nosini bersa, moliyaviy xizmatlar sohasida qo’shimcha harajatlar ma’nolariga ega. Ushbu atama faqatgina ingliz tilida so’zlashuvchi davlatlarda qabul qilingan bo’lib, murakkab atama hisoblanadi. Garchi boshqa barcha davlatlarda mijozlarning til bilish savodxonligi darajasini hisobga olgan holda extra facilities so’z birikmasidan foydalanishadi.
Maishiy xizmat ko’rsatish sohasi ham ko’pgina sohalarni o’z ichiga qamrab oladi va lingvokulturoligik jihatdan tilda qo’llaniladigan atamalarda va so’zlarda o’z individual xususiyatlariga egadir.
Poyabzal ta’mirlovchi so’zi o’zbek tilida faqatgina vazifasiga ko’ra ta’mirlovchi deb nomlansa, ingliz tilida shoemaker ham ta’mirlovchi ham poyabzal tikuvchi ma’nolarida qo’llanilishi mumkin. Ingliz tilidagi cobbler — poyabzal tikuvchi va ta’mirlovchi degan ma’noni anglatsa, o’zbek tiliga ta’rjima qilinganda esa etikdo’z so’zi ma’nosini beradi.
Xizmat ko’rsatish sohasi ko’pgina lingvistik xususiyatlarni namoyon etib, shu bilan birga hayotimizning ijtimoiy va madaniy ko’rinishlarini ham namoyon etadi. Xizmat ko’rsatish sohasidagi so’z va atamalarni turli tillar va turli madaniyatga oid insonlar va ularning o’z ona tillarida, og’zaki va yozma nutqda ishlatishiga qarab lingvokulturologik jihatdan turlicha tahlil qilinadi. Bunday so’z va atamalarni tarjima qilish oson ish emas, chunki tarjimonga juda ko’p lingvokulturologik jihatdan qiyinchiliklar tug’diradi. Bunday so’zlarga faqatgina ma’lum bir madaniyat va xalqqa tegishli bo’lgan joy nomlari, shu sohada xizmat ko’rsatuvchi shaxslar, predmet va obyektlar, ish qurollari, va ma’lum faoliyat turlari kiradi [2].
Obyektlar: ustaxona, shifoxona, sartaroshxona, mehmonxona, davlat xizmat ko’rsatish organlari;
Faoliyat yurutuvchi shaxslar: sartarosh, tikuvchi, kassir, hamshira, sotuvchi, ofitsant, oshpaz;
Predmetlar: ustara, menyu va h.k
Hozirgi kunda ko’plab madaniy so’zlarning xalqaro miqyosda ishlatilishi bilan tilimizga kirib kelishi va ommalashib borishi tabiiy holga aylangan. Bundan bir necha yillar avval tilimizda keng qo’llanilgan tamaddixona, qahvaxona so’zlari, hozirgi kunga kelib lingvokulturologik globallashuv ta’sirida restoran, kafe deb ishlatilinmoqda. Bundan tashqari restoran va kafe xizmat ko’rsatish sohasidagi taomnoma so’zi ham hozirda ko’plab joylarda menyu deb yuritilmoqda.
Barcha lingvukulturologik ahamiyatga ega bo’lgan so’zlar bir tildan ikkinchi tilga to’g’ridan to’g’ri tarjima qilinmaydi, aksincha ularni tarjima qilishda bir qancha tarjima qilish usullaridan foydalaniladi. Transliteratsiya, transkripsiya, kalka va ta’svirlash orqali tarjima qilish mumkin. Xizmat ko’rsatish sohasida qo’llaniladigan ba’zi so’zlar milliy bo’yoqdorlikka ega, faqatgina ma’lum bir hududda, ma’lum bir shaxslar tomonidan qo’llanilishi mumkin bo’lgan so’zlar bo’lishi mumkin. Masalan, qurilish xizmat ko’rsatish sohasiga oid o’lchov birliklari o’zbek tilida boshqacha, ingliz tilida boshqacha yuritiladi, garchi ma’no jihatdan teng bo’lsa ham qo’llanishiga ko’ra farq qiladi. Shuningdek pul birliklari ham bundan mustasno emas.
Xizmat ko’rsatish sohasi kemg qamrovli soha bo’lib, barcha savdo va maishiy xizmat turlarini o’z ichiga oladi. Shulardan sug’urta xizmat ko’rsatish tizimi hozirda dunyo bo’ylab yetakchilik qilayotgan yo’nalishlardan biridir. Buyuk Britaniya va AQSH kabi davlatlarda sug’urta xizmat ko’rsatish sohasi yaxshi rivojlangan bo’lib, sug’urta turlari ham tubdan farq qiladi. Masalan Buyuk Britaniyada:
national insurance — milliy sug’urta,
life insurance/ personal insurance — shaxsiy sug’urta,
property insurance — mol-mulk sug’urtasi,
social insurance — ijtimoiy sug’urta,
health insurance — tibbiy sug’urta,
travel insurance — sayohat sug’urtasi,
pet insurance — uy-hayvonlari sug’urtasi,
vehicle insurance — transport vositasi sug’urtasi;
kabi turlari mavjud.
Tarjima qilish jarayonida yuqorida keltirilgan so’zlar to’g’ridan to’g’ri — so’zma so’z tarjima qilinmaydi va bunday qiyinchilik albatta tarjimondan mahorat, lingvokulturologik yondashuv va albatta bilim talab etadi. Chunki o’zbek tilida milliy sug’urta, uy-hayvonlari sug’urtasi kabi tushunchalar yo’q, shuning uchun ham tarjima qilinayotgan so’zga ta’rif berish usuli orqali tarjima qilinadi. Buyuk Britaniya va AQSH madaniyatiga ko’ra uy hayvonlariga oila a’zosi sifatida qaraladi va ularning ham o’z huquqlari bor deb hisoblashadi, albatta bunday madaniy tafovvud tarjima qilish jarayonida o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bundan tashqari ushbu davlatlarda xizmat ko’rsatish aganetliklari bo’lib, ular uy-hayvonlarining tug’ilgan kunlarini nishonlash kabi tadbirlarni tashkillashtirishda aholiga xizmat ko’rsatishadi “Pet ceremony agency” deb nom olgan bunday tashkilotlarga oid atama va so’zlarni tarjima qilishda ham o’zbek tarjimonlaridan alohida boy madaniy bilim talab etiladi. Chunki bunday xizmat ko’rsatish turlari faqatgina G’arb mamlakatlarida mavjuddir.
Xizmat ko’rsatish sohasidagi eng daromadli va iqtisodiyotning bir bo’lagi hisoblangan turizm sohasi ham madaniy farqlardan holi emas. Har bir davlatning, turistlar tashrif buyuruvchi maskanlarda o’ziga xos ishlatilinadigan so’z va atamalari qo’llanilishiga ko’ra ikki turga bo’linadi:
- Mahalliy;
- Tashqi;
Mahalliy so’z va atamalar ma’lum bir hudud doirasida qo’llanilsa, tashqi atama va so’zlar xalqaro miqyosda ham qo’llanilishi mumkin. Asosiy farq shundaki mahalliy so’z va atamalar — barcha mahalliy aholi tomonida qo’llanilib, mahalliy madaniyatga xos bo’lgan so’zlardir; tashqi — so’z va atamalar esa dunyoning turli chekkalaridan tashrif buyurgan sayyohlar tomonidan ham, xalqaro miqyosda turli madaniyatga mansub insonlar tomonidan ham qo’llanilishi mumkin.
Bularga yorqin misol bu mahalliy taomnomalar, mahalliy transport vositalari, mahalliy muomaladagi so’z va atamalar kirsa, tashqi so’z va atamalarga — xalqaro so’z va atamalar, xorijiy davlat pul birliklari, chet elda ham xech qanday ta’rifsiz tushuniladigan iboralar va atamalar tushuniladi.
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, xizmat ko’rsatish sohasiga oid barcha so’z va atamalar turli davlatlarda, turli madaniyatga mansub insonlar tomonidan turlicha qo’llaniladi. Shuning uchun bunday so’zlarni tarjima qilish lingvokulturologik xususiyatlarini hisobga olgan holda mahoratli yondashuvni talab etadi. Ma’lum bir xalq, etnik guruh va hududda ko’rsatilayotgan xizmatlarni tarjima qilish uchun ushbu madaniyat va xalq tarixi, geografik joylashuvi kabi bir qator muhim ma’lumotlarga ega bo’lsi va ularning tub mohiyatidan xabardor bo’lish lozim.
Adabiyotlar:
- Baker, Mona. “Linguistics and cultural studies: complementary or competing paradigms in translation studies. 1996.
- Dorothy Kenny «Equivalence in the Routledge Encyclopaedia of Translation Studies», edited by Mona Baker, London and New York, — Routledge, 1998, pp.77
- Kramsch, C. (2009). “Discourse, the symbolic dimension of intercultural competence”. In A.Hu and M.Byram pp.107–124.