O‘zbekistonda atom energetikasini rivolantirish muammolari va sohaning istiqbollari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №42 (280) октябрь 2019 г.

Дата публикации: 22.10.2019

Статья просмотрена: 516 раз

Библиографическое описание:

Нигманов, А. У. O‘zbekistonda atom energetikasini rivolantirish muammolari va sohaning istiqbollari / А. У. Нигманов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 42 (280). — С. 323-325. — URL: https://moluch.ru/archive/280/63070/ (дата обращения: 18.12.2024).



В статье рассматриваются перспективные направления развития атомной энергетики в Республике Узбекистан. Приведен анализ текущей ситуации в энергетике страны, сформулированы основные проблемы и возможности развития атомной энергетики.

Ключевые слова: Узбекистан, AES, атомная энергетика, атомная электростанция.

XXI asrga kelib yangidan-yangi muqobil energiya manbalari paydo bo’layotganiga qaramay, rivojlangan davlatlarning ko’pchiligida Atom energetikasi hali hamon eng asosiy energiya beruvchi manba bo’lib qolmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2016 yil 28 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademik va olimlari bilan bo‘lgan uchrashuvida so‘zlagan nutqlarida “Hozirgi kunda ilm va fan bilan ishlab chiqarish amaliyotni uyg’unligini taminlamasak biz mamlakatimiz iqtisodiyotini va ishlab chiqarish rivojlantira olmaymiz.“ degan edilar. Bu so’zlar zamirida juda katta ma’no mazmun yotibdi. Sababi hozirgi kunda O‘zbekiston xom-ashyo va mineral resurslarni sotish bilan iqtisodiyotni rivojlantirib bo’lmasligini hammamiz bilamiz. Biz ilm-fan va innavotsion texnologiyalarni rivojlantrishimiz, ularni ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalarida izchillik bilan joriy etmog’imiz zarur.

Xuddi shuning uchun ham O‘zbekistonda yoqilg‘i-energtika kompleksini rivojlantrishga katta e’tibor berilmoqda. Qayta tiklanadigan energetika ham boshqa tarmoqlar singari shakkllanishi va rivojlanishi uchun davlat tomonidan boshqa tarmoqlar singari shakllanishi va rivojlanishi uchun davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishning muayyan mehanizmlariga ehtiyoj sezilmoqda. Ushbu texnologoyalardan, keng foydalanayotgan boshqa mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatdiki, bunday mehanizmlar iqtisodiy jihatdan rag’batlantirish omillariga qo‘shimcha tariqasida siyosiy hamda qonuniy xususiyatga ega bo‘lishi lozim.

O‘zbekiston energiya resusrlarining 85 % tabiiy gaz ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. Iqtisodiyotning asosini tashkil qiluvchi ko‘mir va gidroenergiyaning ulushi 2 %, bu O‘zbekiston energiya bolgan talabni qondirishga juda katta qiyinchiliklarga olib kelmoqda. Aholi iste’moli va ishlab chiqarishni energiya bo‘lgan talabi yildan yilga o‘sib borishini hisobga olsak, bu masalani tezroq yechim topish zarur degan fikrdamiz.

Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra O‘zbekistonda yer osti juda katta neft va gaz qatlamlari bor. Respublika hududdining salkam 60 % ularni qazib olish uchun istiqbolli hududlar hisoblanadi. Gaz balansiga ko'ra, yiliga mamlakatda 61 milliard kubometr gaz ishlab chiqariladi, shundan «O'zbekneftegaz» 35–40 milliard kubometrni ishlab chiqaradi. nega biz ikki raqam haqida gapiryapmiz — 35–40 milliard kubometr, bu O‘zbekiston ishlab chiqaradigan gaz va neft qazib olishni ko'paytirish uchun ishlatadigan turli xil texnologik jarayonlar o'rtasidagi farqdir. Umuman olganda, respublikada gazga talab taxminan 39 milliard kubometrni tashkil etadi, bu bizning iste'molchilarimizning yarmidan ko‘pi suyultirilgan gazdan foydalanishga o‘tganligini hisobga oladigan bo‘lsak. Lekin bu konlardan tabiiy boyliklarni qazib olish foydalanish juda murakkab jarayon hisoblanib unga juda katta mablag‘ va texnika texnologiya zarur bo‘ladi. Bunga ikki sababni keltirishimiz mumkin:

− Us-urt, Janubiy-G‘arbiy Hisor, Surxandaryo mintaqalari joylashgan neft va tabiiy gaz konlari to‘g va juda qattiq tog‘ jinslari bilan qoplangan. Bu esa qazib olish jarayonini murakkablashtiradi.

− Hozirgi kunda tastiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda neft va gaz xom-ashyosining zaxirasi ancha kamayib qolgan. Bu esa mavjud resurslardan unumli va tejamkor foydalanishni taqqozo etadi.

Agar “O‘zbekneftegaz” boshqaruv raisi B. Sodiqovning so‘zlariga tayanadigan bo‘lsak O‘zbekistonda uglevodorod zahriasi yaqin 20–30 yilda tugaydi. Bu so‘zlar shundan dalolat beradi-ki biz energetik inqirozga duch kelishimiz muqarrardir.

O‘zbekistondagi dolzarb muammo shunda-ki, energiya yetkazib beruvchi stansiyalar moddiy va ma’naviy eskirgan va ularga hizmat ko‘rsatish davlat uchun qimmatga tushmoqda. 2015–2016 yillarda nafaqat O‘zbekiston viloyatlarida balki poytaxt Toshkent shaxrida ham elektr energiya bo‘yicha avariyaviy holatlar tez-tez sodir bo‘la boshladi.

Tabbiy energeya resurslarini kamayishi muqobil energeya resurslariga bo‘lgan talabni oshirishi tabiiy hol. Misol uchun O‘zbekiston sharoitida birinchi galda quyosh energetikasi bizning iqlimimizga mosligi bilan maqul variant deb hisoblasak bo‘ladi. Ammo quyosh battareyalari, ularga hizmat ko‘rsatish, ehtiyot qismlari juda qimmatligi va uning daromad olib kelishi davrining uzoqliligi bilan O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan davlatlarga harajat jihatdan noqulaylik yaratishi mumkindir.

Shamol energetikasiga keladigan bo‘lsak, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida Xitoyning Liaoning Leader kompaniyasi shamol elektr stansiyasini qurishni boshladi. Uning ishlab chiqarish quvvati 1,5 ming MVtga teng va 1,8 mlrd AQSh dollari loyixaning umumiy qiymatini tashqil qilmoqda. Bu jarayon 3 bosqichda bo`lib, birinchi bosqichda 200 MVt quvvatli energiya stansiyasi qurishva 240 mln AQSh dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritish rejalashtirilgan. Ammo bu ham boshlang`ich loyiha. Sababi Toshkent viloyatiga qo`yilgan 750 kVt quvvatga ega birgina tajriba shamol elektr stansiyasining samaradorligi to‘g‘risida haligacha to‘liq ma’lumot berilmagan. Shamol elektor stansiyalarini qurish 2015 yil O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasida muzokaralar doirasida ham ko‘rib chiqilgan edi. Unga ko‘ra, shamol energiyasi ishlab chiqaruvchi qurilmalarni birinchi navbatda Navoiy viloyati va Qoraqalpog‘istonda o‘rnatish rejalashtirilib, 3 mlrd AQSh dollari nmiqdorida sarmoya talab qilinishi aytib o‘tilgan edi. Ammo bu ham loyiha bo‘lib qolib ketdi.

AESlarga kelsak O`zbekiston bu masalada tajribaga ega hisoblanadi. O‘zbekiston ilmiy tadqiqot sinovlari uchun reaktorga ega. O‘zbek olimlarining fikricha: “Bugun O‘zbekistonda atom energiyasi bo‘yicha kuchli mutaxassislarga ega. Xom-ashyo masalasida ta’minlanganmiz. Yadro-fizika institut mutaxasislar tadqiqotlar olib borishmoqda. Bu sohada O‘zbekiston atom energiyasidan foydalanishga tayyor”.

Markaziy Osiyoda energiya yetishmovchiligi yuzasidan ziddiyatlar kuchayib borar ekan, atom energiyasidan foydalanish masalasiga e’tibor qaratilmoqda.

Mintaqa uran zaxirasiga boy. Atom elektrostansiyalari muammoga yechim bo‘lishi aniq. Bugun rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda atom energiyasidan foydalanish ustuvor o‘ringa chiqmoqda.

Mintaqa yadro qurollaridan xoli hudud sifatida e’lon qilingan. O’zbekiston va Qozog‘iston MAGATE a’zosi, atomdan tinchlik maqsadida foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi.

Biroq O‘zbekiston va Qozog‘istonning bu borada hamkorligi haqida gapirish qiyin. Qozog‘iston Atom energiya stansiyasi (AES) qurilishi bo‘yicha aniq harakatlar rejalagan, 2011 yildan qurilish ishlari boshlanishi haqida ma’lumotlar berilgan edi, ammo amalga oshirilmadi. O’zbekiston bu masalada o‘z qo‘shnisidan ildamlab ketdi. Sobiq ittifoq davrida va mustaqillikdan so‘ng Mintaqada AES qurish masalasi ilmiy va siyosiy doiralarda hamisha muhokama qilib kelingan. XX asrning o’rtalarida Sobiq Ittifoq O‘zbekistonga (Zarafshon vohasida) atom elektrostansiyasini qurish taklifini o‘rganib chiqqan. Lekin u yerda Zarafshon vohasi haqida gap borganda Zarafshon seysmik jihatdan xavfli zona ham, keyin mutaxassislar ham kam bo‘lgan, Markaz tomonidan AES qurish rejasining rad etilishi ko‘proq malakali mutaxassislar yetishmasligi bilan ifodalangan. Hozirgi kunda O‘zbekiston atom energiyasi bo‘yicha kuchli mutaxassislarga ega.

AES ekologiya uchun nisbatan xavfsizligi, zaharli gazlar miqdorini keskin kamaytirishi va qudrati jihatdan ham istiqbolli ko‘rilmoqda. Fransiya 70 % foizga yaqin elektr energiyasini atom stansiyalari hisobiga ishlab chiqaradi.

2018 yil Ulug‘bek qo‘rg‘onida, O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev Moskva muhandislik-fizika instituti Milliy tadqiqot yadro universitetining filialini ochish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekkan edi. Prezident farmonida oliygoh talabalari atom energetikasi va yadro texnologiyalari sohasi bo‘yicha Rossiya ta’lim standartlariga muvofiq bilim olishi ko‘rsatib o‘tilgan edi.

Shu Farmon doirasida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida bo‘lajag “Atomchilar” tayyoralsh uchun 2019 yil 13 sentabr oyida Toshkent shaxri yaqinida joylashgan Ulug‘bek qo‘rg‘onida Moskva muhandislik-fizika instituti Milliy tadqiqot yadro universitetining birinchi xorijiy filiali ochildi. Bu ochilish bejiz emas, aynan shu yerda Sobiq Ittifoqning Markaziy Osiyodagi va mustaqillikdan so‘ng O‘zbekistonning yirik Yadro fizikasi instituti joylashgandir.

Hozir hech kim yirik gidrostansiyalar qurmaydi, nafaqat ekologiya, iqtisodga ham to‘g‘ri kelmaydigan narsa. Butun dunyo atom energetikasiga o‘tmoqda, ekologiyaga xavf solmaydi, nihoyatda arzon. Shuning uchun biz orqada qolib ketmaslik uchun AES qurilishini jadallashtirishim lozimdir. Mintaqasa atom energiyasidan foydalanishda Qozog‘iston va O‘zbekistonda imkoniyatlar bor. Mintaqaviy ahamiyatga ega AESlar ishga tushirilsa rivojlanish uchun turtki bo‘ladi. Hamkorlik bo‘lgani yaxshi, lekin bu narsa har bir davlatda alohida stansiyalar qurish imkoniyatini ham rad etmaymiz. O‘zbekiston atom stansiyasiga tayyor, faqat bu siyosiy jihatdan juda qimmatbaho ne’matdir.

Adabiyot:

  1. 2016 yil 28-dekabr kuni anjumanlar saroyida o’tqazilgan Fanlar akademiyasi akademik va olimlar bilan yi’gilishlaridan. “ Xalq so’zi” 30-dekabr soni.
  2. Energetika sohasidagi investitsiya muhiti va bozor tarkibini chuqur o'rganish //https://energycharter.org/fileadmin/DocumentsMedia/ICMS/ICMSLithuania_2013_ru.pdf
  3. BP O‘zbekiston neft va gaz zahirasini tasdiqladi // https://www.trend.az/business/energy/2544572.html
  4. “O‘zbekneftgaz” ilk bora o‘z ma’lumotlarini e’lon qildi // https://podrobno.uz/cat/economic/uzbekneftegaz-vpervye-raskryl-dannye-po-dobyche-gaza/#
  5. Shamol energetikasi istiqbollari // http://uza.uz/uz/business/shamol-energetikasi-istiqbollari-23–04–2015
Основные термины (генерируются автоматически): AES, атомная энергетика, ICMS, MAGATE, Узбекистан.


Похожие статьи

Turizm sohasi rivojlanishining ayrim muammolari

Maqolada turizmning rivojlanishi bilan uning yangi turlari va yo’nalishlarining vujudga kelishi ham mazkur soha statistikasini yuritishdagi ayrim muammolar yoritilgan.

Qishloq xoʻjaligida suv zaxiralaridan samarali foydalanish uchun IoT va Blockchain texnologiyalari imkoniyatlarini qo’llash

Maqolada IoT, Blockchain, Smart Contract texnologiyalari va ularining qishloq xo’jaligida samaradorlik va xavfsizlikni oshirish uchun qo’llanilishi qarab chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasida g‘aznachilik tizmini yanada takomillashtirish istiqbollari

Ingliz tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida chet tillariga berilgan katta ahamiyat hamda ularni o’rganish uchun zarur bo’lgan innovatsion texnologiyalar yoritilgan

Pul ekvivalentlari tushunchasi: respublikamiz va xorij amaliyotida

Ushbu maqolada respublikamiz hamda xalqaro amaliyotda pul ekvivalentlarining turlari, O’zbekiston sharoitida pul ekvivalentlari tarkibini takomillashtirish borasida fikr yuritilgan.

Krеmniydа VI-guruh elementlari diffuziyasi

Ishda kremniyda VI-guruh elementlari uchun diffuziya jarayonlari ko’rib chiqiladi va bu elemenlar uchun noma’lum parametrlarni aniqlashga imkon beruvchi umumiy ifoda olingan.

O’zbekistonning birinchi prеzidеnti I.A. Karimovning “Tarixiy xotirasiz kеlajak yo`q” asarida tarixiy voqеlikka munosabat masalasi

Nutqni tanishda sphinx tizimini qo’llashning ahamiyati

Ushbu maqolada nuqtni tanishning online API lari, ularning imkoniyatlari va kamchilik tamonlari, nuqtni tanish tizimlarida offline ishlovchi Sphinx tizimidan foydalanishning afzallik tamonlari to’g’risida so’z yuritilgan.

Oliy ta’lim maussasalarida maxsus fanlarni o’qitishda visual metodlardan foydalanish imkoniyatlari va afzalliklari

Quyosh elementlarining optik xususiyatlarini yaxshilash usullari

Ushbu maqolada, quyosh elementlarini optik xususiyatlarini optimallashtirish uchun qo’llaniladigan texnik yechimlarning nazariy asoslari berilgan.

Похожие статьи

Turizm sohasi rivojlanishining ayrim muammolari

Maqolada turizmning rivojlanishi bilan uning yangi turlari va yo’nalishlarining vujudga kelishi ham mazkur soha statistikasini yuritishdagi ayrim muammolar yoritilgan.

Qishloq xoʻjaligida suv zaxiralaridan samarali foydalanish uchun IoT va Blockchain texnologiyalari imkoniyatlarini qo’llash

Maqolada IoT, Blockchain, Smart Contract texnologiyalari va ularining qishloq xo’jaligida samaradorlik va xavfsizlikni oshirish uchun qo’llanilishi qarab chiqiladi.

O‘zbekiston Respublikasida g‘aznachilik tizmini yanada takomillashtirish istiqbollari

Ingliz tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydalanish

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida chet tillariga berilgan katta ahamiyat hamda ularni o’rganish uchun zarur bo’lgan innovatsion texnologiyalar yoritilgan

Pul ekvivalentlari tushunchasi: respublikamiz va xorij amaliyotida

Ushbu maqolada respublikamiz hamda xalqaro amaliyotda pul ekvivalentlarining turlari, O’zbekiston sharoitida pul ekvivalentlari tarkibini takomillashtirish borasida fikr yuritilgan.

Krеmniydа VI-guruh elementlari diffuziyasi

Ishda kremniyda VI-guruh elementlari uchun diffuziya jarayonlari ko’rib chiqiladi va bu elemenlar uchun noma’lum parametrlarni aniqlashga imkon beruvchi umumiy ifoda olingan.

O’zbekistonning birinchi prеzidеnti I.A. Karimovning “Tarixiy xotirasiz kеlajak yo`q” asarida tarixiy voqеlikka munosabat masalasi

Nutqni tanishda sphinx tizimini qo’llashning ahamiyati

Ushbu maqolada nuqtni tanishning online API lari, ularning imkoniyatlari va kamchilik tamonlari, nuqtni tanish tizimlarida offline ishlovchi Sphinx tizimidan foydalanishning afzallik tamonlari to’g’risida so’z yuritilgan.

Oliy ta’lim maussasalarida maxsus fanlarni o’qitishda visual metodlardan foydalanish imkoniyatlari va afzalliklari

Quyosh elementlarining optik xususiyatlarini yaxshilash usullari

Ushbu maqolada, quyosh elementlarini optik xususiyatlarini optimallashtirish uchun qo’llaniladigan texnik yechimlarning nazariy asoslari berilgan.

Задать вопрос