Yoshlarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 26 октября, печатный экземпляр отправим 30 октября.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №51 (289) декабрь 2019 г.

Дата публикации: 19.12.2019

Статья просмотрена: 1618 раз

Библиографическое описание:

Худайкулов, Обиджон. Yoshlarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida / Обиджон Худайкулов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2019. — № 51 (289). — С. 517-519. — URL: https://moluch.ru/archive/289/64891/ (дата обращения: 17.10.2024).

Maqolada yoshlar axloqiy qadriyatlari mazmuni va axloqiy qadriyatlar ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatidagi tahlili, shuningdеk, axloqiy qadriyatlarni o‘rganish tеstlari xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish, yoshlarning axloqiy qadriyatlarining hozirgi kundagi ahamiyati xususida so‘z yuritilgan.

Tayanch so‘zlar: qadriyat, axloqiy qadriyat, madaniyat, maqol, tahlil, o‘z-o‘zini baholash, korreksiya, tizimli yondashuv, ziddiyat.

В статье анализируются этические ценности как часть oбщественной жизни, содержание этических ценностей, а также использование произведений устного фольклора в тестах, направленных на изучение этических ценностей, значение сегодняшних моральных ценностей для молодежи.

Ключевые слова: ценность, этическая ценность, культура, пословица, анализ, самооценка, коррекция, системный подход, конфликт.

The article analyzes ethical values as part of public life, the content of ethical values, as well as the use of works of oral folklore in tests aimed at studying ethical values, the value of today's moral values for young people.

Key words: value, ethical value, culture, proverb, analysis, selfassessment, correction, system approach, conflict.

Hozirgi kunda ro‘y berayotgan ijtimoiy va siyosiy o‘zgarishlar xulq-atvorning yangi ijtimoiy me’yorlari va andazalari paydo bo‘lishiga turtki bo‘lmoqda. Madaniy-tarixiy qadriyatlar tizimining o‘zgarishi esa o‘z navbatida, insonning yetakchi qadriyatlari mazmun-mohiyatida aks etadi. Turli tizimlardagi odat va an’analarning to‘qnashuvlari natijasida vujudga keladigan ijtimoiy-normativ mavhumlik to‘g‘ri va noto‘g‘ri, ezgulik va yovuzlik, qonun va axloq, erkinlik va mas’uliyat o‘rtasidagi chegaralar buzilishiga olib keladi. Ideal olamning abadiy qadriyatlari bilan bir qatorda hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmagan lokal “bir kunlik”, “yanglish qadriyatlar” paydo bo‘lmoqda. Hozirgi kun voqeligi shundayki, ma’lum geografik koordinatalarga ega konkret joyda istiqomat qilayotgan inson turli qutbli madaniy an’analar bosimini his qiladi. Ijtimoiy olamning aksiologik manzarasi bunday qarama-qarshi yo‘nalganlikni insoniyat tarixida ilk bor paydo bo‘lgani bois, “kim bo‘lmoq”, “qanday bo‘lmoq” tanlovi hudud va an’analardan holi ko‘rinishni qabul qilmoqda. Olamning aksiologik manzarasidagi o‘zgarishlar qadriyatlarni tadqiq etish muammosining dolzarblik darajasini oshiradi. Shaxs pedagogik-psixologik qadriyatlarining shakllanishi, rivoji va o‘zgarishlariga oid masalalar faylasuflar, sotsiologlar, siyosatshunoslar, iqtisodchilar, psixofiziologlar, pedagog va psixologlar diqqat markazidadir. J. Tulenov, E. Yusupov, S. Komilova, I. Karimov, S. Valiyeva, K. Tulenova va boshqalar aksiologik muammolarni dastlab falsafaning alohida yo‘nalishi sifatida turli jihatlarini yoritganlar. J. Yo‘ldoshev, F. Yuzlikayev, R. Ahliddinov, M.Quronov, R. Ibrohimov, Sh. Mardonov, T. Toshlanov, N. Egamberdiyevalar1 o‘z tadqiqotlarida qadriyatlarni pedagogik-psixologik nuqtayi nazardan yoritishga harakat qilishgan. Hayotiy qadriyatlarni keng ko‘lamda tadqiq etish tahlilning barcha qatlamlarini qamrab oladi: madaniy-tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, individual-psixologik. Madaniyat qadriyatlari san’atga oid fanlarda mustahkamlangan an’analar ko‘rinishida mavjud. Ijtimoiy munosabatlarni boshqarib turuvchi qadriyatlar ezgulik va yovuzlik, adolat, go‘zallik, halollik to‘g‘risidagi normativ tasavvurlar shaklida o'z ifodasini topgan. Jamoaviy yoki guruhiy ustanovkalar va baholar, imperativlar va ta’qiqlar orqali ijtimoiy faollikni belgilaydigan zaruriy mezonlarni aniqlaydi. Individual ong darajasida sayqallangan qadriyatlar inson turmush tarzini va faoliyatini uyushtirish hamda boshqarish negizi sanaladi, ular insonning har qanday bahosi asosida yotadi va qarorlariga ta’sir ko‘rsatadi [2]. Individual-psixologik yondashuvning farqli jihati qadriyatlar tizimida subyektiv komponentni farqlashida, ularning individual ongdagi aks etilganligidadir. Qadriyatlar faoliyat va xulqqa immanentdir (yuzada ko‘rinmaydigan hamrohi), ular uning tuzilmasiga uyg‘un (loyihalash — amalga oshirish — natija bahosi) va hayotda ifodalanish zaruriyatini taqozo qiladi. Shaxsga oid qadriyatlarni namoyon etish layoqatidan mahrumlik uning yechimi shaxsning taraqqiyoti yoki deviant, delinkvent, kriminal xulqda namoyon bo‘ladigan vayronakorligida o‘z ifodasini topadigan ichki ziddiyatlar, nizolar, tarang holga kelgani negizida yotadi [3]. Demakki, biz rejalashtirgan yoshlarning axloqiy qadriyatlarini o‘rganish ayni damda amalga oshirishimiz lozim bo‘lgan ta’lim va tarbiya jarayonini ma’lum darajada korreksiyalash imkonini beradi. O‘tkazgan tadqiqotimiz yoshlarning axloqiy qadriyatlardan voz kechish sabablari va mazkur holatning yoshlar ongidagi bunday himoyaviy funksiyalar sabablarini aniqlashga xizmat qiladi. Tadqiqot maqsadiga erishish uchun biz, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti psixologiya o‘quv-ilmiy markazi tomonidan o‘zbek tilida yaratilgan “Axloqiy qadriyatlar shakllanganligi va ular o‘taydigan funksiyalarni o‘rganish” (B. M. Botirov) metodikasini oldik. Tadqiqot obyekti sifatida Andijon davlat universitetining ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti pedagogika va psixologiya yo‘nalishining 105 nafar 1, 2, 3-kurslar talabalari qatnashgan. Mazkur statistik ishlov yoshlarning qadriyatlarga oid mental makonidagi manzarani aks ettirishga xizmat qiladi. Faktorli tahlil yoshlarning axloqidagi xulqdagi o‘zgarishlar va ushbu o‘zgarishlar nima maqsadda amalga oshirilayotganini, ya’ni ularning himoyaviy funksiyalarini aniqlash imkonini yaratdi. Moddiy ta’minlanganlik odamlar o‘rtasidagi munosabatlar mezoni sifatida ilgari surilmoqda. Xulosa qiladigan bo‘lsak: hayotimizdagi inqirozlar, keskin o‘zgarishlar, mavhumlik vaziyati va ijtimoiy beqarorlik nainki insonning odatiy ijtimoiy muhitini o‘zgartirmoqda, balki uning shaxsiy salohiyatini pasaytirib, hayotiy faoliyati mezonlarini ham o‘zgartirib, olamning qadriyatlar manzarasini yanglish idrok etilishiga olib kelmoqda, shaxsning o‘zini o‘zi va salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini qiyinlashtirmoqda:

  1. Qadriyatlar omili — shaxsning taraqqiyoti va ontogenezdagi (individual rivojlanishi, uning shakllana boshlashidan hayotning oxirigacha sodir bo‘ladigan ketma-ket o‘zgarishlar majmui) tiklanishi, o‘zligini anglash shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadigan uning yaxlit psixik qiyofasining uzviy qismidir. Zotan, odam qadriyat mazmunini amaliy faoliyat davomida o‘zlashtiradi;
  2. Qadriyatlar insonning ijtimoiy makondagi hayotiy faoliyati tizimini hosil qiluvchi faktori bo‘lib xizmat qiladi.
  3. Shaxs qadriyatlari odamning eng muhim ma’naviy resursiga aylanadi.

Adabiyot:

  1. Ходжаев Б. Педагогик аксиология. — Тошкент: Fan va texnologiya, 2011. — Б. 156.
  2. Инглхарт Р. Модернизация, культурные изменения и демократия // Последовательность человеческого развития. — Москва: Новое издательство, 2011. — С. 464.
  3. Айхорн А. Трудный. — Москва: ЭКСМО-Пресс, 2001. — С. 297;
  4. Берковиц Л. Агрессия: причины, последствия и контроль. — Санкт-Петербург: Прайм — Еврознак, 2001. — С. 512;
  5. Инглхарт Р. Модернизация, культурные изменения и демократия // Последовательность человеческого развития. — Москва: Новое издательство, 2011. — С. 464.
Основные термины (генерируются автоматически): Москва, ценность, человеческое развитие.

Ключевые слова

qadriyat, axloqiy qadriyat, madaniyat, maqol, tahlil, o‘z-o‘zini baholash, korreksiya, tizimli yondashuv, ziddiyat

Похожие статьи

Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarni qo`llash orqali ma’naviy tarbiyani shakllantirish omillari va imkoniyatlari

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, muallif maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma’na...

Bolalarni umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilishda ijtimoiy-hissiy jihatidan qo’yiladigan talablar

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning boshlang'ich maktabdagi faoliyati muvaffaqiyatli bo'lishi uchun zarur bo'lgan xatti-harakatlar, ko'nikmalar va bilimlarni namoyish etish darajasiga qo’yiladigan talablar tahlil qilinadi.

O‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda xalqaro tadqiqotlarning o‘rni

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimiga e’tibor berilib, o‘quvchi yoshlarimizning jahon andozalariga mos ravishda zamonaviy bilim va kasb-hunarli bo‘lishi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini yuzaga c...

О‘quvchi yoshlarning mediakompetentligini rivojlantirish muammosini yechish yо‘llari

Maqolada zamonaviy maktab о‘quvchilariga ommaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri muammolari va bu salbiy ta’sirlar о‘quvchilarning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatayotgani masalalari kо‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada о‘quvchilarning mediakomp...

Harbiy xizmatning axloqiy asoslari va o’zbekiston respublikasi qurolli kuchlarida axloqiy tarbiya

Ushbu maqolada harbiy hizmatchilarning axloqiy qoidalariga rioya qilishi, harbiy xizmatchining Vatanga muxabbati va harbiy qasamyodga sodiqligi haqida so’z boradi.

Temir yо‘l stansiyalarining yuklanganligini kamaytirish chora-tadbirlari

Mazkur maqolada temir yo‘l stansiyasining yuklanganlik darajasiga ta’sir e’tuvchi omillar «Isikava» diagrammasi yordamida aniqlangan. Shuningdek, stansiyaning yuklanganlik darajasini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Temir yo‘l transportida yuklarni yetkazib berish muddatini kamaytirishning matematik yondashuvi

Mazkur maqolada matematik yondashuvlar asosida temir yo‘l transportida yuklarni yetkazib berish muddatini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Texnik va oraliq stansiyalarda qayta ishlanishlar sonining yuklarni yetkazib berish muddatiga t...

Оna tili darslarida o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi interaktiv va noan’anaviy metodlari

Ushbu maqolada ona tili fani bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida interaktiv usullardan foydalanish, dars samaradorligining qay darajada oshishi muammoligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, muallif o‘quvchining diqqatini jamlashda, topqirlik, ijodkorlik qobiliyat...

Bolaning erta aqliy rivojlanishida ona ishtirokining ahamiyati

Muallif maqolada bolaning erta aqliy rivojlanishi jarayonining shakllanishi va unda onaning ishtiroki haqida olib borilgan tadqiqotlarni ilmiy tahlil qiladi. Bolaning erta aqliy rivojlanishida onalar nimalarga e’tibor qaratishi haqida o‘z fikrlarini ...

Оliy o‘quv yurt tаlаbalari o‘rtаsida millаtlararо munosаbatlаr mаdаniyatini shаkllantirish

Ushbu maqolada millatlar, madaniyatlararo munosabatlar va oliy o‘quv yurt talabalari o‘rtasida millatlararo munosabatlar madaniyatini shakllantirish haqida fikr yuritilgan. Bundan tashqari diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, qo’shnichilik, qa...

Задать вопрос