Boshlang`ich sinflarda o`quv mativlarining xususiyatlari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №2 (292) январь 2020 г.

Дата публикации: 10.01.2020

Статья просмотрена: 6742 раза

Библиографическое описание:

Бекмуродова, Ж. А. Boshlang`ich sinflarda o`quv mativlarining xususiyatlari / Ж. А. Бекмуродова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 2 (292). — С. 445-447. — URL: https://moluch.ru/archive/292/65552/ (дата обращения: 19.12.2024).

Ushbu maqolada motivlar asosida o‘quvchilarda o‘quv mustaqilligining shakllanishi hamda uning rivojlantiruvchi ta’lim shartlariga bog‘liqligi yoritib berilgan. Shunindek, muallif kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasi xususiyatlarini, ichki yoki tashqi motivatsiyaning ustunligini aniqlash bo‘yicha tavsiyalar berib o‘tgan.

Kalit so‘zlar. Ijtimoiy motiv, o‘quv mustaqilligi, rivojlantiruvchi ta’lim, faoliyat maqsadi, o‘quvchi faoliyati, o‘quv motivatsiyasi.

В данной статье раскрывается взаимосвязь формирования учебной самостоятельности с условиями обучения. Отмечены особенности изменения учебных мотивов у учащихся младшего школьного возраста, показаны некоторые стороны приоритета внешних и внутренних мотиваций, где учебная деятельность рассматривается как основной стимул внешнего мотива в формировании учебной самостоятельности у детей школьного возраста.

Ключевые слова. социальный мотив, учебная самостоятельность, развивающее обучение, цель деятельности, учебная мотивация.

The article views the interconnection of formation of independent study skills in teaching context, changing features of educational motives of elementary school aged children; the specific superior features of internal or external motivation; learning activity as a basic stimulus for the development of independent study skills.

Key words. Social motives, independent study skills, progressive teaching, learner’s activity, objective of system of pedagogical relations, objective of the activity.

Yoshlarni erkin fikrlovchi, yangilikka intiluvchi va barkamol inson qilib tarbiyalash boshlang`ich sinflardan olib boriladi, bu jarayon muhim vazifalardan biridir. Shu sababdan ham ta’lim mazmuni tubdan yangilanib borilmoqda. Kichik maktab yoshi davrida bolada mustaqil ta’lim olish motivlari yuzaga kelib, ular eng oddiy shaklda — bilimlarni olish bilan birgalikda qo‘shimcha manbalarga va turli mavzulardagi kitoblarni o‘qishga qiziqishi bilan yuzaga keladi. Ijtimoiy motivlar birinchi sinfga kelgan bolaning differensial bo‘lmagan, umumiy tushunishdan o‘qish va o‘rganishning zarurligi sabablarini anglashda, “o‘zi uchun” o‘qish mazmunini anglab yetishda ijtimoiy motivlarni amaliy xarakter kasb etishiga sababchi bo‘ladi. Motivlar asosida o‘quvchining o‘quv mustaqilligini shakllanishi rivojlantiruvchi ta’lim shartlariga bog‘liqdir:

− faoliyat maqsadi. Nima qilinayotganligi va nima uchun qilinayotgan bola uchun tushunarli bo‘lishi kerak.

− o‘quvchi faoliyatida motivlar katta ahamiyatga ega. Motivlar qo‘yilgan maqsadga erishish uchun harakat qilishga yo‘naltiradi.

− faoliyat mazmuni. Pedagog tomonidan beriladigan bilimlarni emas, balki o‘quvchining o‘zi tomonidan mustaqil izlaydigan va egallaydigan bilimlarni taqdim etish. Turli aqliy harakatlarni talab etuvchi topshiriqlar o‘quvchilar bilimlarining rivojlanshiga olib keladi.

− o‘quvchi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat tarkibiga kiruvchi harakatlarning ahamiyati katta. Harakatlar turlicha bo‘lishi mumkin. Oddiy harakatlar (qandaydir bir harakatlarni takrorlash), ijodiy harakatlar, amaliy va aqliy harakatlar. O‘quvchi murakkab topshiriqni o‘zi mustaqil rejalashtirib bajarishi yoki pedagogning ko‘rsatmasiga ko‘ra bajarishi mumkin, bunda asosan, o‘quvchidan mavzuni diqqat bilan eshitishni va uni aniq bajarishni talab etadi. Lekin murakkab topshiriqlarni mustaqil bajarish, undan mustaqil harakat qilishni, topshiriqni bajarishni yo‘llari va uslublarini mustaqil topishni talab etadi.

− barcha tashkiliy sharoitlar yaratilmasa har qanday faoliyatning rivojlantiruvchi imkoniyati yo‘qoladi.

− o‘quvchining faoliyati rivojlantiruvchi xarakter kasb etishi uchun, u doimo murakkablashtirilib borilishi kerak. Faoliyat mazmuni va vazifalari asta-sekinlik bilan murakkablashib boradi, vazifalarning tezligi va sifatiga talab oshadi, vazifalarni bajarishda va yechimini topishda o‘quvchilar mustaqilligiga asoslanilgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun uning faoliyat natijasi pedagog tomonidan nazorat qilinishi va baholanishi lozim.

− o‘quvchi o‘z muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizliklarini bilishi (bizning fikrimizcha, nazorat va baholash yo‘llari o‘quvchilarning o‘zlariga ham o‘rgatib borilishi zarur). Har qanday sharoitda baho o‘quvchini kelgusidagi murakkab va qiziqarli faoliyatga undovchi stimulyator vazifasini o‘tashi lozim. Ko‘rsatib o‘tilganlar kichik maktab yoshdagi o‘quvchilarning motivatsion sohasi o‘zgarib, ularni, “o‘quvchi mavqei”ni egallashiga, ya’ni umumiy o‘rta ta’lim maskaniga borishga bo‘lgan intilishi, qondirilganidan so‘ng, yangi munosabatlarning — o‘quv motivlari va bir qancha murakkab shaklda bo‘lgan ijtimoiy motivlarning yuzaga kelishidan dalolat beradi. Kichik maktab davrining oxirlariga kelib o‘quvchilarda o‘quv bilish motivlari, ya’ni faqat yangi bilimlarni va umumiy qonuniyatlarni emas, balki yangi bilimlarni topishning aynan biror-bir yo‘llarini egallashga qiziqish shakllantirilgan bo‘lishi lozim. Tadqiqotimizda ishtirok etgan kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar o‘quv motivatsiyasi xususiyatlarini, ichki yoki tashqi motivatsiyaning ustunligini aniqlash uchun N. G. Luskanova tomonidan taklif etilgan so‘rovnoma shaklidagi metodikadan foydalanish mumkin. Fanda o‘quvchilar o‘quv motivatsiyasi xususiyatlarini o‘rganishga xizmat qiluvchi ko‘pgina psixodiagnostik metodikalar ma’lum. Ammo ushbu metodika o‘zining ixchamligi, undagi savollarda o‘quvchi uchun odatiy bo‘lgan hayotiy vaziyatlar aks etishi, javob variantlarining tayyor holda keltirilgani, uni ham individual, ham guruhiy qo‘llash mumkinligi, olingan natijalarni qayta ishlash jarayonini qulaylashtiradi.

Motivlar asosida o‘quvchining o‘quv mustaqilligini shakllanishi rivojlantiruvchi ta’lim shartlariga bog‘liqdir:

− faoliyat maqsadi. Nima qilinayotganligi va nima uchun qilinayotgan bola uchun tushunarli bo‘lishi kerak.

− o‘quvchi faoliyatida motivlar katta ahamiyatga ega. Motivlar qo‘yilgan maqsadga erishish uchun harakat qilishga yo‘naltiradi.

− faoliyat mazmuni. Pedagog tomonidan beriladigan bilimlarni emas, balki o‘quvchining o‘zi tomonidan mustaqil izlaydigan va egallaydigan bilimlarni taqdim etish. Turli aqliy harakatlarni talab etuvchi topshiriqlar o‘quvchilar bilimlarining rivojlanshigaolib keladi.

− o‘quvchi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat tarkibiga kiruvchi harakatlarning ahamiyati katta. Harakatlar turlicha bo‘lishi mumkin. Oddiy harakatlar (qandaydir bir harakatlarni takrorlash), ijodiy harakatlar, amaliy va aqliy harakatlar. O‘quvchi murakkab topshiriqni o‘zi mustaqil rejalashtirib bajarishi yoki pedagogning ko‘rsatmasiga ko‘ra bajarishi mumkin, bunda asosan, o‘quvchidan mavzuni diqqat bilan eshitishni va uni aniq bajarishni talab etadi. Lekin murakkab topshiriqlarni mustaqil bajarish, undan mustaqil harakat qilishni, topshiriqni bajarishni yo‘llari va uslublarini mustaqil topishni talab etadi.

− barcha tashkiliy sharoitlar yaratilmasa har qanday faoliyatning rivojlantiruvchi imkoniyati yo‘qoladi.

− o‘quvchining faoliyati rivojlantiruvchi xarakter kasb etishi uchun, u doimo murakkablashtirilib borilishi kerak. Faoliyat mazmuni va vazifalari asta-sekinlik bilan murakkablashib boradi, vazifalarning tezligi va sifatiga talab oshadi, vazifalarni bajarishda va yechimini topishda o‘quvchilar mustaqilligiga asoslanilgan bo‘lishi kerak. Shuning uchun uning faoliyat natijasi pedagog tomonidan nazorat qilinishi va baholanishi lozim.

− o‘quvchi o‘z muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizliklarini bilishi (bizning fikrimizcha, nazorat va baholash yo‘llari o‘quvchilarning o‘zlariga ham o‘rgatib borilishi zarur). Har qanday sharoitda baho o‘quvchini kelgusidagi murakkab va qiziqarli faoliyatga undovchi stimulyator vazifasini o‘tashi lozim. Qolaversa, o‘quv motivatsiyasi darajasi asosida ichki va tashqi motivatsiyadan qaysi biri ustunligi haqida xulosa chiqarish uchun zarur ma’lumotlarni to‘plash imkonini beradi.

N. G. Luskanova taklif etgan metodika uchun ishlab chiqilgan standart baholar o‘quvchilar o‘quv motivatsiyasi tizimida ichki yoki tashqi motivlar ustuvorligi aniqlash imkonini beradi. Bunday metodikadan amaliyotda foydalanuvchi mutaxassislarning ko‘rsatishicha, o‘rtacha o‘quv motivatsiyasiga mos ko‘rsatkichlar odatda tashqi motivatsiyadan darak bersa, o‘rtachadan yuqori motivatsiya, tashqi talab va me’yorlardan nisbiy mustaqillik, ya’ni ichki motivlarga ko‘proq tayanishni ko‘rsatadi.

Adabiyot:

  1. Маркова А. К. Формирование мотивации учения в школьном возрасте: Пособие для учителя. — М.: Просвещение, 1983. — С. 96.
  2. Матюхина М. В. Мотивация учения младших школьников. — М.: Педагогика, 1984. — С.144.
  3. Щукина Г. И. Познавательный интерес в учебной деятельности школьника. — М.: «Знание», 1972. — С. 32.
  4. Овчарова Р. В. Практическая психология в начальной школе. — М.: ТЦ Сфера,1998. — С. 240.
Основные термины (генерируются автоматически): учебная самостоятельность, школьный возраст.

Ключевые слова

Ijtimoiy motiv, o‘quv mustaqilligi, rivojlantiruvchi ta’lim, faoliyat maqsadi, o‘quvchi faoliyati, o‘quv motivatsiyasi

Похожие статьи

О‘quvchi yoshlarning mediakompetentligini rivojlantirish muammosini yechish yо‘llari

Maqolada zamonaviy maktab о‘quvchilariga ommaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri muammolari va bu salbiy ta’sirlar о‘quvchilarning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatayotgani masalalari kо‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada о‘quvchilarning mediakomp...

Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarni qo`llash orqali ma’naviy tarbiyani shakllantirish omillari va imkoniyatlari

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, muallif maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma’na...

Sog‘lom tafakkur tushunchasi haqida

Maqolada “sog‘lom tafakkur” tushunchasi va uning mohiyati hamda sog‘lom tafakkurning o‘quvchilarda qat’iy hayotiy pozitsiyani shakllantirishdagi o‘rni yoritib berilgan. Shuningdek, sog‘lom tafakkurni rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatl...

O‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda xalqaro tadqiqotlarning o‘rni

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimiga e’tibor berilib, o‘quvchi yoshlarimizning jahon andozalariga mos ravishda zamonaviy bilim va kasb-hunarli bo‘lishi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini yuzaga c...

Tabiat qo‘ynida o‘yin faoliyatini tashkil etishning bolaning psixologik rivojlanishiga ta’siri

Maqolada o‘yin faoliyatini tabiat qo‘ynida tashkil etishning bola psixologiyasiga ta’siri haqida so‘z ketgan. Ushbu maqola orqali bola hayotida o‘yin faoliyatining naqadar muhim ekanligi, o‘yin faoliyati turlari va xususiyatlari, o‘yin o‘ynashning fo...

Оna tili darslarida o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi interaktiv va noan’anaviy metodlari

Ushbu maqolada ona tili fani bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida interaktiv usullardan foydalanish, dars samaradorligining qay darajada oshishi muammoligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, muallif o‘quvchining diqqatini jamlashda, topqirlik, ijodkorlik qobiliyat...

Uzluksiz ta’lim tizimida о‘qituvchi tarbiyachi kasb faoliyati mazmuni

Ushbu maqolada uzluksiz ta’lim tizimida barkamol shaxsni tarbiyalashda о‘qituvchining tarbiyachi sifatidagi faoliyati mazmuni yoritilgan. Bо‘lajak о‘qituvchilarda tarbiyachilik malakalarini tarkib toptirishning nazariy-amaliy jihatlari haqida fikr yu...

Bolaning erta aqliy rivojlanishida ona ishtirokining ahamiyati

Muallif maqolada bolaning erta aqliy rivojlanishi jarayonining shakllanishi va unda onaning ishtiroki haqida olib borilgan tadqiqotlarni ilmiy tahlil qiladi. Bolaning erta aqliy rivojlanishida onalar nimalarga e’tibor qaratishi haqida o‘z fikrlarini ...

Оliy o‘quv yurt tаlаbalari o‘rtаsida millаtlararо munosаbatlаr mаdаniyatini shаkllantirish

Ushbu maqolada millatlar, madaniyatlararo munosabatlar va oliy o‘quv yurt talabalari o‘rtasida millatlararo munosabatlar madaniyatini shakllantirish haqida fikr yuritilgan. Bundan tashqari diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, qo’shnichilik, qa...

Temir yo‘l transportida yuklarni yetkazib berish muddatini kamaytirishning matematik yondashuvi

Mazkur maqolada matematik yondashuvlar asosida temir yo‘l transportida yuklarni yetkazib berish muddatini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Texnik va oraliq stansiyalarda qayta ishlanishlar sonining yuklarni yetkazib berish muddatiga t...

Задать вопрос