Faktcheking — axborotni verifikatsiya qilishning samarali vositasi sifatida | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 26 октября, печатный экземпляр отправим 30 октября.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №4 (294) январь 2020 г.

Дата публикации: 27.01.2020

Статья просмотрена: 1301 раз

Библиографическое описание:

Холматова, С. Б. Faktcheking — axborotni verifikatsiya qilishning samarali vositasi sifatida / С. Б. Холматова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 4 (294). — С. 495-497. — URL: https://moluch.ru/archive/294/66733/ (дата обращения: 17.10.2024).

Bu maqolada faktchekingning paydo bo’lishi, rivojlanishi va uning jurnalistika amaliyotida qo’llanilishi misollar asosida tahlil etilgan. Shuningdek, internet nashrlar faoliyatida feyk yangiliklarni aniqlashda faktchekingdan foydalanish tajribasi berilgan. Maqolani yozishda rossiyalik olimlar S. S. Raspopova, E. N. Bogdanning “Feyk yangiliklar. Informatsion mistifikatsiya” kitobidan amaliy qo’llanma sifatida foydalanildi.

Kalit so’zlar: faktcheking, axborot manbasi, verifikatsiya, mediastrategiya, ombudsman, feyk xabarlar

В этой статье анализируется появление, развитие фактчекинга и его применение в журналистской практике на основе примеров. Кроме того, был предоставлен опыт использования фактчекинг при определении новостей фейка в деятельности интернет-изданий.

Ключевые слова: фактчекинг, источник информации, верификация, медиастратегия, омбудсмен, фейковые новости

ХХI asrda jurnalistika sohasiga bir qancha yangiliklar tatbiq etildi. Xususan, fanda faktcheking — axborotni verifikatsiya qilish jarayoni boshlandi. Bu davrning dastlabki o’n yilligida faktlarni professional tarzda tekshiruvchi nodavlat notijorat tashkilotlar yoki sifatli media tahririyatlarda alohida bo’limlar tashkil qilindi. Ularning paydo bo’lishi bir qancha kompleks sabablar bilan bog’liq [1, 81–83]. Birinchidan, umumiy auditoriyaning an’anaviy OAVga nisbatan ishonchi yo’qolishi va internetning rivojlanishi natijasida paydo bo’lgan tijoriy yoki siyosiy maqsadlarni o’zida jamlagan, shuningdek, xabarlarini tekshirilmagan manbalardan olib ijtimoiy tarmoqlarda tarqatuvchi turli alternativ medialar paydo bo’la boshladi. Ikkinchidan, davlat tashkilotlari va tijoriy tashkilotlar, siyosiy partiyalar, xususiy kompaniyalar tashkilot mediastrategiyasini ishlab chiquvchi hamda buyurtmachi ko’zi bilan qaraganda unga foyda keltiradigan yangiliklarni tayyorlovchi kommunikatsiya sohasining professionallarini yollash orqali jamoatchilik bilan aloqalar (PR)ni yo’lga qo’yganlar. Aynan shu sabablar orqali faktlarni tekshirish jurnalistik mahsulotni ishlab chiqarishda muhim bosqichga aylanib, alohida faoliyat turi sifatida sohadan ajralib chiqdi. Xalqaro miqyosda bu — faktcheking (ingliz tilidagi “factchecking” so’zidan olingan) deb nomlanadi. Faktcheking bu — faktlarni tekshirish bo’lib, reallikda mavjud bo’lgan fakt va mavzular o’rtasidagi nomuvofiqlikni tekshirishdir.

Faktchekingning xususiyatini tushunib olish uchun uning yaratilish jarayonini ko’rib chiqish kerak. Jurnalistikaning shakllanishi tarixiy jihatdan shu bilan xarakterlanadiki, yangilik asta-sekinlik bilan siyosiy janglarni yuritish asosi sifatida ko’rila boshlandi, axborot qimmatli tovarga aylana bordi. Uning qiymati reportyorning o’z shaxsiy kuzatuvlari va qarama-qarshi tomonlarning ko’rsatmalari asosida xabar berishi natijasida orta bordi. Shunday qilib, jurnalistlarning faktlarni turli uydirma va mish-mishlardan ajratib ola bilishi natijasida jurnalist faoliyatiga nisbatan ishonchli reputatsiya shakllana bordi. Bu faoliyat foyda keltira boshlagan va natijada ilk axborot agentliklari tashkil qilingan: Amerikadagi “Associated Press” (1846), Angliyaning “Reuters” (1851) va Fransiyaning “Havas” agentligi (1835) shular jumlasidandir. Agentlik asoschilarining tasdiqlashicha, istalgan siyosiy tarafkashlik natijasida potensial auditoriya torayishi mumkin.

Axborotni aniq va xolis uzatishga bo’lgan intilish Amerikada XIX asr oxiri — XX asr boshlarida jurnalist surishtiruvini boshlab bergan “axlat tituvchilar” (muckrackers) harakatini vujudga keltirdi.

Sifatli media doirasida jurnalist surishtiruvinnig rivojlanishi natijasida soha professionallari o’rtasida xalqaro va milliy etika standartlari paydo bo’la boshladi. Standartlar etika qoidalari kabi jurnalistlar uchun tavsiya sifatida xarakterlanadi.

Xolislik va betaraflikka intilish jurnalist xatolari va noaniqliklarini ko’rsatib beruvchi ombudsmanlar institutini shakllantirdi. O’quvchilarning ishonchli axborot olish borasidagi huquqlarini himoya qilish fikri ilk bor Yaponiyada paydo bo’lgan. Ombudsman bu — tahririyat majburiyatlari va auditoriya tomonidan kutilgan natijalar o’rtasidagi vositachi bo’lib, o’zaro ta’sirda so’nggi hal qiluvchi hisoblanadi. “Faktcheking jurnalist surishtiruvi va ombudsmanlik faoliyati doirasidagi tajribaning ortishi natijasida paydo bo’ldi. Hozirda faktcheking “xatolar ustida ishlash” dan ko’ra jurnalistik faoliyatning keng spektri bo’ylab ishlay boshladi” [2, 276].

Auditoriyaning yangi axborotga bo’lgan ehtiyojini qondirish verifikatsiya — tarqatilgan axborotning ishonchliligini tasdiqlash yoki unga raddiya berish orqali uni tekshirish jarayonining rivojlanishiga sabab bo’lmoqda. Bu sohaga ixtisoslashgan jurnalist va ekspertlar faktchekerlar deb atalmoqda. Qoidaga ko’ra, faktchekerlar turli tashkilot va jamoatchilikning ko’p sonli tasdig’i orqali tekshirish o’tkazadi. Soha mutaxassislari o’rtasida tajriba almashish maqsadida 2015-yilda Xalqaro faktcheking tarmog’i (InternationalFact-CheckingNetwork— IFCN) tashkil etilgan. Hozirgi kunda bu tarmoq 49 mamlakatdagi faktcheking bo’yicha faoliyat yuritadigan 126 tashkilotni o’zida jamlagan. Uning maqsadi faktcheking bo’yicha eng so’nggi trendlarni monitoring qilish va amaliyotdagi eng yaxshi amaliyot va IFCNning prinsiplar kodeksidagi loyihalarni qo’llab-quvvatlashdan iborat.

Bizning fikrimizcha, faktlarni xolisona va mustaqil ravishda tekshirish jurnalistikaning eng kuchli instrumentlaridan hisoblanadi. Faktlarni tekshirishda xolis bo’lmagan va aniq manbaga asoslanmaganlarini berish OAV va ekspertlarga bo’lgan ishonchsizlikni orttiradi.

Birinchi axborot manbasi va ekspertlarni o’z ichiga olgan faktlarni tekshirishning standart ko’rinishida tayyor materialni tasdiqlash yoki unga raddiya berishdagi tahrir qilishning 3 muhim bosqichi ajratib ko’rsatiladi:

− kontekstga moslikni tekshirish;

− uslub va grammatikani tekshirish;

− ishonchlilik darajasini tekshirish va keltirilgan faktlarni dalillash.

Faktchekerlar muammosi haqida gapirganda, shuni ta’kidlash kerakki, ular allaqachon “zararlangan” axborot oqimi izlari bo’ylab ishlaydi, feyklarning oshkor qilinishi dezinformatsiya asosida paydo bo’lgan tushunchalarni o’zgartirishga qodir emas. Bu xulosaPsychological Science nashri tomonidan “dezinformatsiyani rad qiluvchi psixologik meta-analiz” nomi ostida chop qilingan ilmiy tadqiqot natijasiga asoslangan. Qiyinchilik tug’diradigan jihati shundaki, onlayn ravishda tarqalgan feyklarni to’g’rilash yetarli emasdek ko’rinadi, sababi auditoriya aynan to’g’rilangan, haqiqiy axborotga ishonishi qiyinlashadi. “The Guardian” gazetasining sotsial va yangi medialar muharriri Martin Belamning qayd etishicha, “bu ahmoqlikka chek qo’yish uchun faktcheking o’z-o’zi uchun yetarli emas, biz haqiqatni tarqatishda qaysi yo’l samarali ekanini hal qilib olishimiz darkor”.

Feyklar aksariyat hollarda internetda paydo bo’ladi. Internet axborotni qayta va qayta tekshirish vazifasiga ega bo’lmagan “havaskor” OAV uchun “qulay” muhitga aylandi. “Observer” (“The Guardian”ning yakshanbalik nashri)ning muharriri Stefan Pritchardning fikricha, o’zini hurmat qilgan nashr doimo faktik xatolarini raddiya berish yoki tuzatish kiritish yo’li bilan to’g’rilaydi, sifatli nashrlardan farqli o’laroq, havaskor nashrlar esa tarqatilgan yolg’on va to’g’rilanmagan materiallarning tepasiga havolalarga asoslangan tuzatish kiritadi: “bizga xabar berishlaricha”, “manbalarning aytishicha” kabi.

Havaskor mass-media an’anaviy OAVga nisbatan shakllangan ishonchsizlik natijasida media bozorida o’z qarashlarini manipulyatsiya vositasida yoyib, xatti-harakatlarini shu yo’l bilan qonuniylashtirishga harakat qiladi. Xatolar va falsifikatsiyadan oqlanish maqsadida o’z raqiblariga mas’uliyatni yuklash prinsipidan foydalanadi: “eng yaxshi himoya usuli — hujum” qabilida ish ko’radi. Lekin, turli ekpertlarning baholashicha, havaskor OAV ixtisoslashgan va o’z qarashlarini aniq bayon qiluvchi bloglar kabi tanilmaydi. Professional jurnalistlarning bezovtalanishiga yana bir sabab bu — churnalizm (ingliz tilidagi churnout — qoliplamoq so’zidan olingan). Bu atama “BBC” jurnalisti Vadim Zakirning 2008-yilda yangiliklar axborot agentliklari va PR-bo’limlar tomonidan “qadoqlangan” matnlar orasidan mexanik tarzda saralab olish natijasida paydo bo’lgan jurnalistikaning yangi shakliga nisbatan ishlatishi natijasida kundalik hayotga kirib keldi. Bu atama Kardiff universiteti tadqiqotidagi jarayonda o’z aksini topgan edi: mazkur qolip asosida britan yangiliklarining 80 %i yaratilgan bo’lsa, 12 % matngina reportyorlar tomonidan yozilgan edi. 2013-yilning aprelida ochiqlik va shaffolikni himoya qliuvchi “TheSunlightFoundation” notijorat tashkiloti “MediaStandardsTrust” bilan hamkorlikda churnalism.com saytini ishga tushirdi, bu sayt “qoliplangan” jurnalistik materiallarni aniqlashtirar edi. Feyk yangiliklar va alternative faktlarga qarshi tushuncha sifatida britaniyalik media tadqiqotchisi va jurnalistika professori Brayan Mak-Neyr “zamonaviy xolislik” (media objectivity) atamasini qo’llashni taklif qildi. Fakt va fikrlarni aniq chegaralash uchun manbalarni tekshirish, ma’lumotlarni verifikatsiyalashdan tashqari jurnalist ishi o’z fikrlarini tahlil qila bilishi uchun ochiq bo’lishi kerak, ana shunda u shaffoflikka erishadi: axborot bilan ishlash chegarasini ham aniqlashtirish kerak. Olimlar fikricha, raqamlashtirilgan davrda ommaviy muhitning globalizatsiyasi haqida gap ketganda xolislik tushunchasiga berilgan ta’rifni qaytadan ko’rib chiqish kerak. Demokratik jarayonlarni qo’llab-quvvatlovchi jamoatchilik muhokamasi doirasi hozirgi kunda internetning “madaniy xaos”ini yengib o’tishi kerak. Xolislikning an’anaviy izohlanishiga qarama-qarshi holda, olimlar kvazijurnalistikaning turli shakllarining ko’payish holatini keltiradilar. Jurnalistikaning bu ko’rinishi nafaqat professional jurnalistlar, balki internet foydalanuvchilar hamda internetda reklama beruvchilar uchun ham raqobatni anglatadi.

Jurnalistik faoliyatda feyklarni belgilash va fosh qilishdagi texnik yangilikka muhim qo’shimcha sifatida turli mamlakatlarda joriy qilingan boshlang’ich, o’rta va oliy ta’limdagi mediasavodxonlik loyihalarini keltirish mumkin.

“Full fact” (3) ning ta’kidlashicha, butun dunyodagi faktchekerlar IFCN doirasida 13 tilda 9–11 va 14–16 yoshdagi maktab o’quvchilari uchun dars rejalarini ishlab chiqqanlar. Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun bo’lsa, feyk yangiliklar va loyihalarni identifikatsiyalash bo’yicha “Lib Guiede” qo’llanmasi tayyorlandi. Bundan tashqari, Amerikaning kutubxoanachilik assotsiatsiyasi mintaqaviy kutubxonalar bilan hamkorlikda “News Know How” nomli dasturni ishlab chiqqan bo’lib, u yosh insonlarga mass-medianing “ongli iste’molchilari” bo’lishlari, propagandani fosh qilish va feyklarni tekshirishda yordam beradi.

Shunday qilib, faktlarni tekshirish jurnalist ishining qonunchilik bosqichidan alohida faoliyat turi sifatida ajralib chiqa boshladi. Bu xalqaro miqyosda faktcheking (faktlarni ularning realligi bilan mos kelishini tekshirish) nomi bilan ataladi. Faktchekingning o’tmishdoshi sifatida axborot agentliklarining ochilishi, “axlat tituvchilar (makreykerlar) harakati” va jurnalist surishtiruvining paydo bo’lishi, tahriiryat ombudsmanlari institutining keng tarqalishini keltirish mumkin. Bugungi kunda faktlarni professional tekshirish faktchekingga ixtisoslashgan tashkilot ekspertlari va turli sifatli media jurnalistlari tomonidan amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlari, Google qidiruv tizimi har biri feyk xabarlar va ularni belgilashda alohida o’z filtr tizimiga ega. Xalqaro miqyosdagi mediasavodxonlik bo’yicha loyihalar esa mass-medianing “ongli iste’molchilari”ni shakllantirishga, feyk yangiliklarni mustaqil ravishda ajratib olish ko’nikmasini shakllantirishga qaratilgan.

Adabiyot:

  1. Распопова С. С., Богдан Е. Н. Фейковые новости, Информационная мистификация. — М: Аспект Пресс, 2018. — 110 с.
  2. Мейс И. Работа над ошибками: опыт омбудсмана газеты «Гардиан» / М.: Институт проблем информационного права, 2005. — 336 с.
  3. www.fullfact.com
Основные термины (генерируются автоматически): OAV, IFCN.

Ключевые слова

Bu maqolada faktchekingning paydo bo’lishi, rivojlanishi va uning jurnalistika amaliyotida qo’llanilishi misollar asosida tahlil etilgan. Shuningdek, internet nashrlar faoliyatida feyk yangiliklarni aniqlashda faktchekingdan foydalanish tajribasi berilgan. Maqolani yozishda rossiyalik olimlar S. S. Raspopova, E. N. Bogdanning “Feyk yangiliklar. Informatsion mistifikatsiya” kitobidan amaliy qo’llanma sifatida foydalanildi

Похожие статьи

O'zbekiston Respublikasi temir yo'llari Angren — Pop uchastkasida yuk vagonlari tormoz uskunalarining ish samaradorligini baholash

O'zbekiston Respublikasi temir yo'llari Angren — Pop uchastkasida tormoz uskunalarni nosozligi bo'yicha ma'lumotlarni o'rganish asosida, yuklangan yuk vagonlarining tormoz uskunalarining asosiy ishi tizimlashtirildi. Angren — Pop liniyasining diagram...

Ta’limda bulutli texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi

Maqolada taʼlimda bulutli texnologiyalarni qo’llash va undan foydalanishning maqsadi, muammolari shuningdek, O’zbekiston ta’lim tizimida bulutli texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanishning ahamiyati tahlil qilinadi. Taʼlimda bulutli texno...

Maktabgacha ta’lim muassasalarida erta savodxonlikni rivojlantirish

Ushbu maqolada O’zbekiston respublikasi Davlat ta’lim konsepsiyasiga oid dolzarb masala ko’tarilgan. Xususan, O‘zbekistonning 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi r...

Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarni qo`llash orqali ma’naviy tarbiyani shakllantirish omillari va imkoniyatlari

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, muallif maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma’na...

Bolaning erta aqliy rivojlanishida ona ishtirokining ahamiyati

Muallif maqolada bolaning erta aqliy rivojlanishi jarayonining shakllanishi va unda onaning ishtiroki haqida olib borilgan tadqiqotlarni ilmiy tahlil qiladi. Bolaning erta aqliy rivojlanishida onalar nimalarga e’tibor qaratishi haqida o‘z fikrlarini ...

Tabiat qo‘ynida o‘yin faoliyatini tashkil etishning bolaning psixologik rivojlanishiga ta’siri

Maqolada o‘yin faoliyatini tabiat qo‘ynida tashkil etishning bola psixologiyasiga ta’siri haqida so‘z ketgan. Ushbu maqola orqali bola hayotida o‘yin faoliyatining naqadar muhim ekanligi, o‘yin faoliyati turlari va xususiyatlari, o‘yin o‘ynashning fo...

Kommunikatsiya jarayonida xushmuomalalikning ijtimoiy-lingvistik xususiyatlari

Ushbu maqolada fransuz tilida xushmuomalakik kategoriyasi elementlarining ijtimoiy muloqot jarayonida qo’llanilishi, ijtimoiy-lingvistik ssenariylar ishtirokchilarining kommunikatsiya jarayonida bajaradigan rollaridan kelib chiqqan holda xushmuomalal...

Voleybolchilarda masofaviy va vaqt bo’yicha mo’ljal olishni takomillashtirish usullari

Voleybolchilar harakatlari texnikasini takomillashtirish sportchi sifatida uzluksiz ravishda o’zi ustida ishlash, shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish, oldingi bilimlarini mustahkamlagan tarzda yangi ko’nikmalarni hosil qilishga asoslanadi. Sportch...

Temir yo‘l transportida yuklarni yetkazib berish muddatini kamaytirishning matematik yondashuvi

Mazkur maqolada matematik yondashuvlar asosida temir yo‘l transportida yuklarni yetkazib berish muddatini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Texnik va oraliq stansiyalarda qayta ishlanishlar sonining yuklarni yetkazib berish muddatiga t...

Fe’lli frаzeоlоgik birliklаrda inson ruhiyati tasviri

Mazkur maqolada fransuz tilidagi fe’llar orqali hosil bo’lgan frazeologik birliklarning inson ruhiyatiga xos ichki kechinmalarni ifodalash usullari borasida fikr yuritilgan.Shunindek, inson his-tuyg’ularini ifodalovchi ruhiy vaziyatlar tasvirini aks ...

Задать вопрос