Oilaga ijtimoiy muhitning ta`siri | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: ,

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №6 (296) февраль 2020 г.

Дата публикации: 10.02.2020

Статья просмотрена: 2033 раза

Библиографическое описание:

Муминова, О. Т. Oilaga ijtimoiy muhitning ta`siri / О. Т. Муминова, Зуннура Тоштемирова Валиева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 6 (296). — С. 345-347. — URL: https://moluch.ru/archive/296/67259/ (дата обращения: 18.12.2024).

Maqolada voyaga yetmaganlarning oilaviy tarbiya jarayonidagi ijtimoiy muammolari tahlil qilingan. Muallif yoshlar tarbiyasida oilaviy omillar muhim o‘rin tutishiga alohida e’tibor qaratgan. Shuningdek, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida insonni jamiyat oldidagi mas’uliyatini oshirishning dolzarb muammolarini ochib bergan.

Kalit sozlari: ota-ona, oila, oilaviy muhit, voyaga yetmaganlar, onalik va bolalikni muhofaza qilish, jamiyat, tarbiya, g‘amxo‘rlik.

В статье рассмотрены проблемы социализации подростка в аспекте семейного воспитания. Автор особое значение уделяет влиянию на подростка семейных факторов. Представляя персональную среду жизни человека, семья является важнейшим фактором социализации личности. Выделены параметры качества данной среды.

Ключевые слова: подросток, правовое воспитание, семейное воспитание, фактор, среда, качества, формирование.

The article considers the problem of socialization of teenagers in the aspect of family education. In a study special importance is given to the effect on adolescent family factors. Being a personal environment of human life, the family is the most important factor in socialization. The author has highlighted the quality parameters of the medium.

Key words: teen, legal education, family education, factor, environment, quality of formation.

Oila jamiyatning negizi va tarbiyaning asosiy instituti hisoblanadi. Oila farzand tarbiyasida birlamchi bo‘g‘in bo‘lib, u bolaning rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.Yurtimizda bolalarga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida har kimning bilim olish huquqiga egaligi, bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi qayd etilgan bo‘lsa, 45-moddasida voyaga yetmaganlar, mehnatga layoqatsizlar va yolg‘iz keksalarning huquqlari davlat himoyasida ekanligi, 64-moddasida ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburligi, davlat va jamiyat yetim va ota-onalarning vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlashi lozim.

Ta’kidlash lozimki, jamiyat gultoji hisoblangan inson, birinchi navbatda, oilada shakllanadi va voyaga yetadi. har bir oqil insonning, jamiyat oldidagi vazifasi qobil farzandni o‘stirish, ularni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, Vatanga sadoqatli etib voyaga yetkazishdan iborat.Biroq ba’zi ota-onalar farzandlar oldida janjallashadilar, oqibatda oilada salbiy muhit shakllanadi. Ota-ona o‘rtasidagi doimiy janjal bolaning asab tizimiga qattiq salbiy ta’sir etadi. Muntazam janjal bo‘lib turadigan oilada tarbiyalangan bola ruhan zaif bo‘lib o‘sadi va unda oilaga nisbatan ishonch, hurmat yo‘qoladi. Bola uydan ertaroq chiqib ketib, kechroq kelishga harakat qiladi. har bir ota-ona oilada o‘zaro hurmat, bir-biriga nisbatan mehr-oqibatli, bo‘lish, qiyinchiliklarni birgalikda yengib o‘tish kabi sifatlarni yoshlarda shakllantirishga mas’uldir. Bugungi kunda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarligining oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, bolalar o‘rtasida nazoratsizlik, ta’lim muassasalarida davomatning pasayishi, ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etishi hollari ko‘paymoqda. Voyaga yetmaganlar nazoratsizligi va huquqbuzarligining oldini olishda, ularning huquqiy savodxonligini yuksaltirishda oiladagi tarbiya va muhit alohida ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqib, hozirgi kunda voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining oldini olishda oilalardagi muhitni ijobiy shakllantirish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq.

Arzimagan bahonalar bilan sodir bo‘layotgan oilaviy ajrimlarga barham berish lozim. Chunki oilada ota yoki onaning yo‘qligi ba’zan bolaning kamroq nazorat ostida bo‘lishiga, moddiy muammolarga ko‘proq duch kelishiga hamda uning manfaatlari, qiziqishlari va dunyoqarashining keskin o‘zgarishga sabab bo‘ladi. Nosog‘lom oilalarni o‘z vaqtida aniqlash va uning a’zolari bilan tarbiyaviy-profilaktik ishlarni amalga oshirish zarur. Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish faqat huquqni bilish emas, balki uni to‘g‘ri tushunish hamdir. Farzandlarimiz qonun va axloq me’yorlari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarni bilish bilan cheklamasdan, ularga rioya etishlari zarur. Jinoyatchilikning ko‘payishi voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan qonun buzulishi holatlarining oshib borishi jahondagi barcha mamlakatlar, shu jumladan, O‘zbekistonda ham davlat va jamiyat oldida turgan dolzarb vazifalardandir. Yurtimizda keyingi yillarda amalga oshirilgan ishlar natijasida voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlar sodir etilishini kamaytirishga, to‘xtatishga erishildi. Lekin erishilgan yutuqlarga, muvaffaqiyatlarga mahliyo bo‘lib, nazoratni susaytirmaslik lozim. Bu borada kuzatilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish, uni keskin kamaytirish dolzarb masala ekanligidan dalolat beradi.

Mamlakatimizda yoshlar faoliyati ustivor yo‘nalishlardan biri bo‘lib, uning asosiy maqsadi yoshlarning har tomonlama shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori to‘la to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishdan iborat.Ayrim turdagi jinoyatlar sonining o‘sishi kuzatilayotgani sababli jinoyatchilikka, xususan, voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi kurashishni kuchaytirish va buni har tomonlama asoslantirilgan tartibda tashkil qilishni taqozo qilmoqda. Yoshlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarni dastlabki tergovda va sud jarayonida alohida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan masalalar sirasiga voyaga yetmagan shaxs tomonidan jinoyat sodir etilishiga imkon beruvchi shart-sharoitni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.Xo‘sh, qanday shart-sharoitlar voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etilishiga imkon bermoqda? Buning sabablarini turli omillar bilan bog‘lash mumkin. Masalan, voyaga yetmagan shaxs oilasida tarbiyaning sustligi, ta’lim muassasalarida tarbiyaning talab darajasida emasligi, bolaning bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etilmagani, yoshlarning ruhiy rivojlanish holati va boshqa omillarni keltirib o‘tish o‘rinli. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining kelib chiqish sabablari va unga imkon beruvchi shart-sharoitlarni o‘rganishda tergov va sud amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, ko‘pgina holatlarda oila a’zolarining tarkibi, ularning ma’lumoti, kasbi, lavozimi, ish va o‘qish joylari, oila a’zolari o‘rtasida o‘zaro munosabatlar, ularning xulq-atvorlari, oilaning moddiy sharoitlari, oila a’zolarining ruhiy va jismonan sog‘lig‘ini alohida e’tiborga olgan holda o‘rganilishi jinoyat sodir etishga imkon beruvchi omillarni aniqlashda muhim sanaladi. Jinoyat ishlarini tergov qilishda ularning jinoyat sodir etishlarida imkon, sharoit yaratib bergan katta yoshdagi dalolatchilar yoki ishtirokchilarning mavjudligini aniqlash muhimdir. Voyaga yetmaganlar jinoyat ishlarida katta yoshdagi dalolatchilar yoki boshqa ishtirokchilarning bor yoki yo‘qligini o‘rganishlarini voyaga yetmagan shaxs jinoyat sodir etishga qay darajada imkon yaratib berganliklarini, yoshlar o‘rtasida jinoyat sodir etishni yuzaga keltiruvchi va shakllantiruvchi ta’sirni aniqlash muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyat sodir etishga imkon beruvchi sharoitlar xususida so‘z ketganda, bolaning ruhiy rivojlanish holatlariga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Jinoyatchilikning oldini olish, ularning kelib chiqishiga imkon beruvchi sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish bilan bog‘liq quyidagi choralarni amalga oshirish lozim:

− voyaga yetmaganlarga oilada, bog‘chada, maktab va boshqa ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaga jiddiy yondashish;

− voyaga yetmaganlarning bo‘sh vaqtlarini ota-onalar va boshqa mutasaddilar tomonidan to‘g‘ri tashkil etish;

− ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish ishlari bilan shug‘ullanuvchi muassasalar faoliyatini muntazam ravishda takomillashtirib borish;

− ommaviy axborot vositalarini voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish, imkon yaratuvchi sharoitlarni bartaraf etishga faol jalb etish, jinoyatchilikni keltirib chiqaruvchi sabablar va shart-sharoitlarni aniq tahlil qilish, sinchiklab o‘rganish hamda uni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish.

Bola nima uchun jinoyatga qo‘l uradi? Qachonki, uning atrofidagilar unga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lmasa, uning uchun zarur sharoit yaratib berilmasa, bo‘sh vaqtlari qanday va kimlar bilan o‘tkazilganiga e’tibor qaratilmasa, u o‘zini jamiyatda ortiqcha his qilishi mumkin. Bunday holat bolada ruhiy o‘zgarishni hamda jinoyatga moyillikni keltirib chiqaradi. Farzandlarining taqdiriga, ularning barkamol bo‘lib ulg‘ayishiga befarq bo‘lmagan xalq, biror nojoya ish qilgan bolani ayblash va jazolashdan oldin, nima uchun bunday hodisa sodir bo‘ldi, degan savolga javob axtarsa, albatta, barcha muammolarga yechim topilgan bo‘lardi. Bola nafaqat huquqlarga, balki O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 47-, 52-moddalarida nazarda tutilgan burchlarga ham ega. Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashdan iborat.

Har qanday davlatning kelajagi undagi yosh avlodning tarbiyasi, ta’lim olishi, salohiyati, sog‘lig‘i bilan chambarchas bog‘liq. Xulosa qilib aytganda, yoshlarni sog‘lom, barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga sharoit yaratish maqsadida davlatimiz va hukumatimiz tomonidan qator qonunlar hamda qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Bu me’yoriy-huquqiy hujjatlar O‘zbekistonda barkamol avlodni tarbiyalash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvatlash, yordamga muhtoj yoshlarni davlat himoyasiga olishga va ularni jamiyat uchun kerakli insonlar qilib tarbiyalashga qaratilgan.

Adabiyot:

  1. Rustamboyev M. X. Bola huquqlari qonun muhofazasida / Huquq va burch – 2010.
  2. Umarov T. Bola huquqi va manfaatlari ularning kafolatlari xususida “Hayot va qonun”. — 2003.
  3. Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. — T.: IIV Akademiyasi, 1998. — 447 b.
Основные термины (генерируются автоматически): IIV, семейное воспитание.

Ключевые слова

tarbiya, ota-ona, oila, oilaviy muhit, voyaga yetmaganlar, onalik va bolalikni muhofaza qilish, jamiyat, g‘amxo‘rlik

Похожие статьи

Boshlang‘ich sinflarda o`qish malakalarini shakllantirish

Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etishning muammolari va yechimlari yoritilgan. Unda bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlashda ijodiy ishlarni bajarishning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan bo‘...

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi aloqa vositasi sifatida

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va nutq madaniyati haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish borasida tavsiyalar berilgan. Tarbiyachining nutq madaniya...

Xitoy bolalar adabiyotining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari

Maqolada Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganidan so‘ng adabiyotga, xususan, bolalalar adabiyotiga bo‘lgan e’tibor hamda uning rivojlanish bosqichlariga to‘xtalib o‘tilgan. Zamonaviy yozuvchilarning adabiyotga kirib kelishi va asarlari orqali bolal...

«T–X–T» yo‘nalishida yo‘lovchi bekatlarining ishini tahlil qilish

Mazkur maqolada yo‘lovchi tashish hajmini statistik qonunlar asosida o‘zgarishini aniqlash uchun «T–X–T» yo‘nalishi tanlab olingan va ushbu yo‘nalishdagi yo‘lovchi oqimi statistikasi ishlab chiqilgan. Shahar atrof poyezdlari harakatlanish zonalarinin...

Boshlang‘ich sinflarning matematika darslarida loyiha faoliyatini usulini qo‘llash

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarning matematika fanini o‘qitish jarayonida loyiha faoliyati usulini qo‘llash haqida fikr-mulohazalar, hamda ilmiy faktlarga asoslangan dalillar misol tariqasida keltiriladi. Loyiha faoliyati usulini qo‘llashning ta’...

Maqom san`atini o‘qitishning dolzarb masalalari

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa darslarida an’anaviy xonandalik — maqom haqida tushunchalarni shakllantirishning dolzarb masalalari qamrab olingan. Shuningdek, muallif darsliklarda mumtoz ashulani o‘rganish bo‘yicha yuzaga kеlayotg...

Kamqon ayollarda homiladorlik va tug`ruqning kechishi

Tadqiqot davomida 20 dan 38 haftagacha bo'lgan anemiya bilan kasallangan ayollarda homiladorlik va tug'ish tekshirildi. Tug`ruq jarayonida yuzaga keladigan potologik asoratlar homilador ayollarda chuqur o`zgarishlarni ta`minlab, organizmda moslashuv ...

Fransuz tili darslarida talabalarning gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishda dialogning roli

Mazkur maqolada mutaxassisligi fransuz tili bo‘lgan talabalarning og‘zaki nutqini rivojlantirishda dialoglar orqali ularning muloqot kompetensiyasini o‘stirishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.

Oilada bolalarda kitobxonlikni shakllantirish omillari

Mazkur maqolada bolalarni kitobga qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bu borada ota-onalarning o`rni haqidagi fikrlar yoritilgan.

Suv resurslaridan foydalanishda suv taqsimlash inshooatlarning ahamiyati

Bugungi kunda mamlakatimizda yangi yerlarning jadal o‘zlashtirilishi o‘z navbatida yangi suv inshootlarini (suv omborlari, kanallar, kollektor-drenaj tizimlari va h. k.) qurilishi meliorativ tadbirlar majmuasini amalga oshirish bilan bog‘liqdir. Bu e...

Задать вопрос