Paremiyalar va Quizlet internet ilovasining talabalar so‘z boyligini rivojlantirishdagi samaradorligi | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №9 (299) февраль 2020 г.

Дата публикации: 28.02.2020

Статья просмотрена: 267 раз

Библиографическое описание:

Бойханов, Ш. М. Paremiyalar va Quizlet internet ilovasining talabalar so‘z boyligini rivojlantirishdagi samaradorligi / Ш. М. Бойханов. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 9 (299). — С. 208-211. — URL: https://moluch.ru/archive/299/67729/ (дата обращения: 19.12.2024).

Maqola Quizlet elektron o‘quv kartochkalari vositasida talabalarga maqol va matallarni o‘rgatishning afzalliklari va samaradorligini o‘rganishga bag‘ishlangan.Elektron kartochka yordamida maqollarni nafaqat dars boshida, balki o‘rtasida va oxirida ham qo‘llash tavsiya etiladi. Maqolada Quizlet elektron o‘quv kartochkalari stilistika va ingliz tili amaliy kursi dars jarayonida “Maqol and matallar” va “Istiora” mavzularini interfaol usulda tushuntirish, o‘tilgan mavzuni takrorlash va mustahkamlashda samara berishi tadqiq etilgan.

Tayanch so‘zlar: animatsion, illyustrativ, imlo mashqi, interfaol, maqol, Quizlet internet ilovasi.

Статья посвящена эффективности использования электронной карточки в обогащении словарного запаса студентов в процессе обучения пословиц и поговорок. В этой статье исследована эффективность этого метода в представлении тем «Пословицы и поговорки» и «Метафора» в Стилистике и практическом курсе английского языка, повторение как укрепление знания.

Ключевые слова: анимационный, иллюстративный, интерактивный, интернет приложение Quizlet, упражнение правописание.

Ma’lumki muloqotda so‘zlovchilar tomonidan ishlatiladigan har bir ular o‘rtaidagi munosabatga ijobiy, yoki aksincha salbiy ta’sir qiladi. Amerikalik tilshunos Vikinz lug‘at boyligining ahamiyati haqida quyidagi fikrlarni bildirgan: “Agar fikrni ifodalash uchun so‘z bo‘lmasa, jumla tuza olish qobiliyatining mavjudligi ma’nisizdir…Birozgina grammatika bilan fikringizni tushuntira olasiz, ammo lug‘at boyligisiz buning iloji yo‘q.” [12, 97-b.] Mofareh Alqahtani “Leksikaning til o‘rganish va o‘qitishdagi ahamiyati” maqolasida leksikaning til o‘rganishda muhimligi haqida tadqiqot olib borgan. [1] Dars boshida so‘zni kartochkar vositasida o‘rgatish Adnan Zaid tomonidan o‘ranilgan bo‘lib, grammatika, talaffuz, fonetika, gapirish va yozuvni o‘qitishdan avval ushbu mavzularga oid maqollarni ishlatishni tavsiya qilgan. [13] Lekin ushbu olim aynan elektron maqol kartochkalarini ham nazariy ham amaliy darslarda, asosiy va qo‘shimcha til materiali sifatida foydalishni, darsning o‘rtasi va oxirada ham qo‘llash mumkinligini o‘rganmagan. Bundan tashqari Smaranda Gabriela Onofreia ham maqollarni kompyuter texnologiyasi orqali o‘qitishni o‘rgangan. Shunday bo‘lsada, uning maqolasida birinchidan, quizlet internet ilovasi emas, umumiy kompyuter texnologiysi vositasida maqollarni o‘qitish tavsiya etilgan. Ikkinchidan, Smaranda Gabriela stilistika va ingliz tili amaliy kursida kompyuter texnologiyasidan foydalanish emas, u maqollarni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari talaffuziga ijobiy ta’sir qilishinni ta’kidlab o‘tgan. [7] Biz maqolamizda maqollarni stilistika va ingliz tili amaliy kursi dars jarayonida qo‘llashning afzalliklari va samaradorligini o‘rganmanmoqchimiz.

Paremia va Maqol

Paremiabu — lotincha “paroemia, yunoncha “paroimía” so‘zlaridan olingan bo‘lib, maqol va matallar degan ma’noni bildiradi. [9] O‘zbek tilining izohli lug‘atida maqol terminiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Maqol — hayotiy tajriba asosida xalq tomonidan yaratilgan, odatda pand-nasihat mazmuniga ega bo‘lgan ixcham, obrazli, tugal ma’noli va hikmatli ibora, gap”. [12, 569 b.]. Mashhur maqolshunos olim Meyder maqollar asrlar mobaynida ma’naviy qadryatlar va ijtimoiy ko‘nikmalarni o‘rgatishda vosita sifatida qo‘llanilib kelinayotganini ta’kidlaydi. [5,146 b.]

Elektron o‘quv kartochkalari va Quizlet internet ilovasi

Yuz bor eshitgandan, bir bor ko‘rgan yaxshi. [6, 154 b.] Mazkur o‘zbek xalq maqoli 1971 yilda Paivio tavsiyasi etgan (‘dual-coding theory’) nazariyani yodda saqlashning ikki usulining adabiy talqinidek go‘yo. Unga ko‘ra inson miyyasida anglashning ikki sistemasi mavjud, ya’ni vizual va verbal. Agar ma’lumot taqdimotida ko‘rgazma va uning izohi mujassam bo‘lsa, bunday ma’lumot birgina usuldan foydalanganga qaraganda oson esda qoladi va esga keladi. [8] Shunday xususiyat quizlet internet o‘quv ilovasida mavjud.

Quizlet internet ilovasi

Quizlet internet ilovasi2005 yilning oktyabr oyida amerikalik Endryu Sazerlend tomonidan yaratilgan bo‘lib, mazkur ilova ikki yil o‘tibgina omma e’tiboriga havola qilingan. [10] Ushbu vositadan samarali foydalanishning asosiy talablaridan bu kompuyuter savodxonligi va chet til, xususan, ingliz tilini bilishdir.

Elektron kartochka o‘quv vositasining afzalliklari:

– mavzular va fanlar xilma xil;

– yosh chegaralanmagan;

– arzon;

– tayyor o‘quv vositasi;

– doimiy;

– qiziqarli;

– interfaol;

– illyustrativ, animatsion va ovozli.

Quyida yuqorida aytib o‘tilgan Quizlet elektron vositasining afzalliklarining qiqacha tavsifini beramiz.

Mavzular va fanlar xilma-xil

Quizlet elektron kartochkalari geografiya, tarix, matematika va albatta, ingliz tilini interfaol shaklda o‘qitishda samaralidir.

Arzon

O‘qituvchi va talaba ushbu quizlet ilovasidan foydalanish uchun uning saytidan bepul ro‘yxatdan o‘tishi, xohishiga qarab pullik kartoshkalardan foydalanishi mumkin.

Yosh chegaralanmagan

Mazkur internet sayt ta’limga oid bo‘lgani uchun ushbu saytdan turli yosh va darajadagi til o‘rganuvchilar foydalanishlari mumkin.

Tayyor o‘quv vositasi

Quizlet internet ilovasida maqol va matallar va ularga oid har hil mashqlar va so‘z o‘yinlari joylashtirilgan. Shu bilan birgalikda foydalanuvchi o‘zi ham ilmiy -tadqiqot va o‘quv faoliyati uchun maxsus maqol va matallarga oid kartochalar va mashqlar yaratish imkoniyatiga egadir.

Doimiy

Ushbu til o‘rganuvchilarning lug‘at boyligi rivojlantiruvchi web sayt rasmiy bo‘lib, ma’lumot doimiy saqalanadi. Ular qog‘oz kartochkalari singari sifati buzilmaydi yoki yo‘qolib qolmaydi.

Qiziqarli

Til o‘rganuvchi ushbu ilovadan foydalanar ekan turli qiziqarli mashqlarni bajaradi. Talaba o‘zining ekranda doimiy ko‘rsatib boriladigan yutuqlaridan ruhlanadi. Natijada bu talabaga yanada ko‘proq turli qiziqarli maqollarni o‘rganishga undaydi.

Interfaol

Shakllantiruvchi mashqlarda [2, 15 b.] talabalar belgilangan, masalan 20 ta maqolni tallafuzi va ma’nosini o‘qib yoki o‘qib va tinglab bilib olishlari mumkin. Maqollarni avval tinglab, so‘ngra ularni to‘g‘ri yozish talab etiladi. Bu til o‘rganuvchining tinglash va yozuv ko‘nikma va malakalarini rivojlantiradi. Xato bajarilsa maqolning tog‘ri izohi kompyuter ekranida paydo bo‘ladi.

Illustratrativ, animatsion va ovozli

Talaba ma’lumotni bir paytning o‘zida illyustrativ(rasm va unga oid izoh) va animatsion mashqlar yordamida maqollarni o‘zlashtirishi mumkin. “Gradatsiya” so‘z o‘yinini huddi shunday mashq turi bo‘lib, maqol yozilgan asteroid tushmasdan uning izohini to‘g‘ri yozish talab etiladi. Nihoyat maqollarni ovozli shaklda o‘zlashtirish mumkin. Bu esa til o‘rganuvchiga so‘zlarni eshitib uni to‘g‘ri yozishga o‘rgatadi. Talabalarning maqollarga oid turli mashqlarni bajarishlari ulardan amalda samarali foydalanishlariga zamin yaratadi.

Quizlet internet ilovavasidan dars jarayonishning samaradorligi:

– talabaning ta’lim-tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;

– talabani ijodiy va mantiqiy fikrlashga o‘rgatadi va uni rivojlantiradi;

– turli fanlarda asosiy va qo‘shimcha material sifatida islatilish imkonini beradi;

– vaqtdan unumli foydalanish imkonini yaratadi;

– darsning turli bosqichlarida ushbu metodni qo‘llasa bo‘ladi.

Quyida aytib o‘tilgan Qiuzlet internet ilovasi foydalangan holda maqol va matallarni o‘rgatish va o‘rganish samaradorligining har biriga alohida to‘xtalib o‘tamiz.

Ta’lim-tarbiyaga ijobiy ta’siri

Ta’lim-tarbiya talabaning kelajagini belgilaydi. Talaba “Where there is a will, there a way” ya’ni “Intelganga tole yor” [4, 360 b.] maqolini lisoniy jihatdan uning talaffuzi, tuzilishi va ma’nosini tushunib yetadi. Natijada u aktiv leksikaga aylanadi. Bundan tashqari ushbu maqol talabaga tirishqoqlikni va mehnatsevarlik natijasi qanday bo‘lishini o‘rgatadi.

Ijodiy va mantiqiy fikrlashni o‘rgatilishi

Kompyuter ekranida taqdim etilgan maqollar belgilangan vaqtda talabani tez, ijodiy va mantiqiy fikrlashga undaydi. Masalan, o‘qituvchi elektron maqol kartochkalarini taqdim etadi va talabalardan ma’nosi va ishlatilishini so‘raydi. Talabalar yaxlit holda bir tushunchani ifodalovchi maqolga ta’rif berishga urinadi. Bu fikrlar hilma hillgini ta’minlaydi. Keyingi slaydda albatta maqolning aynan ta’rifi beriladi va talabalarning firklari to‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Bu mantiqiy fikrlashni rivojlantirish bilan bir qatorda birozgina yutug‘ tilni chuqur o‘rganishga turtki bo‘ladi.

Turli fanlarda asosiy va qo‘shimcha material sifatida

O‘quv jarayonida talabalar chet til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib boradilar. Xususan quizlet maqolga oid kartochkalarni leksikologiya va stilistika kabi fanlarda darsning boshi, o‘rtasi va oxirida qo‘shimcha o‘quv vositasi sifatida foydalansa bo‘ladi. Ayniqsa, Ingliz tili amaliy kursida maqol kartochkalaridan foydalanish talabalarning tinglash, o‘qish, gapirish va yozuv kabi til ko‘nikmalari rivojlanishiga katta ta’sir qiladi.

Masalan:

Limon meva bo‘lsa — da, uni olmadek yeya olmaymiz. Sababi oddiy, u nordon mevadir. Limonad limon ta’mli bo‘lsa -da, shirin va yoqimli ichimlik. Quyidagi misolda ‘limon’ning nordon ta’mi hayotning ko‘ngilsizligiga, “limonad” esa ushbu ko‘ngilsizlikdan ham ijobiy xulosa chiqarishga o‘xshatilgan.

Rasm 1. Imlo mashqining ko‘rinishi

Stilistika fanida maqollardan bilmlarni faollashtirish mashqi sifatida, “Maqollar va matallar”yoki “istiora” mavzularini tushuntirishda (1-rasmga qarang) qiuzlet internet ilovasidan foydalishni tavsiya qilamiz. Mavzuga oid misolning o‘qilishi, aytilishi, ma’nosi va qo‘llanishini interfaol usulda tushuntirilsa, o‘tilgan mavzuni takrorlansa va mustahkamlansa, talabalar mavzuni nafaqat oson o‘zlashtirishlariga, balki amaliy darslarda va nutq jarayonida ham ulardan faol qo‘llashlari uchun asos bo‘ladi.

Vaqtdan unumli foydalanish imkoni

Bu elektron ilova bo‘lganli sabab alohida til materialini [3, 35 b.] (talaffuz birliklarini) yoki leksik, grammatika,talaffuz birliklari integratsion shaklda bir paytda o‘zlashtirish imkoni beradi. Natijada vaqt tejaladi

Xulosa

Biz ushbu maqolamizda quizlet internet ilovasi orqali maqollarni o‘rganish va o‘rgatishni ta’riflash bilan bir qatorda, uning afzalliklari va samaradorligi xususida fikr yuritdik. Xususan quizlet internet ilovasini stilistika va ingliz tili amaliy kursida dars jarayonida o‘rgatish samaradorligini aytib o‘tdik. Garchi quizlet internet ilovasi vositasida talabalarning lug‘at boygini oshirish mavzusi avval tadqiq etilgan bo‘lsa-da, biz aynan maqollarni turli dars jarayonida quizlet internet ilovasidan foydalangan holda o‘rgatish mavzusi o‘rganilmaganligini aniqladik. Demak, kelajakda mazkur mavzu bo‘yicha yana yangi tadqiqot va izlanishlar olib borish mumkin.

Adabiyotlar:

1. Alqahtani M. (2015). The importance of vocabulary in language learning and how to be taught. International Journal of Teaching and Education, Vol. III(3), pp. 21–34., 10.20472/TE.2015.3.3.002

2. Jalolov J., Chet til o‘qitish metodikasi,,O‘qituvchi“Toshkent — 2012, 15 b.

3. Jalolov J., Chet til o‘qitish metodikasi,,O‘qituvchi“Toshkent — 2012, 35 b.

4. Karomatova K. M. va Karomatov H.S, PROVERBS-MAQ0LLAR, Пословцы “Mehnat”, 2000. 360 b.

5. Mieder, W. 2004. Proverbs: A Handbook. Westport:Greenwood Press.

6. Mirzayev T., Sarimsoqov B., O‘zbek Xalq Maqollari «Sharq» tahririyati, T., 2005. 154 b.

7. Onofreia S. G., LetiĠia Iancu a* The Role of New Technology in Teaching through Proverbs in Primary School a„Alexandru Ioan Cuza” University, România https://pdf.sciencedirectassets.com/277811/1-s2.0-S1877042815X00425/1-s2.0-S1877042815049186/main.pdf

8. Paivio, A., & Psychology, U. o. W. O. D. o. (1971). A theoretical analysis of the role of imagery in learning and memory: London [Ont]: Department of Psychology, University of Western Ontario.

9. paremia. (2019, October 26). Wiktionary, The Free Dictionary. Retrieved 20:10, February 20, 2020 from https://en.wiktionary.org/w/index.php?title=paremia&oldid=57856739.

10. Quizlet. In Wikipedia, the free encyclopedia. Retrieved

11. February 18, 2020, from http://en.wikipedia.org/wiki/Quizlet

12. Renandya, W.A.,& Richards, J.C. (2002). Methodology in Language Teaching. New York: Cambridge University Press.

13. Wilkins, D. A. (1972).Linguistics in Language Teaching. London: Arnold

14. Zaid A., Using Proverbs as a Lead-in Activity in Teaching English as a Foreign Language, Universitas Teknologi Yogyakarta International Journal on Studies in English Language and Literature (IJSELL) Volume 4, Issue 10, October 2016, PP 1–5 ISSN 2347–3126 (Print) & ISSN 2347–3134 (Online) http://dx.doi.org/10.20431/2347–3134.0410001www.arcjournals.org

15. Мадвалиев А. таҳрири остида, Ўзбек тилининг изоҳли луғати: 5 жилдли: 80 000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси, "Ўзбекистон миллий энциклопедияси» Тошкент 2006–2008.569 b.

Основные термины (генерируются автоматически): ISSN, III, IJSELL.

Ключевые слова

maqol, animatsion, illyustrativ, imlo mashqi, interfaol, Quizlet internet ilovasi

Похожие статьи

Maqom san`atini o‘qitishning dolzarb masalalari

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa darslarida an’anaviy xonandalik — maqom haqida tushunchalarni shakllantirishning dolzarb masalalari qamrab olingan. Shuningdek, muallif darsliklarda mumtoz ashulani o‘rganish bo‘yicha yuzaga kеlayotg...

Suv resurslaridan foydalanishda suv taqsimlash inshooatlarning ahamiyati

Bugungi kunda mamlakatimizda yangi yerlarning jadal o‘zlashtirilishi o‘z navbatida yangi suv inshootlarini (suv omborlari, kanallar, kollektor-drenaj tizimlari va h. k.) qurilishi meliorativ tadbirlar majmuasini amalga oshirish bilan bog‘liqdir. Bu e...

Jigar, uning inson organizmidagi vazifalari va ahamiyati

Mazkur maqolada tirik organizmlaning ichki organlaridan biri jigar haqida haqida fikr yuritilgan. Jigar tanamizdagi eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan organlaridan biri. U ovqatni hazm qilishga yordam beradi, hayot uchun zarur bo‘lgan moddalarni sintez...

Vagonlar guruhini yuk ob’yektlariga uzatish va olib chiqish texnologik amallarini bajarishda manyovr lokomotivining band bo‘lish davomiyligini aniqlash usuli

Mavjud ilmiy ishlarlarda manyovr lokomotivlarining band bо‘lish vaqtini aniqlash uchun stansiya sutkalik ish reja-grafigini ishlab chiqish tavsiya etiladi. Ushbu maqolada temir yo‘l stansiyasi yo‘llarida yuk obyektlari talablari bo‘yicha jamlangan va...

Sement tashuvchi vagon-xopperni ag‘darilishga qarshi mustahkamligini aniqlash

Tadqiqotning maqsadi sement tashuvchi vagon-xopperning a‘g‘darilishiga qarshi mustahkamligi hisobini tekshirish. Tadqiqotlar ishlari “Yangi va modernizatsiya qilingan vagonlarni hisoblash va loyihalash standartlari, Rossiya Federatsiyasi (RF) Temir y...

Boshlang‘ich sinflarda o`qish malakalarini shakllantirish

Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etishning muammolari va yechimlari yoritilgan. Unda bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlashda ijodiy ishlarni bajarishning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan bo‘...

Boshlang‘ich ta’lim о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirishda dastlabki pedagogik jarayonlar

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirishda dastlabki pedagogik jarayonlar tahlil etilgan bо‘lib, bu jarayonda о‘qituvchining pedagogik mahorati, kasb tanlashga oid bilim va kо‘nikmalari, vazifalari, shuningdek kasb tanla...

Shaxmat o’rgatish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchi qizlarning mantiqiy fikrlash va shaxsiy sifatlarini shakllantirishning pedagogik-psixologik asoslari

Maqolada boshlang’ich sinf o’quvchi qizlar, maktabgacha va oilada shaxmat o’rganish orqali mantiqiy fiklash, shaxmat bilan shug’ullangan bolaning bo’sh vaqti, barcha fanlarni o’zlashtirishi osonlashtiradi, intellektual salohiyat yuksaladi, qobiliyat...

«Quyuv-mexanika zavodi» ShK da ishlab chiqarilayotgan yuk vagonlarining turli radiusdagi egri uchastkalarda harakatlanayotganda ag‘darilishga qarshi barqarorligini tahlil qilish

Bu maqolada O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan 12–9922 modelidagi 4-o‘qli universal yarim vagon va 11–9923 modelidagi 4-o‘qli yopiq vagonni turli radiusdagi egri uchastkalarda harakatlanayotganda ag‘darilishga qarshi barqarorligini tahlil qilindi. ...

O‘zbek va tojik xalq og‘zaki ijodida berilgan janrlarning o‘zaro munosabati

Ushbu maqolada o‘zbek va tojik tili izohli lug‘atlarida berilgan ayrim xalq og‘zaki ijodi janrlari atamalarining bir-biri bilan bog‘liq va farqli jihatlari tahlil qilinadi. Xalq og‘zaki ijodi hosilasi sanalgan maqol, latifa va iboralarning o‘zbek va ...

Задать вопрос