Komp`yuterda axborotni ergonomik tasvirlash | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: ,

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №10 (300) март 2020 г.

Дата публикации: 08.03.2020

Статья просмотрена: 85 раз

Библиографическое описание:

Салихова, К. Ю. Komp`yuterda axborotni ergonomik tasvirlash / К. Ю. Салихова, К. Б. Каххорова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 10 (300). — С. 249-251. — URL: https://moluch.ru/archive/300/67921/ (дата обращения: 20.12.2024).

Ushbu maqolada hozirgi kunga kelib, o`quv yurtlari ta`lim berish va olish jarayonida berilayotgan ma’lumotlarni komp`yuter yordamida ergonomik tasvirlash asosiy maqsad hisoblanadi. Berilayotgan har qanday axborot manbaining asosiy maqsadi tinglovchi e`tiborini o`ziga jalb etish hisoblanib bunga erishish imkoniyatlaridan foydalana olish ya’ni axborotni to’g’ri namoyish qilish usullari yoritilgan. Bu jarayondagi asosiy talablar yoritilgan.

Kalit so’zlar: ta’lim, zamonaviy, texnologiya, axborot, pedagogika, komp`yuter, ergonomika, ma’lumot, adabiyot.

В этой статье освещается основная цель компьютеризированной эргономической визуализации информации, которая в настоящее время преподается в высших учебных заведениях. Основная цель любого источника информации — привлечь внимание слушателя и узнать, как использовать возможность для его достижения или как правильно его представить. Основные требования этого процесса изложены.

Ключевые слова: современное образование, технология, информация, педагогика, компьютер, эргономика, информация, литература.

Hozirgi kunga kelib har bir jamiyatning kelajagi va rivojlanganlik darajasi uning ajralmas qismi bo`lgan ta`lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanib kelinmoqda. Og`ir iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy qiyinchiliklarni yengib, taraqqiyot yo`liga kirgan mamlakatimizda ta`lim tizimini isloh qilish, unga rivojlangan mamlakatlarning ilg`or texnologiyalarni joriy qilish, milliy qadriyatlarimizni singdirgan holda ta`limni tashkil etish, bu jarayonni puxta va samarali amalga oshirish ishlari bugungi kunda davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Shuning uchun ham hozirgi kunga kelib O`zbekiston Respublikasi ta`lim tizimiga yanli zamonaviy axborat texnologiyalarga asoslangan yangi pedagogik texnologiyalar kirib kelmoqda va ta`lim jarayonida keng miqyosda qo`llanilmoqda.

Inson umri davomida ko’rish, eshitish va sezish orqali atrof muhit haqida axborat yig`ib fikt qilish va hayotiy muammolarni hal qilish choralarini o`ylab topib amalga oshirish bilan kun kechiradi. Insonlar qayerda bo`lmasin zamon talabiga mos ravishda malakasini oshirib, yangi ma`lumotlar bilan bilim ko`lamini oshirib va yangilab borishi kerakligini bugungi kun taqoza etmoqda. Har bir inson deyarli har kuni o`zi uchun turli ma`lumotlarga ega bo`ladi. Masalan, ilmiy, moliyaviy yoki oddiy kundalik voqealarni qabul qiladi va bilimga ega bo`ladi. Extiyojlar shuni talab etmoqdaki, olingan bilimlarni xotirada saqlanishi va uni kerak bo`lganda amalda qo`llay bilish uchun qabul qilinayotgan bilimlar, qanday tayyorlanganligi, ko`rgazmaliligi ham katta ahamiyatga ega.

Azaldan har qanday axborotlarni ma`ruza shaklida bayon etish eng qulay va samarali usul bo`lib hisoblanib kelingan. Albatta bu usul yordamida axborot keng miqdorda beriladi. Lekin ko`p xollarda tinlovchilar berilgan axborotni barchasini o`zlashtira olmaydilar yoki umuman qabul qila olmaydilar. Ana shuning uchun ham ta`lim tizimida yangi texnik yutuqlarni hisobga olgan holda va tegishli ravishda dars jarayonida ulardan foydalanish yuqori natija beradi.

Shularni inobatga olgan holda Oliy va O`rta maxsus o`quv yurtlari ta`lim jarayonida axborotni komp`yuter yordamida ergonomik tasvirlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Chunki berilayotgan har qanday axborot manbaining asosiy maqsadi bu — tinglovchining e`tiborini o`ziga jalb etishdir, hozirgi kunda esa bunga erishish usullari va imkoniyatlari juda kengdir. Bunda eng asosiysi axborotni to’g’ri namoyish qilish hisoblanadi. Bu jarayon davomida ergonomika inson va mashinanung o’zaro aloqasiga muayyan talablar qo’yadi. Bu jarayonda asosiy e’tibor axborot ob’ektda taqdim etilayotgan ma’lumotlarning ko’lamiga, ekranda hosil bo’lish tezligiga, axborot elementlarining ketma — ketligiga, mavjud belgilarning yuzada joylashganligiga, timsollar va umumiy tuzulishiga talablar mavjud (1).

Oliy ta’lim muassasalari asosiy axborot resurslarini turli fanlarni o‘rganishga oid elektron o‘quv adabiyotlar tashkil etadi. Elektron o‘quv adabiyotlar deyarli barcha axborotli materiallarni yagona axborot majmuasiga jamlash imkonini beradi. Bundan tashqari, unda hozirgi kunda talab etiladigan zarur interaktivlik, ko‘rgazmalilik, mobillik, ixchamlik va ularni ko‘paytirishda kam xarajat sarflash, ko‘p variantlilik, ko‘p bosqichlilik hamda tekshirish uchun topshiriqlar va testlar hajmining ko‘p bo‘lishini ta’minlaydi. Zamonaviy elektron o‘quv adabiyotlarining afzalligi, avvalo, o‘quv jarayonida o‘quvchilarning mustaqillik va faollik rolini samarali tashkil etishdan iborat. Ta’lim jarayoniga elektron o‘quv adabiyotlarni joriy etish talabalarga fan bo‘yicha axborotning to‘liq manzarasini namoyish etish, o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtirishini ta’minlash, o‘qitishni individuallashtirish, nazorat va o‘z-o‘zini nazoratni takomillashtirish, o‘quv jarayonini natijaviyligini oshirishga yordam beradi. Bundan tashqari, zamonaviy elektron o‘quv adabiyotlarning afzalligiga dars jarayonining yanada qiziqarli o‘tishini ta’minlash xususiyatini kiritish mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda hozirgi kunga kelib komp`yuter yurdamida axborotni ergonomik tasvirlashning eng qulay usullaridan biri bo’lib elektron o’quv adabiyotlar yoki darsliklar hisoblanadi. Hozirda elektron o’quv adabiyotlari, murakkablashish tartibida keltiradigan bo’lsak, gipermatn, ikki va uch o’lcho’vli grafika, animatsiya, mul’timedia, gipermedia, test, virtual trenajyorlar, ekspet tizimlari hamda masofaviy ta’lim komponentlari bilan ta’minlangan bo’lishi talab etiladi. Hozirgi kunda ta’lim tizimida elektron o’quv adabiyotlarining gipermatn, mul’timediya effektlari, sinov dasturlari bilan ta’minlangan turlarini ko’plab uchratish mumkin. Agar ularning matni qog’ozda chop qilinsa didaktik xususiyatlari yoqoladi. Demak, elektron o’quv adabiyotlarining didaktik saviyasini oshirish uchun, ulaning qog’oz nusxasida mavjud bo’lmagan komponentlari — muloqat, gipermurojaat, animatiyalar, baholash, mul’timedia effektlari, virtual trenajyor va ekspert tizimlar kabi komponentlarning senariylari va ish rejimlari puxta rejalashtirilgan bo’lishi lozim.

Elektron o’quv adabiyotlar puxta rejalashtirilgan va tayyorlangan o’quv materiallarni o’z ichiga oladi. Elektron o’quv adabiyotlar gipermatn asosida qurilgan bo’lib, u yordamida kurs materiallarining nazariy qismlarini yakka holda o`rganishga imkon beradi.

Elektron o’quv adabiyotlarni yaratishda eng asosiy talablardan biri bu ekran yuzasidan ratsional holda foydalanishdir. Boshlang’ich axborotni tayyorlashda eng asosiy nuqta uning miqdori hisoblanadi. Buning natijasida ekran yuzasida joylashtirilgan hattoki eng kichik turdagi axborot elementlarini ko’ra olish qulay bo’ladi va o’ziga e’tiborni tez tortishga yordam beradi. Bunga axborot ob’ektining rangi va tuzilishini o’zgartirish orqali ham erishish mumkin. Chunki tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki inson ko’zining ko’ra olish qobiliyati ob’ektning rangi va yurug’lik tarqatish chastatasi bilan uzviy bog’liqligi aniqlangan. Bunda axborot ob’ektlari qoidaga ko’ra inson ko’ziga yirikroq va aniq ko’rinadi, agar buning aksi bo’lsa, kichikroq ko`rinadi va e’tiborni o’ziga jalb etmaydi.

Taqdim etilayotgan axborot ekran yuzasida foydalanuvchi uchun qulay qilib joylashtirish lozim. Chunki, noto’g’ri joylashtirilgan axborotni o’qishda noqulaylik yuzaga keladi. So’zlarni gorizontal holda o’ngdan chapga o’qish vertikal holdagi o’qishdan ikki barobar tezroq va qulay hisoblanadi. Elektron o’quv adabiyotlarning tuzishda eng avvalo foydalanuvchi uchun kutilgan natijani berishi lozim. Elektron o’quv adabiyotlarning asosiy elementlari e’tiborni o’ziga tez jalb etishi ya’ni, ekranning markazida joylashtirilishi kerak. Asosiy ma’lumotlarning rangi, joylashishi va tuzilishi bilan barcha boshqa ikkilamchi elementlardan ajralib turishi lozim. Elektron o’quv adabiyotlarda axborot ob`ektlarning barchasi taqdim etilmasdan ma’lumotlar ko’lamiga, maqsadiga va muxumligiga ko’ra ekranda yuzaga kelishi zarur hisoblanadi. Bu orqali kerakli ma’lumotlarni tanlash va ularni saralash imkoni yuzaga keladi. Bunda ekran yuzasidan samarali foydalanish maqsadida ob’ektning yashirin xususiyatini va ob’ektga tegishli bo’lgan qo’shimcha qismlari va ma`lumotlarni ifoda etadigan belgilar bilan ifodalanadi.

Asosiy matnning miqdori (sahifada) kursning umumiy hajmidan to’rt karra katta bo’lmasligi lozim, masalan agar o’quv kursi 60 soatga teng bo’lsa, bunda 4 x 60 = 240 betga teng, bu asosiy matnning maksimal miqdori hisoblanadi. Asosiy matn o’z ichiga barcha bo’limlar, adabiyotlar ro’yhati, asosiy tushunchalar lug’ati, o’zini tekshirish uchun mo’ljallangan savollar va boshqa qo’shimcha ma’lumotlar kiritilgan bo’ladi.

Elektron o’quv adabiyotlarda o’zini tekshirish uchun mo’ljallangan savollar (og’zaki javob uchun) 3 tadan, test topshiriqlari savollar va topshiriqlar soni 8 tadan, darslik yuzasidan kurs ishi mavzulari (referatlar) hech bo’lmaganda 1 tadan, yakuniy savollar 2 tadan, topshiriqlar soni (agar lozim bo’lsa) 1 yoki 2 ta hamda qo’shimcha savollar 3 tadan kam berilgan bo’lmasligi lozim.

Elektron o’quv matnlarni yuzish davomida quyidagi qoidalarga roiya qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Elektron o’quv adabiyotlarda asosiy matn ko’p xollarda bir xil turdagi shrift yordamida yoziladi, matndagi boshqa elementlar ajalib turishi maqsadida masalan, sarloxa, tushunchalar boshqa turdagi shrift bilan yoziladi. Asosiy matn shrifti 14 dan katta, 10 dan kichik bo’lmasligi kerak. Asosiy matn uchun eng yaxshi tanlov bu “Times” yoki “Garamond”, asosiy va kichik sarlohalar uchun “Arial” hisoblanadi. Sarloha va matn orasidagi masofani uzoq olish tavsiya etilmaydi (2, 5 bet).

Muhim ma’lumotlarni ranglar yordamida ifodalashda yashil, qizil, ko’k, sariq va siyohrang ranglardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ranglar yordamida ma’lumotlarni ifodalashda me’yorni saqlash lozim. Bu yerda o’zaro yaqin bo’lgan ranglarni ishlatish o’rinsiz hisoblanadi, masalan, pushti fonda qizil timsollar, yashil yuzada ko’k, oq yuzada sariq, qora yuzada to’q ko’k ranglar va aksincha. Fon sifatida turli ranglar aralashmasini ham qo’llash mumkin, hattoki o’zgaruvchan suratlarni ham elektron o’quv adabiyotlarda fon sifatida qo’llash mumkin.

Yuqorida berilgan tavsiyalar elektron o’quv adabiyotlar yoki darsliklar uchun emas balki har qanday turdagi axborotni komp`yuterda ergonomik tasvirlash uchun qo’llash mumkin. Axborotni ergonomik tasvirlash davomida yaratuvchi maxsulotini foydalanuvchi uchun qulay, qiziqarli va eng asosiysi o’zlashtirish oson bo’lishi uchun video, musiqa, suratlar, grafika va boshqa turdagi qo’shimcha effektlardan foydalanishi mumkin. Eng asosiysi qanday turdagi elekton axborot manbai yaratilishidan qatiy nazar unung pedagogik jihatlarini o’rganish darkor hisoblanadi (3, 14 bet).

Adabiyotlar:

  1. M.Tojiyev, R.Salaxutdinov, M.Barakayev, S.Abdalova. Ta’lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari. — Toshkent: OFSET — PRINT, 2001. — 147 b.
  2. Обзор методов эргономического представления информации “Ергономическое обеспечение веб-дизайна” Венедикт П. Кляузе — ”МИР ПК”, май 2002 г. — 12 с.
  3. Можаева Г. В., Тубалова И. В. Как подготовить мультимедиа курс?. — Томск. 2002 г. — 44 с.
Основные термины (генерируются автоматически): OFSET, PRINT.

Ключевые слова

texnologiya, ta’lim, Axborot, zamonaviy, pedagogika, komp`yuter, ergonomika, ma’lumot, adabiyot

Похожие статьи

O‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda xalqaro tadqiqotlarning o‘rni

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimiga e’tibor berilib, o‘quvchi yoshlarimizning jahon andozalariga mos ravishda zamonaviy bilim va kasb-hunarli bo‘lishi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini yuzaga c...

Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarni qo`llash orqali ma’naviy tarbiyani shakllantirish omillari va imkoniyatlari

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, muallif maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma’na...

Estrada aktyorlarini о‘qitishda pedagogning kasbiy kompetentligi masalalari

Mazkur maqolada zamonaviy san’at ta’limida, xususan estrada aktyorlarini tayyorlash jarayonida pedagogning kompetentligi masalalari о‘rganilgan va tahlil qilingan. Shuningdek, tadqiqot natijasiga kо‘ra uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Muloqotning oiladagi o`rni

Muallif maqolada bolaning ijtimoiy rivojlanishi, ma’naviy tarbiyasi, shuningdek, tarbiya jarayonida ota-onalarning о‘z farzandlariga nisbatan qо‘llayotgan tarbiya usullari, bolalar axloqini shakllantirishdagi ular bilan aloqalarning xususiyatlariga t...

Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning xalqaro amaliyotda yuzaga kelish sabablari va uning tarkibi

Ushbu maqolada “Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot” ning amaliyotga kirib kelish sabablari, ahamiyati va rivojlanishi hamda respublikamizda amalda bo’lgan hisobot shaklini takomillashtirish borasida fikr yuritilgan.

Temir yо‘l stansiyalarining yuklanganligini kamaytirish chora-tadbirlari

Mazkur maqolada temir yo‘l stansiyasining yuklanganlik darajasiga ta’sir e’tuvchi omillar «Isikava» diagrammasi yordamida aniqlangan. Shuningdek, stansiyaning yuklanganlik darajasini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Ta’limda bulutli texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi

Maqolada taʼlimda bulutli texnologiyalarni qo’llash va undan foydalanishning maqsadi, muammolari shuningdek, O’zbekiston ta’lim tizimida bulutli texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanishning ahamiyati tahlil qilinadi. Taʼlimda bulutli texno...

Nemis tili darslarida filmlardan foydalanishning asosiy me’yorlari

Hozirgi zamonda ma’lum bir chet tilini bilish katta ahamiyatga ega bo’lib, uni o’rganish usullari turlichadir. Ulardan biri bu — til sohiblari tomonidan ishlangan kino-va multiplikatsion filmlarni tomosha qilish hisoblanadi. Mazkur maqolada dars jara...

Jorj Sand ijodida feministik g'oyalar ifodasi («Indiana» asari misolida)

Ushbu maqolaning mazmuni shundan iboratki, feminizm tushunchasining adabiyotda yangi yo’nalish sifatida paydo bo’lishi va Jorj Sand ijodida feministik g’oyalarning ifodalanishi haqida so’z boradi.Maqolada «Indiana» romanidagi Indiana ayol obrazi orqa...

Nok daraxti ayrim zararkunanda xashoratlari va ularga qarshi kurashishning xos tomonlari

Ushbu maqolada nok daraxti zararkunandalarining ayrim turlari, ularning tuzilishi va hayot tarzi xaqida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, ushbu xashoratlarning zararlari to’g’risida qisqacha bayon qilingan.

Задать вопрос