Boshlang`ich ta’limdagi “o’rganishga o’rgatish” tamoyili haqida | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 30 ноября, печатный экземпляр отправим 4 декабря.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №11 (301) март 2020 г.

Дата публикации: 16.03.2020

Статья просмотрена: 274 раза

Библиографическое описание:

Шарипова, Ш. Н. Boshlang`ich ta’limdagi “o’rganishga o’rgatish” tamoyili haqida / Ш. Н. Шарипова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 11 (301). — С. 290-291. — URL: https://moluch.ru/archive/301/68106/ (дата обращения: 16.11.2024).

Mazkur maqolada bugungi kun pedagogikasiga kirib kelayotgan o’rganishga o’rgatish tamoyili, uning amaliy ko’rinishi haqida fikr yuritiladi.

Tayanch atamalar: interfaol metod,o’rganishga o’rgatish tamoyili, milliy pedagogika, o’quvchi ongi va tafakkuri

В данной статье будет рассмотрен принцип обучения, его практическое видение в педагогике на сегодняшний день.

Ключевые слова: интерактивный метод, принцип обучения, национальная педагогика, сознание и мышление ученик.

In this article we will talk about the principle of teaching today's pedagogy to the imparting learning, its practical appearance.

Key words: interactive method, the principle of teaching to learn, national pedagogy, reader consciousness and thinking

Bugungi kun pedagogikasida “o‘rgatish”dan ko‘ra “o‘rganishga o‘rgatish” tamoyiliga ko‘proq ahamiyat berilmoqda. Milliy pedagogikamiz yaqin yillarga qadar o‘quvchilarga insoniyat tomonidan shu paytgacha egallangan mavjud bilimlarni o‘rgatishni eng maqbul yo‘l hisoblab keldi. Bunda mavjud bilimlar o‘quvchi ong va tafakkuriga tayyor holda singdiriladi. Bu jarayonda bilimlar adabiyotlarda tayyor holda mavjud bo‘ladi va buni o‘zlashtirish o‘quvchilar uchun ham, o‘qituvchilar uchun ham qanoatlanarli hisoblanadi. Ammo bu o‘quvchilarda masala va hodisalar mohiyatini anglashga nisbatan ijodiy yondashuvni nazarda tutmaydi, faqat mavjud bilimlarni yodlash, ularni amaliyotga joriy etish bu turdagi pedagogikaning bosh maqsadi sifatida qaraladi. Bunday yondashuvda o‘quvchining qanchalik ko‘p ma’lumotni yodda saqlaganiga qarab uning bilimi haqida xulosa chiqariladi. Bu to‘g‘ri, ammo bilim olish jarayoni ikki bosqichdan iboratligi, birinchi bosqich bilimlarni egallash, ikkinchi bosqich undan xulosalar chiqarish ekanligini hisobga olsak, bu usul tugallanmagan metodika sifatida o‘zini oqlamasligi oydinlashadi.

Bilim yangi bilimlarga poydevor bo‘lish uchun xizmat qilmas ekan, uning oddiy axborotdan farqi qolmaydi. Ya’ni mavjud bilimlar yangi bilimlarni kashf etish uchun xizmat qilmasa, bu jarayonda zanjirli reaksiya hodisasi kuzatilmasa, fan va ishlab chiqarishda kutilgandek rivojlanish va taraqqiyot kuzatilmaydi. Buning uchun o‘quvchilar masalaning mohiyatini anglashi, sabab va oqibatlarni tushunib yetishi va xulosalar chiqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim bo‘ladi. Ammo bir necha avlod o‘quvchilar yuqoridagi to‘mtoq metodika “sharofati” bilan mavjud bilimlarni esda saqlab qolish, ularni ko‘r-ko‘rona yodlash, boringki, olgan bilimlarini amaliyotga tatbiq etishdan nariga o‘ta olmay kelishdi. Qanchadan qancha xotirasi bilim va axborotlarga to‘lib toshgan iqtidorli o‘quvchilarning iqtidorlari ro‘yobga chiqmay, ishlab yoxud yangi pedagogik texnologiyalar va ularni qo‘llash borasida ayrim mulohazalar chiqarish jarayoniga singib, “yo‘qolib” ketdi. Vaholanki, dars mashg‘ulotlarida o‘quvchilar har bir fan, kerak bo‘lsa, har bir mavzu borasida hodisa va mohiyatni, sabab va oqibatni anglashi, fan doirasida va fanlararo o‘zaro bog‘lanish, munosabat va muvozanatlarni tushunishi, chog‘ishtirish, solishtirish va mantiqiy xulosalar chiqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim. Bu esa dars mashg‘ulotining qay darajada jiddiy va o‘ziga xos jihatlarga ega ijodiy jarayon ekanligini ko‘rsatadi. Yuqoridagi va boshqa sabablarga ko‘ra pedagogika sohasi doimo yangilanib, zamonga moslashib boraveradi.

Milliy pedagogikamiz hozirda shiddatli o‘zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda. Ayni paytda pedagogikamizdagi eng muhim yangilanishlardan biri yangicha pedagogik texnologiyalar (YPT) va interfaol metodlar asosida dars mashg‘ulotini tashkil qilish bo‘lib turibdi. Bugungi kunda o‘qituvchidan bu tushunchalar doirasida dars mashg‘ulotiga nisbatan noan’anaviy yondashuvlar talab qilinmoqda. Bu kabi nostandart tajribalar zamirida o‘qituvchining darsga yangi, samarador usul va vositalar bilan yondashishi, ijodiy jarayon sifatida qarashi mavjudligini ko‘ramiz. Yangi usul va vositalar, metod va yondashuvlar agar fan va mavzuning o‘ziga xosligidan kelib chiqib to‘g‘ri tanlansa va me’yorida qo‘llanilsa, shubhasiz, dars mashg‘ulotining samaradorligini oshiradi. Ammo hozirda qo‘llanilayotgan YPT va interfaol metodlarning barchasi dars mashg‘uloti samaradorligini oshiryapti, deb ayta olamizmi? Afsuski, yo‘q. To‘g‘rirog‘i, YPT va interfaol metodlarni aksariyat hollarda noto‘g‘ri tushunish va to‘g‘ri talqin qilmaslik holatlari kuzatilmoqda. Bizningcha, keyingi paytlarda bu borada “haybarakallachilik” ancha avj olib ketgandek. Kuzatishlarimizga qaraganda, bu hodisaga nisbatan tushunib-tushunmay yondashish natijasida ko‘pchilik pedagoglar (bu, ayniqsa, xalq ta’limi va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida) dars mashg‘ulotini o‘yinga, qandaydir ko‘ngilochar mashg‘ulotga aylantirib qo‘ymoqdalar. Ayrim o‘qituvchilar masalaga ko‘rko‘rona yondashib, dars mashg‘ulotining mohiyatidan uzoqlashib va maqsadidan chekinib ketayotganliklarini sezmay qolishmoqda. Interfaol metodlarga asoslangan dars mashg‘ulotlarida bunga amal qilish juda mushkul va ularga nisbatan vaqt taqsimotini, odatda, tartibga solib bo‘lmaydi.Ta’lim jarayonining har qanday davrlarda ham o‘zgarmaydigan jihatlari bo‘lib, bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi: birinchidan, ilm olish o‘qish-o‘rganish, izlanish, umuman, mehnat qilish va zahmat chekishni talab qiladi. Chunki har qanday qiziqarli o‘tgan dars mashg‘ulotini ham samarali deb bo‘lmaydi. Umuman, bizningcha, dars mashg‘uloti, ilm olishning qiziqarli bo‘lishi borasidagi fikrning o‘zi biroz shubhali. Dars mashg‘ulotining qiziqarli bo‘lishi yoki unda o‘quvchilar faolligi masalasini emas, balki uning samarali bo‘lishini majburiy maqsad sifatida belgilash lozim. Dars mashg‘uloti samarasi esa ta’lim oluvchining ta’lim beruvchidagi bilim, shuningdek, bilim olish yo‘llarining qay darajada o‘zlashtirilganligi bilan belgilanadi. O‘yin texnologiyalariga asoslangan dars mashg‘ulotlarida, o‘qituvchiga bog‘liq bog‘liq bo‘lmagan holda, o‘quvchining bilimi emas, balki uning “o‘yin-dars”dagi faolligi birinchi darajaga chiqib qoladi va natijada o‘qituvchi mashg‘ulot jarayonida faol ishtirok etgan o‘quvchilarni rag‘batlantirishga majbur bo‘ladi. Fikrimizni izohlashga harakat qilamiz:

− interfaol metodlarga asoslangan dars mashg‘ulotlarida muayyan qolip yoki chegaralarning bo‘lmasligi natijasida o‘qituvchining bilim saviyasi haqida xulosalar chiqarish qiyin kechadi. Bunday usuldagi dars mashg‘ulotida o‘qituvchidan bilimdan ko‘ra tashkilotchilik ko‘proq talab qilinadi. O‘z bilimsaviyasiga ishonmaydigan o‘qituvchilar bundan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishadi. Ta’lim jarayonining sifati aniq savollarga berilgan aniq javoblar bilan ta’minlanadi. An’anaviy darslarda bundan qochishning imkoni yo‘q, ammo interfaol metodlarga asoslangan dars mashg‘ulotlarida buning ming bitta usul va yo‘li mavjud (1-oqibatning sababi);

− interfaol metodlar natijasida dars mashg‘uloti paytida o‘quvchilarning faollashishi, tabiiyki, mashg‘ulotning tartibsiz o‘tishiga sabab bo‘ladi. Auditoriyadagi shovqin-suron ayrim hollarda qo‘shni auditoriyadagi dars mashg‘ulotiga ham xalal berish darajasiga borib yetadi. Bu tajribada ko‘p bora kuzatilgan. “Nima gap?” deb xabar olishga kirganingizda, “Interfaol metod asosida dars o‘tyapmiz”, degan javobni olasiz. Endi o‘ylab ko‘ring, qo‘shni auditoriyaga ham xalal berish darajasidagi shovqinli dars mashg‘ulotini samarali dars mashg‘uloti deyish mumkinmi? Har holda, men bunday dars mashg‘ulotining sifatiga shubha qilaman. (2-oqibatning sababi);

− dars mashg‘ulotining shovqinli va unda o‘quvchilarning haddan ortiq erkin bo‘lib ketishi natijasida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi masofa yaqinlashib, hurmat (subordinatsiya) yo‘qola boradi. O‘quvchiga fikrini erkin bildirishi uchun imkoniyat yaratilganda, aksariyat hollarda, mashg‘ulot mavzusidan chekinish hollari kuzatiladi. Bu jarayonda esa o‘qituvchining shaxsiyati, ruhiy holati bilan bog‘liq shaxsiy “men”i o‘quvchilar tomonidan ishg‘ol qilina boradi va uning hurmati va salobati o‘quvchilar ko‘z o‘ngida pasayib boraveradi (3-oqibatning sababi).

Yuqoridagilarni inobatga olganimizda, fikrimizcha, dars mashg‘ulotida o‘qituvchi faolligi va tashabbuskorligining yuqori bo‘lishi o‘ta zarurligi anglashiladi. O‘zini hurmat qilgan va bilimli o‘qituvchi mashg‘ulot paytida dars nazoratini qo‘lida tutadi. Bunday o‘qituvchilar auditoriyadagi dars mashg‘ulotiga, fanga yoki o‘qituvchiga nisbatan zig‘ircha bo‘lsayam hurmatsizlikni, oriyat nuqtayi nazaridan kelib chiqib, e’tiborsiz qoldirmaydilar. Ta’lim beruvchidagi bilim hamda bilim olishning usul va yo‘llari uning faolligi bilan ta’lim oluvchiga o‘tadi. Buni choynakdagi choyning piyolaga quyilishiga qiyoslash mumkin. Piyolaga choynakning harakati (faolligi) bilan choy quyiladi va bu jarayonda ikkalasini ham faollashtirish yoki piyolaning faolligini oshirish kutilgan samarani bermaydi. Demak, yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol ta’lim metodlarini qo‘llashda fan, mavzu va o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, natijani oldindan chamalay bilish va an’anaviy dars mashg‘ulotiga nisbatan samaradorligi kafolatlangan taqdirda ta’lim jarayoniga tatbiq etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Adabiyot:

  1. Umid Xo‘jamqulov. Ta’limdagi “ko‘tarish” va “tushirish” tamoyillari. Til va adabiyot jurnali. 2018 yil 12 son.
  2. Nurumbekova Ya. Tarbiyachi kasb faoliyatida innovatsion texnologiyalar. — Guliston: Ziyo, 2012. — B. 22.
Основные термины (генерируются автоматически): YPT, принцип обучения.

Ключевые слова

interfaol metod, o’rganishga o’rgatish tamoyili, milliy pedagogika, o’quvchi ongi va tafakkuri

Похожие статьи

Chet tillarni o’rganish va o’qitish: bolalar tillarni qanday o’rganishadi?

Ushbu maolada chet tillarni o’qish va o’qitishda ko’zlangan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladigan ta’limning asosiy tamoyillari va yo’llari to’g’risida yozilgan.

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi aloqa vositasi sifatida

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va nutq madaniyati haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish borasida tavsiyalar berilgan. Tarbiyachining nutq madaniya...

Oilaga ijtimoiy muhitning ta`siri

Maqolada voyaga yetmaganlarning oilaviy tarbiya jarayonidagi ijtimoiy muammolari tahlil qilingan. Muallif yoshlar tarbiyasida oilaviy omillar muhim o‘rin tutishiga alohida e’tibor qaratgan. Shuningdek, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida insonn...

Ta’limda axborot texnalogiyalarining vujudga kelish tarixi

Maqolada ta’limda axborot texnalogiyalarining rivojlanish tarixi yoritib berilgan. Axborotning yuzaga kelishidan boshlab bugungi kunga qadar evolyutsiyasi ko‘rsatilgan.

Xitoy bolalar adabiyotining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari

Maqolada Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganidan so‘ng adabiyotga, xususan, bolalalar adabiyotiga bo‘lgan e’tibor hamda uning rivojlanish bosqichlariga to‘xtalib o‘tilgan. Zamonaviy yozuvchilarning adabiyotga kirib kelishi va asarlari orqali bolal...

Navoiy g’azallarida ma’naviy san’atlarning qo’llanishi

Navoiy g’azallarida ma’naviy san’atlarning qo’llanishi,ulardan ayrimlarini o’rganish,misollar yordamida ochib berish,ularni bevosita tahlil etish,badiiy san’atlarda shoir mahoratini yoritish.

Gazetasi sarlovhasining o'rganilish tarixi va undagi murojaat so'zlarining ishlatishi (misrning «al-Ahram» gazetasi asosida)

Ushbu maqolada gazeta va unda yoritilayotgan axborotlar sarlavxasi tarixi ko’rib chiqilgan hamda sarlavxa tanlashda nimalarga e’tiborish kerakligi ochib berilgan

Oilada bolalarda kitobxonlikni shakllantirish omillari

Mazkur maqolada bolalarni kitobga qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bu borada ota-onalarning o`rni haqidagi fikrlar yoritilgan.

Kamqon ayollarda homiladorlik va tug`ruqning kechishi

Tadqiqot davomida 20 dan 38 haftagacha bo'lgan anemiya bilan kasallangan ayollarda homiladorlik va tug'ish tekshirildi. Tug`ruq jarayonida yuzaga keladigan potologik asoratlar homilador ayollarda chuqur o`zgarishlarni ta`minlab, organizmda moslashuv ...

Ingliz tilida so’zlashish mahoratini oshirishda kommunikativ mashg’ulotlar

Ushbu maqolada ingliz tili darslarida so’zlashish mahoratini oshirish uchun bir nechta kommunikativ mashg’ulotlar ochib berilgan

Задать вопрос