Nemis tili darslarida filmlardan foydalanishning asosiy me’yorlari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 30 ноября, печатный экземпляр отправим 4 декабря.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №12 (302) март 2020 г.

Дата публикации: 23.03.2020

Статья просмотрена: 337 раз

Библиографическое описание:

Аслиева, Г. З. Nemis tili darslarida filmlardan foydalanishning asosiy me’yorlari / Г. З. Аслиева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 12 (302). — С. 320-322. — URL: https://moluch.ru/archive/302/68318/ (дата обращения: 16.11.2024).

Hozirgi zamonda ma’lum bir chet tilini bilish katta ahamiyatga ega bo’lib, uni o’rganish usullari turlichadir. Ulardan biri bu — til sohiblari tomonidan ishlangan kino-va multiplikatsion filmlarni tomosha qilish hisoblanadi. Mazkur maqolada dars jarayonida foydalanish uchun filmlarni tanlash me’yorlari, ular bilan ishlash bosqichlari tavsiflangan, shuningdek chet tilini o’rganishda film va seriallardan foydalanishning ayrim afzalliklari keltirilgan.

Kalit so’zlar: chet tili, nemis tili, badiiy va animatsion filmlar, chet tilini o’rganish usullari, tanlov me’yorlari.

На сегодняшний день знание иностранного языка имеет важное значение. Способы его изучения очень разнообразны. Один из них — просмотр аутентичных художественных и мультипликационных фильмов. В данной статье рассказывается о критериях отбора фильмов для просмотра во время занятий, описаны этапы работы с ними, так же перечислены некоторые преимущества использования фильмов и телепередач при изучении иностранного языка.

Ключевые слова: иностранный язык, немецкий язык, художественные и анимационные фильмы, способы изучения иностранного языка, критерии отбора фильмов.

Hozirgi kunda chet tillarini bilish hayotimizda muhim o’ringa ega. Zamonaviy o’qitish jarayonida turli interfaol usullarga alohida e’tibor beriladi. Zero hozirgi kunda hukumatimiz tomonidan ham har bitta bilim dargohida o’quvchi-talabalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. O’quv xonalarining texnik bazasini boyitish, ularni telekommunikatsiya vositalari bilan ta’minlash esa har qanday chet tilini o’rganishda qo’l keladigan barcha usullardan to’laqonli foydalanishga imkon beradi. Chet tilini, xususan nemis tilini o’rganish usullari xilma-xil, shulardan biri kino mahsulotlarini tomosha qilishdir. Har bir inson individual bo’lib, berilgan ma’lumotni turlicha qabul qiladi: ko’rish orqali, eshitish orqali va hatti-harakatlar yordamida. Voqealarni, odamlarni, joylarni vizual ravishda yodda saqlaydigan insonlar uchun til o’rganishning dastlabki bosqichida filmlar va teleko’rsatuvlar ko’mak beradi. Kino va teledasturlarni tomosha qilish nafaqat foydali mashg’ulot sanaladi, balki bu insonga zavq ham bag’ishlaydi. Bunday materiallardan foydalanishning yana bir e’tiborli jihati shundan iboratki, tillarni o’rganish jarayonida inson tili o’rganilayotgan u yoki bu mamlakatning ijtimoiy, madaniy, hamda lingvistik muhitiga bevosita sho’ng’ib ketadi. Moslashish yo’li bilan o’rganuvchining ko’z o’ngida tabiiy til muhiti bilan tanishish imkoni va kommunikativ muhit yuzaga keladi. [1]

Til o’rganishning ushbu usulidan foydalanish uchun til bilish darajangizni va afzal ko’rgan janringizni aniqlashingiz kerak: drama, melodrama, fantastik, tarixiy, komediya yoki tragediya janriga xos bo’lgan filmlar. Quyida keltirilgan jadvaldagi ma’lumotlar nemis tilini bilish darajasiga qarab film tanlashga yordam beradi. [2].

Geringene Kenntnisse

Grundkenntnise

Fortgeschrittenes Niveau

Höher fortgeschrittenes Niveau

- Typisch Deutsch!

— Mein Weg nach Deutschland

— Das Dschungelbuch

— Angelinho

— Ast mit Last

— Hinterland

- Pettersson&Findus / Kleiner Quälgeist, große Freundschaft

— Mary Poppins

— Die kleine Hexe

— Findet Nemo

— Wall-E — Der Letzte räumt die Erde auf

- Tintenherz

— Drachenzähmen leicht gemacht

— Der König der Löwen

— Oben

— Die Schöne und Das Biest

— Die Klasse

- Harry Potter und die Heiligtümer des Todes

— Der Pianist

— Klick it like Bekham

— Million Dollar Baby

— Victoria und Abdul

— Die Rede des Königs

Filmlar bilan ishlashning ko’plab ko’rsatma va yo’llari mavjud, ularning eng ko’p tarqalgani quyidagilardan iborat: ma’lum bir kinofilm yoki serialning qismi tanlangandan so’ng, notanish so’zlarga e’tibor bermasdan uni kuzatish, unga ikkinchi marotaba murojaat qilganda notanish iboralar, so’zlar, so’z birikmalariga e’tibor berish va nihoyat mazkur birikmalarni doimiy ravishda yondaftarga qayd qilib, ularni aynan qaysi kontekstda ishlatilganini yodlab borish o’zga tilni o’rganishda katta samara beradi. Keyinchalik filmda ishlatilgan so’zlar yordamida o’zimiz haqimizda yoki ma’lum bir mavzuda qisqa hikoyalar tuzish foydadan holi bo’lmaydi. Chunki bizning xotiramiz bizga bog’lik bo’lgan voqeliklarni tezroq va osonroq saqlash xususiyatiga ega. Hikoya qanchalik qiziqarli bo’lsa yangi so’zlar ham shunchalik yaxshi xotiramizda muhrlanib qoladi. Filmlar bilan ishlash metodikasi ham bir nechta asosiy bosqichga bo’linadi: film ko’rish jarayonidan oldin, film ko’rish davomida va tomosha so’ngida. Birinchi ya’ni ma’lum bir filmni ko’rishdan oldin, boshqacha qilib aytganda, tayyorgarlik jarayoni o’z-o’zidan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan grammatik, leksik va fonetik qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadini ko’zda tutadi. Ikkinchi bosqich, aynan tomosha jarayoni to’g’ridan-to’g’ri filmni (yoki uning qismini) tomosha qilishdan iborat bo’lib, uni ikki marta o’tkazish mumkin: birinchi marta asosiy mazmunni tushunish uchun tomosha qilinsa, ikkinchi marta ko’rganlarni batafsil bayon qilish uchun xizmat qiladi. Uchinchi bosqich, filmni kuzatib bo’lgandan keyingi bosqich bo’lib, bu bosqich asosan og’zaki nutq ko’nikmalarini rivojlantirish vazifalarini o’z ichiga oladi. Filmdagi voqealarni bayon qilishda talabalarning bilim darajasini hisobga olish kerak. Shunga qarab, mazmunni bayon qilish yo’li tanlanadi. Bu asosiy maznunnig qisqacha hikoyasi, batafsil bayoni yoki monolog tarzida bo’lishi mumkin. Bundan tashqari ijodkorona yondashgan holda, talabalarga filmning ma‘lum bir epizodiga ovoz berish usulidan ham foydalanish mumkin. Agar og’zaki nutqni tinglashda qiyinchilik tug’ilsa, tanish filmlarnining o’zbekcha (ruscha) variantini ko’rish yoki nemis tilidagi subtitrlari mavjud kinofilmlarga murojaat qilish mumkin. Chet tilida xatolarsiz gapirishni o’rganish uchun ko’rish jarayonida film qahramonlarining so’z va iboralarini takrorlash foyda beradi. Buning uchun imkon qadar qahramonning talaffuziga, gapirish uslubiga e’tiborli bo’lish joiz. Eng muhimi, tanlangan film qiziqarli, tomoshabinni o’ziga jalb qiluvchi bo’lishi kerakligini unutmaslik kerak. Nemis tilini shu tarzda o’rganish uchun sabrli bo’lish lozim, chunki bu usul o’rganuvchidan vaqt va qat’iyat talab qiladi. Chet tilini o’rganayotganda filmlar va teleko’rsatuvlardan foydalanishning muayyan afzalliklari bor:

– so’z boyligini oshirish;

– talaffuzni yaxshilash;

– grammatik qoidalarni mustahkamlash;

– estetik zavq olish;

– xotiraning barcha turlarini (emotsional, vizual va audial) ishga solish;

– turli sohalar bo’yicha yangi bilimlarni egallash;

– boshqa madaniyatga xos xususiyatlar, urf-odatlar, an’analar bilan tanishish;

– tabiiy nutqni o’rganish.

Filmlarda aktyorlar kundalik hayotida qanday muloqot qilishsa, shu tarzda gapirishadi. Shu sababli, filmlar orqali jonli muloqotni, u yoki bu tovushning tabiiy talaffuzini, intonatsiya, urg’u ohangi va mantiqiy tanaffuslarning to’g’ri talaffuz qilinishini kuzatish imkoniga ega bo’lamiz. Hozirgi zamonda nemis filmlari kitob yoki audiomateriallar singari ommalashib bormoqda. Shu bois, ularni topish, amaliyotda keng qo’llash qiyinchilik tug’dirmaydi. Bunday materiallar nafaqat til zaxirasini boyitishga ko’maklashadi, balki mamlakatning ijtimoiy, madaniy hayoti bilan tanishish uchun ko’prik vazifasini ham bajaradi. Filmlardan ham dars jarayonida ham mustaqil ta’lim shaklida foydalanish mumkin. Shuningdek, ular talabalarning chet tilini o’rganishga bo’lgan qiziqishini qo’llab-quvvatlashga yordam beradi, zero film yoki filmning ma’lum bir epizodini tomosha qilish bilan bog’liq bo’lgan vazifalarni bajarish odatdagi darsliklarda berilgan an’anaviy topshiriqlarni bajarishdan ko’ra qiziqarliroq bo’lishi mumkin. Nemis tilidagi videomahsulotni darsda joriy etish uchun bir necha usullardan foydalanish mumkin:

– har bitta sahnani navbatma-navbat ko’rib chiqish, ya’ni avval bitta sahnani kuzatib bo’lgandan keyin tahlil qilish, keyin esa navbatdagi sahnani kuzatish;

– filmning faqatgina tanlangan ma’lum bir epizodini yoki qismini ko’rish;

– filmni (serialning bir qismini) to’liq tomosha qilish.

Bulardan qaysi birini tanlash o’quv dasturi va darsning maqsadiga, talabaning yoshi hamda tilni bilish darajasiga bog’liq. Dars jarayonida namoyish etiladigan filmni tanlashda quyidagi me’yorlarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq:

– Filmning va unda ishlatilgan tilning ma’lum bir guruh talabasiga nisbatan tushunarlilik darajasi.

– Film syujeti auditoriyaning qiziqishiga va tayyorgarligiga moslik darajasi.

– Lingvistik materialning hajmi.

– Nutq odobiga xos materiallarning hajmi.

– Mamlakatshunoslikka oid ma’lumotlatlarning hajmi.

– Subtitrlarning mavjud yoki mavjud emasligi.

– Ko’rish hamda tinglash uchun berilgan ma’lumotning muvozanati.

– Filmning davomiyligi, dolzarbligi va boshqalar.

Aynan bizning millatimiz uchun film tanlovida boshqa bir kriteriya yuzaga keladi, ya’ni har qanday filmdan ham dars jarayonida foydalana olmaymiz, chunki til sohiblari tomonidan ishlangan filmdagi ijtimoiy-madaniy hayot, axloq normalari, kundalik tarzi bizning millatimizga zid bo’lgan holatlarga ega. Ana shu kriteriyalarga e’tibor berilsa, darsda kinoasarlarni tomosha qilish jarayoni vaqtni behuda sarflaydigan mashg’ulot emas, balki til o’rganishga katta hissa qo’shadigan metodga aylanadi.

Shunday qilib, badiiy va animatsion asarlar bu chinakam qimmatli materialdir. Agar film ma’lum bir tomoshabin uchun to’g’ri tanlangan bo’lsa, u nafaqat talabalarga o’rganilayotgan tilni o’zlashtirishga yordam beradi, balki ularni og’zaki nutqini boyitadi, talaffuzini yaxshilaydi. Film talabalarning qiziqishi va ularning til bilish darajasini hisobga olgan holda tanlangan bo’lsa, uni tushunish unchalik qiyin bo’lmaydi. Bunda til o’rganishning boshqa, ya’ni taxmin va mazmunni bashorat qilish ko’nikmasi rivojlanadi. [3]

Kinoasarlarda nemis tilidagi jumlalarning talaffuzini, urg’uning o’rnini tushunish osonroq, bu talabalarga bayonning asl ma’nosini yaxshiroq tushunishga, shuningdek jumlalarni to’g’ri shakllantirishga yordam beradi. Autentik filmlardan foydalanishning samaradorligi nafaqat ularning o’quv jarayonidagi o’rnini to’liq aniqlashga, balki dars qismlarini oqilona tashkil etish va o’quv maqsadiga bog’liqdir.

Adabiyotlar:

  1. Nikolayevna N. A., Volkova S. A. Chet tilini autentik filmlar yordamida o’rganish // Ta’lim va tarbiya. — 2017. — № 1.
  2. Filme im DAF-Unterricht. URL: http://www.goethe.de/ins/pl/de/m/spr/unt/kum/dfj/fil/html#accordion_toggle_21431919 // Die besten Filme aller Zeiten. URL. http://www.moviepilot.de/filme/beste
  3. Sorokina N. I. Ingliz tilini o’rganishda filmlardan foydalanish. — 2016. — № 2.
Основные термины (генерируются автоматически): URL, иностранный язык, критерий отбора фильмов.

Ключевые слова

chet tili, nemis tili, badiiy va animatsion filmlar, chet tilini o’rganish usullari, tanlov me’yorlari

Похожие статьи

Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarni qo`llash orqali ma’naviy tarbiyani shakllantirish omillari va imkoniyatlari

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, muallif maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma’na...

Komp`yuterda axborotni ergonomik tasvirlash

Ushbu maqolada hozirgi kunga kelib, o`quv yurtlari ta`lim berish va olish jarayonida berilayotgan ma’lumotlarni komp`yuter yordamida ergonomik tasvirlash asosiy maqsad hisoblanadi. Berilayotgan har qanday axborot manbaining asosiy maqsadi tinglovchi ...

O'zbekiston Respublikasi temir yo'llari Angren — Pop uchastkasida yuk vagonlari tormoz uskunalarining ish samaradorligini baholash

O'zbekiston Respublikasi temir yo'llari Angren — Pop uchastkasida tormoz uskunalarni nosozligi bo'yicha ma'lumotlarni o'rganish asosida, yuklangan yuk vagonlarining tormoz uskunalarining asosiy ishi tizimlashtirildi. Angren — Pop liniyasining diagram...

Voleybolchilarda masofaviy va vaqt bo’yicha mo’ljal olishni takomillashtirish usullari

Voleybolchilar harakatlari texnikasini takomillashtirish sportchi sifatida uzluksiz ravishda o’zi ustida ishlash, shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish, oldingi bilimlarini mustahkamlagan tarzda yangi ko’nikmalarni hosil qilishga asoslanadi. Sportch...

Rus tili darslarida o‘qitishning nostandart shakllari va usullari

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda rus tili o‘qitish metodikasining yangicha yo‘nalishlari ochib berilgan. O‘quvchilarning rus tili bilim ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi turli pedagogik uslublar o‘rganilgan.

Оna tili darslarida o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi interaktiv va noan’anaviy metodlari

Ushbu maqolada ona tili fani bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarida interaktiv usullardan foydalanish, dars samaradorligining qay darajada oshishi muammoligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, muallif o‘quvchining diqqatini jamlashda, topqirlik, ijodkorlik qobiliyat...

Ta’limda bulutli texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi

Maqolada taʼlimda bulutli texnologiyalarni qo’llash va undan foydalanishning maqsadi, muammolari shuningdek, O’zbekiston ta’lim tizimida bulutli texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanishning ahamiyati tahlil qilinadi. Taʼlimda bulutli texno...

Tarjimashunoslikda matn va tarjima turlari masalalari

Ushbu maqolada tarjimashunoslikda muhim ahamiyat kasb etuvchi omillar va bu jarayonning tarjimashunos olimlar tomonidan olib borgan izlanishlari xususida sõz boradi. Shu bilan birga tarjima tadqiqotida uchrovchi tarjima modellari ya'ni qiyosiy, jaray...

Temir yo‘l transportida yuklarni yetkazib berish muddatini kamaytirishning matematik yondashuvi

Mazkur maqolada matematik yondashuvlar asosida temir yo‘l transportida yuklarni yetkazib berish muddatini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Texnik va oraliq stansiyalarda qayta ishlanishlar sonining yuklarni yetkazib berish muddatiga t...

O‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda xalqaro tadqiqotlarning o‘rni

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimiga e’tibor berilib, o‘quvchi yoshlarimizning jahon andozalariga mos ravishda zamonaviy bilim va kasb-hunarli bo‘lishi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini yuzaga c...

Задать вопрос