O’zbek tilshunosligida sintaksis va qo’shma gaplar nazariyasi | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №20 (310) май 2020 г.

Дата публикации: 13.05.2020

Статья просмотрена: 15386 раз

Библиографическое описание:

Абдухалимова, С. У. O’zbek tilshunosligida sintaksis va qo’shma gaplar nazariyasi / С. У. Абдухалимова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 20 (310). — С. 674-676. — URL: https://moluch.ru/archive/310/69941/ (дата обращения: 18.12.2024).

Mazkur maqolada sintaksis va qo’shma gaplar nazariyasi ustida ish olib borgan olim va tadqiqotchilarning fikrlari hamda o’zbek tilshunosligida ham o’xshash va farqli jihatlarini o’rgangan olim-u olimalarning ishlari bayon etilgan.

Kalit so’zlar: sintaksis, gap, so’z birikmasi, qo’shma gaplar.

В этой статье представлены взгляды ученых и исследователей, работающих над теорией синтаксиса и сложных предложений, а также работы ученых, изучавших сходства и различия в узбекской лингвистике.

Ключевые слова: синтаксис, предложение, фраза, сложное предложение.

Sintaksisning o’rganish tariхi qadimgi asrlarga borib taqaladi. Sintaksis ostida gap va uning qismlari haqida ta’limot tushuniladi. Bu nazariya antik davrning lisoniy an’analarini ifodalashdan kelib chiqqan. Sintaksis (grek tilidan sintaksis — birlashtirish, tuzilish) til tizimining bir sathi hisoblanib, so’z shakllaridan iborat bo’ladi. [5]

Sintaksis masalasi antik davrdan o’rganilib kelinmoqda va hanuzgacha sintaksis masalalari dolzarb hisoblanadi. Sintaksis grammatika fanining bir bo’lagi sifatida ko’riladi. Ma’lumki, grammatika fani ikki qismdan, ya’ni morfologiya va sintaksis yo'nalishlaridan iborat.

Sintaksis ta’rifiga ingliz, rus va o’zbek olimlari har tomonlama yondoshgan. Jumladan, rus olimi V. V. Vinogradov sintaksis so’zning so’z birikmasi va gap tarkibidagi birikish qoidalarni va usullarni hamda so’z birikmalarini, ularning tuzilishini, funktsiyasi, rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan deb hisoblaydi.

“Olimning ta’kidlashicha, sintaksisning xarakterli xususiyati shundaki, uning har bir o’rganish ob’yekti o’zidan yuqoriroq bo’lgan grammatik birlikning struktur elementi sifatida funktsiyalashadi: so’z va uning shakllari so’z va gapning, so’z birikmasi turli yoyiq gaplarning, gap doirasida esa, o’z navbatida, sodda gap qo’shma gapning struktur elementi sifatida xizmat qiladi”. [3] Shunday qilib, sintaksisning o’rganish ob’yekti gapligini tasdiqlaydi. Hozirgi kunda, V.Vinorgadovning nazariyasi va ta’limoti o’rta maktablarning darsligida o’z o’rnini topgan, ya'ni, maktab o’quvchilarini o’qitishda aynan ushbu olimning fikrlariga tayaniladi.

O’zbek tili sintaksisi tilshunoslikning alohida bo’limi sifatida dastlab Fitrat tomonidan “nahv” atamasi ostida o’rganildi. Shundan so’ng H.Qayumiy va S.Dolimov ham ikki qismli “Grammatika” asarini yozib, ikkinchi qismini “nahv” deb nomlaganlar. [6]

Gap nazariyasi ham turli tadqiqotchilar tomonidan keng o’rganilgan. Til o‘z kommunikativ vazifasini sintaktik qurilma — gap vositasida amalga oshiradi. Tildagi barcha — fonetik, leksik, morfologik hodisa ana shu sintaktik qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki o‘ziga xos. Zero, har qanday sintaktik hodisada so‘z va morfologik ko‘rsatkichni ko‘ramiz. Shu boisdan sintaktik mohiyatni belgilashda leksik va morfologik omilga tayaniladi. Gap, aslida, so‘zning erkin birikuviga ham asoslanganligi tufayli so‘zning bog‘lanish qonuniyati, so‘z birikmasi ham sintaksisda o‘rganiladi. So‘z birikmalarini o‘rganish gap ta’limotining tarkibiy qismi, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas. Sintaksis so‘zning har qanday birikuvini emas, balki hokim-tobelik munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvning lisoniy mohiyatini tekshiradi. Qaysidir yo‘sindagi so‘zning birikuvi bo‘lgan qo‘shma so‘z (uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birlik (ilonning yog‘ini yalagan, po‘konidan yel o‘tmagan, ko‘ngli bo‘sh) sintaksisning tadqiq doirasidan chetda qoladi. Chunki ular erkin bog‘lanishga ega emas. Sintaksis atamasi grammatika atamasining o‘zi kabi ikki ma’noli: 1) tilning sintaktik qurilishi; 2) grammatikaning tarkibiy qismi. Atamani ana shu ikkinchi ma’nosida qo‘llab, birinchi ma’no ifodasi uchun sintaktik qurilish atamasini ishlatamiz.

Gap barcha tillarda grammatikaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Gap turlarinining o'rganilishiga, gap tadqiqi bilan bog’liq muammolar va turli tillarda gaplarning taqqoslash va qiyoslash masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Shuning uchun turli oila va guruhlarga mansub tillardagi gaplarni va ularning turlarini qiyoslash va farqlash bugungi kun dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda gaplar tishunoslikning turli yo'nalishlarida o’rganilib kelmoqda, jumladan, kontrastiv tilshunoslik, areal tilshunoslik, qiyosiy tipologiya, kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya va pragmatik tilshunoslik. Albatta, tilshunoslikning har bir yo'nalishida gaplar va ularning muammolarini tahlil qilish yangicha yondashuvlarni va usullarni talab qiladi. Shuning uchun, gaplarning asosiy til birligi sifatida alohida o’rganish mavzusi diqqatga sazovordir.

O’zbek tili sodda gap sintaksisning takomillashuvida B.O’rinboyevning “Hozirgi o’zbek tilida vokativ kategoriya”, N.Mahmudovning “O’zbek tilidagi sodda gaplarda mazmun va shakl assimetriyasi” monografiyalari ahamiyatli bo’ldi. O’zbek tili qo’shma gap sintaksisi shakllanishida akademik G.Abdurahmonov va M.Askarovlarning xizmati kattadir. O’zbek tili qo’shma gaplarning tadqiqiga bag’ishlangan “Hozirgi zamon o’zbek tilida ergashgan qo’shma gaplarning sostavi” asari bilan o’zbek tilida qo’shma gaplar alohida tadqiq qilinishni boshladilar. 1955 yilda F.Kamol “Qo’shma gaplarga doir masalalar” kitobini nashr etdi va unda qo’shma gaplarning maqomi, ularning tasnifi haqida dastlabki ma’lumot berdi. [7]

O’zbek tilida qo’shma gaplar tadqiqiga bag’ishlangan G.Abdurahmonovning ishini ko’rsatishimiz lozimdir. Jumladan, olim qo’shma gaplarni mazmun jihatdan quyidagi guruhlarga bo’lib chiqadi: aniqlovchi, ega, kesim, payt, o’rin, sabab, shart, maqsad, to’siqsiz, natija, ravish, qiyoslash ergash gapli qo’shma gaplar. O’z navbatida, qiyoslash ergash gapli qo’shma gaplar uchga bo’linadi: chog’ishtirish, o’xshatish, miqdor-daraja ergash gapli qo’shma gaplar. G.Abdurahmonov qo’shma gaplarning 15 turini izohlaydi. [1]

G.Abdurahmonov bog’lovchisiz qo’shma gaplar va komponentlarning biriktiruvchi bog'lovchilar, bog’lovchisiz qo’shma gaplar va ularning komponentlarining sabab, natija, shart kabi mazmun munosabatlari, murakkab qo’shma gaplar va uning turlari bo’yicha masalalarni atroflicha talqin etdi. Professor G.Abdurahmonov qo’shma gaplar nazariyasi va ular bilan bog’liq masalalarni chuqur o’rganib, hattoki, xorij mutaxassislari e’tibor bermagan masalalarga e’tibor qaratdi. Misol tariqasida, uyushiq kesimli gaplar haqida shunday ta’rif beradi: “Sodda va qo’shma gaplarni farqlashda qiyinchilik tug’diradigan holat shundan iboratki, ba’zi bir sintaktik konstruktsiyalarning tarkibida faqat bir ega — sub’yekt bo’lishiga qaramay, qo’shma gap sanaladi, chunki bu xil konstruktsiyani tashkil etgan qismlarning ham Grammatik, ham semantik jihatdan o’ziga mustaqil ekanligi ko’rinib turadi; bu xil konstruktsiyani tashkil etgan qismlarning har biri ma’lum fikr tugalligini ifodalaydi, ularning predikativlik va modallik xususiyatlari bo’ladi”. [2] Qo’shma gaplarning o’rganilishi L.Asqarovaning ishlarida qo’shma gaplarning o’rganilishi davom ettirildi. Olima qo'shma gaplarni bog’langan, ergashgan, bog’lovchisiz kabi turlarga ajratadi. G.Abdurahmonov tomonidan tavsiya berilgan qo’shma gaplarning turlarini qiyoslab va chog’ishtirib o’rgandi.

Shuningek, A.Berdaliyev qo’shma gaplar sintaksisi sohasiga tizimli tilshunoslikning o’xshashlik (paradikmatika), sintaktik ziddiyatlar (oppozitsiya) kabi tushunchalarni olib kirdi. [8] Lekin A.Berdaliyevning ishida qo’shma gaplarning ajratilish va tasniflash masalalari qo'yilmagan. Mazkur masala G.Abdurahmonov, M.Asqarova va N.Turniyozovlarning ishlarida ko’rinadi. A.Nurmonov o’z ishlarida qo’shma gaplarni mazmun jihatdan o’rganib, gaplarning semantik tizimidagi propozitsiya aspekti, predikativ qurilmalar va kommunikativ aspekti kabi masalalarga o’z e’tiborini qaratdi. R.Sayfullayeva o’z tadqiqotlarida qo’shma gaplarni substantsial jihatdan talqin etgan.

Hozirgi kunda qo’shma gaplar nazariyasi keng o’rganilmoqda. Jumladan, professor G.Hoshimov qo’shma gaplarni hajm jihatdan tadqiq qilish alohida ahamiyatga egaligini ifodalaydi. Olim qo’shma gaplarni quyidagi turlarga bo’lib chiqadi: politaksema o’z navbatida kollotaksema (collotaxeme), parataksema (parataxeme), gipotaksema (hypotaxeme), gipertaksema (hypertaxeme), supertaksema (supertaxeme), ultrotaksema (ultrataxeme), arxitaksema (architaxeme), sinkrotaksema (syncrotaxeme) larga bo’linadi. [4]

Qo’shma gaplarning tadqiqi ustida ko’plab olim-u olimalar, professorlar izlanishlar olib borgan va olib boryapti. Ko’rinib turibdiki, qo’shma gaplarni har tomonlama tadqiq etish nihoyatda dolzarb masala hisoblanadi.

Adabiyot:

  1. Абдураҳмонов Ғ. Қўшма гаплар классификацияси // Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. — 1980. № 4.
  2. Абдураҳмонов Ғ. Қўшма гаплар классификацияси // Ўзбек тили ва адабиёти масалалари. — 1980. № 4
  3. Виноградов В. В. Основные вопросы синтаксиса предложения (на материале русского языка)//Исследования по русской грамматике. — М. 1975– С.154.
  4. Ҳошимов. Г. М. Типология сложных предложений разносистемных языков.– Т. «Фан», 1991-C.105
  5. Nurmonov A. Tanlangan asarlar. –Toshkent “Akademnashr”, 2012. — B.288
  6. Nurmonov A. Tanlangan asarlar. –Toshkent “Akademnashr”, II jild, 2012. — B.418
  7. Nurmonov A. Tanlangan asarlar. –Toshkent “Akademnashr”, II jild, 2012. — B.422
  8. Sayfullayeva R. Hozirgi o’zbek tilida qo’shma gaplarning substantsional (zotiy) talqini. — Toshkent. “Fan”, 2007.– B.19.

Ключевые слова

sintaksis, gap, so’z birikmasi, qo’shma gaplar

Похожие статьи

O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish

Ushbu maqolada O’zbekiston Republikasi tomonidan ta’lim soxa bo’yicha olib borilayotgan isloxotlar ochib berilgan. O’zbekistondagi chet-tiliga bo’lgan qiziqish hamda chet-tilini mukammal egallash yuzasidan qilinayotgan ishalar ko’rsatib o’tilgan

Oilada bolalarda kitobxonlikni shakllantirish omillari

Mazkur maqolada bolalarni kitobga qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bu borada ota-onalarning o`rni haqidagi fikrlar yoritilgan.

Tarix fanining o’qitilishida tarixiy davrlarni solishtirish jarayonlarining ahamiyatli jihatlari

Maqolada mamlakatimiz yoshlarida tarixiy bilimlarni yuqori darajada shakllantirish, bu jarayonda O’zbekiston tarixi fanini o’qitish sifatini ta’minlashda vatanimiz tarixining turli davrlarini solishtirish jarayoni orqali qoloqlik va taraqqiyot omilla...

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi aloqa vositasi sifatida

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va nutq madaniyati haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish borasida tavsiyalar berilgan. Tarbiyachining nutq madaniya...

Oilaga ijtimoiy muhitning ta`siri

Maqolada voyaga yetmaganlarning oilaviy tarbiya jarayonidagi ijtimoiy muammolari tahlil qilingan. Muallif yoshlar tarbiyasida oilaviy omillar muhim o‘rin tutishiga alohida e’tibor qaratgan. Shuningdek, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida insonn...

Fransuz tili darslarida talabalarning gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishda dialogning roli

Mazkur maqolada mutaxassisligi fransuz tili bo‘lgan talabalarning og‘zaki nutqini rivojlantirishda dialoglar orqali ularning muloqot kompetensiyasini o‘stirishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.

«T–X–T» yo‘nalishida yo‘lovchi bekatlarining ishini tahlil qilish

Mazkur maqolada yo‘lovchi tashish hajmini statistik qonunlar asosida o‘zgarishini aniqlash uchun «T–X–T» yo‘nalishi tanlab olingan va ushbu yo‘nalishdagi yo‘lovchi oqimi statistikasi ishlab chiqilgan. Shahar atrof poyezdlari harakatlanish zonalarinin...

Kamqon ayollarda homiladorlik va tug`ruqning kechishi

Tadqiqot davomida 20 dan 38 haftagacha bo'lgan anemiya bilan kasallangan ayollarda homiladorlik va tug'ish tekshirildi. Tug`ruq jarayonida yuzaga keladigan potologik asoratlar homilador ayollarda chuqur o`zgarishlarni ta`minlab, organizmda moslashuv ...

Boshlang‘ich sinflarda o`qish malakalarini shakllantirish

Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etishning muammolari va yechimlari yoritilgan. Unda bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlashda ijodiy ishlarni bajarishning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan bo‘...

Gazetasi sarlovhasining o'rganilish tarixi va undagi murojaat so'zlarining ishlatishi (misrning «al-Ahram» gazetasi asosida)

Ushbu maqolada gazeta va unda yoritilayotgan axborotlar sarlavxasi tarixi ko’rib chiqilgan hamda sarlavxa tanlashda nimalarga e’tiborish kerakligi ochib berilgan

Задать вопрос