Multimediyaviy longrid internet jurnalistikasida yangi fenomen sifatida | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 30 ноября, печатный экземпляр отправим 4 декабря.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №21 (311) май 2020 г.

Дата публикации: 20.05.2020

Статья просмотрена: 1970 раз

Библиографическое описание:

Корабоева, М. К. Multimediyaviy longrid internet jurnalistikasida yangi fenomen sifatida / М. К. Корабоева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 21 (311). — С. 792-794. — URL: https://moluch.ru/archive/311/70321/ (дата обращения: 16.11.2024).



Maqolada internet jurnalistikada paydo boʻlgan yangi multimediaviy longrid formati tarixi, uning xususiyatlari, oʻziga xosligi, jurnalistikadagi ahamiyati tadqiq etiladi.

Kalit soʻzlar: jurnalistika, fenomen, multimedia, longread, format.

В статье рассматривается формат нового мультимедийного лонгрида, появившегося в онлайн-журналистике, его история, особенности, уникальность и важность в журналистике.

Ключевые слова: журналистика, феномен, мультимедиа, лонгрид, формат.

“Longrid” atamasi ingliz tilidan “longread” — “uzoq oʻqish” degan ma’noni anglatadi. Ommaviy axborot vositalarida ilk Longrid2012 yil oxirida The New York Times gazetasi saytida chop etilgan. Ushbu multimediaviy material avval tahririyat tayyorlagan ishlardan tubdan farq qilar edi. “Snowfall: The Avalance at Tunnel Creek” (“Qoryogʻishi: Krik tunnelidagi koʻchki”) sarlavhali jurnalistik ish uchun alohida veb-sahifa ochilib, chop etildi. Unda bir guruh Amerikalik changʻichilar AQSHning Kaskad togʻlariga borib, koʻchkining guvohi boʻlganligi yoritiladi. Koʻchki sababli bir nechta odam vafot etdi.

Materialning oʻziga xosligi tanlangan mavzuda emas, balki, axborotni taqdim etishning boshqacha usulida edi. Uning asosi uzun matn tashkil etib (16,000dan ortiq soʻz) kerakli joylarida multimediyaviy elementlar (foto galereyalar, video, audio, grafikalar va boshqa) bilan taqdim etilgan. Matn juda yaxshi joylashtirilgan. Axborotning ta’sirchanligini toʻgʻri oʻrinlarda qoʻllangan audio yoki grafika oshirib bergan. Oʻquvchida boshqa turdagi medianing kuchini xis qilish imkoniyati boʻladi. Materialning arxitekturasiga alohida e’tibor qaratilgan. U nafaqat alohida veb-sahifada paydo boʻldi, balki yaxlit bir multimediaviy kompozitsiyani tashkil qildi. Asosiy element matn boʻlsa, multimediaviy qoʻshimchalar turli tezlik bilan harakatlanib, “parda effekti” (ing. tilidan curtain effect), yoki parallaks-effekt [7] orqali oʻuvchining koʻziga katta hajmni oʻxshatib berish orqali taassurotlarni yetkazish, xissiyotlarni jalb qilish va shu yerda mavjudlik xissini uygʻotishga hizmat qiladi. Shu vaqtgacha bunday effektlar video-oʻyinlar va taqdimotlarda qoʻllanilgan. Ommaviy axborot vositalariga bunday texnikani qoʻllagan birinchi nashr The New York Times boʻldi.

Nashrdan keyingi dastlabki bir necha oy ichida Snowfall 3,5 milliondan ortiq koʻrildi. Mutaxassislarning fikricha [8], The New York Times oldiga yangi maqsadni qoʻyishi bilan multimediaviy jurnalistikaning kelajagi qanday boʻlishi kerakligini ham belgilab berdi. Ammo, yangi formatga qarshilar ham topildi. Ular Snowfallning asosi katta matnligi, foydalanuvchilar uni oʻqimay, mavzuga kirishmay faqatina maxsus effektlarni koʻrib hayratlanishadi halos deya fikrlashadi. Shuningdek, materialni yaratuvchilariga nisbatan yana bir tanqid — bunday asarlarning oʻta murakkabligi va koʻp mehnat sarf-harajatlari bilan bogʻliq edi. Axir, The New York Times komandasi “Snowfall”ni toʻqqiz oy davomida qildi. Jarayonda koʻchki modelini yaratish uchun fizika mutahassislarini ham jalb qilishga toʻgʻri kelgan.

The New York Times nashri esa yana boshqa loyihalarni ham taqdim etdi. Tahririyatda “to snowfall” degan fe’l ham paydo boʻldi, ya’ni “Snowfall”ni yaratish. Longrid formatidagi keyingi multimediya mahsuloti “A Game of Shark and Minnow” boʻldi. Bahsli hudud- Xitoy dengizi orollaridagi hayotga bagʻishlangan. Bu esa longrid formatining rivojlanishida yangi bosqich boʻldi. The New York Times jurnalistlari avvalgi xatolarini hisobga olgan holda, yangi ishda matn va vizual elementlar oʻrtasida yaxshi muvozanatga erishadi. Bundan tashqari, material qisqa vaqt ichida — bir oyda tayyorlandi. “Snowfall”ni yaratish jarayonida jurnalistlar ma’lum qoliplarni ishlab chiqgani loyihalashtirish jarayonini tezlashtirdi.

Natijada, jurnalistik amaliyotda asta-sekin yangi format paydo boʻldi. U boshqa turdagi multimediaviy ishlardan bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi. Turli nashrlarda “Snowfall” fenomeni haqida yozishni boshlashdi va longrid atamasi paydo boʻldi.

D. Y. Kulchitskaya va A. A. Galustyan oʻzining kitobida multimediaviy longridga quyidagicha ta’rif beradi: “Multimediyaviy longrid — asosini uzun matn tashkil etuvchi, audiovizual elementlarga boy jurnalistik ijoddir. Ushbu format oʻquvchining mavzuga chuqur kirib borishi bilan birga, tadqiqot mavzusi boʻyicha jurnalistdan koʻplab manbalarni oʻrganishni talab qiladi” [1] Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Nargis Qosimova oʻzining darsligida esa “Longrid — maʼlumotlar jurnalistikaning ajralmas qismi sifatida bugungi kunda jahon jurnalistikasida tan olingan yoʼnalishlardan biri. Mazkur axborot uzatish texnologiyasi dolzarb mavzularni yoritishning eng qulay va taʼsirchan shakllaridan biridir.” [2] Deya ta’rif berib longridni bir nechta janrlarga ajratadi.

Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, longrid jurnallardagi katta hajmli maqolalarning avlodi. Chuqur tahlilga ega materiallar koʻpincha qalin illustratsiyali jurnallarda chop etilgan. Sovet matbuotida bu turdagi maqolalarni ocherk — kengaytirilgan reportaj deya nomlashgan. Gʻarb ommaviy axborot vositalarida esa “feature stories” janr guruhi mavjud. Ayova universitetidan (AQSH) Deyvid Daulning va Trevis Vogan ta’kidlaganidek, aynan shunday ijodiy ishlar zamonaviy longridning asosi hisoblanadi ya’ni ularda nafaqat soʻz bilan balki, turli adiovizual elementlar orqali axborot yetkaziladi. [3] Shuningdek tadqiqotchilar longrid hujjatli film elementlarini oʻzida aks ettirishini ta’kidlashadi.

Soʻngi yillarda internet jurnalistikada yana yangi atama, tushuncha — multimediaviy hikoya tez-tez qoʻllanila boshlandi. Bu juda yangi mahsulot, lekin uning yangiligiga qaramay, nazariyotchilar turli adabiyotlarda unga ta’rif bergan. “Internet-OAV: nazariya va amaliyot” kitobida ham quyidagicha tavsiflangan: Multimediyaviy maqola — jurnalistik material boʻlib, mavzu turli platformalarda matn va audiovizual vositalar bilan butun voqelikni koʻrsatib beradi. [4]Yana boshqa ta’rifni Berkli universitetiga qoshidagi raqamli jurnalistika boʻyicha Nayt fondining (Knight Foundation for Digital Journalism) veb-saytidan topish mumkin. U yerda yozilishicha, multimediaviy hikoya — veb-saytda chiqizli boʻlmagan shaklda taqdim etilgan matn, fotosurat, videoklip, audio, grafika, interaktiv elementlar kombinatsiyasidan tashil topadi. Hikoya elementlarining hech biri ortiqcha emas balki, bir birini toʻldiruvchi yaxlit holda boʻladi. [5]

Koʻpgina tadqiqotchilar multimediaviy longrid har qanday konvergent nashrlar faoliyatining yuqori choʻqqisi deb hisoblashadi. Sababi unda barcha multimediaviy komponentlar uygʻunlashishi kerak. Bunday materialda butun multimediyaviy elementlar (audio, video, grafika, matn, animatsiya va boshqalar) yordamida auditoriyaga ta’sir oʻtkazish, ushlab turishga hizmat qiladi.

Bundan tashqari, turli audiovizual va matn elementlari mukammal muvozanatga asoslanishi kerak. Ularning hech biri yetakchi qismga aylanmasligi darkor. Onlayn formatlar boʻyicha Kanadalik tadqiqotchi Alfred Ermidning fikricha, multimediaviy hikoyalar bir tizimda ifodalanishi kerak emas. Sababi, tartibsizlik va interaktivlik multimedianing asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.

Har qanday mavzuda multimediaviy hikoya yoki longrid tayyorlashning iloji yoʻq. Maria Lukina va Nataliya Loseva oʻzining “Mediakonvergensiya va multimediaviy jurnalistika” risolasida bunday formatda material tayyorlash uchun voqelik turli talablarga javob berishi kerakligi aytiladi. Masalan ulardan ba’zilari quyidagicha:

– Voqelik (sujet) vaqt kesimida rivojlanishi;

– Voqelikda “eng” deb tariflash mumkin boʻlgan jarayonlar boʻlishi;

– Sujetda grafik ifodalash imkonini beruvchi qoʻshimcha ma’lumotlarning boʻlishi;

– Video uchun koʻp asoslarning boʻlishi;

– Koʻp bekgraundlar va qoʻshimcha ma’lumotlarning mavjudligi;

– Voqealarning rivoji foydalanuvchilarning konteti bilan davom etishi mumkinligi kabi hislatlari boʻlishi kerak. [6]

Longrid sujeti aniq bir talablarga javob berishi kerak. Mezonlar orasidan quyidagilarni ajratib koʻrsatish mumkin:

  1. Longridda voqelik/muammo/qahramonning bor boʻlishi. Mukammal longridda ularning uchchalasi mujassamlashgan boʻladi. Emotsional yuk va axboriylik katta boʻlishi kerak.
  2. Vizualizatisiya imkoniyati. Voqelikning vizualizatsiya imkoniyati kam boʻlsa, uning muvaffaqiyatiga ham salbiy ta’sir o’tkazadi.
  3. Kontentning eksklyuzivligi va oʻziga xosligi. Tahririyat tomonidan toʻplangan yangi hamda maxsus ma’lumotlar materialning muvaffaqiyatini belgilaydi.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, ba’zi janrlar longrid tayyorlash uchun juda qulay. Masalan, reportaj, ocherk, korrespondensiya. Intervyu, tahliliy maqolalar esa aksincha bu formatga mos kelishi murakkabroq. Mavhum dalillar va vizual komponentlarning mavjud boʻlmasligi format hususiyatlariga mutlaqo ziddir. Muvaffaqiyatli longrid yaratish uchun jurnalistdan katta professionallik talab etiladi. Jurnalistik bilim, salohiyatdan tashqari texnik bilimlardan ham xabardor boʻlishi lozim. G’oyani oʻquvchiga yetkaza bilish uchun guruh a’zolari multimedia imkoniyatlarini chuqur tushunishlari ham yaxshi natija keltiradi.

Adabiyot:

  1. Лонгриды в онлайн-СМИ: особенности и технология создания /Д. Ю. Кульчицкая, А. А. Галустян. — М.:Издательство «Аспект Пресс», 2017.
  2. Onlayn jurnalistika darslik/N.Qosimova/T.2019
  3. Dowling D., Vogan T. Can we ≪Snowfall≫ this? Digital longform and the race for the tablet market // Digital Journalism. 2015. Vol. 3. Issue 2. P. 209–224.
  4. Интернет-СМИ: Теория и практика: Учеб. пособие для студентов вузов / Под ред. М. М. Лукиной. М.: Аспект Пресс, 2010.
  5. Stevens J. (2013). What is a multimedia story? URL:http://multimedia.journalism.berkeley.edu/tutorials/starttofinish/multimedia/
  6. Медиаконвергенция и мультимедийная журналистика: Материалы к обучающим семинарам // Сост. С. Балмаева. — Екатеринбург: Изд-во Гуманитарного университета, 2010.
  7. https://www.kasper.by/blog/parallaks-effekt-na-saite/
  8. https://www.theatlantic.com/technology/archive/2012/12/new-york-times-snow-fall-feature/320253/
Основные термины (генерируются автоматически): AQSH.


Ключевые слова

longread, multimedia, jurnalistika, fenomen, format

Похожие статьи

Turli xil tillardagi onomastik va tarixiy frazeologik birliklar

Bu maqola tarixiy va onomastik birliklar qatnashgan frazalar haqida Ingliz va O'zbek tillardagi misollar yordamida ma'lumot beradi.

Ingliz tilini o’qitishda innovatsion usullardan foydalanish

Ushbu maqolada hozirgi davr talabiga aylangan ingliz tilini oq’ishitish hamda o’quv jarayonida innovatsion usullardan foydalanish ochib berilgan

Veb ilovalarning mobil qurilmalarda foydalanish effektivligini oshirish uchun PWA texnologiyasini qo’llash

Maqolada dars jadvali veb-ilovasida progressive web application texnologiyasini qo’llash masalasiga bag’ishlanadi.

Qur`oni karimda shart maylining ishlatilinishi

Maqolada Qur'oni karim oyatlarida shartli maylining ishlatilinishi to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Axborot xizmatlarini taqdim etishda telegram botlarning imkoniyatlari

Mazkur tadqiqot ishida axborot xizmatlarini ko’rstishda telegram botlardan foydalanishning imkoniyatlari qarab chiqilgan.

Affikslarning polisemantik pоtensiali (nemis tili misolida)

Ushbu maqolada nemis tili lug’at boyligi, so’z yasalishida affikslarning ahamiyati, ularning turlari haqida so’z yuritiladi.

O’quvchilarda notiqlik mahoratini kuchaytirish

Maqolada notiqlik san’ati hamda uning mahoratini o’quvchi yoshlarda shakllantirish yo’llari ko’rib chiqilgan

Perovskite quyosh elementlarining volt-amper xarakteristikasining analitik modeli

Ushbu maqolada perovskite quyosh elementlarining analitik va empirik formulalari keltirilgan va ular asosida tuzilgan dasturdan olingan natijalar berilgan.

Bosh barmog'ining kuygandan keyingi adduktorning chandiqli kontrakturasi va uni jarrohlik yo'li bilan davolash

Maqolada 2 yoshdan 45 yoshgacha bo'lgan 38 bemorda bosh barmog'ining kuyishdan keyingi adduktorining chandiqli kontrakturasini jarrohlik davolash bo'yicha o'z tajribamiz keltirilgan. Mahalliy plastik operatsiyalar 35 qo'lda va 3 qo'lda teri-yog’ losk...

Ingliz va o'zbek tillarining funktsional uslublari

Maqolada ingliz va o'zbek tillarining funktsional uslublarining xususiyatlari, turli uslubdagi matnlarni idrok etishning murakkabligini aniqlash tahlil qilinadi.

Похожие статьи

Turli xil tillardagi onomastik va tarixiy frazeologik birliklar

Bu maqola tarixiy va onomastik birliklar qatnashgan frazalar haqida Ingliz va O'zbek tillardagi misollar yordamida ma'lumot beradi.

Ingliz tilini o’qitishda innovatsion usullardan foydalanish

Ushbu maqolada hozirgi davr talabiga aylangan ingliz tilini oq’ishitish hamda o’quv jarayonida innovatsion usullardan foydalanish ochib berilgan

Veb ilovalarning mobil qurilmalarda foydalanish effektivligini oshirish uchun PWA texnologiyasini qo’llash

Maqolada dars jadvali veb-ilovasida progressive web application texnologiyasini qo’llash masalasiga bag’ishlanadi.

Qur`oni karimda shart maylining ishlatilinishi

Maqolada Qur'oni karim oyatlarida shartli maylining ishlatilinishi to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Axborot xizmatlarini taqdim etishda telegram botlarning imkoniyatlari

Mazkur tadqiqot ishida axborot xizmatlarini ko’rstishda telegram botlardan foydalanishning imkoniyatlari qarab chiqilgan.

Affikslarning polisemantik pоtensiali (nemis tili misolida)

Ushbu maqolada nemis tili lug’at boyligi, so’z yasalishida affikslarning ahamiyati, ularning turlari haqida so’z yuritiladi.

O’quvchilarda notiqlik mahoratini kuchaytirish

Maqolada notiqlik san’ati hamda uning mahoratini o’quvchi yoshlarda shakllantirish yo’llari ko’rib chiqilgan

Perovskite quyosh elementlarining volt-amper xarakteristikasining analitik modeli

Ushbu maqolada perovskite quyosh elementlarining analitik va empirik formulalari keltirilgan va ular asosida tuzilgan dasturdan olingan natijalar berilgan.

Bosh barmog'ining kuygandan keyingi adduktorning chandiqli kontrakturasi va uni jarrohlik yo'li bilan davolash

Maqolada 2 yoshdan 45 yoshgacha bo'lgan 38 bemorda bosh barmog'ining kuyishdan keyingi adduktorining chandiqli kontrakturasini jarrohlik davolash bo'yicha o'z tajribamiz keltirilgan. Mahalliy plastik operatsiyalar 35 qo'lda va 3 qo'lda teri-yog’ losk...

Ingliz va o'zbek tillarining funktsional uslublari

Maqolada ingliz va o'zbek tillarining funktsional uslublarining xususiyatlari, turli uslubdagi matnlarni idrok etishning murakkabligini aniqlash tahlil qilinadi.

Задать вопрос