Kompetensiya vа o‘quvchi bilimini baholash | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 30 ноября, печатный экземпляр отправим 4 декабря.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №25 (315) июнь 2020 г.

Дата публикации: 17.06.2020

Статья просмотрена: 10608 раз

Библиографическое описание:

Пулатова, З. А. Kompetensiya vа o‘quvchi bilimini baholash / З. А. Пулатова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 25 (315). — С. 509-511. — URL: https://moluch.ru/archive/315/71651/ (дата обращения: 16.11.2024).

Maqolada kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limda o‘quvchi bilimini va kompetensiyasini baholashga oid uslubiy tavsiya ishlab chiqilgan. Tavsiyada yagona “5” ballik tizim orqali o‘quvchida shakllantirilgan bilim hamda kompetensiyalarning baholanishi e’tiborga olingan.

Kalit so‘zlar: Davlat ta’lim standarti, kompetensiyaviy ta’lim, tayanch kompetensiya, fanga oid kompetensiya, baholash, o‘quvchi, ballik tizim.

В данной статье разработаны методические рекомендации для оценивания знаний и компетенций учащихся на основе компетентностного подхода в образовании. Предлагается оценивание знаний и компетенций учащихся посредством единой пятибалльной системы.

Ключевые слова: Государственный образовательный стандарт, компетентностное образование, опорная компетенция, предметная компетенция, оценивание, ученик, балльная система

In article developed methodological recommendations for assessing the knowledge and competencies of students on the basis of a competence approach in education. It is proposed to assess the knowledge and competencies of students through a single five-point system.

Key words: State educational standard, competence education, core competency, subject competence, evaluation, student, point system

Bugungi kunda Harakatlar strategiyasi asosida ijtimoiy sohani rivojlantirish bilan bog‘liq yo‘nalishiga daxldor bo‘lgan ta’lim sohasini rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha qator maqsadli dasturlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi” qarorining qabul qilinishi ta’lim tizimida o‘qitishga nisbatan tubdan yangicha yondashishni taqozo etmoqda. Ya’ni umumta’lim fanlarini o‘qitishda zamonaviy metodologiyani qo‘llash, ta’lim jarayoniga kompetentlik nuqtayi nazaridan yondashish orqali ta’lim oluvchilarning layoqatlilik darajasini oshirish maqsad qilib olingan.

Qabul qilingan mazkur DTSning e’tiborli tarafi shundaki, o‘quvchilarda o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llay olish, tayanch va fanga oid kompetensiyalarga ega bo‘lish jihatlarini shakllantirish va rivojlantirish alohida inobatga olingan. Kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o‘zini o‘zi rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kabi tayanch kompetensiyalarning o‘quvchilarda shakllantirilishi bitiruvchilarning aqlan va ruhan barkamol topishiga, kelajak hayotda dadil va mustahkam qadam tashlashiga zamin hozirlaydi.

Shu davrgacha o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini baholashga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, endilikda o‘quvchilarning nafaqat bilimi, balki shakllantirilayotgan kompetensiyalari ham baholanishi nazarda tutilgan. Amaldagi Nizomlarga ko‘ra o‘quvchilarning bilimini baholash quyidan yuqoriga qarab ijobiy baholash mezoni asosida amalga oshirildi. Ya’ni “5” ballik tizimda har bir ball (“1”, “2”, “3”, “4”, “5”), o‘quvchining har bir imkoniyati e’tiborga olindi. E’tibor beradigan bo‘lsak, har bir ballni belgilashda imkoniyatlar sanab o‘tilgan. Imkoniyat deganda, o‘quvchining o‘zlashtirishi, darsga tayyorligi, daftar yuritishi, tirishqoqligi, ishtiroki, qo‘shimcha topshiriqlarga nisbatan moyilligi, mavzuga oid ma’lumotlarni tahlil eta olishi, mustaqil ish bajarishi va o‘z nuqtayi nazarini himoya qila olishi, dars va darsdan tashqari tadbirlarda namuna ko‘rsatishi kabi harakatlari nazarda tutildi. Ushbu fikrni rivojlantirish maqsadida har bir ballni (“1”, “2”, “3”, “4”, “5”) qo‘yishda o‘quvchining imkoniyatlari tavsifida quyidagi yondashuvni tavsiya etsa bo‘ladi:

“1” ball — 5 ta imkoniyatning 1 tasidan foydalanish nazarda tutiladi.

O‘quvchida shakllantirilishi lozim bo‘lgan fanga oid kompetensiya bo‘yicha: mavzuga oid o‘rganilgan hodisalar, tamoyillar va ularning farqlari, o‘xshashliklarini ajratishda topshiriqlarni noto‘g‘ri bajarsa-da, javob berishga harakat qilishi e’tiborga olinadi.

O‘quvchida shakllantirilishi lozim bo‘lgan tayanch kompetensiyalar bo‘yicha:

Kommunikativ kompetensiya. O‘z ona tilida muloqotga kirishishi, fikrini og‘zaki bayon qilishda qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yishi, sodda savollarni tuzishda va javob berishda qiynalishi, o‘z bilimi va kuchiga ishonmasligi e’tiborga olinadi.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi. Mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olmasligi, kundalik faoliyatda uchraydigan sodda hujjatlar bilan ishlay olmasligi e’tiborga olinadi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi. Jismonan, ma’nan, ruhan o‘z-o‘zini rivojlantirishga intilishning yo‘qligi, o‘z xatti-harakatini to‘g‘ri baholay olmasligi, o‘qib-o‘rganganlari asosida kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal etishda o‘zgalarning ko‘magiga tayanishi.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi. O‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilmasligi. Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisalar va jarayonlarga e’tibor bermasligi, daxldorlik hissining yo‘qligi e’tiborga olinadi.

Milliy va umummadaniy kompetensiyalar. “ Vatan” tushunchasini anglashda, sharhlashda qiynalishi, o‘zaro munosabatda mehr tuyg‘usining tanqisligi, badiiy va san’at asarlaridan ta’sirlana olishi va nisbatan tushunishi, axloq-odob qoidalariga har doim ham birday rioya qilmasligi e’tiborga olinadi.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi. Kundalik ehtiyojlari bilan bog‘liq sodda hisob-kitoblarga asoslangan shaxsiy iqtisodiy rejalarini tuzishga intilishi, fan va texnika yangiliklaridan bexabarligi e’tiborga olinadi.

Qayd etilgan kompetensiyalarga ega bo‘lsa, o‘quvchi berilgan imkoniyatning biridan foydalangan hisoblanadi va u “1” balga ega bo‘ladi.

“2” ball 5 ta imkoniyatning 2 tasidan foydalanish nazarda tutiladi.

O‘quvchida shakllantirilishi lozim bo‘lgan fanga oid kompetensiya bo‘yicha: o‘rganilgan mavzuga oid ayrim ma’lumotlar, qoida yoki ta’rif, teoremalarni eslab, noto‘g‘ri bo‘lsa-da, dars va darsdan (maktab va maktabdan) tashqari tadbirlarda qatnashishi e’tiborga olinadi.

O‘quvchida shakllantirilishi lozim bo‘lgan tayanch kompetensiyalar bo‘yicha:

Kommunikativ kompetensiya . O‘z ona tilida muloqotga kirishishi, fikrini og‘zaki va yozma bayon qilishda qiynalishi, sodda savollarni tuza olishi, asosli javob berishda qiynalishi, o‘z bilimi va kuchiga ishonmasligi, biror xorijiy tilni o‘rganishga intilishi e’tiborga olinadi.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi. O‘zining fuqarolik burch va huquqlarini qisman bilishi, unga rioya qilishda xatoliklarga yo‘l qo‘yishi. “Oila manfaati” tushunchasini idrok etishi, biroq uning uchun qanday xizmat qilish kerakligini to‘liq anglab yetmasligi e’tiborga olinadi.

Milliy va umummadaniy kompetensiyalar . Vatan” tushunchasini anglashi, sharhlay olishi, milliy qadriyatlarni nisbatan bilishi, axloq-odob qoidalariga har doim ham birday rioya qilmasligi e’tiborga olinadi.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi. Kundalik ehtiyojlari bilan bog‘liq sodda hisob-kitoblarga asoslangan shaxsiy iqtisodiy rejalarini tuza bilishi va sodda kichik loyihalarni ishlab chiqa olishi, fan va texnika yangiliklaridan qisman xabardorligi e’tiborga olinadi.

Qayd etilgan kompetensiyalarga ega bo‘lsa, o‘quvchi berilgan imkoniyatning 2 tasidan foydalangan hisoblanadi va u “2” balga ega bo‘ladi.

“3” ball — 5 ta imkoniyatning 3 tasidan foydalanishi nazarda tutiladi.

O‘quvchida shakllantirilishi lozim bo‘lgan fanga oid kompetensiya bo‘yicha: o‘quv materiali bo‘yicha egallanadigan bilim, ko‘nikma va malakalarni qisman o‘zlashtirgan holda asosiy ma’lumotlarni ishonchli ravishda to‘g‘ri bayon eta olsa, tadbirlarda ishtirok etishi e’tiborga olinadi.

O‘quvchida shakllantirilishi lozim bo‘lgan tayanch kompetensiyalar bo‘yicha:

Kommunikativ kompetensiya . O‘z ona tilida muloqotga kirishishi, fikrini og‘zaki va yozma bayon qilishda qo‘pol bo‘lmagan xatoliklarga yo‘l qo‘yishi, sodda savollarni to‘g‘ri qo‘ya olishi va asosli javob berishi, o‘z bilimi va kuchiga ishonch tuyg‘usining mavjudligi e’tiborga olinadi.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi. Mavjud axborot manbalarning (internet, televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) kundalik faoliyatda uchraydigan hujjatlar bilan qisman ishlay olishi (oddiy tabriknomalar yoza olishi, anketalarni to‘ldirishi va boshq.) e’tiborga olinadi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi. Shaxs sifatida jismonan, ma’nan, ruhan o‘z-o‘zini rivojlantirishga intilishi, o‘z xatti-harakatlarini to‘g‘ri baholashda qiynalishi, o‘qib-o‘rganganlari asosida chin insoniy sifatlarning shakllanishida ijobiy jihatlarning uchrab turishi e’tiborga olinadi.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi. O‘zining fuqarolik burch va huquqlarini qisman bilishi, unga rioya qilishga intilishi. Jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisalar va jarayonlarga e’tibor berishi, munosabat bildirishda va ishtirok etishda ikkilanishi. “Oila manfaati” tushunchasini idrok etishi, uning uchun ma’lum darajada daxldorlik hissining bo‘lishi, kasb-hunarga qiziqishining mavjudligi e’tiborga olinadi.

Milliy va umummadaniy kompetensiyalar . Vatan” tushunchasini anglashi, sharhlay olishi, insonlarga mehr-oqibatli bo‘lishi, kiyinishi, yurish-turishida madaniy me’yorlarga va sog‘lom turmush tarziga rioya qilishi, an’ana va marosimlarini nisbatan bilishi hamda ularni asrab-avaylashga bo‘lgan tuyg‘usining shakllanib borishi, axloq-odob qoidalariga rioya qilishi e’tiborga olinadi.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi. Kundalik ehtiyojlari bilan bog‘liq sodda hisob-kitoblarga asoslangan shaxsiy iqtisodiy rejalarini tuzishga intilishi, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lishga intilishi va kundalik hayotda tatbiq etishga intilishi e’tiborga olinadi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yuqorida o‘quvchining ham bilimini, ham kompetensiyalarini baholashda yagona “5” ballik tizimdan foydalanilsa, o‘qituvchi faoliyati uchun qulay bo‘lar edi. Shu bilan birga sinf jurnali, o‘quvchi tabeli hujjatlarida sinf o‘quvchilarning ma’lum o‘quv yilida erishgan natijalari to‘g‘risidagi ma’lumot ham sodda va aniq o‘z ifodasini topgan bo‘lar edi.

Adabiyot:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2018-yil 27-iyuldagi191-sonli buyrug‘iga ko`ra DTS talablari.
Основные термины (генерируются автоматически): DTS, компетенция учащихся, оценивание знаний.

Ключевые слова

o‘quvchi, Davlat ta’lim standarti, kompetensiyaviy ta’lim, tayanch kompetensiya, fanga oid kompetensiya, baholash, ballik tizim

Похожие статьи

Xitoy bolalar adabiyotining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari

Maqolada Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganidan so‘ng adabiyotga, xususan, bolalalar adabiyotiga bo‘lgan e’tibor hamda uning rivojlanish bosqichlariga to‘xtalib o‘tilgan. Zamonaviy yozuvchilarning adabiyotga kirib kelishi va asarlari orqali bolal...

Boshlang‘ich sinflarda o`qish malakalarini shakllantirish

Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etishning muammolari va yechimlari yoritilgan. Unda bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlashda ijodiy ishlarni bajarishning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan bo‘...

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi aloqa vositasi sifatida

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va nutq madaniyati haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish borasida tavsiyalar berilgan. Tarbiyachining nutq madaniya...

«T–X–T» yo‘nalishida yo‘lovchi bekatlarining ishini tahlil qilish

Mazkur maqolada yo‘lovchi tashish hajmini statistik qonunlar asosida o‘zgarishini aniqlash uchun «T–X–T» yo‘nalishi tanlab olingan va ushbu yo‘nalishdagi yo‘lovchi oqimi statistikasi ishlab chiqilgan. Shahar atrof poyezdlari harakatlanish zonalarinin...

Fransuz tili darslarida talabalarning gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishda dialogning roli

Mazkur maqolada mutaxassisligi fransuz tili bo‘lgan talabalarning og‘zaki nutqini rivojlantirishda dialoglar orqali ularning muloqot kompetensiyasini o‘stirishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.

Oilaga ijtimoiy muhitning ta`siri

Maqolada voyaga yetmaganlarning oilaviy tarbiya jarayonidagi ijtimoiy muammolari tahlil qilingan. Muallif yoshlar tarbiyasida oilaviy omillar muhim o‘rin tutishiga alohida e’tibor qaratgan. Shuningdek, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida insonn...

Pul muomalasi turg'unligining iqtisodiy o’sishga ta’siri

Ushbu maqolada pul muomalasi barqarorligining iqtisodiy o'sishga ta'siri, iqtisodiyotning moliyaviy chuqurligi va pul-kredit siyosati kanallarining uzatishni boshqarish mexanizmini takomillashtirish asosida o'rganiladi

Oilada bolalarda kitobxonlikni shakllantirish omillari

Mazkur maqolada bolalarni kitobga qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bu borada ota-onalarning o`rni haqidagi fikrlar yoritilgan.

O’zbek tilshunosligida sintaksis va qo’shma gaplar nazariyasi

Mazkur maqolada sintaksis va qo’shma gaplar nazariyasi ustida ish olib borgan olim va tadqiqotchilarning fikrlari hamda o’zbek tilshunosligida ham o’xshash va farqli jihatlarini o’rgangan olim-u olimalarning ishlari bayon etilgan.

Yo‘lovchi tashuvchi vagonlarga ta’sir qiluvchi vertikal dinamik kuchlarni aniqlash

Ushbu maqolada O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 61–907 modelidagi yo‘lovchi vagoniga ta’sir qiluvchi dinamik kuchlarni aniqlash metodikasi keltirilgan. Hisoblab topilgan vertikal dinamika koeffisentini normativ yo‘riqnomadagi ma’lumotlar bilan taqqos...

Задать вопрос