Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi aloqa vositasi sifatida | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №27 (317) июль 2020 г.

Дата публикации: 04.07.2020

Статья просмотрена: 2432 раза

Библиографическое описание:

Топволдиева, Ф. Р. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi aloqa vositasi sifatida / Ф. Р. Топволдиева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 27 (317). — С. 386-388. — URL: https://moluch.ru/archive/317/72396/ (дата обращения: 19.12.2024).

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va nutq madaniyati haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish borasida tavsiyalar berilgan. Tarbiyachining nutq madaniyati va undan nimalar talab qilinishi ham yoritib o‘tilgan.

Tayanch so‘zlar : tovush madaniyati, nutqning ifodaliligi, tovush, nutqiy nafas olish, nutq me’yori, tarbiyachining nutq madaniyati.

В данной статье рассматривается развитие речи и речевой культуры дошкольников. В статье также приведены рекомендации по улучшению речи детей в дошкольных учреждениях. Культура речи педагога и то, что от него требуется, также рассматриваются.

Ключевые слова: звуковая культура, выразительность речи, звук, речевое дыхание, речевая норма, речевая культура педагога.

This article discusses the speech development and speech culture of preschool children. The article also provides recommendations for improving children’s speech in preschools. The educator’s speech culture and what is required of him are also covered.

Keywords: sound culture, expressiveness of speech, sound, speech breathing, speech norm, educator’s speech culture.

Maktabgacha yoshidagi bolalar nutqining rivojlanishi ularning faoliyati, muloqati bilan uzviy bog‘liqdir. Bola jumlalarning mazmuni va shaklidagi o‘zgarish uning muloqat shakllari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ilk bolalik davriga xos situativ nutq ishchan muloqot shaklidan nosituativ bilishga yo‘naltirilgan va nosituativ — shaxsiy muloqot shakliga o‘tilishi bolalar nutqiga ma’lum bir talablarni qo‘yadi. Bu talablar bola nutqining yangi-yangi tomonlarini, turli kommunikativ masalalarni hal qilishi uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarni tarkib toptiradi. Bog‘cha yoshidagi bolaning nutqi ijtimoiy aloqalarni o‘rnatish funksiyasini bajara boshlaydi. Buning uchun esa bolada ichki nutq tarkib topishi, monologik xususiyat kasb etib borishi lozim bo‘ladi. Maktabgacha yoshda bola nutqining rivojlanishidagi muhim xususiyat nutq tafakkur quroliga aylanishidan iborat. Bola so‘z-lug‘at boyligining o‘sishida 2 muhim tomon — miqdor va sifat tomonlari mavjud.

Lug‘at boyligining miqdoriy o‘sishi D. B. Elkoninning ko‘rsatishicha, bevosita bolaning hayot sharoitlari va tarbiyalanish xususiyatlariga bog‘liq. So‘nggi yillarda u yoki bu yoshdagi bolalar nutqining lug‘at tarkibini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlarda avvalgi tadqiqotlarga nisbatan yuqoriroq miqdoriy ko‘rsatkichlar aniqlandi. Jumladan, V.Loginaning ma’lumotlariga ko‘ra 3 yoshga kelib, bola lug‘atida 1200 ta so‘z mavjud bo‘ladi, 6 yoshli bolaning aktiv lug‘ati esa 3000–3500 so‘zni o‘z ichiga oladi. Vaholanki, 40–60 yil oldin o‘tkazilgan tadqiqotlarda 3 yoshli bolaning lug‘ati 400–600 so‘zdan, 6 yoshli bolaning aktiv lug‘ati esa 2500–3000 so‘zdan iborat deb ko‘rsatilgan edi.

Nutq madaniyati — bu, avvalo, tarbiyachida bo‘lishi shart va majburiy sifatlardan hisoblanadi. Bu tarbiyachidagi nutqiy ko‘nikma va nutqiy malakalarni hosil qiladi. Bu ko‘nikma tarbiyachi faoliyatida takomillashib boradi, maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka oshiriladi hamda erishilgan muvaffaqiyatlar tufaylar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi. Bolalar nutq madaniyatiga o‘zbek adabiy tilini mukammal egallash asosida erishiladi. Buning uchun esa tarbiyachi adabiy qoidalarini bilish, badiiy adabiyot asarlarini doimiy o‘qib borishi, she’rlar yod olishi va bolalar bilan suhbatlar o‘tkazish muhimdir.

Situatsion — ishchan muloqot shaklidagi bolalar leksikasi (nutqi) konkret predmetli vaziyat bilan bog‘liq. Bu holat shunda ko‘rinadiki, bolaning nutqida ot so‘z turkumiga oid so‘zlar ko‘p bo‘ladi. Sifat turkumidagi so‘zlar yoki umuman uchramaydi, yoki buyumlaming faqat tashqi xususiyatlari: rangi, o‘lchami (barcha sifatlarning 96,4 %)ni ifodalaydi. 98 % fe’llar faqatgina konkret predmetli harakatlarga nisbatan ishlatiladi.

Bolalarning nosituativ — bilishga yo‘naltirilgan (vaziyatga — situasiyaga bog‘liq bo‘lmagan) muloqotida ular kattalardan har xil narsa va hodisalar haqida axborot olishga bog‘liqlikdan ozod bo‘ladi. Asta sekin atrof-olamdagi narsalarning turli xususiyatlarini aks ettiruvchi so‘zlar zahirasi kengayib boradi. Jumladan, estetik xususiyatlarni ifodalovchi sifat turkumiga oid so‘zlar (11,25 %) va emosional xususiyatlarni ko‘rsatuvchi so‘zlar (5 %) paydo bo‘ladi, irodaviy va intellektual harakatlarni anglatuvchi fe’l turkumidagi so‘zlar (6,24 %) vujudga keladi.

Nosituativ — shaxsiy muloqotda, bola odamlar o‘rtasidagi munosabatlar haqida axborot olishga, o‘zining fikrini kattalar fikri bilan taqqoslashga harakat qilar ekan, uning nutqida umumiy grammatik murakkablashish ro‘y beradi. Sifat turkumidagi so‘zlar quyidagi nisbatda bo‘ladi: atributiv (tashqi xususiyatlarini ifodalovchi) — 69,80 %, estetik xususiyatlarni ifodalovchi sifatlar — 14,65 %, ahloqiy xususiyatlarni ifodalovchi sifatlar — 9,3 %. Irodaviy va intellektual harakatlarni ifodalovchi fe’llar ancha ko‘payib, nutqida ishlatilayotgan barcha fe’llarning 9,76 %ni tashkil etadi.

Agar maktabgacha yoshdagi ya’ni 3–7 yoshdagiboladan berilgan topshiriqda nutqiy faoliyatning elementi bo‘lmish so‘z bilan muayyan amallarni bajarish talab etilsa, masalan, gap tarkibidan so‘zlarni ajratib olish vazifasi berilsa, S. N. Karpovaning tadqiqoti ko‘rsatishicha, bolada unga aytilgan gap belgilaydigan vaziyatga orientir olishning ancha barqaror moyilligi kuzatiladi. Berilgan so‘z tarkibida nechta so‘z mavjud degan savolga bolalar gapni “boshdan oyoq” qaytadan takrorlaydi. Masalan, “Koptok yumalab ketdi” degan gap berilsa, bola bu gapda bitta so‘z “Koptok yumalab ketdi” degan so‘z borligini aytadi. Ayni 5–9 yoshda bolalar xuddi shunday ifodalaydi. S. N. Karpovaning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha yoshdagi bolada gap tarkibidan barcha turdagi so‘zlarni ajratib olish ko‘nikmasini shakllantirish mumkin. Buning uchun ularga so‘zlarning mezonlarini, ya’ni so‘z tovushlarining majmuasidan iboratligini, so‘z doim muayyan mazmunga egaligini anglashi lozim. Albatta buning uchun bolaning yoshiga mos keluvchi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilinganday qilinganda, yoshidan qat’iy nazar bolalarda so‘z haqida adektiv va anglangan tasavvurlar paydo bo‘ladi.

Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni yuksak g‘oyaviylik ruhida tarbiyalash ularning ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfatlaridan yuqoriroq manfaat bo‘lishi mumkin emasligini singdirishi, ularni vatanga, xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash demakdir. Bunda esa albatta tarbiyachining o‘rni beqiyos va muhimdir.

Shunday qilib aytganda nutq maktabgacha yoshdagi bolalarning taraqqiy etishlarida katta o‘rin tutadi. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolaning nutqini o‘stirishda atrofdagi insonlarning shuningdek tarbiyachilarning nutq madaniyati rivojlangan bo‘lishi muhim sanaladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning eng muhim xususiyati nutqning rivojlanganligi hisoblanadi. Tarbiyachi tomonidan nutq o‘stirish to‘g‘ri rejalashtirib boriladi.

Adabiyot:

  1. Babayeva D. R. Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi. –Toshkent, 2018. –334 b.
  2. Nishonova Z., Alimova G. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi. –T.: “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi”, 2006. — B. 68.
  3. Qodirova F. R., Toshpo‘latova Sh.Q., Qayumova N. M., A’zamova M. N. Maktabgacha pedagogika. –T.: “Tafakkur”, 2019. –B. 107.
  4. Zokirova, S.M. (2016). About the congruent phenomenon in the contrastive linguistics. Sciences of Europe , (8–2 (8)).
  5. Зокирова С. М. Контрастный анализ синтактических слойных установок. Вестник Наманганского государственного университета: Vol , 1 (8), 48.

Ключевые слова

tovush madaniyati, nutqning ifodaliligi, tovush, nutqiy nafas olish, nutq me’yori, tarbiyachining nutq madaniyati

Похожие статьи

Oilada bolalarda kitobxonlikni shakllantirish omillari

Mazkur maqolada bolalarni kitobga qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bu borada ota-onalarning o`rni haqidagi fikrlar yoritilgan.

Oilaga ijtimoiy muhitning ta`siri

Maqolada voyaga yetmaganlarning oilaviy tarbiya jarayonidagi ijtimoiy muammolari tahlil qilingan. Muallif yoshlar tarbiyasida oilaviy omillar muhim o‘rin tutishiga alohida e’tibor qaratgan. Shuningdek, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida insonn...

Pedagogik muloqat jarayonida tolerantlikni tarbiyalash

Ushbu maqolada o’qituvchi va o’quvchining muloqat jarayonini takomillashtirish, pedagogik muloqatni o’stirish, muloqat jarayonida o’quvchilarda tolerantlikni tarbiyalash usullari va bosqichlari haqida ilmiy va xolisona mulohazalari bayon etilgan.

Xitoy bolalar adabiyotining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari

Maqolada Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganidan so‘ng adabiyotga, xususan, bolalalar adabiyotiga bo‘lgan e’tibor hamda uning rivojlanish bosqichlariga to‘xtalib o‘tilgan. Zamonaviy yozuvchilarning adabiyotga kirib kelishi va asarlari orqali bolal...

Boshlang‘ich sinflarda o`qish malakalarini shakllantirish

Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etishning muammolari va yechimlari yoritilgan. Unda bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlashda ijodiy ishlarni bajarishning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan bo‘...

«T–X–T» yo‘nalishida yo‘lovchi bekatlarining ishini tahlil qilish

Mazkur maqolada yo‘lovchi tashish hajmini statistik qonunlar asosida o‘zgarishini aniqlash uchun «T–X–T» yo‘nalishi tanlab olingan va ushbu yo‘nalishdagi yo‘lovchi oqimi statistikasi ishlab chiqilgan. Shahar atrof poyezdlari harakatlanish zonalarinin...

Qoraqalpoq ayolining jamiyatdagi mavqei

Ushbu maqolada Qoraqalpog'iston Respublikasidagi ayollar muammolari, o'zbek jamiyatining zamonaviy rivojlanishi nuqtai nazaridan ko'rib chiqiladi. Qoraqalpoq ayollari ob'ektiv va sub'ektiv tabiatning ko'plab hal etilmagan muammolariga duch kelishmoqd...

O’quv maqsadlarini ifodalashda Blum toksionomiyasidan samarali foydalanishning innovatsion usullari

Ushbu maqolada maullif Blum toksionomiyasini ta’lim jarayoniga tadbiq etishning samarali usullarini bayon qiladi. Pedagogik texnologiyaning muhim omillaridan biri hisoblangan o’quv maqsadlarini aniqlashda Blum toksionomiyasining roli va ahamiyatini t...

Tarix fanining o’qitilishida tarixiy davrlarni solishtirish jarayonlarining ahamiyatli jihatlari

Maqolada mamlakatimiz yoshlarida tarixiy bilimlarni yuqori darajada shakllantirish, bu jarayonda O’zbekiston tarixi fanini o’qitish sifatini ta’minlashda vatanimiz tarixining turli davrlarini solishtirish jarayoni orqali qoloqlik va taraqqiyot omilla...

Gazetasi sarlovhasining o'rganilish tarixi va undagi murojaat so'zlarining ishlatishi (misrning «al-Ahram» gazetasi asosida)

Ushbu maqolada gazeta va unda yoritilayotgan axborotlar sarlavxasi tarixi ko’rib chiqilgan hamda sarlavxa tanlashda nimalarga e’tiborish kerakligi ochib berilgan

Задать вопрос