Tabiat qo‘ynida o‘yin faoliyatini tashkil etishning bolaning psixologik rivojlanishiga ta’siri | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 30 ноября, печатный экземпляр отправим 4 декабря.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №27 (317) июль 2020 г.

Дата публикации: 04.07.2020

Статья просмотрена: 6610 раз

Библиографическое описание:

Топволдиева, З. Р. Tabiat qo‘ynida o‘yin faoliyatini tashkil etishning bolaning psixologik rivojlanishiga ta’siri / З. Р. Топволдиева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 27 (317). — С. 388-390. — URL: https://moluch.ru/archive/317/72397/ (дата обращения: 16.11.2024).

Maqolada o‘yin faoliyatini tabiat qo‘ynida tashkil etishning bola psixologiyasiga ta’siri haqida so‘z ketgan. Ushbu maqola orqali bola hayotida o‘yin faoliyatining naqadar muhim ekanligi, o‘yin faoliyati turlari va xususiyatlari, o‘yin o‘ynashning foydali taraflari qisqacha bayon etilgan. Shuningdek, o‘yinning psixologik ta’sirini yoritish orqali ilmiy asosda tushunchaga ega bo‘lish imkoniyati yoritilgan.

Kalit so‘zlar: o‘yin, tabiat, ruhiyat, faoliyat, muomala, o‘yinchoq, estetika, ijodiy o‘yinlar .

В статье рассматривается влияние организации игровой деятельности на природе на психологию ребёнка. В данной статье даётся краткий обзор важности игры в жизни ребёнка, типов и характеристик игровой деятельности, а также преимущества игры. Освещение психологического влияния игры даёт возможность получения научного обоснованного понятия.

Ключевые слова: игра, природа, психика, активность, поведение, игрушки, эстетика, творческие игры.

The article discusses the impact of the organization of play activities on the psychology of children. This article gives a brief overview of the importance of play in a child's life, the types and characteristics of play activities, and the benefits of playing games. It also explores the possibility of gaining a scientific understanding by covering the psychological effects of the game.

Key words: game, nature, psyche, activity, behavior, toys, aesthetics, creative games.

O‘yin inson o‘zligining namoyon bo‘lishi, uning takomillashuv usulidir. O‘yin nafaqat kattalar balki bolalar hayotida ham alohida o‘rin tutadi. Uni “bolalikning hamrohi” deb atash qabul qilingan. O‘yin maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar hayotining mazmunini tashkil etadi. O‘yin mehnat va ta’lim bilan uzviy aloqada olib boriladigan jarayondir. O‘yinda shaxsda mavjud jihatlar ishga tushadi, ya’ni bola gapiradi, sakraydi, harakat qiladi, idrok etadi, diqqatini jamlaydi, o‘ylaydi. O‘yin tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi.

Bolalarni tabiat bilan tanishtirishdagi amaliy metodda o‘yin asosiy rol o‘ynaydi.

Tabiatning oddiy voqea — hodisasi va narsa (predmet) lari haqida bolalarning tasavvurlarini kengaytirish maqsadida o‘tkaziladigan kuzatishlar bilan bir qatorda xilma — xil o‘yinlardan keng foydalaniladi. Bu o‘yinlarda bolalar sezuvchanlik tajribasini orttiradilar, egallagan bilimlarini ijodiy o‘zlashtiradilar.

N. M. Aksarinaning ta’kidlashicha, o‘yin o‘z — o‘zidan vujudga kelmaydi, buning uchun kamida uchta sharoit talab etiladi:

− taassurotlar tarkib topishi;

− har xil ko‘rinishdagi o‘yinchoqlar va tarbiyaviy ta’sir vositalarining muhayyoligi;

− bolalarning kattalar bilan tez — tez muomala va muloqotga kirishuvi. Bunda kattalarning bolaga bevosita ta’sir ko‘rsatish uslubi hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda didaktik, harakatli va ijodiy o‘yinlardan foydalanish mumkin.

Didaktik o‘yinlar. Didaktik o‘yinlarda bolalar o‘zlarida tabiatdagi predmet va hodisalar, hayvonlar va o‘simliklar haqida mavjud bo‘lgan bilimlarni aniqlaydilar, mustahkamlaydilar, kengaytiradilar. Ko‘pgina o‘yinlar bolalar bilimini umumlashtirish hamda sistemaga solishga o‘rgatadi. Didaktik o‘yinlar xotira, diqqat, kuzatuvchanlikning o‘sishiga yordam beradi, bolalarni mavjud bilimlardan yangi sharoitlarda foydalanishga o‘rgatadi, turli aqliy jarayonlarni aktivlashtiradi, lug‘atni boyitadi, bolalarda birgalikda o‘ynash ko‘nikmasini tarbiyalashga yordam beradi,

Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda predmetli, stol — bosma va og‘zaki didaktik o‘yinlardan foydalaniladi.

Predmetli o‘yinlar barglar, urug‘lar, gullar, mevalar, sabzavotlar bilan o‘ynaladigan «Ajoyib xaltacha», «Mevalar va ildiz», «Butoqdagi kimning bolakaylari» va shu kabi o‘yinlardir. Bu o‘yinlarda bolalar aktiv muloqotda bo‘ladigan predmetlarning xususiyati hamda belgilari haqidagi tasavvurlari aniqlanadi va boyitiladi. Predmetli o‘yinlarni bolalarning barcha yoshdagi gruppalari bilan ham, shuningdek yoshini hisobga olgan holda, bir oz murakkablashtirib individual holda ham o‘tkazish mumkin.

Stol — bosma o‘yinlari — «Zoologiya lotosi», «Botanika lotosi», «Yilning to‘rt fasli», «Kichkintoylar», «Mevalar», «O‘simliklar», «Barglarni terib ol», juft rasmlar va shu kabilardir. Bu o‘yinlar bolalarning o‘simliklar, hayvonlar, jonsiz tabiat hodisalari haqidagi bilimlarini sistemalashtirish, aytilayotgan so‘zga ko‘ra predmetning obrazini tiklash ko‘nikmasini shakllantirishga yordam beradi. O‘yin so‘z bilan birgalikda olib boriladi, so‘z yo rasm idrok etilishidan oldin keladi yoki o‘yin bilan uyg‘unlashib ketadi.

Og‘zaki o‘yinlar («Nima uchadi, yuguradi, sakraydi», Suvda, havoda, yerda» «Kerak — kerak emas» va shu kabilar) hech qanday jihoz talab qilmasligi tufayli juda maqbuldir. Ular u yoki bu predmetning funkstiyalari hamda harakatlari haqidagi bilimlarni umumlashtirish va sistemalashtirish maqsadida o‘ynaladi. Bu o‘yinlar diqqatni, zehnlilikni, reakstiya tezligini, ravon nutqni rivojlantiradi. Uni kichik va o‘rta yoshdagi gruppalarda qo‘llash maqsadga muvofiqdir.

Harakatli o‘yinlar. Tabiatshunoslik harakteridagi harakatli o‘yinlar hayvonlarning xatti-harakati, ularning hayot tarziga taqlid qilish bilan bog‘liq bo‘lib, ba’zilarida jonsiz tabiat hodisalari aks ettiriladi. Bular «Ona tovuq va jo‘jalar», «Mushuk va sichqonlar» va shu kabi o‘yinlardir. Bolalar bu o‘yinlarda harakatlarga, tovushlarga taqlid qilib, bilimlarni chuqurroq egallaydilar; o‘yindan zavqlanish bolalardagi tabiatga bo‘lgan qizishni chuqurlashtiradi.

Ijodiy o‘yinlar. Uyinda bolalar mashg‘ulot, ekskursiya, kundalik hayot jarayonida olingan taassurotlarni aks ettiradilar, kattalarning tabiatdagi mehnati (parrandachilik fabrikasi, qoramolchilik fermasi, teplista va shu kabilardagi ishlar) haqidagi bilimni egallaydilar, bunda ularda mehnatga ijodiy munosabat shakllanadi, ular kattalarning tabiatdagi mehnatining ahamiyatini anglab oladilar. Tabiatshunoslik mazmunidagi ijodiy o‘yinlarni avj oldirish uchun sharoit yaratish zarur: o‘yinchoqlar nabori — qishloq xo‘jalik mashinalari, hayvonlar va shu kabilar kiritiladi. Ijodiy o‘yin turlaridan biri tabiiy materiallar: qum, qor, loy, mayda toshchalar, so‘ta va shu kabilar bilan o‘ynaladigan qurilish o‘yinlaridir. Bunda bolalar ijod qilar ekan,. materiallarning xususiyatlari va sifatlarini bilib oladilar.

Bolalar kattalarning turmush tarzi, his — tuyg‘u, o‘zaro muomala va muloqotlarning xususiyatlarini, o‘ziga va o‘zgalarga, atrof — muhitga munosabatlarini yaqqol voqelik tarzida ijro etishi uchun turli o‘yinchoqlardan shuningdek, ularning vazifasini o‘tovchi narsalardan ham foydalaniladi. Shu tarzda rolli o‘yinlar o‘yinlar paydo bo‘ladi. Bu o‘yinlar orqali bola obrazlarni sezishi, o‘yin mazmunini tushunishga harakat qilishi talab etiladi.

Xulosa qilib aytganda, O‘yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, balki bolaning bolaning xulq — atvoriga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘yin faoliyati tufayli bola nafaqat jismoniy balki ruhiy tomondan ham rivojlanadi. O‘yin tufayli bola baquvvat, sog‘lom, bo‘lib rivojlansa, o‘yin faoliyatini tabiat qo‘ynida tashkil etish esa bolaning estetik rivojlanishi, dunyoqarashini kengayishi, tabiatni his qilish, sezish kabilarni rivojlantiradi.

Adabiyot:

  1. Qodirova F. R., Toshpo‘latova Sh.Q., Qayumova N. M., A’zamova M. N. Maktabgacha pedagogika. “Tafakkur”nashriyoti.2019.
  2. Mirzayev T.,G‘afurov Z. Tabiatni e’zozlash umumbashariy muammo. “Yangi asr avlodi” nashriyoti. 2001.
  3. Djanpeisova G. E., Rasulxo‘jayeva M. A., Qosimova D., Tabiat bilan tanishtirish metodikasi. Toshkent 2019.
  4. Hasanboyeva O., Jabborova X., Nodirova Z., Tabiat bilan tanishtirish metodikasi. “Cho‘lpon” NMIU 2016.
  5. Alimova G. Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi. “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg‘armasi” nashriyoti. 2006.
  6. Зокирова С. М. (2014). Вопрос слововой комбинации в языках различных структур на примерах узбекского и таджикского языков // Путь науки , 135.
Основные термины (генерируются автоматически): NMIU, игровая деятельность.

Ключевые слова

tabiat, faoliyat, o‘yin, ruhiyat, muomala, o‘yinchoq, estetika, ijodiy o‘yinlar

Похожие статьи

Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarni qo`llash orqali ma’naviy tarbiyani shakllantirish omillari va imkoniyatlari

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, muallif maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma’na...

Boshlang`ich sinflarda o`quv mativlarining xususiyatlari

Ushbu maqolada motivlar asosida o‘quvchilarda o‘quv mustaqilligining shakllanishi hamda uning rivojlantiruvchi ta’lim shartlariga bog‘liqligi yoritib berilgan. Shunindek, muallif kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasi xususiyatla...

О‘quvchi yoshlarning mediakompetentligini rivojlantirish muammosini yechish yо‘llari

Maqolada zamonaviy maktab о‘quvchilariga ommaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri muammolari va bu salbiy ta’sirlar о‘quvchilarning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatayotgani masalalari kо‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada о‘quvchilarning mediakomp...

O‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda xalqaro tadqiqotlarning o‘rni

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimiga e’tibor berilib, o‘quvchi yoshlarimizning jahon andozalariga mos ravishda zamonaviy bilim va kasb-hunarli bo‘lishi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini yuzaga c...

Bolaning erta aqliy rivojlanishida ona ishtirokining ahamiyati

Muallif maqolada bolaning erta aqliy rivojlanishi jarayonining shakllanishi va unda onaning ishtiroki haqida olib borilgan tadqiqotlarni ilmiy tahlil qiladi. Bolaning erta aqliy rivojlanishida onalar nimalarga e’tibor qaratishi haqida o‘z fikrlarini ...

Komp`yuterda axborotni ergonomik tasvirlash

Ushbu maqolada hozirgi kunga kelib, o`quv yurtlari ta`lim berish va olish jarayonida berilayotgan ma’lumotlarni komp`yuter yordamida ergonomik tasvirlash asosiy maqsad hisoblanadi. Berilayotgan har qanday axborot manbaining asosiy maqsadi tinglovchi ...

Temir yo‘l transportida yuklarni yetkazib berish muddatini kamaytirishning matematik yondashuvi

Mazkur maqolada matematik yondashuvlar asosida temir yo‘l transportida yuklarni yetkazib berish muddatini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Texnik va oraliq stansiyalarda qayta ishlanishlar sonining yuklarni yetkazib berish muddatiga t...

Maktabgacha ta’lim muassasalarida erta savodxonlikni rivojlantirish

Ushbu maqolada O’zbekiston respublikasi Davlat ta’lim konsepsiyasiga oid dolzarb masala ko’tarilgan. Xususan, O‘zbekistonning 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi r...

Yoshlarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida

Maqolada yoshlar axloqiy qadriyatlari mazmuni va axloqiy qadriyatlar ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatidagi tahlili, shuningdеk, axloqiy qadriyatlarni o‘rganish tеstlari xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish, yoshlarning axloqiy qadriyat...

O'z-o'zini boshqarish o’qish va matematik ta’lim amaliyotining samarali asosi sifatida

Maqolada maktabga tayyorgarlik ko’rishda o’z-ozini boshqarishni rivojlantirish uchun erta matematik va o’qish ta’limini joriy qilishning dolzarbligi tahlil qlinadi.

Задать вопрос