Xitoy tilida g’am-qayg’uni ifodalovchi undovlarning leksik-semantik tahlili | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 30 ноября, печатный экземпляр отправим 4 декабря.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №28 (318) июль 2020 г.

Дата публикации: 07.07.2020

Статья просмотрена: 105 раз

Библиографическое описание:

Ташмухамедова, Д. А. Xitoy tilida g’am-qayg’uni ifodalovchi undovlarning leksik-semantik tahlili / Д. А. Ташмухамедова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2020. — № 28 (318). — С. 280-281. — URL: https://moluch.ru/archive/318/72387/ (дата обращения: 16.11.2024).

Xitoy tilida undov so`zlarning bir qancha ma’noviy guruhlari mavjud. Ularning orasida g’am-qayg’u undovlari hayrat undovlaridan so’ng son va qo’llanilish darajasi jihatidan ikkinchi o’rinni egallaydi. Ushbu maqolada muallif tomonidan xitoy tilida g’am-qayg’u undovlari borasidagi qarashlar ko’rib chiqiladi va ular leksik-semantik jihatdan tahlil qilinadi.

Kalit so`zlar: undov so`z, his-hayajonni ifodalovchi undovlar, g`am-qayg`uni ifodalovchi undovlar, g`azab undovlari, hayratni ifodalovchi undovlar, undovlar semantikasi.

В китайском языке междометие имеют ряд групп со смысловым значением. Среди них междометие со значениями «горе и печаль» занимают второе место по количеству и применению, после междометие со значением «удивления». В данной статье автор рассматривает взгляды ученых касательно междометие со значением «горе и печаль» в китайском языке и делается лексико-семантический анализ этих слов.

Ключевые слова: междометия, эмоциональный междометия, междометие выражающее горе, междометие выражающее гнев, междометие выражающее удивление, семантика междометий.

Til shunday murakkab hodisaki, u asrlar davomida rivojlanib, yangi so’zlar hisobiga boyish bilan bir qatorda tilde mavjud bo’lgan so’zlarning ma’no qirralari ham o’zgarib boradi. Bu esa vaqt o’tishi bilan til grammatikasiga ha ta’sir qilib, ayni bir mavzuda turli qarashlarning paydo bo’lishiga olib keladi.

Xitoy tilida undov so’zlar va ularning ma’noviy turlarga ajratilishi masalasi ham munozarali mavzulardan biri bo’lib, undov so’zlar, asosan, so’zlashuv uslubiga xos bo’lganligi va insonning turli hissiyotlarini oddiy tovush bilan ochib bera olganligi uchun ham vaqt ta’sirida o’zgarib boradi. Qadimgi xitoy tilida ma’lum ma’noni anglatgan undov so’z bugungi kunda boshqa ma’noviy guruhga o’tib qolishi hodisasi uchrab turadi. Undov so’zlarning tub mohiyatini anglab olish uchun ularning har bir ma’no guruhi bilan alohida tanishib chiqish darkor.

Inson biror vaziyat yoki holatga bildirishi mumkin bo’lgan munosabatlari turlicha bo’lishi mumkin: hayrat, taajjub, qo’rquv, g’am-qayg’u va shu kabilar. Hayratni ifodalovchi so’zlar undovlar orasida eng kata qismni egallasa, undan keying o’rinlarni g’am-qayg’u va qo’rquv undovlari egallaydi. Quyida g’am-qayg’u va hasrat undovlarini ko’rib chiqamiz.

Mashhur xitoy tilshunos olimi Vang Li g’am-qayg’u undovlarini hasrat undovlari (感喟 gǎnkuì — 唉 āi āi, āi, hài, hāi ) nomi bilan atab ularni kayfiyatni ifodalovchi undovlar guruhiga kiritadi. Vang Li sanab o’tgan undovlar insonning tushkun holati va qayg’usini ifodalaydi. Yana bir xitoy olimi Li Jinsi g’am-qayg’u undovlarini quyidagicha ifodalaydi: 表伤感或病情 biǎo shānggǎn huò bìngqíng āi , 哎 āi , 嗳 āi , 嗐 hài , 咳 hāi [1, 17b]. Semantik guruhning nomlarida biroz farq bo’lsa-da, yuqoridagi olimlarning g’am-qayg’u undovlari deyarli bir xil. Xuddi shu kabi undovlar “Hozirgi amaliy xitoy tili grammatikasi” kitobida tushkunlik va g’am-qayg’u nomi bilan uchraydi. (表懊恼,叹息,哀伤 biǎo àonǎo, tànxí, āishāng ): 唉 āi, hāi, hāi [2, 441b]

Polshalik tilshunos Ameka esa g’am-qayg’u undovlari (表示悲痛、痛苦的感叹词 biǎoshì bēitòng, tòngkǔ de gǎntàn cí ) qatoriga quyidagilarni kiritadi: 唉āi (chuqur xo`rsinish yoki og`riq), 咳 hāi 、嗨 hāi (xo`rsinish, norozilik va g`azab). Bundan tashqari, u insonning qayg’uli holati va tushkun kayfiyatini aks ettirsa-da, umidsizlikni ifodalovchi undovlarni (表示绝望、悲伤的感叹词 biǎoshì juéwàng, bēishāng de gǎntàn cí — 唉 ài, 哎呀 āiyā , 嗨 hài ) alohida guruh sifatida e’tirof etadi [3, 11b]. U sanab o’tgan yuqoridagi undovlar g’am-qayg’u undovlari bilan o’xshash. Ularning yagona farqi esa, vaziyat yoki holatda aniq namoyon bo’ladi.

Quyida g’am-qayg’u, tushkunlik va umidsizlik kabi hissiyotlarni ifodalovchi undovlarni ko’rib chiqamiz.

  1. 啊à — eh. G’am, qayg’u va afsusni ifodalaydi.
  2. 唉āi — ehh. G’am qayg’u, umidsizlikni ifodalaydi.

唉,有什么办法呢? — Ehh, nima ilojimiz bor?

  1. 唉ài — eh. Qayg’u va afsus, nadomatni ifodalaydi.

唉 ,病了几天,把工作都耽误了。 — Eh, bir necha kun og’rib qolib, ish ham qolib ketdi.

  1. 哎呀āi yā — eh. Norozilik, arz, sabrsizlik, afsusni ifodalaydi.

哎呀,你怎么来得这么晚呢! — Eh, nega buncha kech kelyapsan!

  1. 嗨hāi Hay-hay. Jahl, ayblash yoki afsusni ifodalaydi.

嗨,你怎么这等误事!快快给我拿来! — Hay, nega ishni buncha orqaga surmasang! Tez menga olib kel-chi!

  1. 咳hāi — eh, eee. Ho’rsinish, norozilik va g’azabni ifodalaydi.

咳,别提了,您看我的衣服给做成什么样子,挺好的一块料子!– Eh, gapirma, qara ko’ylagimni qanaqa qilib berishdi, chiroyli bir parcha matoga aylandi.

  1. 嗐hài — eh, oh. g‘am-qayg’u, og’riqni ifodalaydi.

嗐! 他怎么病成这个样子。 — Oh! U qanday qilib bunday holga tushdi.

  1. 噫嘻yī xī. Achinish, g’am-alam ma’nosini ifodalaydi.

Yuqoridagilardan shunday xulosa qilish mumkinki, xitoy tilida umidsizlik, g’am-qayg’u, tushkunlik va alam tuyg’ularini ifodalovchi undovlar qanday nom bilan atalmasin, insonning tushkun va afsuslangan holatini yoki biror vaziyatga norozi munosabatini bildiradi. Turli olimlar bunday undovlarni turli nom bilan atasalar-da, tarkibidagi so’zlar deyarli bir-biridan farq qilmaydi va birining o’rnida ikkinchisidan foydalansa bo’ladi.

Adabiyotlar:

  1. . 新著国语文法 Xīnzhe guóyǔ wénfǎ 黎锦熙 Líjǐn xī. — 湖南教育出版社, 2007.
  2. 实用现代汉语语法 Shíyòng xiàndài hànyǔ yǔfǎ 刘月华, 潘文娱, 故韡 — 商务印书馆出版社, 2001.
  3. Ameka F. Interjections:The universal yet neglected part of speech∥Journal of Pragmatics. 1992. North. Holland. № 18.
  4. 现代汉语词典:2002年增补本 (大字本)/中国社会 科学院语言研究所词典编辑室编。— 北京:商务印书馆、2002、1787页
  5. 现代汉语词典:商务印书馆创立115年纪念版/中国社会科学院语言研究所词典编辑室编。— 6版。—北京:商务印书馆、2012、1874页
  6. 中国汉语语法 Zhōngguó hànyǔ yǔfǎ 王力文集Wáng lì Wénjí dì. — 商务印书馆出版, 1985年.
Основные термины (генерируются автоматически): междометие, китайский язык.

Ключевые слова

undov so`z, his-hayajonni ifodalovchi undovlar, g`am-qayg`uni ifodalovchi undovlar, g`azab undovlari, hayratni ifodalovchi undovlar, undovlar semantikasi

Похожие статьи

Bosh barmog'ining kuygandan keyingi adduktorning chandiqli kontrakturasi va uni jarrohlik yo'li bilan davolash

Maqolada 2 yoshdan 45 yoshgacha bo'lgan 38 bemorda bosh barmog'ining kuyishdan keyingi adduktorining chandiqli kontrakturasini jarrohlik davolash bo'yicha o'z tajribamiz keltirilgan. Mahalliy plastik operatsiyalar 35 qo'lda va 3 qo'lda teri-yog’ losk...

O'zbekiston Respublikasi temir yo'llarida vagonlarning tormoz qurilmalari ishlashini tahlil qilish

O’zbekiston davlat temir yo’l uchastkalarida harakatlanayotgan yuk vagonlarining tormozlash uskunasidagi nosozliklar tahlili olib borilmoqda. O’zbekiston davlat temir yo’l uchastkalarida harakatlanuvchi yuk vagonlarining tormozlash uskunasining asosi...

Ingliz tilini o’qitishda innovatsion usullardan foydalanish

Ushbu maqolada hozirgi davr talabiga aylangan ingliz tilini oq’ishitish hamda o’quv jarayonida innovatsion usullardan foydalanish ochib berilgan

O’quvchilarda notiqlik mahoratini kuchaytirish

Maqolada notiqlik san’ati hamda uning mahoratini o’quvchi yoshlarda shakllantirish yo’llari ko’rib chiqilgan

Qur`oni karimda shart maylining ishlatilinishi

Maqolada Qur'oni karim oyatlarida shartli maylining ishlatilinishi to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan.

Turli xil tillardagi onomastik va tarixiy frazeologik birliklar

Bu maqola tarixiy va onomastik birliklar qatnashgan frazalar haqida Ingliz va O'zbek tillardagi misollar yordamida ma'lumot beradi.

Affikslarning polisemantik pоtensiali (nemis tili misolida)

Ushbu maqolada nemis tili lug’at boyligi, so’z yasalishida affikslarning ahamiyati, ularning turlari haqida so’z yuritiladi.

Multimediyaviy longrid internet jurnalistikasida yangi fenomen sifatida

Maqolada internet jurnalistikada paydo boʻlgan yangi multimediaviy longrid formati tarixi, uning xususiyatlari, oʻziga xosligi, jurnalistikadagi ahamiyati tadqiq etiladi.

Kasb-hunar kolleglarida seminar mashg’ulotlarini tashkil qilishning o’ziga hos xususiyatlari

Ushbu maqolada o’quv jarayonini tashkil etishda seminar darslarining alohida o’rni, seminar mashg`ulotlarining maqsadi, seminar-amaliy mashg`ulotlarning shakllari, seminar darsi funksiyalari yoritib berilgan.

Axborot xizmatlarini taqdim etishda telegram botlarning imkoniyatlari

Mazkur tadqiqot ishida axborot xizmatlarini ko’rstishda telegram botlardan foydalanishning imkoniyatlari qarab chiqilgan.

Задать вопрос