Shaxmat o’rgatish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchi qizlarning mantiqiy fikrlash va shaxsiy sifatlarini shakllantirishning pedagogik-psixologik asoslari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №5 (347) январь 2021 г.

Дата публикации: 30.01.2021

Статья просмотрена: 589 раз

Библиографическое описание:

Холиков, У. К. Shaxmat o’rgatish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchi qizlarning mantiqiy fikrlash va shaxsiy sifatlarini shakllantirishning pedagogik-psixologik asoslari / У. К. Холиков. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2021. — № 5 (347). — С. 392-395. — URL: https://moluch.ru/archive/347/78126/ (дата обращения: 18.12.2024).



Maqolada boshlang’ich sinf o’quvchi qizlar, maktabgacha va oilada shaxmat o’rganish orqali mantiqiy fiklash, shaxmat bilan shug’ullangan bolaning bo’sh vaqti, barcha fanlarni o’zlashtirishi osonlashtiradi, intellektual salohiyat yuksaladi, qobiliyatlar bag’ishlangan bo’lib, shaxmat o’yinni orqali ularning diqqat, idroki, tafakkuri, xotirasi va mantiqiy fikrlashini o’stiradi va rivojlantiradi yoritilgan.

Kalit so’zlar: boshlang’ich sinf o’quvchi qizlar, maktabgacha ta’lim , oilada, shaxmat o’yin, idroki, tafakkuri, xotirasi, mantiqiy, diqqat, qobilyat, harakter, sog’lik,ruhiy, jismoniy tayyorgarlik.

Статья посвящена развитию способностей и логического мышления девочек-младших школьниц посредством изучения шахмат в дошкольном учреждении и семье. Досуг ребенка, занимающегося шахматами, облегчает усвоение всех предметов, повышает интеллектуальный потенциал. Благодаря игре в шахматы воспитывается и развивается внимание, восприятие, память и логическое мышление.

Ключевые слова: ученицы начальных классов, дошкольное образование, семья, игра в шахматы, восприятие, мышление, память, логика, внимание, способности, характер, здоровье, психика, физическая подготовка.

Har bir millat o’z kelajak avlodida komillikni ko’rishni orzu qiladi. O’zbek xalqi o’z madaniyati va ma’naviyatida komil insonlar tarbiyasiga alohida e’tibor bergan va bunday komillik darg’alarini etishtirish har bir zamonda muhim sanalgan. Inson kamolotida esa jismoniy va ma’naviy go’zallik muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois bugungi kunda yurtimizda zamonaviy bilim va ko’nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o’z zimmasiga ola biladigan, intiluvchan va serg’ayrat yoshlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish, yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag’ishlangan 5 ta tashabbusi ilgari surildi.

Shaxmat insoniyat kashf etgan eng qadimiy, qiziqarli, jozibali hamda go’zal o’yinlardan biridir. Uning asosiy xususiyati shuki, shaxmatda sport va san’at uyg’unlashib ketgan. Shaxmat qiziqarli va maroqli o’yin. U bilan shug’ullanish organizmning umumiy jismoniy rivojlanishiga, fikrlash doirasining o’sishiga, o’sib kelayotgan yosh avlod ruhiyatiga ijobiy ta’sir etadi. Bola yoshligidan shaxmatda yuzaga keladigan variantlarni hisoblay boshlaydi. Ularni solishtiradi, yaxshisini tanlaydi, vaziyatga baho beradi, har doim band bo’ladi. Uning bo’sh vaqti miya uchun kerakli va foydali mashg’ulot bilan to’ldiriladi. Agar bola shaxmatdagi kombinatsiyalarni topa olar ekan, shaxmat darsidagi qiyin masala yechimini albatta topishga harakat qiladi.

Shaxmatning yana bir o’ziga xos xususiyati bor. U o’zida sport, fan va san’atni mujassamlashtirgan.

Shaxmat nazariyasini mutolaa qilish jarayonida uning yangi qirralarini kashf etish mumkin. Xar qanday yaxshi shaxmatchi esa chiroyli yurishlar-u ajoyib o’yinlardan xuddi musiqa tinglagani, qiziqarli himoya o’qigani kabi zavqlanadi, o’zi ham shunday «san’at asarlari»ni yaratishga intiladi.

Barchamizga ayonki, tarbiya oiladan boshlanadi. Tarbiya ongni, xulq-tvorni, shaxsni har tomonlama rivojlantirishni aniq maqsadga yo’naltirilgan jarayondandir. “Chunki oilada beriladigan bu tarbiya jarayonida faqat bilimlar o’zlashtirilib, malaka va ko’nikmalar hosil qilinmaydi, o’zbek oilasining axloqiy e’tiqodi, his-tuyg’usi, axloqiy, irodaviy va jismoniy sifatlari, xarakter xususiyatlari tarkib toptiriladi.

Shaxmat o’yini sporti milliy qadiriyat ekanligini avvalombor, oilada xis qilib, uni mahallalarda foydalanish bilan umuminsoniy qadriyatga aylantirishga barchamiz mas’ul ekanligimizni va bu orqali o’zbek yoshlarni dunyoga tanitish imkoniyatlari mavjudligini anglashimiz, ushbu masalaga yanada jiddiy qarash zarurligini ko’rsatadi.

Eng asosiysi ota-onalar, xotin-qizlarni jismonan sog’lom bo’lishi, ma’naviy yuksalishida shaxmat o’yini bilan shug’ullanishning ahamiyatga katta ekanligini tushunishlari va xis qilishlari zarur.

Shuningdek, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda qizlarda shaxmat o’yini sporti to’g’risida ongli munosabatini tarkib toptirish va bu orqali mahallalarda shaxmat o’yini sportini foydalanish mumkinligini hisobga olib quyidagilarni taklif etamiz.

  1. Mahalla qizlarida ularning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda shaxmat o’yiniga nisbatan tasavvurlarni shakllantirish;
  2. Ota-onalar o’rtasida milliy qadriyatimiz, milliy iftixorimiz bo’lgan shaxmat o’yiniga nisbatan ijobiy tassavurni shakllantirish;
  3. Oila va maktabgacha ta’lim maskanlaridan boshlab shaxmat o’yiniga qiziqishni tarbiyalash;
  4. Mamlakatimizdan etishib chiqqan Jahon va Osiyo chempionlari faoliyatini keng targ’ib etish, ularni ibrat qilib ko’rsatish;
  5. Qizlarni mahalliy sport ustalari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish;
  6. Aynan shaxmat o’yini sporti orqali mahalla va oila hamkorligini shakllantirish.

Agar yuqoridagilarni nazarda tutgan holda maxalla hamkorligida qizlar o’rtasida shaxmat o’yinini foydalanish yo’lga qo’yilsa:

1) Shaxmat o’yiniga nisbatan ijobiy tasavvurlar kengayadi;

2) Qizlarni jismonan baquvvat, sog’lom etib tarbiyalash imkoni oshadi;

3) Ularning bo’sh vaqti ko’ngilli tashkil etiladi;

4) Qizlar orasida sport bilan shug’ullanuvchilar soni ko’payadi;

5) Qizlar orasida tartib buzish holatlari kamayadi.

Bugun xotin-qizlar shaxmatchilari qit’a va jahon chempionatlari, jahon shaxmat olimpiadasi, Osiyo o’yinlarida muntazam yuqori o’rinlarni egallab, mamlakatimizda voyaga etayotgan yosh avlod dunyoda hech kimdan kam emasligi va kam bo’lmasligini isbotlab kelmoqda. Shaxmat bo’yicha 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov, o’zbek qizlari o’rtasida xalqaro grossmeyster Sarvinoz Kurbonboeva kabi shaxmatchilarimizni bugun butun dunyo biladi.

Xotin-qizlari azaldan nafaqat o’zlarining go’zalligi va nafosatlari, balki aqlu farosatlari bilan ham dunyoga ma’lumu mashhur bo’lishgan. Barchinoyu To’marislar, Nodirabegimu Uvaysiylar haqida ortiqcha ta’rifu tavsif qilishning keragi yo’q.

Sog’lom farzand esa sog’lom onadan dunyoga keladi. Shu sababdan yurtimizda sportga, ayniqsa, ayollar sportini rivojlantirishga juda katta e’tibor qaratilmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 avgustdagi «O’zbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» gi PQ-3906 sonli qaroriga muvofiq maktab dasturlari doirasida 150 ta umum ta’lim maktablarining o’quvchi qizlarini tajriba tariqasida shaxmatga o’qitishni tashkil etish vazifasi belgilangan.

Ushbu qarorga ko’ra, umum ta’lim maktablarining boshlang’ich (2-sinf) sinfida shaxmat o’quv kursi jismoniy tarbiya fani tarkibiga singdirib o’qitilishi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari, O’zbekiston shaxmat federatsiyasi bilan o’zaro kelishuvlari asosida belgilandi. Ushbu umum ta’lim maktablarining 2-sinflarida jismoniy tarbiya fani odobnoma fanini 0,5 soatga qisqartirish hisobiga, haftasiga 2,5 soatdan o’qitiladi.

Umum ta’lim muassasalarida shaxmat kursini o’qitishdan maqsadi — o’quvchi qizlarning shaxsiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish xamda ularda umumiy madaniyat, mantiqiy, mustaqil, sog’lom fikrlay olish qobiliyatini shakllantirishdan iborat.

Shaxmat — umumiy va intellektual qobiliyatlarni rivojlantiruvchi ta’limning bir turi hisoblanib , psixologik jarayonlarini rivojlantiruvchi, insonni aqliy, ijodiy va tarbiyaviy komolotga erishishiga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir. Shaxmat o’quvchi qizlarni yanada ma’nan etu qilik qilib tarbiyalashda qo’shimcha tarbiya vosita bo’lib xizmat qiladi.

Shaxmat sport o’yinigina bo’lib qolmay, balki inson xarakteri va shaxsining shakllanishiga faol ta’sir ko’rsatish vositasi sifatida, insonlarni tafakkur qilishga, mantiqiy fikrlashga, mas’uliyatli bo’lishga o’rgatadi. Shaxmatning inson hayotidagi ahamiyati to’g’risida ko’agina ilmiy tadqiqotlar (M.Muhiddinov, R.Evqaev, A.Toshxo’jaev) olib borilgan. Shuningdek, buyuk tarixiy shaxslar (Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va b.) o’z faoliyatlarida shaxmat (shatranj) o’yinlaridan foydalanganliklari, uning ijobiy ahamiyati haqida tarixiy manbalar guvohlik beradi.

Haqiqatdan ham, davlatimiz mustaqillik sharoitida ta’lim sohasida, jumladan, umumiy o’rta ta’lim yo’nalishida o’qitishni mantiqiy fikrlash asosida tashkil etish hozirgi kun jamiyat taraqqiyotining talabidan kelib chiqmoqda. Hozirgi paytda umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchi qizlarini mantiqiy fikrlashga o’rgatish jarayonida shaxmat mashg’ulotlariga e’tibor qaratish ijobiy natija beradi. Shaxmat faqat sport o’yinigina bo’lib qolmay, balki inson harakteri va shaxsining shakllanishiga faol ta’sir ko’rsatish vositasi sifatida ham insonlarni tafakkur qilishga, mantiqiy fikrlashga, mas’uliyatli bo’lish va yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishga o’rgatadi. Shaxmat bola uchun ermak, quvonch manbai bo’libgina qolmay, uning diqqati, xotirasi, ijodiy tafakkuri va tasavvurini o’stirishga ham xizmat qiladigan vositadir. Shaxmat o’yini jarayonida bolalar yangi bilim, malakalarni egallaydilar, qobiliyatlarini o’stiradilar.

Shaxmat o’yini ruhiyatini tetiklashtirishga yordam beradi. Shu sababli men 2-sinf o’quvchi qizlar uchun shaxmat alifbo kitobni yaratmoqda. Bu kitobning ayrim qismilari bilan tanishtirib o’taman.

Shaxmat «Alifbo»si alifbe uslubida qurilgan (yaratilgan) shuning uchun bu kitobdan foydalanish mumkin deb emas, balki kichkintoylarni uni nafaqat maktabda, balki uyda ham parallel ravishda o’rgatib borish kerak. Bu bolaga grammatik hisob- kitob va amallarni tezroq o’rganishida yordam beradi.

Agar sizning o’g’lingiz yoki qizingiz ham maktabga bormagan bo’lsa o’rganish, unda «Alifbo» bilan ularni o’qish raqamlarni ishlatishni o’rgatishga zo’r bahonadir. «Alifbo» –alfavit tartibida qurilgan, biroq kitob bilan ishlaganda bunga qat’iy turib olish shart emas. Ushbu kitobni farzandi bilan birga o’qib borayotgan ota-ona ushbu qadimiy o’yinning ilk boshlanishi, mittelshpil (o’yin markazi yoki o’rtasi) endshpil (o’yin nihoyasi) gambit (shaxmat o’yinining boshlanishi) ekanini va sababi bu erdagi har bir satr- alohida ma’no bo’lib, ularning shakllarini kattalar tushuntirishlari shart. Shuning uchun ushbu shaxmat alifbosini o’qib borayotganda bola bilan suhbat olib borib, qanday so’zlar unga notanishligini bilish, ularni tushuntirish metafora va tenglamalarni solishtirish ma’nolarni shaxmat qoidalariga ulagan holda o’rgatish tavsiya etiladi. Boladagi ushbu o’yin haqida paydo bo’lgan tasavvurlarni so’rab tushuntirish kerak bo’ladi. Shaxmat «Alifbo» si dagi shaxmat o’yinining mazmunini ko’rib chiqayotganda albatta shaxmat o’yiniga bevosita murojaat qilish, shaxmat taxtasidagi deyarli barcha she’rlarni ko’rsatib berish mumkin. Ozroq faol fikrlab, tasavvur qilsangiz bas va buni qilish oson bo’lib qoladi.

Donallardan boshlanadigan harflarni o’rgatayotib, bolani donalar bilan yurishlarini olishni amalga oshirishni o’rgatib, bolani donalar bilan yurishni, olishni amalga oshirishni o’rgating. Ularning kuchi tengliligini masalalarda mashq qilish jarayonida, o’rgatayotganda oldinga siljish jarayonida shoh, mot, pot degan tushunchalar berib boriladi. Oddiygina mashqlar echiladi. Ushbu o’yin bir vaqtning o’zida barcha donalar bilan yurishni bilishni talab qilmagani bois ular sizning ta’lim jarayoningizda faol ishlatilishlari kerak. Siz bunga kanchalik tez kirishsangiz shunchalik yaxshi. Ehtimol haqiqiy «Alifbo» ni o’qishni shaxmat donalaridan boshlash kerak bo’lsa, uning ikkinchi qismi «A» dan «Ya» gacha bolalarga mashqlarni echish uchun tavsiya qilinadi. Shaxmatni o’rgatish siz uchun oson kechadi, agarda siz «mantiq fikrni» o’yinlar kompleksidan foydalansangiz bolaning saloxiyati yuksalanib boradi. Topishmoqlar, metogrammalar, krossvordlarni echish, zakovat savollariga javob berish va lingvistik o’yinlar o’tkazish aqlni charxlaydi. Esda tutish kerakki, bolalarning mustaqil o’qishlarida kattalarning e’tibori va qiziqishlari kuchliroq bo’lishi kerak. «Alifbo» shaxmat tushunchalariga asoslangan bo’lib, asosan she’riy shaklda ochib beriladi va shuning uchun avvalambor so’zga suyanadi. Bu muhimdir. Zero so’z va u bilan bog’langan ijodiy ish II — signal sistemasini rivojlanishiga zamin yaratadi. «Alifbo» bolalarning nafaqat so’z boyligini oshirishda, ularning tashqi va ichki nutqini rivojlantirishga yordam beradi, balki so’zning tasviriy kuchini tushunib etishga imkon beradi. Taqqoslashlar va metaforalar (kinoyalar), sinonimlar, shuningdek ko’pgina boshqa aniq choralar fikrni shakllantirib, uni ilgari surishga yordam beradi. Shuni takitlash joizki «Alifbo» ning mazmuni sof shaxmat demakdir. She’riy miniatyuralarda shaxmat tushunchalari zarlar bilan bezatilgan, ularni birgalikda jamlasak, shaxmat o’yini xaqida etarlicha maqsadli tasavvurlar shakllantirishimiz mumkin. Shaxmatni o’rganish bilan birga hisob ham o’rganilib boradi. Shaxmat donalarining raqamli ahamiyati bu inson ish faoliyati sohasi uchun ajoyib hisob-kitobni o’zlashtirish modelini vujudga keltiradi.

Shaxmat o’yini boshlang’ich sinf o’quvchi qizlarning xotirasini kuchaytirishda, fikrlashdagi parishonxotirlikni yo’qotishda muhim omil vazifasini bajaradi. Yuqorida bildirilgan fikrlar boshlang’ich sinf o’quvchi qizlarni ijtimoiy taraqqiyotga mos holda tarbiyalash, ularning ongi, tafakkuri va dunyoqarashini zamon talablari darajasida shakllantirish borasida bir qancha olimlar o’z tadqiqot ishlarida ilmiy asoslangan fikrlarini bayon qilishgan. Ularga tayangan holda, biz umumiy o’rta ta’lim maktablarida shaxmat o’yinlarini tashkil qilish yuzasidan quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik:

— shaxmat o’yinlari asosida boshlang’ich sinf o’quvchi qizlarning mantiqiy fikrlash, aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish tizimini ishlab chiqishda milliy metodologik, tarixiy va mantiqiy ilmlarga tayanish;

— boshlang’ich sinf o’quvchi qizlarda shaxmat o’yinlaridan foydalanish asosida mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda nisbatan yangicha yondashishni qaror toptirish;

— amaliy va nazariy mashg’ulotlarda shaxmat o’yinlarining o’rni va mavqeini belgilash;

— boshlang’ich sinf o’quvchi qizlarda shaxmat o’yinlaridan foydalanish asosida mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning zamonaviy shakllari va tamoyillarini ishlab chiqish;

— o’rta maktab tizimidagi fakultativ darslar rejasiga shaxmat o’yini kursini kiritish;

— maktab yoshlari orasida har yili shaxmat bo’yicha maktab, tuman, viloyat, respublika an’anaviy musobaqalarini o’tkazish;

— iqtidorli, mantiqiy fikrlaydigan bolalar orasidan respublika shaxmat maktabi tashkil etish chora va tavsiyalarini bildirmoqchimiz.

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, shaxmat o’yini boshlang’ich sinf o’quvchi qizlarning aqlini o’stirish barobarida, mustaqil, har tomonlama to’g’ri,mantiqiy fikrlashga o’rgatishda ulkan imkoniyalarga ega deb hisoblaymiz. Shaxmat boshlang’ich sinf o’quvchi qizlarni axloqiy, ruhiy, ma’navnviy jihatdan sog’ligini ta’minlaydi. Shaxmat o’quvchi-yoshlarning fanlarni a’lo darajada o’zlashtirishga yo’l ochib beradi. Shaxmat o’ynash qabiliyati shakllangan bola hech qachon yomon yo’lga kirmaydi, shundan komillikka intilib yashashga o’rganadi.

Adabiyot:

  1. O’zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan Besh muhim tashabbus
  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-avgustdagi «O’zbekiston Respublikasida shaxmatni rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» gi PQ-3906 sonli qarori
  3. Mirziyoev Sh. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz T, O’zbekiston- 2016
  4. Mirziyoev Sh,Qonun ustuvorligi va inson manaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T O’zbekiston- 2016
  5. O’zbekiston Prezidentining 2017–2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakat strategiyasi. 7 yanvar 2017 yil.
  6. Nosir Muhammad «Shaxmat mo’jizasi» T 2014-y [5–9 bet]
  7. Muhiddinov M. Kataklarda yashiringan olam. -T.: O’zbekiston, 1976. [66 bet.]
  8. Xaylayev, Mamatqul “SHaxmat alifbosi”. Uslubiy qo‘llanma «Tafakkur», 2015. [12 b.]
  9. «Ma’rifat» gazetasi. 2016-yil 27-fevral № 17-son [15 bet.]
  10. Muhiddinov M. Kataklarda yashiringan olam. -T.: O’zbekiston, 1976.
Основные термины (генерируются автоматически): логическое мышление.


Ключевые слова

boshlang’ich sinf o’quvchi qizlar, maktabgacha ta’lim, oilada, shaxmat o’yin, idroki, tafakkuri, xotirasi, mantiqiy, diqqat, qobilyat, harakter, sog’lik, ruhiy, jismoniy tayyorgarlik

Похожие статьи

O‘zbekiston respublikasining mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligining xalqaro-huquqiy asoslari

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorligi, xususan mintaqaviy tashkilotlar doirasida jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida olib borayotgan izchil aloqalari va sa’y harakatlari ilmiy asosda o’rganilgan. Bunda O’zbekiston Respubli...

Maqom san`atini o‘qitishning dolzarb masalalari

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa darslarida an’anaviy xonandalik — maqom haqida tushunchalarni shakllantirishning dolzarb masalalari qamrab olingan. Shuningdek, muallif darsliklarda mumtoz ashulani o‘rganish bo‘yicha yuzaga kеlayotg...

Jigar, uning inson organizmidagi vazifalari va ahamiyati

Mazkur maqolada tirik organizmlaning ichki organlaridan biri jigar haqida haqida fikr yuritilgan. Jigar tanamizdagi eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan organlaridan biri. U ovqatni hazm qilishga yordam beradi, hayot uchun zarur bo‘lgan moddalarni sintez...

Vagonlar guruhini yuk ob’yektlariga uzatish va olib chiqish texnologik amallarini bajarishda manyovr lokomotivining band bo‘lish davomiyligini aniqlash usuli

Mavjud ilmiy ishlarlarda manyovr lokomotivlarining band bо‘lish vaqtini aniqlash uchun stansiya sutkalik ish reja-grafigini ishlab chiqish tavsiya etiladi. Ushbu maqolada temir yo‘l stansiyasi yo‘llarida yuk obyektlari talablari bo‘yicha jamlangan va...

«Quyuv-mexanika zavodi» ShK da ishlab chiqarilayotgan yuk vagonlarining turli radiusdagi egri uchastkalarda harakatlanayotganda ag‘darilishga qarshi barqarorligini tahlil qilish

Bu maqolada O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan 12–9922 modelidagi 4-o‘qli universal yarim vagon va 11–9923 modelidagi 4-o‘qli yopiq vagonni turli radiusdagi egri uchastkalarda harakatlanayotganda ag‘darilishga qarshi barqarorligini tahlil qilindi. ...

Qovoq o’simligining kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlari

Ushbu maqolada qovoqdoshlar (Cucurbitaceae Juss.) oilasining qovoq (Cucurbita L.) turkumiga kiruvchi madaniy qovoq turlari, ularning O’zbekistonda, jumladan, Andijon viloyatida eng ko’p ekiladigan navlarining botanik tavsifi, morfologiyasi, fenologiy...

Fransuz tilida inson tuyg’ularini tilda aks ettirish vositalariga doir

Mazkur maqolada fransuz tilidagi inson qalb tuyg’ularining tilda aks ettirish vositalari haqida fikr yuritiladi. Hislarni ifoda etadigan so’zlar grammatik, leksik, semantik jihatdan tahlil qilinib,ularning his tuyg’uni ifodalash davomiyligi bo’yicha ...

Bolalarni ilk yoshida xorijiy tillarni o’rgatishda ta’limiy o’yinlarning ahamiyati: Muammo va yechimlar

Dunyo globalashuv jarayoni insonlardan o’z ona tilidan tashqari yana bir necha xorijiy tillarni o’rganishni taqozo qilmoqda. Hozirgi tadqiqotlar ushbu jarayonni erta yoshda boshlash samariliroq bo’lishini ko’rsatadi. Bizning yurtimizda ham ushbu masa...

Uch fazali qisqa tutashtirilgan kuch avtotransformatorining nosemmetirik rejimlarini matlab simulingda tadqiq qilish

Ushbu maqolada uch fazali kuch avtotransformator qisqa tutashuvli tadqiqotlar uchun matlab Simulink programmasi asosida ilmiy tadqiqot ishlari ko'rsatilgan. Uch fazali qisqa tutashuv nosozlik uchun modeli natijalari simmetrik komponentlar natijalari ...

Boshlang‘ich ta’lim о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirishda dastlabki pedagogik jarayonlar

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirishda dastlabki pedagogik jarayonlar tahlil etilgan bо‘lib, bu jarayonda о‘qituvchining pedagogik mahorati, kasb tanlashga oid bilim va kо‘nikmalari, vazifalari, shuningdek kasb tanla...

Похожие статьи

O‘zbekiston respublikasining mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligining xalqaro-huquqiy asoslari

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining xalqaro hamkorligi, xususan mintaqaviy tashkilotlar doirasida jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida olib borayotgan izchil aloqalari va sa’y harakatlari ilmiy asosda o’rganilgan. Bunda O’zbekiston Respubli...

Maqom san`atini o‘qitishning dolzarb masalalari

Maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining musiqa darslarida an’anaviy xonandalik — maqom haqida tushunchalarni shakllantirishning dolzarb masalalari qamrab olingan. Shuningdek, muallif darsliklarda mumtoz ashulani o‘rganish bo‘yicha yuzaga kеlayotg...

Jigar, uning inson organizmidagi vazifalari va ahamiyati

Mazkur maqolada tirik organizmlaning ichki organlaridan biri jigar haqida haqida fikr yuritilgan. Jigar tanamizdagi eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan organlaridan biri. U ovqatni hazm qilishga yordam beradi, hayot uchun zarur bo‘lgan moddalarni sintez...

Vagonlar guruhini yuk ob’yektlariga uzatish va olib chiqish texnologik amallarini bajarishda manyovr lokomotivining band bo‘lish davomiyligini aniqlash usuli

Mavjud ilmiy ishlarlarda manyovr lokomotivlarining band bо‘lish vaqtini aniqlash uchun stansiya sutkalik ish reja-grafigini ishlab chiqish tavsiya etiladi. Ushbu maqolada temir yo‘l stansiyasi yo‘llarida yuk obyektlari talablari bo‘yicha jamlangan va...

«Quyuv-mexanika zavodi» ShK da ishlab chiqarilayotgan yuk vagonlarining turli radiusdagi egri uchastkalarda harakatlanayotganda ag‘darilishga qarshi barqarorligini tahlil qilish

Bu maqolada O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan 12–9922 modelidagi 4-o‘qli universal yarim vagon va 11–9923 modelidagi 4-o‘qli yopiq vagonni turli radiusdagi egri uchastkalarda harakatlanayotganda ag‘darilishga qarshi barqarorligini tahlil qilindi. ...

Qovoq o’simligining kimyoviy tarkibi va shifobaxsh xususiyatlari

Ushbu maqolada qovoqdoshlar (Cucurbitaceae Juss.) oilasining qovoq (Cucurbita L.) turkumiga kiruvchi madaniy qovoq turlari, ularning O’zbekistonda, jumladan, Andijon viloyatida eng ko’p ekiladigan navlarining botanik tavsifi, morfologiyasi, fenologiy...

Fransuz tilida inson tuyg’ularini tilda aks ettirish vositalariga doir

Mazkur maqolada fransuz tilidagi inson qalb tuyg’ularining tilda aks ettirish vositalari haqida fikr yuritiladi. Hislarni ifoda etadigan so’zlar grammatik, leksik, semantik jihatdan tahlil qilinib,ularning his tuyg’uni ifodalash davomiyligi bo’yicha ...

Bolalarni ilk yoshida xorijiy tillarni o’rgatishda ta’limiy o’yinlarning ahamiyati: Muammo va yechimlar

Dunyo globalashuv jarayoni insonlardan o’z ona tilidan tashqari yana bir necha xorijiy tillarni o’rganishni taqozo qilmoqda. Hozirgi tadqiqotlar ushbu jarayonni erta yoshda boshlash samariliroq bo’lishini ko’rsatadi. Bizning yurtimizda ham ushbu masa...

Uch fazali qisqa tutashtirilgan kuch avtotransformatorining nosemmetirik rejimlarini matlab simulingda tadqiq qilish

Ushbu maqolada uch fazali kuch avtotransformator qisqa tutashuvli tadqiqotlar uchun matlab Simulink programmasi asosida ilmiy tadqiqot ishlari ko'rsatilgan. Uch fazali qisqa tutashuv nosozlik uchun modeli natijalari simmetrik komponentlar natijalari ...

Boshlang‘ich ta’lim о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirishda dastlabki pedagogik jarayonlar

Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim о‘quvchilarini kasbga yо‘naltirishda dastlabki pedagogik jarayonlar tahlil etilgan bо‘lib, bu jarayonda о‘qituvchining pedagogik mahorati, kasb tanlashga oid bilim va kо‘nikmalari, vazifalari, shuningdek kasb tanla...

Задать вопрос