Ayrim xorijiy mamlakatlarda davlat xizmati bilan bogʻliq nizolarni sud tartibida koʻrib chiqish amaliyoti | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №22 (364) май 2021 г.

Дата публикации: 25.05.2021

Статья просмотрена: 42 раза

Библиографическое описание:

Мухиддинова, Д. М. Ayrim xorijiy mamlakatlarda davlat xizmati bilan bogʻliq nizolarni sud tartibida koʻrib chiqish amaliyoti / Д. М. Мухиддинова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2021. — № 22 (364). — С. 592-594. — URL: https://moluch.ru/archive/364/81369/ (дата обращения: 18.12.2024).

Mazkur maqolada davlat xizmati bilan bogʻliq nizolarning ayrim xorijiy davlatlarida sudda koʻrib chiqish amaliyoti, davlat xizmati bilan bogʻliq nizolarning ma’muriy sudlarga taalluqliligi hamda hal etilishi bilan bogʻliq masalalar haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, davlat xizmati bilan bogʻliq nizolarni sudda koʻrib chiqish boʻyicha protsessual qonunchilikni takomillashtirishdagi ahamiyati yoritib berilgan.

Kalit soʻzlar: Davlat xizmati, ma’muriy yustitsiya, ma’muriy sud, davlat xizmati bilan bogʻliq nizolar, sudga taalluqlilik, davlat xizmati bilan bogʻliq nizolar boʻyicha shikoyat.

В статье рассматривается практика рассмотрения споров о государственной службе в некоторых зарубежных странах, актуальность и разрешение споров о государственной службе в административных судах. Он также подчеркивает роль государственной службы в совершенствовании процессуального законодательства для судебных разбирательств.

Ключевые слова: государственная служба, административная юстиция, административный суд, споры о государственной службе, подсудность, жалобы государственной службы.

Davlat xizmati bilan boʻgliq nizolarning ma’muriy sudlarga taalluqliligi hamda sud tomonidan koʻrib chiqilishiga oid xorijiy sud amaliyotini Litva, Ukraina va Fransiya davlatlari misolida mazkur nizolarni hal etish tegishli qonunchilik asosida tartibga solinganligini koʻrishimiz mumkin.

1999-yil 14-yanvarda qabul qilingan Litva Respublikasining Mamuriy ishlarni yuritish toʻgʻrisidagi qonuni asosida ma’muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni hal etish tartibi belgilangan. Mazkur qonunning 2-moddasi 19-bandida xizmat nizolari tushunchasiga taʻrif berilgan:

Xizmat nizolari — ma’muriyat bilan davlat boshqaruvini amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan davlat xizmatchilari oʻrtasida xodimning davlat xizmatchisi maqomini olish, oʻzgartirish yoki yoʻqotish va intizomiy jazo choralarini qoʻllash bilan bogʻliq nizolar [1].

Qonunning 2-bobi ma’muriy “Sudlarning kompetensiyasi” deb nomlanadi. 15-moddada ma’muriy sudlarga taalluqli ishlar sanab oʻtilgan. Jumladan, mazkur moddaning birinchi qismi 5-bandida nizolashuvchi tomonlardan biri ommaviy huquqiy vakolatlarga ega boʻlgan davlat xizmatchisi yoki oʻz-oʻzini boshqarish organi xizmatchisi boʻlgan, davlat xizmati bilan bogʻliq nizolar taalluqli ekanligi belgilab qoʻyilgan.

16-moddada esa ma’muriy sud kompetensiyasiga kirmaydigan ishlar keltirilgan boʻlib, bu moddada keng maʻnodagi davlat xizmatini amalga oshiruvchi subyektlar istisno etiladi. Jumladan, Respublika Prezidenti, Seym, Seym aʻzolari, Bosh vazir, Hukumatning kollegial organi, Konstitutsiyaviy sudi, Litva Oliy sudi va Litva Apellyatsiya sudi sudyalari faoliyati, boshqa sudlar sudyalarining protsessual harakatlari, shuningdek odil sudlovni, sud hujjatlari ijrosini taʻminlash bilan bogʻliq, sudgacha boʻlgan tergovni va sud ijrosini amalga oshirish vakolatiga ega prokurorlar, bundan tashqari Seymning qarorlari yoki tavsiyalari ijrosini nazorat qiluvchining faoliyati bilan bogʻliq ishlar ma’muriy sud vakolatiga kirmasligi nazarda tutilgan [2].

Litvada ommaviy — ma’muriy boshqaruvni tartibga solish bazaviy qonun “Ma’muriy ishlarni yuritish toʻgʻrisida”gi qonun bilan tartibga solingan. Litvada okrug ma’muriy sudlar birinchi instansiya sudlari hisoblanadi.

Murojaat qilishda ma’muriy nizolar boʻyicha komissiya yoki toʻgʻridan toʻgʻri ma’muriy sudga shikoyat qilish arizachining ixtiyoriga berilgan. Bu shikoyat qilish tartibining umumiy qoidasi hisoblanadi. Bundan tashqari qonunda ma’muriy nizo boʻyicha shikoyat qilishda ikki xil tartib belgilab qoʻyilgan:

  1. Qonunning 18-moddasi ikkinchi qismida bevosita ma’muriy sudga taalluqli nizolar keltirilgan. Ya’ni shikoyat qilishning sudgacha boʻlgan tartibi mazkur nizolar boʻyicha mavjud emas, nizo faqatgina ma’muriy sudda hal etiladi.
  2. Ikkinchi tartibda esa qonunchilik bilan belgilangan hollarda nizo boʻyicha sudga shikoyat qilish uchun avval sudgacha boʻlgan bosqichda — ma’muriy nizolar boʻyicha komissiya yoki boshqa organda nizo koʻrib chiqilgan boʻlishi zarur [3].

“Ma’muriy ishlarni yuritish toʻgʻrisida”gi qonunning 18-moddasi ikkinchi qismida bevosita ma’muriy sudlarga taalluqli ishlar qatorida davlat xizmati bilan bogʻliq nizolar ham keltirilgan. 18-moddaning 5-bandida agar xizmat bilan bogʻliq nizoda bir tomonda davlat xizmatchisi ishtirok etishi bilan birga, ariza beruvchi yoki javobgar markaziy organ yoki muassasa boʻlishi lozimligi belgilangan.

Litvada davlat xizmati bilan bogʻliq nizoning taalluqliligi boʻyicha belgilangan bu tartib asosli, deb hisoblaymiz. Chunki davlat xizmati bilan bogʻliq nizoning davlat organining markaziy tuzilmasi yoki yuqori tashkilotida xizmat qiluvchi xizmatchilar bilan munosabatida yuzaga kelishi hamda bu nizolarning faqatgina sud orqali hal etilishi nizoning xolis organ sifatida mustaqil sud tomonidan koʻrib chiqilishi maqsadga muvofiq sanaladi.

Ukrainada ma’muriy sudlarning yurisdiksiyasi boshqaruv vakolatiga ega organlar bilan kelib chiqadigan munosabatlar, shuningdek, saylov yoki referendum orqali vakolat beriladigan subyektlarni ommaviy tarzda shakllantirilishi bilan boʻgliq masalalardan iborat.

Davlat xizmati bilan bogʻliq nizolarning Ukraina qonunchiligi boʻyicha sudda koʻrib chiqilishiga toʻxtaladigan boʻlsak, avvalo, davlat xizmatining oʻziga xos doirada tushunilishiga e’tibor qaratish lozim. 2005-yil 6-iyulda qabul qilingan Ukraina ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining 4-moddasida asosiy tushunchalarga aniqlik kiritilgan. Mazkur moddaning birinchi qism 17-bandida ommaviy xizmat (davlat xizmati) tushunchasiga ta’rif berilgan. Unga koʻra:

Davlat xizmati — davlat kollegial organlaridagi, davlat siyosiy lavozimlaridagi sudyalar, prokuratura xodimlarining kasbiy faoliyati, harbiy xizmat, muqobil (harbiy bo'lmagan) xizmat, boshqa davlat xizmatlari, davlat organlarida patronaj xizmati, Qrim avtonom respublikasida hokimiyat organlaridagi xizmat, mahalliy o'zini o'zi boshqarish organlaridagi faoliyat [2].

Kodeksning 12-moddasida esa ma’muriy sudda koʻrib chiqiladigan ishlar sanab oʻtilgan. Ushbu ishlar qatorida davlat xizmatiga kirish, xizmatni oʻtash, xizmatdan boʻshatish bilan bogʻliq nizolar ham oʻrin olgan. Agar mazkur nizolar Ukrainaning “Korrupsiya haqida ogohlantirish toʻgʻrisida”gi qonunida nazarda tutilgan tartibda ayblanmayotgan shaxslar doirasida boʻlsa, ushbu davlat xizmati bilan bogʻliq nizolar ma’muriy sudga taalluqli boʻladi.

Fransiyada maʻmuriy sudlar umumiy yurisdiksiya sudlaridan tubdab farq qiladi. Fransiya ma’muriy sudlari davlat xizmatchilarining soniga koʻra tashkil etiladi [4].

Fransiyada davlat xizmati tushunchasi nisbatan kengroq ma’noda qoʻllaniladi. Davlat xizmatchisi — asosiy faoliyati ma’muriy davlat organiga xizmat qilishga qaratilgan shaxs hisoblanadi. Davlat xizmatchilari toʻrtta darajaga ajratilgan.

Davlat xizmatiga kirishda tanlov asosida olib borilishida ma’muriy sudlarning davlat xizmatiga kirishdagi roli ham yuqori hisoblanadi. Davlat xizmatiga tanlovning yetarli darajada keng ommaga e’lon qilinganligi ta’minlanganligiga ma’muriy sud baho beradi. Tanlov natijalaridan norozi boʻlgan har bir shaxs ma’muriy sudga murojaat qilishi mumkin.

Ma’muriy sud agar arizachining shikoyatini qanoatlantirsa, ya’ni tanlovning belgilangan tartibga rioya qilinmasdan oʻtkazilganligi, tanlov adolatli boʻlmaganligi isbotlansa, sudning hal qiluv qaroriga koʻra tanlov natijalari butunlay bekor qilinadi hamda tanlovni qaytadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatma beriladi [5].

Ma’muriy sud tanlovning qonuniyligini va uning natijalarini nazorat qiluvchi organ vazifasini bajaradi.

Bundan tashqari davlat xizmatchilarini baholash tizimi ham yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, baholash 0–20 ballik shkala boʻyicha amalga oshiriladi. Natijalardan norozi boʻlgan davlat xizmatchilari nizo boʻyicha ma’muriy sudga shikoyat qilishi mumkin boʻladi.

Tahlil qilingan davlatlarning ma’muriy yustitsiyasida davlat xizmati bilan bogʻliq nizolarni hal etish tartibi qonunchilikda aniq belgilanganligi davlat xizmatiga kirish, xizmatni tugatish bilan bogʻliq munosabatlarda fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoyalash boʻyicha kafolat boʻlib hisoblanadi. Har bir davlat oʻz qonunchiligida davlat xizmatining toʻgʻri tashkil etilishi, davlat xizmatiga har tomonlama loyiq, munosib kadrlarni jalb qilish uchun davlat xizmatchilarining huquqlari himoyasi qonunchilikda ifodalangan boʻlishi hamda ta’minlanishi zarur.

Adabiyot:

  1. Закон Литовской Республики от 14 января 1999 г. № VIII-1029, Вильнюс. URL:https://e-seimas.lrs.lt/portal/legalActPrint/lt?jfwid=fhhu5mg80&documentId=TAIS.378993&category=TAD
  2. В. И. Кайнов, Р. А. Сафаров. Административное право зарубежных стран: учебное пособие. Москва: КНОРУС, 2021. С. 242.
  3. Сравнительная аналитическая записка «международные стандарты отбора, компетенции и навыки судей по административным делам». Варшава, 4 декабря 2020г. С. 33. URL:https://www.legislationline.org/download/id/8943/file/04.12.20 %20NOTE %20Kazakhstan %20Admin %20Justice %20FINAL %20sent_RUS.pdf
  4. Сарпеков, Р. К. Сравнительно-правовой анализ правового статуса суда в административном судопроизводстве некоторых европейских стран / Р. К. Сарпеков // Вестник Института законодательства и правовой информации Республики Казахстан. — 2019. — № 4(58). — С. 15–25.
Основные термины (генерируются автоматически): государственная служба.

Ключевые слова

Davlat xizmati, ma’muriy yustitsiya, ma’muriy sud, davlat xizmati bilan bogʻliq nizolar, sudga taalluqlilik, davlat xizmati bilan bogʻliq nizolar boʻyicha shikoyat

Похожие статьи

Temir yo‘l transportida yuklarni yetkazib berish muddatini kamaytirishning matematik yondashuvi

Mazkur maqolada matematik yondashuvlar asosida temir yo‘l transportida yuklarni yetkazib berish muddatini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Texnik va oraliq stansiyalarda qayta ishlanishlar sonining yuklarni yetkazib berish muddatiga t...

Bolaning erta aqliy rivojlanishida ona ishtirokining ahamiyati

Muallif maqolada bolaning erta aqliy rivojlanishi jarayonining shakllanishi va unda onaning ishtiroki haqida olib borilgan tadqiqotlarni ilmiy tahlil qiladi. Bolaning erta aqliy rivojlanishida onalar nimalarga e’tibor qaratishi haqida o‘z fikrlarini ...

Maktabgacha ta’lim muassasalarida erta savodxonlikni rivojlantirish

Ushbu maqolada O’zbekiston respublikasi Davlat ta’lim konsepsiyasiga oid dolzarb masala ko’tarilgan. Xususan, O‘zbekistonning 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi r...

Ta’limda bulutli texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi

Maqolada taʼlimda bulutli texnologiyalarni qo’llash va undan foydalanishning maqsadi, muammolari shuningdek, O’zbekiston ta’lim tizimida bulutli texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanishning ahamiyati tahlil qilinadi. Taʼlimda bulutli texno...

Uzluksiz ta’lim tizimida о‘qituvchi tarbiyachi kasb faoliyati mazmuni

Ushbu maqolada uzluksiz ta’lim tizimida barkamol shaxsni tarbiyalashda о‘qituvchining tarbiyachi sifatidagi faoliyati mazmuni yoritilgan. Bо‘lajak о‘qituvchilarda tarbiyachilik malakalarini tarkib toptirishning nazariy-amaliy jihatlari haqida fikr yu...

Bolalarni umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul qilishda ijtimoiy-hissiy jihatidan qo’yiladigan talablar

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning boshlang'ich maktabdagi faoliyati muvaffaqiyatli bo'lishi uchun zarur bo'lgan xatti-harakatlar, ko'nikmalar va bilimlarni namoyish etish darajasiga qo’yiladigan talablar tahlil qilinadi.

Yoshlarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida

Maqolada yoshlar axloqiy qadriyatlari mazmuni va axloqiy qadriyatlar ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatidagi tahlili, shuningdеk, axloqiy qadriyatlarni o‘rganish tеstlari xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish, yoshlarning axloqiy qadriyat...

О‘quvchi yoshlarning mediakompetentligini rivojlantirish muammosini yechish yо‘llari

Maqolada zamonaviy maktab о‘quvchilariga ommaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri muammolari va bu salbiy ta’sirlar о‘quvchilarning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatayotgani masalalari kо‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada о‘quvchilarning mediakomp...

Estrada aktyorlarini о‘qitishda pedagogning kasbiy kompetentligi masalalari

Mazkur maqolada zamonaviy san’at ta’limida, xususan estrada aktyorlarini tayyorlash jarayonida pedagogning kompetentligi masalalari о‘rganilgan va tahlil qilingan. Shuningdek, tadqiqot natijasiga kо‘ra uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Voleybolchilarda masofaviy va vaqt bo’yicha mo’ljal olishni takomillashtirish usullari

Voleybolchilar harakatlari texnikasini takomillashtirish sportchi sifatida uzluksiz ravishda o’zi ustida ishlash, shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish, oldingi bilimlarini mustahkamlagan tarzda yangi ko’nikmalarni hosil qilishga asoslanadi. Sportch...

Задать вопрос