“ Boburnoma” asarida toponimlarning qo'llanilishi | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №30 (372) июль 2021 г.

Дата публикации: 25.07.2021

Статья просмотрена: 3262 раза

Библиографическое описание:

Джурабоева, С. И. “ Boburnoma” asarida toponimlarning qo'llanilishi / С. И. Джурабоева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2021. — № 30 (372). — С. 138-139. — URL: https://moluch.ru/archive/372/83134/ (дата обращения: 18.12.2024).

Ushbu maqolada “Boburnoma” asaridagi joy nomlari va ularning kelib chiqish tarixi bayon etilgan. Maqolada Bobur qurdirgan imoratlarga ham to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar : toponimlar, gidronimlar, geografik, bog', daryo, Samarqand, joy, qishloq, shahar, mamlakat, suv, tepalik.

В статье описаны топонимы в “Бобурноме” и история их происхождения. В статье также затрагиваются постройки, построенные Бабуром.

Ключевые слова: топонимы, гидронимы, география, сад, река, Самарканд, место, село, город, страна, вода, холм.

“Boburnoma” o'zbek adabiy tilining muhim yodgorligi bo'lmish Zahiriddin Muhammad Boburning asari ma’naviy qadriyatlarimizning bir bo'lagi hisoblanmish toponimlar va ularning tarixini o'rganishda noyob manbadir. Unda mingdan ortiq geografik nom, mamlakat, shahar, qishloq, qal’a, dasht, tog', dovon, dara, daryo, ko'proq, kechuv, ko'l, chashma, bog', yaylov, o'tloq va boshqa joylarning nomlari tilga olib o'tilgan.,,Boburnoma’’ da uchraydigan toponimlar ular ifodalagan obyektlarning turiga ko'ra bir necha guruhga bo’linadi. Bularning bir qismini aholi maskanlari nomlari-oykonimlar tashkil etiladi. Oykonimlar:

  1. Mamlakatlar nomlari — Afg'oniston, Hindiston, Arabiston, Mo'g'uliston, Iroq, Ozarbayjon, Misr, Xitoy, Xuroson;
  2. Shaharlar nomlari — Dehli, G'azna, Kobul, Mashhad, Banoras, Lohur, Urganch, Toshkent, Andijon, Kesh, Sayram, Xo'jand, Qarshi, Buxoro;
  3. Qishloq va kentlar nomlari — Muhammad og'a kenti, Xudak kenti, Beshkent, Kulba kenti, Archakent, Yorkand, Navkand, Dehi G'ulomon, Yettikent, Dehi Afg'on;
  4. Qal’a va qo'rg'onlar nomlari: Qal’ai Dabusi, Qal’ai Zafar, Olaqo'rg'on, Toshqo'rg'on, Asfidak Qo'rg'oni;
  5. Rabotlar nomlari: Raboti Sarhang, Raboti Zavrak, Surhrabot, Raboti Ro'zak kabilarni o'z tarkibiga birlashtiradi.

Bobur asaridagi toponimlarning bir guruhi gidronimlar — suv havzalari nomlaridan iboratdir. Gidronimlar qanday suv obyektlarining atoqli otini anglatishiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. Daryolar nomlari: Gang daryosi, Amu daryosi, Oqsuv daryosi, Jun daryosi, Sayhun daryosi, Saru daryosi, Satluj daryosi, Ilamish daryosi, Sind daryosi, Daryoyi Xo'r kabilar. Asarda daryolar nomi tarkibida ba’zan “suyi” so'zi ham ishlatilgan: Axsi suyi, Bajur suyi, Balxob suyi, Baxat suyi, Bora suyi, Tua suyi, Butxak suyi, Gambir suyi, Gandak suyi, Gulbahor suyi, Dargam suyi, Kavoriy suyi, Kuxak suyi, Xo'jand suyi, Chir suyi singarilar keltirilgan. Budan tashqari, “rud” so'zi daryolar nomi tarkibida qo'llanilgan: Jamrud, Kamrud, Surxrud, Chandoval rudi kabilar.
  2. Buloq-chashma nomlari: Yonbuloq, Qarg'abulon, No'rabuloq, Boboqaro chashmasi, Bodomchashma, Garmchashma, Halvochashma, Chashmai para singarilar keltirilgan.
  3. Ariq, hovuz, soylar nomlari: Qirqariq, Xoqon arig'i, Havzi Mohiy ariq nomlarining ayrimlari tojikcha “juy” so'zi orqali ifodalangan: Juyi Injil, Juyi Shoxiy.
  4. Guzar (kechuv)lar nomi: Balva guzari, Qanor guzari, Kilif guzari, Nilob guzari, Oxor guzari, Chupora guzari kabilar.
  5. Ko'llar nomlari: Qorako'l, Kuligil, Kuli Malik, Kuli Mag'ok singari ko'l nomlari uchraydi.
  6. Ko'priklar nomi: Mirzo ko'prigi, Mullabobo ko'prigi, Muhammad Chab ko'prigi, Cho'pon ko'prik, Qutlug' qadam ko'prigi singari. Ba’zi ko'prik nomlari tarkibida forscha-tojikcha “pul” so'zi ishtirok etgan: Puli Mag'oq, Pulikoh Puli, Puli Ravon, Puli Solor, Pulchirog' kabilar.

Bobur o'z asarida o'rni kelib qolganda gidronimlarning ba’zilariga mufassal to'xtaladi, ularni atroflicha izohlaydi. Xususan, hozirgi Sirdaryo haqida quyidagilarni qayd etadilar: “Sayxun daryosikim, Xo'jand suyiga mashhurdir, sharq va shimoli tarafidan kelib, bu viloyatning ichi birla o'tib, g'arb sori oqar, Xo'jandning shimoli Fanokatning janubi tarafidinkim, holo Shoxruxiyaga mashhurdir, o'tib yana shimolga mayl qilib, Turkiston sori borur. Turkistondan xili quyiroq bu daryo tamom xumga singar, hech daryoga qotilmas”. (60-bet) Ko'xak suyi xususida mana shu ma’lumotlarni keltiradi: “Ko'xak suyi shimolidin oqar, Samarqanddin ikki quruh bo'lgay. Bu suv bila Samarqand orasida bir pushta tushubtur, Ko'xak derlar. Bu rud muning tubidan oqar uchun Ko'xak suyi derlar. Bu suvdin bir ulug' rud ayiribturlar, balki daryochadur, Darg'om suyi derlar. Samarqandning janubidin oqar. Samarqanddin bir shar’iy bulg'oy. Samarqandning bog'ot va mahalloti va yana necha tumonoti bu suv bila ma’murdur”. (104-bet) Qayd etish lozimki, “Boburnoma” da qo’llanilgan toponimlarning ko'lami ancha kengdir. Ular sirasiga yana bog' nomlarini ham kiritishimiz mumkin: Bog'i Binafsha, Bog'i Dilkusho, Bog'i Bexisht, Bog'i Buldu, Bog'i Vafo, Bog'i Zubayda, Bog'i Kalon, Bog'i Maydon, Bog'i Shamol, Bog'i Shaxr; Darvoza nomlari: Shayxzoda darvozasi, Shayxulislom darvozasi, Charmgardon darvozasi va boshqalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Bobur bog'lar haqida quyidagi ta’riflarni ham aytib o'tadi: “ Samarqandning sharqida ikki bog' solgan, uning biri yiroqroq bo’lib, Bog'i Bo'ldudir, yaqinrog'i Bog'i Dilkusho (ko'ngilochar)dir. U yerdan Feruza darvozasigacha xiyobon qilib ikki tarafida terak daraxtlari ektirgan. Dilkusho bog'ida ham baland ko'shk soldirgan. Yana Ko'hak tepaligining etagida Konigilning qora suvi ustida (bu suvni Obirahmat ham deydilar) bir bog' solgan. Naqshi Jahon deb nomlangan. Men ko'rgan paytda bu bog' buzilgan edi, nomi ham qolmagan edi. Yana Samarqandning janubida Bog'i Chanor bo'lib, qal’aga yaqindir. Yana Samarqandning quyi qismida Bog'i Shamol va Bog'i Behisht bor. Temurbekning nabirasi, Jahongir mirzoning o'g'li Muhammad Sulton mirzo Samarqandning tosh qo'rg'onida — chaqarda bir madrasa solgan. Temurbekning qabri va avlodidan har kimki Samarqandda podsholik qilibdi, ularning qabri o'sha madrasadadir” (50-bet). “Boburnoma” da zikr etilgan toponimlarning leksik tarkibi o'ziga xos. Ularning aksariyat qismi o'z qatlamiga mansub leksemalardan, ya’ni o'zbekcha so'zlardan tarkib topgan. Oqsuv, Qizilsuv, Beshkent, Yettikent, Yangiyo'l, Toshqo'rg'on, Olaqo'rg'on, Toshkent, O'ratepa, Ikki suv orasi, Qorasuv, Qo'shtegirmon, Sirkariq, Olatog', Olmaliq, Archakent, Yonbuloq singarilarni bularga misol qilib keltirish mumkin. Bobur “Boburnoma” da Pop haqida quyidagilarni keltiradi: “Axsining mustahkam qo’rg’onlaridan biri Pop qo’rg’onidir. Popliklar Pop qo'rg'onini mustahkamlab, bizga kishi yuboribdilar. Sayyidqosimni bir necha yigitlar bilan jo'natdik. Axsining ustki kentlari to'g'risidagi daryodan o'tib Pop qo'rg'oniga kirdilar”. (114-bet) Asarda hozirgi Qashqadaryo viloyatidagi Shahrisabz shahrining nomlanishi shunday izohlanadi: “Bahorlar sahrosi va shahri va bomi va tomi xub sabz bilur uchun Shahrisabz… derlar” (108-bet) Demak, Shahrisabz — “ko'kalamzor shahar”, “yashil- bog'-rog'larga boy shahar” ma’nosidadir. Asarda Kashmir tog'i haqida quyidagi fikrlarni keltiriligan: “Aytishlaricha, bu tog' xalqini “kas” deb atasharkan. Mening xayolimga shunday fikr keldi: hindustonliklar “shin”(harfi)ni “sin” deb talaffuz qiladilar. Bu tog'da e’tiborga molik shahar Kashmir bo’lib, undan boshqa shahar haqida hech gap yo'q. Shu sababli Kashmirni “Kasmir” deb ataganlar. Bu tog' elining moli-mushk, dengiz qo'tosi, za’faron, qo'rg'oshin, misdir. Hind xalqi bu tog'ni Savalak Parbat deb ataydi. Hind tilida “ ava”-chorak, “lak”-yuz ming, “parbat”-tog', ya’ni “chorak va yuz ming tog‘ ”- bir yuz yigirma besh ming tog' kelib chiqadi. Bu tog'larda qor erimaydi. Hindustonning Lohur, Sahrind va Sanbal kabi ba’zi viloyatlaridan bu tog'lardagi qor oqarib ko'rinadi. Ushbu tog'ni Kobulda Hindukush deb ataydilar. Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz mumkinki, “Boburnoma” asari o'lkamiz va undan tashqaridagi hududlar — Afg'oniston, Hindiston mamlakatlaridagi joy nomlarini o'rganishda boy material beruvchi muhim asar hisoblanadi. Unda keltirilgan toponimlarning turlari, ma’nosi, kelib chiqishiga oid fikr-mulohazalar g'oyat qimmatli ahamiyatga egadir.

Adabiyot:

  1. Abdurashid Abdug'affurov. O'zME Birinchi jild. Toshkent 2000-yil
  2. “Boburnoma” Toshkent 2019-yil
  3. O'zbek adabiyoti tarixi. Toshkent
  4. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi 2000–2009
Основные термины (генерируются автоматически): английский язык, ROM, рабочая тетрадь.

Ключевые слова

toponimlar, gidronimlar, geografik, daryo, Samarqand, joy, qishloq, shahar, mamlakat, suv, tepalik,

Похожие статьи

Muhammad Rizo Ogahiy ijodiga bir nazar

Ushbu maqolada Ogahiyning hayot yo’li, uning siyosiy faoliyati va ijodi haqida ma’lumotlar keltirildi.Ogahiyning ijodi o’zbek adabiyotiga o’ziga xos hissa qo’sha oldi.Ayniqsa boshqa tillardan tarjima qilgan asarlari ham bizning adabiy merosimizni boy...

«Boburnoma»da Kobul ta’rifi

Ushbu maqolada shoh asar Boburnomadagi Qobul viloyatining beqiyos tabiati taʼrifi, hududiy joylashuvi, Mirzo Boburning bu viloyatda hukmdor boʻlganligi, bu yurtda amalga oshirgan ishlari haqida soʻz yuritiladi.

Azot ishlab chiqarish

Ushbu maqolada azot ishlab chiqarilishi va uning qanday olinishi haqida fikr-mulohazalar, hamda ilmiy faktlarga asoslangan dalillar misol tariqasida keltiriladi. Azotning foydali va hayot uchun zararli xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tiladi.

Xitoy bolalar adabiyotining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari

Maqolada Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganidan so‘ng adabiyotga, xususan, bolalalar adabiyotiga bo‘lgan e’tibor hamda uning rivojlanish bosqichlariga to‘xtalib o‘tilgan. Zamonaviy yozuvchilarning adabiyotga kirib kelishi va asarlari orqali bolal...

Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan fizika fanida ishlash

Ushbu ishda biz o'qituvchilik faoliyatining boshida yosh o'qituvchida yuzaga keladigan muammolarni ko'rib chiqamiz.

Chet tillarni o’rganish va o’qitish: bolalar tillarni qanday o’rganishadi?

Ushbu maolada chet tillarni o’qish va o’qitishda ko’zlangan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladigan ta’limning asosiy tamoyillari va yo’llari to’g’risida yozilgan.

O‘zbek tili darslarida interfaol usullardan foydalanish

Maqolada dars mashg‘ulotlarida interfaol usullardan foydalanish xususida so‘z boradi. Ayniqsa, o‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili darslarini olib borishda «Keys-stadi», «Pantomimo», «Bir jumladan iborat hikoya» va «Qaynoq koptokcha» kabi usullardan f...

Ta’limda axborot texnalogiyalarining vujudga kelish tarixi

Maqolada ta’limda axborot texnalogiyalarining rivojlanish tarixi yoritib berilgan. Axborotning yuzaga kelishidan boshlab bugungi kunga qadar evolyutsiyasi ko‘rsatilgan.

Badiiy asarda antonimlarning o’ziga xos leksik-grammatik xususiyatlari (Aleksandr Dyumaning «Yigirma yildan so’ng» romani misolida)

Ushbu maqolada fransuz tilidagi antonim so’zlarning badiiy uslubda qo’llanilishi va uning leksik-grammatik xususiyatlari taniqli fransuz adibi Aleksand Dyumaning « Yigirma yildan so’ng» (20 ans après) romani misonida tahlil qilingan.

Ingliz tilini o'qitishdagi zamonaviy ta'lim texnologiyalari

Ushbu maqolada til va uni o’rganishda foydalaniladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan bir nechtasi yoritib berilgan.

Задать вопрос