Maqolada 23 yoshdan 71 yoshgacha bo`lgan 60 bemorlarda bavosil kasalligini jarrohlik davolashda zamonaviy yondashuv, gemorroy tarqalishi, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, gemorroyni an'anaviy va zamonaviy operativ davosi muhokama qilinadi. Har bir usulda quyidagi parametrlar tahlil qilinadi: operatsiyaga ketgan vaqt, og'riqning davomiyligi va intensivligi, bemorlarning kasalxonada qolish muddati.
Kalit so'zlar: bavosil kasalligi, gemorroidektomiya, Liga Sure, Milligan Morgan.
В статье рассматривается современный подход к хирургическому лечению геморроя у 60 пациентов в возрасте от 23 до 71 года, распространенность геморроя, социально-экономическое значение, традиционное и современное хирургическое лечение геморроя. В каждом методе анализируются следующие параметры: время, затраченное на операцию, продолжительность и интенсивность боли, продолжительность пребывания пациентов в стационаре.
Ключевые слова: геморрой, геморроидэктомия, Liga Sure, Миллиган Морган.
Dolbzarli: Bavosil dunyoning rivojlangan mamlakatlarida keng tarqalgan kasallikdir. Dunyo statistikasiga ko`ra har 1000 ta axolidan 126 tasida shu kasallik uchraydi. Bu ko`rsatkich borgan sari ortib bormoqda [1,2]. Kasallik katta yoshdagi axolining 43,7 foizida uchraydi va to'g'ri ichak kasalliklari bilan og'rigan bemorlar orasida 40 foizni tashkil etadi. Erkaklar va ayollar orasida kasallik deyarli bir xil nisbatda, o'rtacha 30–50 yoshda uchraydi. Ushbu kasallik hayot sifatini pasaytiradi va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlikka olib keladi [2]. Gemorroyni jarrohlik davolashning turli usullari Gippokrat davridan to hozirgi kungacha ishlab chiqilganiga qaramay, bu muammo hali to'liq hal qilinmagan [4]. Bemorlarning 4/3 qismi jarrohlik amaliyoti bilan davolanadi. Minimal invaziv davolash usullari amaliyotga faol kiritilishiga qaramay, eng keng tarqalgan davolash usuli Milliygan-Morgan operatsiyasi bo'lib qolmoqda [3]. Gemorroidektamiyadan keyingi erta va kechki asoratlar 20–34 % xollarda kuzatiladi. [3.8]. Davolashning yangi usullari klinik amaliyotga faol joriy qilinishiga qaramay, posleoperatsion asoratlar, og`riq sindromi, uzoq vaqt mehnatga yaroqsizlik va davolanishdan so`ng kasalliknik qaytalanishi yangi zamonaviy usullarni paydo bo`lishiga sabab bo'lmoqda [5]. Qo'shma Shtatlar va Evropada surunkali gemorroyni davolashning minimal invaziv usullari yaqinda keng tarqaldi, bu kasallikning erta diagnostikasi va konservativ davoning ijobiy natijalari bilan bog'liq [6]. Ammo bemorlarning 30 % ga yaqinida konservativ davo va jarrohlik davolashning minimal invaziv usullari samarasiz bo'lganida, kasallikning kech (III-IV) bosqichlarida radikal gemorroyektomiya kerak bo'ladi [7]. Yarim asrdan ko'proq vaqt davomida 3 va 4 -darajali gemoroidlarni davolashning an'anaviy usullardan foydalanilgan. LigaSure — gemorroyektomiyada qo'llaniladigan qurilma bo`lib, diametri 7 mm gacha bo'lgan qon tomirlarni koagulyatsiya qiladi va qo'shni to'qimalarga 2 mm gacha termik shikastlantiradi. Bu afzallik gemorroyni qonsiz tezda ajratish imkonini beradi. Bu usulning bir qancha afzalliklari bor, bu tez bajariladigan jarayon, oson o'rganiladi va qon ketishni mukammal darajada nazorat qilinadi, to'qimalarga minimal shikast yetkazadi, operatsiyadan keyingi og'riqlar past bo'ladi va kundalik faoliyatga qaytish uchun qisqa vaqt oladi [9].
Ushbu tadqiqotning maqsadi: Milligan Morgan bo`yicha va Liga Sure apparati yordamida gemorroidektamiya qilingan bemorlarda davolash natijalarini baholash.
Materiallar vа metodlar: Toshkent shaxridagi 1-Shaxar klinik shifoxonasi rejali xirurgiya hamda INVIVO clinic da 2019-yildan 2021-yillarda gemarroyektomiya amaliyotini o`tkazgan 60 ta bemorlarda retrospektiv tadqiqot o'tkazildi. Bemorlar ikki guruhga ajratildi. 1-guruh Milligan Morgan bo`yicha gemarroyektomiya amaliyotini o`tkazganlar. 2-guruh Liga Sure apparati yordamida gemorroyektomiya amaliyotini o`tkazganlar. 1-guruhga gemorroyning III-IV bosqichlari bo'lgan 30 ta bemor kirgan. Ular 23 yoshdan 71 yoshgacha bo'lgan, 22 (73,3 %) erkak va 8 (26,7 %) ayol. O'rtacha yosh 47,8 ± 24,01 (M ± σ). 2-guruhga yoshgacha bo'lgan, 23 (76,7 %) erkak va 7 (23,3 %) ayol. O'rtacha yosh 47,0 ± 10,7 yil (M ± σ). Quyidagi parametrlar tahlil qilinadi: operatsiyaga ketgan vaqt, og'riqning davomiyligi va intensivligi, bemorlarning kasalxonada qolish muddati.
1-jadval
Guruhlar tasnifi
Liga Sure guruh |
Milligan Morgan guruh |
|
Ayol |
23,3 % |
26,7 % |
Erkak |
76,7 % |
73,3 % |
Yosh |
29–69 |
23–71 |
O`rtacha yosh |
47,0 ± 10,7 |
47,8 ± 24,01 |
Tadqiqot natijalari va ularni muhokamsi: 1-guruhda Milligan-Morgan gemorroidektomiyasi qo'llanilgan. Har bir bemordan uchtadan gemorroidal tugun olib tashlandi.
2-jadval
Operatsiyaga sarflangan va statsionarda o`tkazilgan vaqt
Liga Sure guruh |
Milligan Morgan guruh |
|
Operatsiyaga sarflangan o`rtacha vaqt (daqiqa) |
16,7±7,9 |
25,7 ± 12,6 |
Statsionarda davolanish o`rtacha muddati(kun) |
3 ± 1 |
7 ± 2,6 |
Operatsiyaga ketgan o`rtacha vaqt 25,7 ± 12,6 daqiqa (M ± σ). Bemorlarda kuchli ogriq sindromini narkotik analgetiklar bilan bartaraf etilgan. Bemorlarni statsionarda davolanish muddati o'rtacha 7 ± 2,6 kun. 2 bemorda opperatsion jarohat uzoq muddat davolanmasligi (2 oygacha) kuzatilgan. 2-guruh bemorlari Liga Sure apparati yordamida gemorroyektomiya amaliyotini o`tkazgan. Operatsiya davomiyligi o`rtacha 16,7±7,9 daqiqa (M±σ). Operatsiyadan keyingi davrda narkotik analgetiklardan foydalanishga ehtiyoj bo`lmadi. Operatsiyadan keyingi asoratlar kuzatilmadi. Bemorlarni statsionarda davolanish muddati o'rtacha 3 ± 1 kun. Xar ikkala guruh bemorlarida operatsiyadan keyingi umumiy qon taxlillarida sezilarli farq aniqlanmadi. Adabiyotlardan bunday qiyosiy tadqiqotlarni ko`rishimiz mumkin. Peker va boshqalarning LigaSure guruhida o'tkazilgan tadqiqotga ko'ra, operatsiya va ish vaqtiga qaytish an'anaviy guruhga qaraganda qisqaroq, kasalxonada yotish va asoratlanish darajasi bir xil bo'lgan. [10]. Mastakov va boshqalarning meta-tahlilida, LigaSure yordamida operatsiya 1046 bemor bilan o'tkazilgan 11 ta tadqiqotda deyarli barcha natija parametrlari asoratlardan tashqari an'anaviy guruhga qaraganda yaxshiroq bo'lgan. Operatsiyadan keyingi analgetiklarga talablar LigaSure guruhida statistik jihatdan ancha past bo'lganligi xabar qilingan [11]. Xuddi shuningdek bizning tadqiqotimizda ham Liga Sure apparati yordamida gemorroidektamiya qilingan bemorlarda, Milligan Morgan bo`yicha gemorroidektamiyaga nisbatan operatsiyadan keyin og'riq sindromining davomiyligi va intensivligi pasligi, analgetiklar sezilarli kam qo`lanilganligi kuzatilgan. Operatsiya davomiyligi o`rtacha 9 daqiqaga, statsionar davolanishni 4 kungacha qisqarishi kuzatildi.
Adabiyot:
- Аминев A. M. 1971; Федоров В. Д. с соавт. 1994; Ривкин B.JI. с соавт. 1994, 2001; Воробьев Г. И. с соавт.2002,2010; Щелыгин Ю. А. 2003.
- Житихин Е. В., Лега Д. Н. 2013; Воробьев Г. И. с соавт.2002,2010; Щелыгин Ю. А. 2003, Шелгин Ю. А., Благародный Л. А. 2019.
- Благодарный, Л. А. Как улучшить результаты хирургическо¬го лечения геморроя / Л. А. Благодарный, Ю. А. Шелыгин // Consilium medicum. Хирургия. — 2006. — № 1. — Т. 8. — С. 49–52.
- Федоров В. Д. с соавт. Ривкин В. Л. с соавт; Воробьев Г. И. с соавт; Щелыгин Ю. А. Нгуен Динь Тань. Оптимизация хирургического лечения хронического геморроя П-Ш степени 14.01.17-Хирургия. 2018.
- Воробьев Г. И. с соавт., 2010, Карпухин О. Ю., 2013.
- Кузьмннов A. M. с соавт., 2009, Ривкин ВЛ. с соавт.,2011, Brown S. R. et al., 2012, Qarabaki M. A. et al., 2014.
- Клинические рекомендации. Колопроктология / под ред. Ю. А. Шелыгина. — М.: ГЭОТАР-Медиа, 2015. — 528 с.: ил.
- Воробьев, Г. И. Геморрой / Г. И. Воробьев, Ю. А. Шелыгин, Л. А. Благодарный. — М.: Литтерра, 2010. — 200 с.
- Khanna R, Khanna S, Bhadani S, Singh S, Khanna AK. Comparison of Ligasure Hemorrhoidectomy with Conventional Ferguson's Hemorrhoidectomy. Indian J Surg 2010; 72: 294–297. [CrossRef].
- Peker K, İnal A, Güllü H, Gül D, Sahin M, Özcan AD, et al. Comparison of Vessel Sealing Systems with Conventional. Iranian Red Crescent Medical Journal 2013; 15: 488–496.
- Mastakov MY, Buettner PG, Ho YH. Updated meta-analysis of randomized controlled trials comparing conventional excisional haemorrhoidectomy with Ligasure for haemorrhoids. Tech Coloproctol 2008; 12: 229–239