Mazkur maqolada mutaxassisligi fransuz tili bo‘lgan talabalarning og‘zaki nutqini rivojlantirishda dialoglar orqali ularning muloqot kompetensiyasini o‘stirishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar: dialog, gapirish ko‘nikmasi, muloqot kompetensiyasi, uslub va usullar.
Данная статья посвящена важности улучшения коммуникативной компетентности студентов, обучающихся в направлении французского языка, с использованием диалогов при разработке устных навыков.
Ключевые слова: диалог, навыки устной речи, коммуникативная компетенция, методы и способы.
Dunyoning ko‘p joylarida fransuz tilini o‘qitishning zamonaviy uslublariga qiziqish ortib borayotgani uni qanday qilish kerakligi-o‘quv rejasi, mavzu masalasi va metodikasi o‘tmishda ishlab chiqilgan tanish me’yorlardan qanday farq qilishi kerakligini keltirib chiqaradi. An’anaviy fransuz tilini o‘qitish haqida ko‘p narsa yozilgan va yaqin vaqtgacha fransuz tilini o‘qitishning zamonaviy usullari to‘g‘risidagi ma’lumotlar deyarli yo’q edi. Hozirgi paytda ushbu mavzuga e’tiborni jalb qilish uchun ko‘plab kitoblar va maqolalar yozilyapti. Biz ham ushbu maqolamizda fransuz tilini o‘qitishning zamonaviy metodlarini ko‘rib chiqamiz.
Xorijiy tilda muloqot qilishning asosiy usullaridan biri — bu gapirish ko‘nikmasi orqali amalga oshiriladi. Chet tilida gapirish malakasini o‘rganish muhim omildir, chunki nutq asosiy muloqot shakli va yaxshi gapirish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishi boshqalar bilan samarali muloqot qilishi mumkin. Shu bois kommunikativ tilni o‘rgatish muayyan til funksiyalarini yoki vazifalarini bajarishda quyidagilarni: salomlashish, o‘zingizni tanishtirish, o‘zingiz biron narsani yoqtirish va yoqtirmaslikni ifodalashni xohlashingiz yoki boshqa birovdan uning sevimli mashg‘ulotlari, qiziqishlari haqida so‘rashingiz, shu bilan bir qatorda, biror joyga yo‘nalishlarni topishingiz mumkinligini jamlaydi. Bular, aslida, til bilan bog‘liq bo‘lgan juda aniq narsalar.
Til aloqa vositasi sifatida hayotga kirib keldi. U mavjud va faqat nutq orqali jonlidir. Chet tilini o‘rgatish haqida gapirganda, avvalambor, uni muloqot vositasi sifatida o‘rgatishimiz kerak. Gapirish — to‘rtta ko‘nikmadan biri bo‘lib, muhim ahamiyatga ega. Tilni o‘rganuvchi uni haqiqiy hayotda kutilmagan uchrashuvlarda juda qadrlaydigan ko‘nikmadir. Shu bilan birga, ishonchli gapiruvchi qolgan uchta ko‘nikmasiz muloqot qilish imkoniga ega emasligi, shak-shubhasiz, haqiqatdir. Shuning uchun fransuz tilini o‘qitish doirasida to‘rtta ko‘nikma (o‘qish, gapirish, eshitish va yozish)ni kiritish va o‘zaro bog‘lash zarur. Talabalarning og‘zaki nutqini o‘stirishda juda ko‘p usul va uslublardan foydalanish mumkin. Har bir uslubning o‘ziga yarasha afzallik va noafzallik tomonlari bor. Bu, albatta, o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq, u usullarni mavzuga, o‘quvchilarning yoshiga, qobiliyatiga, xususiyatlariga qarab moslashtirishi va to‘g‘ri tanlashi kerak.
So‘nggi tendensiyalarga muvofiq, til ko‘proq muloqot sifatida o‘qitilishi ko‘zlangan. Shu sababli og‘zaei ko‘nikmalarning nafaqat sifati va xususiyatlariga qarab, balki mavjud ta’lim amaliyotida ularni rivojlantirishga qaratilgan uslub va usullarda ham aks ettirish maqsadga muvofiqdir. Nofilologik sinflarida til o‘rganayotgan talabalarning gapirish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun muloqot yondashuvidan foydalanish eng samarali usullardan biri hisoblanadi.
Shunday ekan, biz asosiy e’tiborni talabalarning og‘zaki nutqini rivojlantirishga qaratishimiz kerak. Chet tilini bilish insonni zamonaviy, har tomonlama yetuk inson qilib tarbiyalaydi, shuningdek, xalqaro biznes olamiga, butun dunyoga yo‘l ochib beradi. Talabalarning og‘zaki nutqini rivojlantirishda tinglab tushunish, o‘qish, dialogik, monologik nutqlardan foydalanamiz. Dialoglar har xil mavzularda bo‘lishi mumkin. Avvalambor, kichikmant yoki dialoglarni tuzishda o‘qituvchi talabalarga mavzuga oid bo‘lgan so‘z va iboralar bilan ularni tanishtirib, ularning talaffuz qilish qoidalari, gaplarda ishlatilish tartiblari haqida ma’lumot beradi. O‘qituvchi o‘rganuvchilarga namuna sifatida kichik videoroliklar namoyish ettirib, so‘ngra talabalardan juftlikda ishlashni so‘rasa, muloqot davomida talabalar tilni ishlatishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarning oldini olishga muvaffaq bo‘ladi.
Auditoriyada suhbatlardan foydalanishning bir necha turlari bor:
- Dialogik nutq- bunda o‘quvchilar ijodiy yondashish orqali bir –birlari bilan suhbatlashadilar. Zamonaviy fransuz tilini o‘qitish metodologiyasida nutq qobiliyatini rivojlantirish uchun birinchi navbatda, dialoglardan foydalanish yaxshi samara beradi. Ushbu ko‘nikmalarni turli xil o‘quv qo‘llanmalari, shu jumladan badiiy matnlar yordamida tarbiyalash mumkin. Bunday muloqotlar matnlarni an’anaviy ravishda yodlash va bir xil tarzda aytib berishdan saqlanish va ularni jonli fransuz tilidagi nutqqa aylantirish imkonini beradi. Bundan tashqari, o‘quvchilarda so‘z boyliklarini oshirishda va xotirani yaxshilashda yordam beradi. Dialoglar davomida o‘quvchilar ravon, tezkor reaktsiya, aktyorlik mahorati va albatta, grammatik jihatdan to‘g‘ri mashq qiladilar.
- O‘quvchi matnni o‘zi o‘qiydi va ma’nosini aytib beradi. O‘qish jarayoni interaktiv ravishda olib boriladi. Mashhur o‘zbek, fransuz yozuvchilar tomonidan yozilgan qisqa hikoyalar, roman va boshqa adabiy asarlardan o‘qish va so‘z birikmalarini yaratish, adabiy talqinlarni tayyorlash, tashkillashtirish va taqdim etish uchun foydalanishlari mumkin.
- Tinglab tushunish orqali o‘quvchilar nutq ko‘nikmalarini yaxshilashlari mumkin. Eshitish-nutq faoliyatining retseptiv shakli. Tinglash paytida nutqni tushuntirish asosan eshitish hissiyotlariga asoslangan. Talabalar tinglash mobaynida talaffuz etilayotgan so‘zlarning ohangiga e’tibor beradilar va qayta takrorlash orqali ushbu so‘zlar xotirada mustahkamlanadi. Talabaga fransuz tilida suhbatga kirishish jarayonida tajriba sifatida eshitgan dialoglari yordam beradi va ko‘nikmalarini shakllantiradi.
- Qisqametrajli va o‘quv filmlarini tomosha qilish orqali fransuz tilini o‘rganish. Hozirgi kunda o‘qituvchilar talabalarning kitob, jurnal va gazetalarni o‘qish bilan birga haqiqiy filmlarni tomosha qilishga bo‘lgan talablarini inobatga olishmoqda. Ma’lumki, nafaqat bosma materiallar o‘qitishning ajoyib manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin, balki qo‘shiq va filmlar ham chet tillarni o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi.
- Lug‘at o‘qitishning ahamiyati. Lug‘at bu — til o‘rgatishning asosiy qism hisoblanadi. Yangi so‘z boyligini o‘rganish bilan bir qatorda o‘quvchi matn tinglash yoki o‘qish paytida tanish bo‘lmagan lug‘at bilan kurashish, nutq va yozishda lug‘atdagi kamchiliklarni bartaraf etish va ma’lum so‘z birikmalaridan yaxshi foydalanish va yangi so‘zlarni o‘rganish uchun strategiyalardan foydalanishi kerak.
O‘qituvchi talabalar bilan doimiy ravishda kundalik hayotda ishlatiladigan iboralarni har bir mashg‘ulotida muloqot tarzida mashq qildirib borsa, talabalarda o‘ziga bo‘lgan ishonch, tilga bo‘lgan mehr va qiziqishlari uyg‘onib boradi. Shu bilan bir qatorda, o‘rganuvchilarni muntazam rag‘batlantirib borish, nutq davomida kuzatilgan kamchiliklarini vaqtida tuzatib, to‘g‘ri ko‘rsatmalar berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Talaba bunday muloqot qilish orqali yangi so‘zlarni o‘rganadi, ularni amaliyotida qo‘llash imkoniga ega bo‘ladi. Gaplashish davomida suhbat mazmunini tushunib boradi va suhbatdoshini tinglab, unga javob beradi. Dars jarayonida o‘rgangan barcha ibora va so‘z birikmalarni atrofida hamda real hayotda ishlatishga ularda tajriba hosil bo‘ladi. Til sohiblari bilan erkin muloqotda bo‘lishga o‘rganadilar. Suhbatni boshlashga va tugatishga, suhbatdoshga taklif va maslahatlar berishga, savollarga javob berishga, axborot almashishga, muhokama qilayotgan dalillarni aniqlashtirishga, o‘qigan yoki eshitganlarini muhokama qilishga o‘rganadilar.
Bunday matnlar talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantiradi, o‘ziga bo‘lgan ishonchini kuchaytiradi, nutq faoliyatidagi asosiy eshitish va gapirish ko‘nikmalarini shakllantirishda, o‘z fikrini ravon va aniq ifodalashda katta yordam beradi.
Zamonaviy fransuz tilini o‘qitishda yuqoridagi usullardan foydalanish o‘qituvchilarga dars jarayonida mukammal usulni qo‘llash o‘quvchilarning to‘g‘ri yo‘nalishda bilim olishlariga yordam beradi.
Adabiyot:
- Jalolov J. «Chet tili o‘qitish metodikasi», Toshkent «O‘qituvchi nashriyoti» 1996 yil.
- Zaripova R. A. «Chet tillar o‘qitish metodikasidan qo‘llanma», Toshkent «O‘qituvchi» 1986 yil.
- Milrud, R. P. Sovremennie konseptualnie prinsipi kommunikativnogo obucheniya inostrannim yazikam / R. P. Milrud, I. R. Maksimova // IYaSh. — 2000. — № 4. — S. 9–15; № 5 — S. 17–22.