Ushbu maqolada rus tilini o‘rganish jarayonida tez-tez uchrab turadigan kamchilik va xatolarda, xususan, beshta asosiy xatolar haqida fikr yuritiladi. Har bir xato bo‘yicha alohida isbot-dalillar keltiriladi, hamda rus tilini o‘rganishda asosan nimalarga e’tibor berilishi kerakligi haqida ham alohida to‘xtalib o‘tiladi.
Rus tilini o‘rganish yuzasidan zarur maslahatlar va tavsiyanomalar berib, ularni qanday holatlarda qo‘llash mumkinligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berildi.
Kalit so‘zlar: ilmiy, rasmiy, badiiy, mantiqiy, ko‘nikma, mutolaa, tadqiqot, qiyin, grammatik qoidalar, so‘zlashuv.
В данной статье рассматриваются пять распространенных ошибок и недостатков в процессе обучения русскому языку, в частности, приводятся факты по каждой ошибке, препятствующие изучению русского языка.
Были даны необходимые советы и рекомендации по изучению русского языка, а также инструкции по их использованию.
Ключевые слова: научный, формальный, художественный, логика, навык, чтение, исследование, трудный, грамматические правила, разговор.
Rus tilini o‘rganuvchilarning asosiy kamchiliklari nimada? Rus tilini tezroq o‘rganish uchun qaysi xatolarni to‘g‘rilash kerak? Quyida til o‘rganishda yo‘l qo‘yiladigan beshta asosiy xatoni sanab o‘tamiz.
BIRINCHI XATO — grammatik qoidalarii o‘rganishga mukkasidan ketish.
Grammatik qoidalarni o‘rganishga o‘ta berilish rus tilini tez va oson o‘rganishning samarali usullariga kirmaydi. Chunki grammatik qoidalarni eslab qolish va mantiqan qo‘llash juda murakkab, so‘zlashuv esa juda tezkor jarayon hisoblanadi. Sizniig muloqot chog‘ida yuzlab grammatik qoidalarni esga qolish, tahlil qilish, to‘g‘risini tanlash, keyin qo‘llash uchun vaqtingiz ko‘p; Butun fikringizni chulg‘abolgan mazkur tahlil ancha murakkab ish bo‘lib, sizning zo‘riqishiigizga sabab bo‘ladi.
Siz rus tilini, undagi ayrim qoidalarni ichki his, intuitsiya bilan yosh bolalar kabi o‘rganishingiz mumkin. Buning uchun rus tilidagi juda ham qiziqarli, tushunarli film, teleko‘rsatuv, radioeshittirishlar va audiokitoblarni ko‘rib, tinglashingiz kerak.
IKKINCHI XATO — majburiy so‘zlash. Til o‘qituvchilari o‘quvchilarini chet tilida so‘zlashi uchun tayyor bo‘lmasalar ham mazkur tilda gapirishga majburlay-
dilar. Natijada o‘quvchilar juda sekinlik bilan noaniq, tushunarsiz jumlalarni guldi-rab so‘zlaydi. Ularda jur’atsizlik, tutilish, kulguga qolishdan qo‘rqish kabi salbiy holatlar yuzaga keladi. So‘zlashga majburlash juda katta xato. So‘zlash uchun o‘zingizni majburlamang. Tinglash jarayonida diqqatni jamlang va sabr diling, shoshilmang. Rus tilida so‘zlash o‘z-o‘zidan hosil bo‘ladi. Siz ravon, hech qanday zo‘riqishsiz. to‘g‘ri va tabiiy ravishda so‘zlay boshlaysiz. Buni uiutmang!
UCHINCHI XATO — faqat ilmiy, rasmiy, badiiy uslubdagi rus tilini o‘rganish. Til markazlarida asosan ilmiy, rasmiy, badiiy uslubdagi rus tilini o‘rga-nishadi.Muammo shundaki, muloqot davomida bunday uslubdagi rus tilidan keng foydalanmaysiz. Siz do‘stlaringiz, oila a’zolaringiz yoki hamkasblaringiz bilan muloqotda oddiy, norasmiy, so‘zlashuv uslubiga xos rus tilini qo‘llaysiz. So‘zlashda turli iboralar, sheva, jargonlarni ishlatasiz. Agar har qanday kishi bilan rus tilida erkin va ravon muloqot so‘zlashuv uslubiga xos rus tilini o‘rganishni ham kanda qilmang.
TO‘RTINCHI XATO — mukammal bo‘lishga harakat qilish. Til o‘rgatuvchi va til o‘rganuvchilar xatolarga ko‘proq e’tibor qaratishadi. Ular xatolarini to‘g‘rilashga harakat qilishadi. O‘rganuvchilar ko‘pincha xatolari haqida, shuningdek, xatolari ko‘pligidan qayg‘urishadi. Ular butun e’tiborlarini bexato gapirishga jalb etishadi. Asosiy maqsadingiz bexato so‘zlash bo‘lmasin, balki muloqotga kirishish, o‘z fikringizni tushuntira olish bo‘lsin. Sizniig xatolaringiz o‘z-o‘zidan yo‘qolib boradi va ma’lum vaqtdan so‘ng rus tilida bexato so‘zlash malakasi paydo bo‘ladi.
BЕShINCHI XATO — «rus tili kurslariga borsam, albatta, tilni o‘rganaman», deb hisoblash. Ko‘pchilik insonlar «Maxsus til kurslariga borsam, albatta, rus tilini o‘rganaman», deb o‘ylashadi. To‘g‘rirog‘i, chet tili kurslarini o‘z maqsadlariga erishishda mas’ul deb hisoblashadi. Bu umuman noto‘g‘ri. Unutmang, har doim o‘zingiz uchun o‘zingiz mas’ulsiz, o‘qituvchi o‘rgatishi mumkin, ammo saboqning 99 foizi o‘zingizga, 1 foizi o‘rgatuvchiga bog‘liq;yodingizda bo‘lsin. Til o‘rganish uchun yuqorida sanab o‘tgan uslublarga rioya qiling. O‘z xoxish-istaklaringizni boshqaring va qiziqish, g‘ayratni so‘ndirmaslikka harakat qiling. Bunda vaqt o‘tgani bilinmaydi, darslarni o‘zlashtirish samaradorligi oshadi. Siz jur’atli va optimist insonsiz. O‘z oldingizdagi mas’uliyatni chet tili o‘qituvchilari zimmasiga yuklamang. Agar o‘zingizda intilish va mas’uliyat hissi bo‘lmasa, hech qaysi o‘qituvchi yoki chet tili kurslaridagi o‘rgatuvchilar maqsadingizni amalga oshira olmaydi. Faqatgina o‘zingiz maqsadingizni amalga oshirasiz, o‘zingiz rus tilini o‘rgana olasiz.
Agar talaffuzda xatolaringiz ko‘p bo‘lsa, buning yomon joyi yo‘q, chunki xatolaringizni tuzata olasiz. Ular o‘z-o‘zidan yo‘qolib boradi va ma’lum muddatdan so‘ng rus tilini o‘zlashtirasiz. Siz juda tez o‘rgandingiz. Talaffuzingiz ajoyib. Siz ravon so‘zlamoqdasiz. Va albatta bundan juda ham mamnunsiz!
Omad siz tomonda! Siz maqsadingizga erishdingiz! Qanday qilib rus tilidagi so‘z boyligingizpi oshirishingiz mumkin? Qanday qilib rus tilida ravon, to‘g‘ri so‘zlay olasiz? Natijaga erishishingiz uchun uzoq vaqt kerakmi?
Siz juda tez fursatda bunga erisha olasiz. Hozir bir necha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari bilan tanishasiz.
Tadqiqotlar to‘g‘ri yo‘l tanlashga imkon beradi va mukammal tarzda olib boriladi. Agar to‘g‘ri yo‘lni qo‘llasangiz, rus tilini o‘zlashtirishingiz faollashadi.
Nimalarni qilmaslik kerak? O‘zingiz tushunmaydigan, uta kiyin so‘zlardan tashkil topgan rus tilidagi maqolalar va kitoblarni o‘qimang, film, teleko‘rsatuv, radio-eshittirishlarni va audiokitoblarni tinglamaig. Dastlabki bosqichda bundan tiyiling.
Bu kabi yo‘l tutish rus tilini o‘zlashtirishingizni sustlashtiradi. Kupchilik o‘rganuvchilar juda kiyin so‘zlardan iborat maqolalar, kitoblardai yoki film, teleko‘rsatuv,
radioeshittirishlar va audiokitoblardan foydalanishni ma’qul deb hisoblashadi. Ular katta lug‘at kitoblardan foydalanib, bilmagan so‘zlariii ulardan ancha vaqt izlashadi, keyin yoiidagi ikkinchi so‘zni topishga kirishishadi.
Ularning asosiy vaqti lug‘atdan so‘z topish bilan o‘tadi. Kichikrok maqolani o‘rganish uchun ham juda uzoq vaqt ketadi. Bu bilan, tez o‘rganamiz deb o‘ylashadi, ammo bu mutlaqo noto‘g‘ri. Oson so‘zlardan iborat qiziqarli kitoblar, maqolalarni o‘qish, film, teleko‘rsatuv, radioeshittirishlar, audiokitoblarni tinglash eng samarali yo‘l.
Agar qisqa vaqt ichida rus tilini o‘zlashtirishni va mehnatingiz mevasini to-tishni xoxlasangiz, qiziqarli, sodda jumlalardan tashkil topgan kitoblar hamda ma-teriallarni o‘rganishingiz kerak. Siz tanlagan manbalar oson so‘zlardan iborat bo‘l-sin, toki har bir jumlani tushunishiigiz uchun lug‘atni titkilashga kuch sarflamaig. Agar kitoblardagi aksariyat so‘zlarni tushunmasangiz va ularning tarjimasi uchun lug‘at kerak deb bilsangiz, demak, bu siz uchun qiyinlik qiladi. Maslahatimiz: bun- dan ham osonrog‘ini toping. Kamida 90 foiz tushuna oling. Agar siz matn ma’no-sining 90 foizini tushunsangiz, notanish so‘zlarning tarjimasini tushunib olishingiz oson kechadi. 3–5 marta samaraliroq.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, siz uchun murakkab, tushunarsiz so‘zlardan iborat kitoblar va boshqa manbalarga nisbatan oson so‘zlardan tashkil topgan matnlarni o‘rganish 3–5 marta osonroq kechadi.
Siz qanday materiallarni o‘rganishingiz kerak? O‘zingizga yoqadigan, ma’-qul keladigan har qanday manbalar: bolalar adabiyoti, sarguzasht, hajviy, ilmiy va boshqa mavzudagi kitoblarni mutolaa qilishingiz mumkin.9 oylik mehnatingiz nati- jasi.
Agar kar kuni bir soatdan shugullansangiz, uzluksiz ravishda til boyligingiz oshib boraveradi. Ishontirib aytamizki, o‘zlariga qiyin bo‘lgan matnlarni o‘rgana-yotganlarga nisbatan juda tez natijaga erishasiz. So‘zlari oson va qiziqarli kitoblarni mutolaa qiling.
Adabiyot:
- Jalolov J. J. Ingliz tili o‘qitish qiyosiy metodikasi: Magistratura uchun o‘quv dasturi. — Toshkent: TDPU, 2008. — 8 b.
- Jalolov J. J. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi: Magistratura uchun o‘quv dasturi. — Toshkent: TDPU, 2008. — 8 b.
- O'rta maktabda chet tillari madaniyatini kommunikativ o'qitish konsepsiyasi / S. S. Artemyeva va boshqalar: Ed. E. I. Passova, V. B. Tsarkova. — Moskva: Ta'lim, 1993. — 127 b.