Tarix fanining o’qitilishida tarixiy davrlarni solishtirish jarayonlarining ahamiyatli jihatlari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: ,

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №5 (400) февраль 2022 г.

Дата публикации: 07.02.2022

Статья просмотрена: 239 раз

Библиографическое описание:

Маллаева, Н. Б. Tarix fanining o’qitilishida tarixiy davrlarni solishtirish jarayonlarining ahamiyatli jihatlari / Н. Б. Маллаева, У. Х. Норкулова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2022. — № 5 (400). — С. 425-427. — URL: https://moluch.ru/archive/400/88536/ (дата обращения: 20.12.2024).

Maqolada mamlakatimiz yoshlarida tarixiy bilimlarni yuqori darajada shakllantirish, bu jarayonda O’zbekiston tarixi fanini o’qitish sifatini ta’minlashda vatanimiz tarixining turli davrlarini solishtirish jarayoni orqali qoloqlik va taraqqiyot omillari tahlil qilingan.

Kalit so’zlar: uzluksiz ta`lim, taraqqiyot, qoloqlik, tarixiy davrlar, manufaktura, bug’ mashinasi, nizo, tovar-pul, solishtirish.

В статье проанализированы факторы отсталости и прогресса в формировании у молодежи страны высокого уровня исторических знаний, обеспечении качества преподавания истории Узбекистана в этом процессе путем сопоставления различных периодов истории нашей Родины.

Ключевые слова: непрерывное образование, развитие, производство, конфликт.

Tarixiy voqea — hodisalarni emas, tarixiy davrlar mazmun — mohiyatini o’rganing.

Uzluksiz ta`lim tizimida tarix fanini o’qitishning zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish zamonaviy metodlarsiz amalga oshmaydi. Hozirgi zamon o’qituvchisining asosiy fazilatlaridan biri-o’z kasbiga sadoqatliligi, g’oyaviy e`tiqodliligi, iymonliligi, bolajonliligi, o’z fanini mukammal bilishi va sevishi kabi xislatlari orqali boshqa kasb egalaridan ajralib turadi. Chunki, ta`lim muassasasida ta`lim-tarbiya ishining yuqori saviyada olib borilishi o’qituvchiga va uning kasbiy tayyorgarligiga bog’liq. O’qituvchi shaxsiga qo’yiladigan muhim talablardan biri pedagog o’zi o’qitayotgan fanini chuqur bilishi bilan birga, uning o’qitish metodikasini o’zlashtirib olgan bo’lishi zarur. Shu bilan birgalikda bugungi kun zamonaviy o’qituvchidan o’z fanining mohir bilim egasi bo’lishi, fan yutuqlarini tahlil eta olish va hayotga tadbiq etishi talab etiladi.

Bugungi kun ta`lim tizimini o’ziga xos jihati an`anaviy ta`limdan farq qilib, o’quvchilarni mustaqilligi va o’quv faoliyatini taqiqlamasligi, balki belgilangan maqsadga yo’naltirish, o’quv faoliyatini hamkorlikda tashkil etish, ularni faoliyatga ongli ravishda yo’llash, biror-bir faoliyatni buyruq orqali amalga oshirmasdan, balki samarali tashkil etish orqali o’quvchilarda fan asoslarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, shaxsni ehtiyoji, qiziqishi va imkoniyatlarini chegaralamasdan erkin tanlash huquqini berish sanaladi.

“Sharq donishmandlari aytganidek, eng katta boylik — bu aql — zakovat va ilm, eng katta meros — bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik — bu bilimsizlikdir! Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o’zlashtirish, chinakam ma`rifat va yuksak madaniyat egasi bo’lish, uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak.” deydi prezidentimiz Sh. Mirziyoyev [1, 2].

O’zbekiston tarixi fanida boshqa fanlarda bo’lganidek, muqarrar ixtisoslashuv amalga oshmoqda. Hozirgi zamon O’zbekiston tarixi fani alohida bo’limlar va sohalardan tashkil topgan bilimlar majmuidir. O’zbekistonda tarix fani asrlar davomida qo’lyozma asarlarda ifodalangan maishiy hayot, voqea-hodisalar, tarixiy shaxslar haqida hikoya qilishdek oddiy bayonchilikdan, muayyan tarixiy hayot yo’lining shakllanishi, bosqichlari va umumiy qonuniyatlarini aniqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nazariy xulosalar chiqarish kabi murakkab ilmiy yo’lni bosib o’tdi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Rossiyaning O’rta Osiyoni bosib olishga qaratilgan siyosati tufayli Rossiya hukumatining maxsus topshirig’ini bajarish uchun o’lkaga kelgan rus harbiy mutaxassislari, diplomatlari, sayyohlari, savdogarlari o’z memuarlari, sayohati xotiralari va hisobotlarida ushbu mamlakat va uning xalqlari tarixi, ijtimoiy iqtisodiy va siyosiy ahvoli, moddiy boyliklariga oid ma`lumotlarni to’plab, yozib qoldirdilar.

Bugungi kunda butun dunyoda ilm-fan, texnika va shu kabi ko’pgina sohalar shiddat bilan rivojlanmoqda, o’tmish hayotimizni bundan bir necha asrlar avvalgi hayot darajamizni tahlil qiladigan bo’lsak, bu davrning qoldirgan jarohatli izlari va xalqimizning ayanchli qismatini ko’rishimiz mumkin. Shu davrni rivojlangan davlatlar bilan solishtirib va o’sha davrdagi xalqimizning og’ir kechmishi va noto’g’ri yuritilgan siyosiy jarayonlarni solishtirib qisqagina qiyosiy tahlilini qilsak.

Yurtimizda o’rta asrlarda rivojlanish, taraqqiyot yuqori darajada edi, lekin yangi tarix davriga kelib G’arbiy Yevropaning ilg’or mamlakatlarida — sanoat ishlab chiqarishning yetakchi tarmog’iga aylanib bordi. XVI asrning o’rtalaridan boshlab to’qimachilik, qog’oz, shisha ishlab chiqarishda mehnat taqsimoti va qo’l hunari texnikasiga asoslangan korxona — manufaktura (lotincha manus — qo’l, faktura — tayyorlash)lar vujudga keldi.

XVIII asrning ikkinchi yarmida asbob-uskunalarni harakatga keltiruvchi bug’ mashinasi (motor) ixtiro qilindi. Natijada asosiy ishlarni mashinalar bajaruvchi fabrika-zavodlar vujudga keldi. Bug’ mashinasi bilan harakatlanuvchi parovoz, paroxod, cho’yan va po’lat oluvchi domna pechlar yaratildi, temiryo’llar qurildi.

Первые паровозы

Rasm 1. Birinchi paravozni ko`rinishi

Sanoatni rivojlantirish uchun sarmoya. Yirik boy tabaqalarning tashqi savdodan, mustamlakalardan, manufakturadan orttirgan boyliklari sanoatni rivojlantirish uchun sarmoya sifatida qo’yildi. Bu sanoatning rivojlanishida muhim omil bo’ldi. Eng muhimi xo’jalik yuritish uchun zarur bo’lgan mashinalarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi, og’ir sanoat vujudga keldi. Sanoatning gurkirab rivojlanishi, ilm-fan taraqqiyoti yangi bir hodisa-sanoat to’ntarishining tugallanishiga olib keldi. Sanoat to’ntarishining tugallanishi deyilganda, bir mashina yordamida boshqa mashinaning yaratilishi boshlanganligi bilan izohlanadi. Bu paytda yurtimizda esa rangli metallar, oltingugurt, marmar, toshko’mir, neft kabi tabiiy boyliklarga mo’l bo‘lgan konlar bo’lsada, ularni izlab topish, tog’-kon ishlarini yo’lga qo’yishga e`tiborsizlik qilindi.

Xonliklar o’rtasidagi nizolarning sanoat rivojiga ta`siri. Tovar-pul munosabatlari rivojlantirilmadi. Savdoda hamon mol ayirboshlash tarzi davom etardi. Markaziy Osiyo jahon bozoridan ajralib qolgani ustiga, o’zaro urushlar tufayli xonliklar o’rtasida yagona ichki bozor ham tashkil topmagan edi.

Asrlar davomida bir butun bo’lib kelgan mamlakatning, bir hududda yashab kelgan aholining uch xonlikka bo’linib ketishi, xonliklar o’rtasida tinimsiz davom etgan qarama-qarshiliklar, urushlar mamlakatni taraqqiyot jarayonidan uzilib, rivojlanishda orqada qolishga mahkum etdi.

Xonliklarda sanoat ishlari rivojlantirilmadi. O’zbek xonliklarining jahon taraqqiyotidan orqada qolishining oqibati yomon bo’ldi. Iqtisodiy qoloqlik va harbiy nochorlik, ijtimoiy-siyosiy beqarorlik Markaziy Osiyoni o’z tasarrufiga kiritib olishga intilayotgan davlatlarga qo’l keldi. Bu esa xonliklarning birlashmaganligi, o’zaro yordamlarning o’z vaqtida yetib kelmaganligi, harbiy qudratning zamonaviy qurol — yarog’lar bilan ta`minlanmaganligi qoloqlikning ayanchli ko’rinishi, ya`ni mustamlaka tizimining boshlanishiga olib keldi [3].

Abdulla Qodiriy o’zining “O’tgan kunlar” romanida Yusufbek hoji tilidan quyidagi alamli so’zlarni bayon qiladi: “Maqsadlari juda ochiq... Bittasi mingboshi bo’lmoqchi, ikkinchisi Normuhammadning o’rniga o’tirmoqchi, uchinchisi yana bir shaharni o’ziga qaram qilmoqchi. Ittifoqning nima ekanligini, yolg’iz o’z manfaati, shaxsiyati yo’lida bir-birini yeb, ichgan mansabparast, dunyoparast va shuhratparast muttahamlar Turkiston tuprog’idan yo’qolmay turib, bizning odam bo’lishimizga aqlim yetmay qoldi. Biz shu holatda ketadigan, bir-birimizning tegimizga suv quyadigan bo’lsak, yaqindirki, podsho istibdodi Turkistonimizni egallar“ [4].

Xonliklardagi o’zaro nizolar, parokandalik, oxir-oqibat, ularning Rossiya imperiyasi tomonidan istilo etilishi uchun qulay imkoniyat yaratdi.

Rasm 2. Rossiya imperiyasi bilan sulh shartnomasining imzolash jarayoni

Mustamlaka tizimi davrida o’lkada sanoat ishlab chiqarish rivojlana borib, kapitalistik munosabatlarga asta-sekin yo’l ochilayotgan bo’lsada, bu xalqning moddiy ahvolini yaxshilanmadi, balki korxona xo’jayinlari, savdogarlar, amaldorlarning boyishiga yo’l ochib berdi.

Xulosa. Yuqoridagi fikrlarni tahlil qila turib quyidagi xulosaga kelishimiz mumkin, ya`ni xalqimizning bosib o’tgan mashaqqatli turmush tarzidan tegishlicha xulosa chiqarishimiz, bu davrlardagi xalqimiz boshiga tushgan ayanchli qismatning qayta yuzaga kelmasligi uchun yoshlarimizda ilm-fanning rivojlanishidan unumli foydalangan holda har bir o’tayotgan kunimizga shukronalik tuyg’usi bilan yurtimizning rivoji uchun munosib hissa qo’sha oladigan barkamol avlodlarni tarbiyalashimizda tarixiy davrlarning solishtirma uslubidan unumli foydalanishimiz mumkindir. Bugungi kunda tarix fanini o’rganayotgan har qanday o’quvchi kelajakda vatanparvar, tarix va tarixiy shaxslarga hurmat bilan tarbiyalangan, o’zligini anglab yetgan jamiyatning faol kishisi bo’lib yashamog’i lozim.

Adabiyot:

1. Mirziyoev SH. M. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. — T.: O’zbekiston, 2016.

2. SH. M. Mirziyoev “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz”. T.:O’zbekiston 2017.

3. Abdullajonova D. S. Milliy tarixiy xotiraning mohiyati va rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari. — Toshkent: — 2006.

4. Abdulla Qodiriy “O’tgan kunlar” Roman T.: Yangi asr avlodi-2014

Ключевые слова

uzluksiz ta`lim, taraqqiyot, qoloqlik, tarixiy davrlar, manufaktura, bug’ mashinasi, nizo, tovar-pul, solishtirish

Похожие статьи

Oilada bolalarda kitobxonlikni shakllantirish omillari

Mazkur maqolada bolalarni kitobga qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bu borada ota-onalarning o`rni haqidagi fikrlar yoritilgan.

O’quv maqsadlarini ifodalashda Blum toksionomiyasidan samarali foydalanishning innovatsion usullari

Ushbu maqolada maullif Blum toksionomiyasini ta’lim jarayoniga tadbiq etishning samarali usullarini bayon qiladi. Pedagogik texnologiyaning muhim omillaridan biri hisoblangan o’quv maqsadlarini aniqlashda Blum toksionomiyasining roli va ahamiyatini t...

O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish

Ushbu maqolada O’zbekiston Republikasi tomonidan ta’lim soxa bo’yicha olib borilayotgan isloxotlar ochib berilgan. O’zbekistondagi chet-tiliga bo’lgan qiziqish hamda chet-tilini mukammal egallash yuzasidan qilinayotgan ishalar ko’rsatib o’tilgan

Arab gazeta matnlari sarlavhalarining funksional uslubiy xususiyatlari

Gazeta tilini o‘rganish adabiy til xususiyatlarini o‘rganish bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Shu sababli ham keyingi davrlarda tilshunoslar tomonidan gazeta tilini o‘rganishga katta e’tibor qaratilmoqda. Gazeta matnlari tadqiqida tilshunoslar uni...

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi aloqa vositasi sifatida

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va nutq madaniyati haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish borasida tavsiyalar berilgan. Tarbiyachining nutq madaniya...

Pedagogik muloqat jarayonida tolerantlikni tarbiyalash

Ushbu maqolada o’qituvchi va o’quvchining muloqat jarayonini takomillashtirish, pedagogik muloqatni o’stirish, muloqat jarayonida o’quvchilarda tolerantlikni tarbiyalash usullari va bosqichlari haqida ilmiy va xolisona mulohazalari bayon etilgan.

Qimmatli qog’ozlar buxgalteriya hisobining ob’yekti sifatida me’yoriy-huquqiy asoslari

Ushbu maqolada qimmatli qog’ozlarning iqtisodiy kategoriya ekanligi, respublikamizda uning turlari, buxgalteriya hisobida qimmatli qog’ozlar hisobini aktivlar sifatida takomillashtirish masalalari o’rganilgan.

O’zbek tilshunosligida sintaksis va qo’shma gaplar nazariyasi

Mazkur maqolada sintaksis va qo’shma gaplar nazariyasi ustida ish olib borgan olim va tadqiqotchilarning fikrlari hamda o’zbek tilshunosligida ham o’xshash va farqli jihatlarini o’rgangan olim-u olimalarning ishlari bayon etilgan.

Oilaga ijtimoiy muhitning ta`siri

Maqolada voyaga yetmaganlarning oilaviy tarbiya jarayonidagi ijtimoiy muammolari tahlil qilingan. Muallif yoshlar tarbiyasida oilaviy omillar muhim o‘rin tutishiga alohida e’tibor qaratgan. Shuningdek, oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida insonn...

Boshlang‘ich sinflarda o`qish malakalarini shakllantirish

Maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etishning muammolari va yechimlari yoritilgan. Unda bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlashda ijodiy ishlarni bajarishning o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan bo‘...

Задать вопрос