Temir yo‘l transportida yuklarni yetkazib berish muddatini kamaytirishning matematik yondashuvi | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 30 ноября, печатный экземпляр отправим 4 декабря.

Опубликовать статью в журнале

Авторы: , ,

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №21 (416) май 2022 г.

Дата публикации: 24.05.2022

Статья просмотрена: 186 раз

Библиографическое описание:

Жумаев, Ш. Б. Temir yo‘l transportida yuklarni yetkazib berish muddatini kamaytirishning matematik yondashuvi / Ш. Б. Жумаев, И. О. Абдумаликов, Ж. Ж. Хайруллоев. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2022. — № 21 (416). — С. 707-712. — URL: https://moluch.ru/archive/416/91935/ (дата обращения: 16.11.2024).

Mazkur maqolada matematik yondashuvlar asosida temir yo‘l transportida yuklarni yetkazib berish muddatini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Texnik va oraliq stansiyalarda qayta ishlanishlar sonining yuklarni yetkazib berish muddatiga ta’siri o‘rganilgan.

Kalit so‘zlar: yuklarni yetkazib berish muddati, poyezdlarni tuzish rejasi, vagonlarni qayta ishlashlar soni, jo‘natmalarni tashkil etish, matematik yondashuv, tezkor rejalashtirish.

В данной статье предложено сокращение времени доставки грузов железнодорожным транспортом, основанного на математических подходах. Исследовано влияние количества переработки вагонов на время доставки на технической и промежуточной станциях.

Ключевые слова: срок доставки грузов, план формирования поездов, количество переработки вагонов, организация отправки, математический подход, оперативное планирование.

Dunyoda temir yo‘l uchastka va yo‘nalishlarida yuk tashish texnologik jarayonlarini tashkil etish va transport xizmatlarini rivojlantirish, yuklarni yetkazib berish muddatlarini tahlil va nazorat qilish usullarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ushbu yo‘nalishda, jumladan temir yo‘l transporti orqali yuklarni yetkazib berish muddatlariga ta’sir ko‘rsatadigan shartli-o‘zgarmas va tasodifiy omillarni tizimlashtirish hamda vagonlar bilan yo‘l davomida bajariladigan barcha operatsiyalarga sarflanadigan vaqtlarni me’yorlash asosida yuklarni tashish jarayonini tashkil etish texnologiyasini takomillashtirish, matematik yondashuvlar asosida yuklarni yetkazib berish muddatini hisoblashga doir matematik modellarni ishlab chiqish muhim vazifalardan biri hisoblanadi

[1–9].

Tadqiqot ishida 2021 yil bo‘yicha yuklarni o‘z vaqtida yetkazib berishi tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yuklarning kechiktirilmasdan yetkazib berish ulushi — 94 %, bir kundan kam bo‘lgan muddatdagi kechikishlar ulushi — 2 %, bir kundan uch kungacha bo‘lgan muddatdagi kechikishlar ulushi — 2 %, uch kundan o‘n kungacha yoki undan ko‘p bo‘lgan muddatdagi kechikishlar ulushi — jami 2 % ni tashkil etmoqda (1-rasm).

1 rasm. Yuklarni yetkazib berish muddatlarining kechikish diagramasi

[10] ga ko‘ra, yuklarni yetkazib berish muddatlari ularning harakatlanish vaqti bilan ifodalanadi. Ushbu ko‘rsatkich kilometrlarda va yo‘lning umumiy uzunligi bo‘yicha vagonlarning kunlik yurish masofasi me’yoriga qarab belgilanadi. Ya’ni, harakatlanish vaqti quyidagicha ifodalanadi:

(1)

bunda poyezdning jo‘nash va yetib borish stansiyalari orasidagi masofa, km;

yuk tashish turi, tashish usuli va yuk tashish qoidalari bilan belgilangan yuk tashish tezligi, km/kun.

Biroq (1) formula asosida yuklarni yetkazib berish tezligini hisoblash tizimining mavjud texnologiyasida temir yo‘ldagi tashish jarayonining texnologik xususiyatlari hisobga olmaydi. Mavjud texnologiya asosida yetkazib berish jarayonida vagonlar texnik stansiyalarda va yo‘lda bo‘lishini ta’minlaydi, lekin qayta ishlash jarayonlarining xususiyatlarini inobatga olmaydi.

Tadqiqot ishi davomida vagonlar oqimining yo‘l bo‘ylab yurishidagi turli nomarshrut jo‘natmalaridagi ishlov berishlar soni tahlil qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, jo‘natmalarning taxminan 65 foizi yo‘lda 3 yoki undan kam, taxminan 35 foizi esa 4 yoki undan ko‘p qayta ishlovga tushishi mumkinligi aniqlandi. Tahlil natijalari 2-rasmda keltirilgan.

2 rasm. Qayta ishlash soni bo‘yicha jo‘natmalar foizini taqsimlash

Mazkur tizim asosida mahalliy vagonlar harakatini tashkil etish amaliy jihatdan o‘zini oqlamaydi. Shunday ekan, mahalliy vagonlar oqimini tezlashtirish hisobiga yuklarni yetkazib berish muddatini oshirishning yangicha matematik yondashuvini ishlab chiqish dolzarb vazifalardan biri sanaladi.

Mahalliy vagonlar oqimini sekinlashishiga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqishda uchastkada joylashgan oraliq stansiyalarga vagonlar oqimining uzatilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalliy vagonlar oqimi harakatini tezlashtirish choralari ko‘rilar ekan, unga matematik yondashuvlar asosida optimal yechimni qidirish va asosiy baholash mezonlarini tanlash maqbul usul hisoblanadi.

Mahalliy vagonlar oqimini tezlashtirish ning matematik yondashuv i .

Mahalliy vagonlarni o‘z manzillariga yetkazib berishi mumkin bo‘lgan sxemalarining umumiy soni mazkur uchastkada joylashgan oraliq stansiyalari soni, yetkazilib berilishi ko‘zda tutilgan vagonlarning soni, oraliq stansiyalarning joylashuvi o‘rni va boshqa bir nechta parametrlarga bog‘liq bo‘ladi. Mahalliy vagonlar oqimini tezlashtirish bo‘yicha matematik tadqiqotlarni amalga oshirish uchun quyidagi sxema (3-rasm)dan foydalanamiz. 3-rasmga ko‘ra, toq yo‘nalishda harakatlanadigan vagonlar oqimini X bilan, juft yo‘nalishda harakatlanadigan vagonlar oqimini Y bilan belgilash kiritildi. Toq va juft yo‘nalishlarda harakatlanuvchi vagonlar oqimi to‘plamlari mos ravishda (2) va (3) ifodalarda keltirilgan.

3 rasm. Vagonlarni o‘z manzillariga yetkazib berishning algebraik ehtimollik grafigi (mahalliy vagonlar aylanmasi misolida)

Toq yo‘nalishida harakatlanuvchi vagonlar oqimi to‘plami (X) quyidagicha ifodalanadi:

(2)

Juft yo‘nalishida harakatlanuvchi vagonlar oqimi to‘plami ( Y ) quyidagicha ifodalanadi:

(3)

Stansiyaga kiruvchi vagonlar oqimini, ulardan chiquvchi vagonlar oqimiga nisbatini bildiruvchi koeffitsientlar (4)-(7) ifodada keltirilgan. Kasrning suratidagi qo‘shiluvchilar stansiyaga qabul qilinuvchi vagonlar oqimini, maxraji esa ushbu stansiyadan chiqib ketuvchi vagonlar oqimini bildiradi.

Birinchi stansiya uchun:

(4)

Ikkinchi stansiya uchun:

(5)

Uchinchi stansiya uchun:

(6)

.....................

n- stansiya uchun:

(7)

Har bir stansiya uchun bu koeffitsientning qiymati “1” ga yaqin bo‘lsa, vagonlar oqimi samaradorligi va vagonlar aylanmasi ushbu uchastkada yuqori darajada bo‘ladi:

(8)

Demak, mahalliy vagonlar oqimi harakatini tezlashtirishda unga ta’sir etuvchi omillar to‘plami (A) quyidagi munosabatda bo‘lsa, ushbu uchastkada samardorlik bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishish mumkin bo‘ladi:

(9)

bunda bir nechta elementlardan iborat bo‘lgan, optimallashtirilayotgan parametrlarning qabul qilingan qiymatlari to‘plami.

texnik stansiyalar orasida joylashgan oraliq stansiyalarning soni;

oraliq stansiyalarda bajariladigan jarayonlarning soni;

mahalliy poyezdlarning oraliq stansiyalarda turish vaqti;

va

mos ravishda oraliq stansiyasi yo‘llarining soni va ularning band bo‘lish ulushi;

va mos ravishda temir yo‘l uchastkasi va oraliq stansiyalar orasidagi masofa;

va mos ravishda uchastkaning yo‘lovchi va boshqa yuk poyezdlari bilan band bo‘lish darajasi;

temir yo‘l uchastkasidagi yo‘llarning nishabligi;

va

tabiiy va texnogen omillar

va oraliq stansiyalarining joylashuviga nisbatan mos ravishda toq va juft yo‘nalishlarda harakatlanuvchi vagonlar oqimi;

oraliq stansiyalarda manyovr ishlarini bajaruvchi harakat birliklari soni yoki ularning turlari (poyezd lokomotivi yoki manyovr lokomotivi);

va mos ravishda uchastkada poyezdlar uchun o‘rnatilgan tarkiblarning shartli uzunligi va og‘irligi me’yorlari;

uchastka tezligi.

Mahalliy vagonlar oqimini ratsional tashkil etish muammolari ushbu uchastkalarda joylashgan oraliq stansiyalarda bajariladigan manyovr ishlarining to‘g‘ri taqsimlanmaganligi bilan bog‘liqdir [11].

Temir yo‘l uchastkalarida joylashgan oraliq stansiyalarda mahalliy vagonlar bilan bajariladigan manyovr ishlariga sarflangan vaqtining davomiyligi ushbu stansiyada qo‘shiladigan va ajratiladigan vagonlar soniga bog‘liqdir. Oraliq stansiyada qo‘shiladigan va ajratiladigan vagonlar soni ko‘p bo‘lsa (yoki poyezd tarkibida vagonlarning joylashuvi betartib bo‘lsa), mazkur vagonlar bilan bajariladigan manyovr ishlariga sarflanadigan vaqt ham ko‘p bo‘ladi. Demak, manyovr ishlariga sarflanadigan vaqt funksiyasi, oraliq stansiyalarida qo‘shiladigan va ajratiladigan vagonlar soniga hamda poyezd tarkibida ushbu vagonlarning joylashuv tartibi funksiyalariga to‘g‘ri proporsional ta’sir qiladi:

(10)

bunda poyezd tarkibida oxirgi manzili i- oraliq stansiya deb belgilangan vagonlarning joylashuvi;

i- stansiyada qo‘shilayotgan va ajratilayotgan vagonlar soni (qo‘shilayotgan va ajratilayotgan vagonlar soniga bog‘liq ravishda keyingi hisob-kitoblarda ning qiymati (-) yoki (+) bo‘lishi mumkin):

, vagon(10)

bunda mos ravishda i- stansiyada qo‘shilayotgan va ajratilayotgan vagonlar soni.

Oxirgi manzili i- oraliq stansiya deb belgilangan vagonlarning poyezd tarkibidagi joylashuvi tartibsiz bo‘lsa, ushbu vagonlarni poyezd tarkibidan ajratib olish vaqti ham ortib ketadi. Bu esa, ortiqcha manyovr reyslarini va xarajatlarni keltirib chiqaradi. Oraliq stansiyalarda manyovr reyslarini kamaytirish bilan vagonlar oqimini tezlashtirishga erishish mumkin.

Bajarilayotgan ishning hajmi va tasnifiga bog‘liq ravishda terma poyezddan vagonlarni ajratish va qo‘shish vaqti davomiyligi quyidagilarga bog‘liq:

– manyovr ishlarini olib boruvchi harakat birligi turi (poyezd lokomotivi yoki manyovr lokomotivi)ga;

– ajratilayotgan va qo‘shilayotgan vagonlarning joylashuvi (poyezdning bosh qismida, poyezdning orqa qismida yoki poyezdning o‘rtasida)ga.

Yuqoridagi holatlar uchun va vaqtlarini hisoblash formulalari 1-jadvalda keltirilgan.

1 jadval

Oraliq stansiyalarda vagonlarni ajratish va qo‘shish bilan bog‘liq manyovr ishlarini bajarish uchun sarflangan vaqtlarni hisoblash jadvali

1-jadvalda keltirilgan formulalardagi barcha sonlar empirik koeffitsientlardir [11]. oraliq stansiyada qo‘shilayotgan va ajratilayotgan vagonlar soni.

oraliq stansiyalarda manyovr ishlarini bajarishdan avval poyezd tarkibidan uzib, olib qo‘yiladigan vagonlar soni.

1-jadvalga asosan, manyovr ishlari poyezd lokomotivi bilan bajarilganda, oraliq stansiyalarda poyezdlarning me’yordan ortiq turib qolishi kuzatiladi. Uchastkalarda vagonlar oqimini tezlashtirish uchun oraliq stansiyalarda manyovr ishlarini bajarish uchun manyovr lokomotivlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.

Xulosa

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, mahalliy vagonlar oqimi harakatini tezlashtirish orqali yuklarni o‘z manzillariga yetkazib borish muddatini kamaytish mumkin. Bunda mahalliy vagonlar oqimi harakatini tezlashtirishga ta’sir etuvchi omillarni minimallashtirish (yoki maksimallashtirish), yuklarni o‘z vaqtida yetkazib berish tizimini takomillashtirishning asosiy mezoni hisoblanadi. Shuningdek, yo‘lda vagonlarni qayta ishlash sonini kamaytirish har doim ham iqtisodiy jihatdan maqbul emasligi ilmiy jihatdan tasdiqlangan.

Mahalliy vagonlar aylanmasi misolida vagonlarni o‘z manzillariga yetkazib berishning algebraik ehtimollik grafigi ishlab chiqilishi, vagonlarni texnik va oraliq stansiyalar bo‘yicha ratsional taqsimlashga imkon beradi. Bunda, mazkur stansiyalarda vagonlarning turish vaqtini qisqartirish muhim ahamiyat kasb etadi. Matematik yondashuvlar asosida mahalliy vagonlar oqimini ratsional tashkil etish yaqin kelajakda temir yo‘l transporti va ularning mijozlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga asos bo‘ladi.

Adabiyot:

1. Jumayev, S., Khudayberganov, S., Achilov, O., & Allamuratova, M. (2021). Assessment criteria for optimization of parameters affecting to local wagon-flows at railway sites. In E3S Web of Conferences (Vol. 264). EDP Sciences. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202126405022

2. Жумаев, Ш. Б., Суюнбаев, Ш. М., & Ахмедова, М. Д. (2019). Влияние расписания грузовых поездов по отправлению в условиях твердого графика движения на показатели составообразования. Наука и инновационные технологии, (11), 25–29.

3. Жумаев, Ш. Б. (2019). Исследование среднего состава грузовых поездов при отправлении их с повышенной нормой состава в условиях твердого графика. In ИНФРАСТРУКТУРА И ЭКСПЛУАТАЦИЯ НАЗЕМНОГО ТРАНСПОРТА (pp. 178–180).

4. Суюнбаев, Ш. М., Жумаев, Ш. Б., & Ахмедова, М. Д. (2020). Процесс расформирования и формирования многогруппного поезда на железных дорогах АО «Узбекистан темир йуллари». Транспорт шёлкового пути, (3), 30–38.

5. Khudayberganov, S. K., & Suyunbayev, S. M. (2019). Results of application of the methods “Sologub” and Combinator sorting in the process of forming multi-group trains at the sorting station. Journal of Tashkent Institute of Railway Engineers, 15(4), 62–72.

6. Khudayberganov, S. K., Suyunbayev, S. M., Bashirova, A. M., & Jumayev, S. B. (2020). Results of application of the methods “Conditional group sorting” and “Combinatorial sorting” duringthe multi-group trains formation. Journal of Tashkent Institute of Railway Engineers, 16(1), 89–95.

7. Суюнбаев, Ш. М., Жумаев, Ш. Б. Ў., Бўриев, Ш. Х. Ў., & Туропов, А. А. Ў. (2021). Темир йўл участкаларида маҳаллий вагонлар оқимини турли тоифадаги поездлар билан ташкил этиш усулларини техник-иқтисодий баҳолаш. Academic research in educational sciences, 2(6), 492–508. https://doi.org/10.24412/2181–1385–2021–6–492–508.

8. Mansuraliyevich, S. S., Kabildjanovich, K. S., Аleksandrovich, S. А., Bakhromugli, J. S., Bakhromovna, M. D., & Rakhimovich, O. A. (2021). Method of determining the minimum required number of sorting tracks, depending on the length of the group of wagons. REVISTA GEINTEC-GESTAO INOVACAO E TECNOLOGIAS, 11(2), 1941–1960. https://doi.org/10.47059/revistageintec.v11i2.1810.

9. Aripov, N. M., & Vladimirovich, R. A. (2021). Rapid planning of mixed-structure train organization in the context of non-proportional wagon-flows. International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences, 1(5), 324–335. http://openaccessjournals.eu/index.php/ijdias/article/view/562.

10. Правила перевозки грузов на железной дороге. М.: Кн. сервис, 2003. 395 с.

11. Методические указания по расчету норм времени на маневровые работы, выполняемые на железнодорожном транспорте. / МПС РФ; утв. 19.03.98 -М., 1998.-84 с.

Основные термины (генерируются автоматически): EDP, GEINTEC-GESTAO, INOVACAO, REVISTA, TECNOLOGIAS, железнодорожный транспорт, переработка вагонов.

Ключевые слова

yuklarni yetkazib berish muddati, poyezdlarni tuzish rejasi, vagonlarni qayta ishlashlar soni, jo‘natmalarni tashkil etish, matematik yondashuv, tezkor rejalashtirish

Похожие статьи

Temir yо‘l stansiyalarining yuklanganligini kamaytirish chora-tadbirlari

Mazkur maqolada temir yo‘l stansiyasining yuklanganlik darajasiga ta’sir e’tuvchi omillar «Isikava» diagrammasi yordamida aniqlangan. Shuningdek, stansiyaning yuklanganlik darajasini kamaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Ona tili darslarida innovatsion texnologiyalarni qo`llash orqali ma’naviy tarbiyani shakllantirish omillari va imkoniyatlari

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ma’naviyatini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklari, imkoniyatlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, muallif maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ma’na...

Metrologik ekspertizani amalga oshirishda zamonaviy yondashuvlar

Maqolada texnikaviy hujjatlarning metrologik ekspertizasini mahsulot sifatiga ta’siri, uning me’yoriy asoslari, metrologik ekspertizani o’tkazish bo’yicha tashkilot standartini korxona uchun ahamiyati, vazifalari va ushbu ishlarni respublika darajasi...

О‘quvchi yoshlarning mediakompetentligini rivojlantirish muammosini yechish yо‘llari

Maqolada zamonaviy maktab о‘quvchilariga ommaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri muammolari va bu salbiy ta’sirlar о‘quvchilarning rivojlanishiga ta’sir kо‘rsatayotgani masalalari kо‘rib chiqilgan. Shuningdek, maqolada о‘quvchilarning mediakomp...

Yoshlarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatida

Maqolada yoshlar axloqiy qadriyatlari mazmuni va axloqiy qadriyatlar ijtimoiy hayotning tarkibiy qismi sifatidagi tahlili, shuningdеk, axloqiy qadriyatlarni o‘rganish tеstlari xalq og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish, yoshlarning axloqiy qadriyat...

Maktabgacha ta’lim muassasalarida erta savodxonlikni rivojlantirish

Ushbu maqolada O’zbekiston respublikasi Davlat ta’lim konsepsiyasiga oid dolzarb masala ko’tarilgan. Xususan, O‘zbekistonning 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi r...

Voleybolchilarda masofaviy va vaqt bo’yicha mo’ljal olishni takomillashtirish usullari

Voleybolchilar harakatlari texnikasini takomillashtirish sportchi sifatida uzluksiz ravishda o’zi ustida ishlash, shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish, oldingi bilimlarini mustahkamlagan tarzda yangi ko’nikmalarni hosil qilishga asoslanadi. Sportch...

Ayrim xorijiy mamlakatlarda davlat xizmati bilan bogʻliq nizolarni sud tartibida koʻrib chiqish amaliyoti

Mazkur maqolada davlat xizmati bilan bogʻliq nizolarning ayrim xorijiy davlatlarida sudda koʻrib chiqish amaliyoti, davlat xizmati bilan bogʻliq nizolarning ma’muriy sudlarga taalluqliligi hamda hal etilishi bilan bogʻliq masalalar haqida fikr yuriti...

O‘quvchilarda kreativ fikrlashni rivojlantirishda xalqaro tadqiqotlarning o‘rni

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimiga e’tibor berilib, o‘quvchi yoshlarimizning jahon andozalariga mos ravishda zamonaviy bilim va kasb-hunarli bo‘lishi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini yuzaga c...

Dasturlashni o’rgatishda online tekshiruv tizimlaridan foydalanishning ahamiyati

Ushbu maqolada online tekshiruv tizimlari, ularning imkoniyatlari, dasturlashni o’rgatishda bunday tizimlaridan foydalanishning afzalliklari to’g’risida so’z yuritilgan.

Задать вопрос