Qimmatli qog’ozlar buxgalteriya hisobining ob’yekti sifatida me’yoriy-huquqiy asoslari | Статья в журнале «Молодой ученый»

Отправьте статью сегодня! Журнал выйдет 28 декабря, печатный экземпляр отправим 1 января.

Опубликовать статью в журнале

Автор:

Рубрика: Молодой ученый O'zbekiston

Опубликовано в Молодой учёный №46 (441) ноябрь 2022 г.

Дата публикации: 21.11.2022

Статья просмотрена: 857 раз

Библиографическое описание:

Джумаева, Г. А. Qimmatli qog’ozlar buxgalteriya hisobining ob’yekti sifatida me’yoriy-huquqiy asoslari / Г. А. Джумаева. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2022. — № 46 (441). — С. 482-485. — URL: https://moluch.ru/archive/441/96475/ (дата обращения: 18.12.2024).

Ushbu maqolada qimmatli qog’ozlarning iqtisodiy kategoriya ekanligi, respublikamizda uning turlari, buxgalteriya hisobida qimmatli qog’ozlar hisobini aktivlar sifatida takomillashtirish masalalari o’rganilgan.

Kalit so’zlar: aksiyalar, investitsiyalar, obligatsiyalar, omonat va depozit sertifikatlari, qimmatli qog’ozlar .

В данной статье рассматривается то, что ценные бумаги являются экономической категорией, их виды в нашей республике, а также вопросы совершенствования учета ценных бумаг как активов в бухгалтерском учете.

Ключевые слова: акции, инвестиции, облигации, сберегательные и депозитные сертификаты, ценные бумаги.

Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda qimmatli qog’ozlar iqtisodiyotning muhim elementi hisoblanib, ular yordamda investitsiya, to’lov, hisob-kitob va masalalar hal qilinadi. Qimmatli qog’ozlar iqtisodiy kategoriya sifatida ma’lum bir tomondan pul xususiyatiga ega boshqaruv vositasi hisoblanadi.Respublikamizda moliya bozorini rivojlantirish borasida samarali islohotlar amalga oshirilmoqda. Moliya bozorining tarkibi hisoblangan qimmatli qog’ozlar bozori (fond bozori)ini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Xususan, respublikamizda Prezidentimiz tomonidan 2020 yil 24-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi PQ-4611-son Qarorning qabul qilinishi zamirida buxgalteriya hisobotlarini bosqichma-bosqich Moliyaviy Hisobning Xalqaro Standartlari (MHXS) talablariga moslashtirish kerakligi ko’rsatilgan. Bu albatta xorijiy investorlarni respublikamiz fond bozoriga kirib kelishini rag’batlantiradi hamda bu boradagi moliyaviy instrumentlar aksiya, obligatsiya, veksel, depozit va jamg’arma sertifikatlari va boshqa qimmatli qog’ozlar bilan bo’g’liq munosabatlarning rivojlanishiga olib keladi. Investorlarni jalb qilishning asosiy shartlaridan biri ularni qimmatli qog’ozlar to’g’risidagi ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash hisoblanadi. Hozirgi kunda respublikamizda amalda bo’lgan hisobotlar foydalanuvchilar (investorlar)ning ehtiyojlarini to’liq qondirmaydi, chunki hisob va hisobotlarga soliq hisobi nuqtai nazaridan yondashiladi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga asosan qimmatli qog’ozlarga quyidagi ta’rif berilgan: [1]

Mulkiy huquqlarni belgilangan shaklga va majburiy rekvizitlarga amal qilgan holda tasdiqlovchi hujjatlar qimmatli qog’ozlar hisoblanib, ularni taqdim etgan taqdirdagina mazkur huquqlarni amalga oshirish yoki boshqa shaxslarga berish mumkin bo’ladi. Qimmatli qog’ozlar jumlasiga quyidagilar kiradi: obligatsiya, veksel, depozit va jamg’arma sertifikatlari, konosanent, aksiya va qonun hujjatlari bilan qimmatli qog’ozlar jumlasiga kiritilgan boshqa hujjatlar kiradi.

Qimmatli qog’ozlarga O’zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi Qonunda quyidagi ta’rif berilgan: [2]

qimmatli qog‘ozlar — hujjatlar bo‘lib, ular mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning egasi o‘rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi.

Qimmatli qog’ozlarning metodologik masalalari o’zbekistonlik iqtisodchi olimlar I.Butikov, Sh.Shoxa’zamiy, J.Zaynalov tomonidan, qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalar hisobini takomillashtirish masalalari K.Urazov, S.Tashnazarov va boshqalar tomonidan tadqiq etilgan.

Bizningcha, qimmatli qog’ozlar bu qarz beruvchiga va yoki investorga belgilangan tartibda kelajakda ma’lum daromad olish uchun qonuniy ta’minlangan huquqni beruvchi moliyaviy vositadir.

Tadqiqot metodologiyasi. Maqolada abstrakt-mantiqiy fikrlash, qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv, ma’lumotlarni guruhlash usullaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalar. Qimmatli qog’ozlar tannarx, likvidlik, rentabellik, muomala tezligi, investitsion salohiyat kabi iqtisodiy xususiyatlari bilan tavsiflanadi.

Qimmatli qog’ozlarning O’zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi Qonunda quyidagi turlari ko’rsatilgan: [2]

– Aksiyalar;

– Obligatsiyalar;

– G‘azna majburiyatlari;

– Depozit sertifikatlari;

– Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari;

– Veksellar.

– Aksiya — o‘z egasining aksiyadorlik jamiyati foydasining bir qismini dividendlar tarzida olishga, aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda ishtirok etishga va u tugatilganidan keyin qoladigan mol-mulkning bir qismiga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi, amal qilish muddati belgilanmagan, egasining nomi yozilgan emissiyaviy qimmatli qog‘oz;

– Obligatsiya — emissiyaviy qimmatli qog‘oz bo‘lib, u obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulkiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qat’iy belgilangan foizni olishga bo‘lgan huquqini yoxud boshqa mulkiy huquqlarini tasdiqlaydi;

– O‘zbekiston Respublikasining g‘azna majburiyatlari — emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar bo‘lib, ular emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar egalari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga pul mablag‘lari kiritganligini tasdiqlaydi va bu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning butun muddati mobaynida qat’iy belgilangan daromad olish huquqini beradi;

– Depozit sertifikati — bankka qo‘yilgan omonat summasini va omonatchining (sertifikat saqlovchining) omonat summasini hamda sertifikatda shartlashilgan foizlarni sertifikatni bergan bankdan yoki shu bankning istalgan filialidan belgilangan muddat tugaganidan keyin olish huquqini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz;

– Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari — o‘z egalarining boshqa qimmatli qog‘ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan opsionlar, qimmatli qog‘ozlarga doir fyucherslar, depozitar tilxatlar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar;

– Veksel — veksel beruvchining yoxud vekselda ko‘rsatilgan boshqa to‘lovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan summani to‘lashga doir qat’iy majburiyatini tasdiqlovchi noemissiyaviy qimmatli qog‘oz;

– 21-son BHMS ga asosan qimmatli qog’ozlarning hisobi 0610-“Qimmatli qog’ozlar” schyotida davlat foizli obligasiyalari va mahalliy qarzlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarga qilingan uzoq muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakatining hisobi yuritiladi. Unga ko’ra aksiyalar, obligasiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar 0610-“Qimmatli qog’ozlar” schyotining debetida ushbu qo’yilmalar hisobiga berilgan qiymatliklar hisobga olinadigan schotlar bilan bog’langan holda hisobga olinadi. Korxonalarda qimmatli qog’ozlarni hisobga olish va ular hisobini yuritish uchun alohida subschyotlar ochish lozim, ya’ni 0611-“Aksiyalar”, 0612-“Obligasiyalar” kabi subschyotlarning ochilishi qimmatli qog’ozlarning alohida turlari bo’yicha axborot olishni, ular hisobini yuritishni takomillashtiradi.

Qimmatli qog’ozlarni o’ziga xos bo’lgan ma’lum belgilariga ko’ra turli guruhlarga ajratishimiz mumkin:[1]

1-jadval

Qimmatli qog’ozlarning belgilariga ko’ra tasniflanishi

Belgilariga ko’ra tasniflanishi

Qimmatli qog’ozlarning turlari

Amal qilish muddatiga ko’ra

-muddatli;

—muddatsiz;

Kelib chiqishiga ko’ra

-birlamchi;

—ikkilamchi;

Shakliga ko’ra

-qog’oz yoki hujjatli;

—qog’ozsiz, hujjatsiz;

Mulkchilik shakliga ko’ra

-davlat qimmatli qog’ozlari;

—nodavlat qimmatli qog’ozlar;

Muomalada bo’lishiga ko’ra

-bozorda sotiladigan;

—bozordan tashqari sotiladigan qimmatli qog’ozlar;

Risk darajasiga ko’ra

-xavfsiz;

—past xavli;

—yuqori xavfli;

Daromad keltirishiga ko’ra

-yuqori daromadli;

—kam daromadli;

—daromad keltirmaydigan;

Mablag’larni yo’naltirish shakliga ko’ra

-qarz majburiyatli qimmatli qog’ozlar;

—ulushli qimmatli qog’ozlar;

Qimmatli qog’ozlar iqtisodiy kategoriya sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:

– Qimmatli qog’ozlar ustav kapitalga egalik huquqini bildiradi;

– Qimmatli qog’oz egasi bilan emitent o’rtasida kredit munosabatlari aks ettiriladi;

– Qimmatli qog’oz(aksiya) emitent daromadining bir qismini olish huquqini beradi;

– Aksiya egalariga aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi;

– Qimmatli qog’ozlarning bozor qiymatining o’sishidan daromad olish imkoniyatini beradi;

– Qimmatli qog’ozlar kredit olishda garov funksiyasini bajara oladi;

– Qimmatli qog’ozlar (aksiya, obligatsitsiya) korxona tugatilganda uning mulkidan ulush olish huquqini beradi.

Qimmatli qog’ozlarning yana bir asosiy xususiyati shundaki, uning fond bozorida oldi-sotdi predmeti bo’lib xizmat qilishida ko’rinadi, ya’nikim qimmatli qog’ozlar bozorda erkin yoki ba’zi cheklovlar bilan muomalada bo’lib, kapitalning bir emitentdan(investordan) boshqasiga o’tkazishni taminlaydi.

Xulosa va takliflar. Yuqoridagi xususiyatlardan kelib chiqib qimmatli qog’ozlarni buxgalteriya hisobining ob’yekti, aktiv sifatida tan olish va hisobini yuritishni taqazo etadi. Shu nuqtai nazardan mavzu yuzasidan quyidagicha xulosa va takliflar berishga imkon beradi:

Birinchidan, qimmatli qog’ozlarni kirimi bo’yicha, boshlang’ich bahoning shakllanishi bo’yicha hisob va hisob hujjatlarini takomillashtirish;

Ikkinchidan, korxonaning hisob siyosatida qimmatli qog’ozlar aktiv sifatida ularning kirimi, harakati, chiqib ketishi(sotilishi) tartibi yetarlicha yoritilishi lozim;

Uchunchidan, 12-son BHMSga asosan qimmatli qog’ozlarga qilingan investitsiyalarning baholanishi qaysi baholarda yuritilishi, qayta baholanishi hisob siyosatida ko’rsatilishi lozim;

To’rtinchidan, xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning fond bozorida savdo faoliyatini rag’batlantirish va kengaytirish;

Fikrimizcha, yuqoridagi takliflar respublikamizda faoliyat yuritayotgan korxonalarda xorijiy invetitsiyalarning kirib kelishiga, investorlar ko’lamining kengayishiga va fond bozorining rivojlanishiga zamin yaratadi.

Adabiyot:

  1. O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi 21.12.1995 2022 yil 1 avgustgacha bo'lgan o'zgartish va qo'shimchalari bilan.
  2. O’zbekiston Respublikasi “Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida”gi Qonun 2015 yil 03 iyun.
  3. O’zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni 2016 yil 13 aprel.
  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-sonli “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o’tish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori
  5. 12-son BHMS “Moliyaviy investitsiyalar hisobi”
  6. 21-son BHMS “Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma”
  7. Ташназаров С. Н. Иқтисодиётни модернизациялаш шароитида молиявий ҳисобот: муаммо ва ечимлар. Монография. Т.: “Навруз” нашриёти, 2016й.-296 б.
  8. Уразов К. Б. “Молиявий ҳисоб ва ҳисобот” Тошкент “Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи” 2020, 370-бет

[1] Muallif ishlanmasi

Основные термины (генерируются автоматически): BHMS, MHXS.

Ключевые слова

investitsiyalar, omonat va depozit sertifikatlari, obligatsiyalar, aksiyalar, qimmatli qog’ozlar

Похожие статьи

Pul ekvivalentlari tushunchasi: respublikamiz va xorij amaliyotida

Ushbu maqolada respublikamiz hamda xalqaro amaliyotda pul ekvivalentlarining turlari, O’zbekiston sharoitida pul ekvivalentlari tarkibini takomillashtirish borasida fikr yuritilgan.

Tarix fanining o’qitilishida tarixiy davrlarni solishtirish jarayonlarining ahamiyatli jihatlari

Maqolada mamlakatimiz yoshlarida tarixiy bilimlarni yuqori darajada shakllantirish, bu jarayonda O’zbekiston tarixi fanini o’qitish sifatini ta’minlashda vatanimiz tarixining turli davrlarini solishtirish jarayoni orqali qoloqlik va taraqqiyot omilla...

Pul muomalasi turg'unligining iqtisodiy o’sishga ta’siri

Ushbu maqolada pul muomalasi barqarorligining iqtisodiy o'sishga ta'siri, iqtisodiyotning moliyaviy chuqurligi va pul-kredit siyosati kanallarining uzatishni boshqarish mexanizmini takomillashtirish asosida o'rganiladi

Arab gazeta matnlari sarlavhalarining funksional uslubiy xususiyatlari

Gazeta tilini o‘rganish adabiy til xususiyatlarini o‘rganish bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. Shu sababli ham keyingi davrlarda tilshunoslar tomonidan gazeta tilini o‘rganishga katta e’tibor qaratilmoqda. Gazeta matnlari tadqiqida tilshunoslar uni...

Oilada bolalarda kitobxonlikni shakllantirish omillari

Mazkur maqolada bolalarni kitobga qiziqtirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va bu borada ota-onalarning o`rni haqidagi fikrlar yoritilgan.

Quyosh elementlarining optik xususiyatlarini yaxshilash usullari

Ushbu maqolada, quyosh elementlarini optik xususiyatlarini optimallashtirish uchun qo’llaniladigan texnik yechimlarning nazariy asoslari berilgan.

Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqi aloqa vositasi sifatida

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va nutq madaniyati haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish borasida tavsiyalar berilgan. Tarbiyachining nutq madaniya...

Informatika darslarida integratsiya

Ushbu maqola informatika fanida integratsiyalashgan darslardan foydalanish, uning afzalliklari, imkoniyatlari, integratsiyalashgan darslarning tarkibiy qismlari va informatikaning fanlararo aloqalari haqida yozilgan.

Gazetasi sarlovhasining o'rganilish tarixi va undagi murojaat so'zlarining ishlatishi (misrning «al-Ahram» gazetasi asosida)

Ushbu maqolada gazeta va unda yoritilayotgan axborotlar sarlavxasi tarixi ko’rib chiqilgan hamda sarlavxa tanlashda nimalarga e’tiborish kerakligi ochib berilgan

Pedagogik muloqat jarayonida tolerantlikni tarbiyalash

Ushbu maqolada o’qituvchi va o’quvchining muloqat jarayonini takomillashtirish, pedagogik muloqatni o’stirish, muloqat jarayonida o’quvchilarda tolerantlikni tarbiyalash usullari va bosqichlari haqida ilmiy va xolisona mulohazalari bayon etilgan.

Задать вопрос